10-MAVZU.
SUG'URTA TASHKILOTLARINING TASHKILIY-IIUQUQIY
SHAKLLARI VA TUZILMASI
10.1. Sug'urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishi
Sug'urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishi 1991 yil noyabr oyida
"Mol-mulklami davlat taassarufidan" chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida»
qonunning qabul qilinishi bilan O'zbekiston Respublikasida keng miqyosda davlatga
tegishli bo'lgan korxonalami ijaraga topshirish. ulami aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy siyosatni
uyg'unlashtirish orqali bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Ma'lumki, ilgari hamma korxonalar davlatning ixtiyorida bo'lganligi tufayli,
ulami har xil noxush hodisalardan sug'urta qilishga ehtivoj bo'lmagan. Sababi. ushbu
korxonalarga sug'urta hodisalari natijasida zarar yetkazilsa. bu zararlar davlat
mablag'lari hisobidan bemalol qoplanaverar edi.
Ammo, yuqorida ta'kidlaganimizdek. mol-mulklami davlat ixtiyoridan chiqarish
va xususiylashtirish natijasida sektorda o'n minglab korxonalami paydo bo'Iishi, o'z-
o'zidan sug'urta xizmatlariga bo'lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki.
ilgarigi tajribadan farqli o'laroq. nodavlat sektordagi korxonalar stixiyali hodisalar
tufayli zarar ko'rganda, bu zararlar davlat byudjeti mablag'lari hisobidan
qoplanmaydi.
Yuqorida bayon etilganlarga qo'shimcha ravishda ta’kidlash lozimki. amalga
oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug'urta tizimini tubdan o'zgartirib yubordi. Davlat
sug'urta tashkilotlariga raqobatbardosh xususiy sektorda mustaqil sug'urta
kompaniyalari vujudga kela boshladi. Bu shubhasiz, ulaming faolivatini tartibga
soladigan rnaxsus qonun qabul qilishni talab etdi.
1993 yilning 6 mayida O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy
Majlis) «Sug‘urta to‘g'risida» qonun qabul qildi. Ushbu qonun sug'urtani
rivojlantirishning,
sug'urta
bozorini
shakllantirishning
huquqiy
asoslarini,
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sug'urtaning mavqei va o'mini
belgilab beradi, fuqarolar va yuridik shaxslaming sug'urta xizmatlariga bo'lgan
talablari to'liqroq qondirilishini kafolatlaydi, sug'urta munosabatlari barcha
ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini
ta’minlaydi.
Shunisi
diqqatga
sazovorki,
mazkur
qonunda
davlat
sug'urtasining
monopoliyasiga barham berildi. Boshqacha so'z bilan ifodalaganda, davlat sug'urta
tashkilotlari va nodavlat sug'urta tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi.
Sug'urta tashkilotlari va rnaxsus vakolatli davlat organi o'rtasida paydo
bo'ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi.
107
Maxsus vakolatli organning sug’urta tashkilotlariga nisbatan paydo boiadigan
fuqarolik-huquqiy munosabatlari O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va
«Sug'urta faoliyati» to'g'risidagi Qonunda o'z aksini topgan. Maxsus vakolatli davlat
organi qonunda belgilangan tartibda sug‘urta tashkilotlarining faolivatini nazorat ctib
boradi. Zarurivat bodganda esa, sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya ctish
maqsadida undan sug‘urta faolivatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani
chaqirib olish huquqiga ega.
Sug'urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug'urta munosabati
qatnashchilarining xatti-harakatini huquqiy nonnalar vositasida amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslaming mulkiy huquqlarini bar xil oldindan ko'rib
bodmaydigan sug'urtaviy himoya qilish uchun ko’pchiiik shaxslar tomonidan tashkil
etiladigan maxsus fond hisobidan amalga oshiriladigan sug'urta faoliyati jarayonida
paydo bodadigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu munosabatlami tartibga
soladigan nonnalar yigdndisiga sug'urta huquqi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |