ulami muhim belgilar bo'yicha turkumlarga ajratib o'rganish zarurivati tug'iladi.
Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, klassifikatsiya va mazmunini o'rganish
boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun o'ta muhimdir. chunki
turkumlashda eng awalo uning quyidagi asosiy (umtuniy) funksiyalariga ustuvorlik
> rag'batlantirish (motivatsiya).
Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo’g'inlarida va hamma
bosqichlarida quvidagi izchillikda amalga oshiriladi.
Demak, boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib. faolivatni tashkil qilish,
uni tartibga solish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan
tugaydi. Bu yerda rag’batlantirish barcha funksiyalar jaravonida o’z aksini
topadi208.
Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo'lgan umumiy
xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari
faoliyatida mavjud bo’ladi. Ularni, shuningdek. boshqaruvning hamma
tomonlarini qamragan funksiyalar deyish mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini
ham bo’yiga (vertikal tomondan), ham eniga (gorizontal tomondan) qamrab oladi.
Sug'urta menejmenti funksiyasini turkumlashning ikkinchi yondashuvida
boshqarish ishini aniq ijrochilar bo‘yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi.
Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g'arb
firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam bo'lmagan funksiyalar
ajratiladi. Bular quyidagilardir:
❖ asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
❖ qo‘shimcha ishlab chiqarishni boshqarish;
*> ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish;
❖ marketingni boshqarish;
❖ moliyaviy boshqarish;
*> sifatni boshqarish;
***
mehnatni boshqarish;
❖ xodimlami boshqarish;
*> innovatsiyani boshqarish va hokazo.
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va
sohalari alohida ajralib turadi.
Sug‘urta menejmentining yuqoridagi sanab o‘tilgan asosiy funksiyalari
ulaming ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidagi o‘rni o‘ta muhim va zarur
bo‘lganligi tufayli yanada batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Sug‘urta menejmenti faoliyatining turlariga ko‘ra. funksiyalar quvidagicha
boriadi:
*>
boshqarishning iqtisodiy funksiyalari; ya’ni:
- mablag’laming doiraviy oborotini amalga oshirish;
- mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish;
- marketing xizmatini uyushtirish;
- foyda olishni ta’minlash;
❖
boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni:
- mehnat sharoitini vaxshilash,
- xodimlaming uy-joyga ehtiyojini, ehtiyojlarini qondirish;
- moddiy rag'batlantirishni ta’minlash;
- ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k.
208 David F.Babbel Anthony M. Santometro. Risk Management by Insurers: An Analysis o f the Procress 2005,p.4
300
♦>
boshqarishning ma'naviv - ma'rifiy funksiyalari, ya’ni:
-xodimlami insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o‘zaro munosabatlarda sabr-
toqatli boiish ruhida tarbiyalash;
-xodimlami Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash. halollikni,
adolat tuyg'usini, bilim va m a’rifatga intilishni tarbivalashgaxizmat qilish.
❖
boshqarishning tashkiliv llinksiyalari209, ya’ni:
-ishlab chiqarishni tashkil qilish;
-o'zaro aloqalarni o'matish va muvofiqlashtirish;
-barcha bo‘g'in va bo‘limlar o ‘rtasida vazifalar taqsimoti, huquq berish va
boshqarish apparati xodimlari o'rtasida mas'uliyatlami belgilash;
-boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi
izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k.
Qayd qilingan lunksiyalar bir-biri bilan bog'liq va ma'lum darajada tartibga
solingan ko'p unsurlardan. komponentlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega Shuning
uchun boshqarish jarayonida ulaming birortasi e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Sug'urta menejmentining funksivalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan
hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlashdir. Har bir korxona qandaydir bir
tarmoqqa (sektorga) kiradi. Ayni vaqtda u bir tuman hududida jovlashganligidan
mahalliy ishlab chiqarish - hududiy kompleksiga kiradi.
Boshqarish jarayonida bu funksiya ham hududiy. ham tarmoq manfaatini
ko‘zda tutishi lozim. Tarmoqqa doir boMgan boshqaruv funksiyalari zarur. Busiz
tarmoq «yo‘qoladi», yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun
tarmoqqa taalluqli boshqa masalalami hal etish qiyin boiadi.
Biroq, ayni vaqtda, boshqarishning hududiy funksiyalari ham zarur. Bu
funksiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tarmoqlar (sektorlar)ga
qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi. ratsional aloqalarni o'rnatilishini
ta’minlaydi. Hududiy lunksiyalar idorachilik govlarini yo'qotish, noratsional
tashuvlami kamaytirish va pirovardida, samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini
beradi.
Yuqorida qayd qilingan funksiyalardan tashqari boshqarishning o‘ziga xos aniq
funksiyalari ham bor.
Sug‘urta menejmentning o‘ziga xos aniq funksiyalari deganda muayyan
boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga konkret biriktirilgan ishlar,
mas’uliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmuasi tushuniladi.
Tegishli funksiyalaming to‘la-to‘kis va sifatli bajarilishi uchun ishlab
chiqarishning muntazam yoki umumiy rahbarlari-direktor, uning oTinbosarlari,
bo‘gin va boMimlar boshlig‘i, shuningdek, xizmat ko‘rsatish bodimlari rahbarlari -
kadrlar boTimi boshlig‘i, reja-iqtisod bo‘limi boshlig'i va boshqalar mas’uldirlar.
Bu vazifalar tashkiliv boshqaruv orqali hal etiladi. Buning obvektlari:
boshqaruv tizimlarini hamda struktura (tuzilma)larini shakllantirish, boshqaruv
funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini va boshqa qoida yoki tartiblami
(reglament) ishlab chiqishdan iboratdir. Sug’urta boshqamvining funktsiyalarini
rivojlantirish ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullar yordamida amalga
oshiriladi.
209
David F .Babbel Anthony M. Santometro. Risk Management by Insurers: An Analysis of the Procress 2005, 3 P.
301
Qarorlaming qabul qilinishi odatdagi va istiqbolli boshqarishning muhim
obyektlari boiishi mumkin. Istiqbolli boshqarishda uzoq muddatli maqsadlami
qo‘yish sug'urta kompaniyasining kelajakda hayotiyligini ta'minlash voilarini
belgilab beradi.
4 Joriy boshqaruvda muayyan vazifalami hal qilish;
•4 Ulami insoniy, moddiy, axborot va moliyaviy resurslar bilan ta'minlash
jarayonini muvofiqlashtirish;
4 Erishilgan natijalar bo‘yicha tahlil va nazoratni ta’minlash;
4 Zarur hollarda tegishli tuzatishlar kiritish bo'yicha qarorlar qabul qilish.
Sug'urta
faoliyatining
joriy
va
istiqbolli
boshqaruv
obyektlari:
Do'stlaringiz bilan baham: