Muddatli sug ‘urta
Yuqorida ko'rib chiqilganidek, muddatli sug'urta belgilangan vaqt davrini
qamrab oladigan hayotni sug'urta qildirish bo'yicha shartnomalarning boshlang'ich
(bazaviy) turi hisoblanadi. Shbu shartnomalar turining bir necha xil variantlari
mavjud:
►
qayd qilib qo'yilgan muddatli sug'urta;
►
qayta tiklanadigan muddatli sug'urta;
►
konvertatsiyalanadigan muddatli sug'urta;
►
sug'urta summasi kamayib boradigan muddatli sug'urta;
►
sug'urta summasi o'sib boradigan muddatli sug'urta;
►
oila daromadlarini sug'urta qildirish;
►
sug'urta summasi o'sib oila daromadlarini sug'urta qildirish.
Keling, bu variantlarga xos bo'lgan ustunliklar va mukofotlami taqqoslaymiz
va ulaming har birini qo'llash bo'yicha shartlami ko'rib chiqamiz.
Qayd qilib ao‘vilsan muddatli suz'urta
Bu muddatli sug'urta qildirishning eng oddiy va shu bilan bir paytda arzon
varianti hisoblanadi, chunki shartnomaning amal qilish muddati davomida doimiy
bo'lib turadigan mukofot evaziga hayotni sug'urta qilish bo'yicha sug'urta
144
kompaniyasi sug'urta qildiruvchi shartnomaning amal qilish muddati yakunlangunga
qadar o'lgan hollarda sug'urta summasi to iash majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Bu
muddat yakunlangach, polis o ‘z qiymatini yo'qotadi.
Ushbu variantning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
>
sug'urta mukofoti pastligi,
>
sug'urta qoplami cheklangan vaqt davomida amal qiladi,
>
sug'urta mukofoti va summasi shartnomada qayd qilib qo'yiladi,
>
na polisnning joriy qiymati va na qayta xarid qilish summasi mavjud
>
shartnoma tugagandan so‘ng to‘lovlar yo'q.
>
mukofotlar kiritish kelishib olingan kutish muddatidan o'tib ketgan
hollarda polis amal qilishni to'xtatadi.
Ushbu polisdan foydalanishning ehtimoli eng yuqori bo'lgan variant - qarz
oluvehining o'limi holatida qarzning qaytarilishini ta'minlash.
Qayta tiklanadisan muddatli sus'urta
Muddatli sug'urtaning ushbu varianti shu bilan ajralib turadiki, shartnoma
sug‘urta qildiruvchining istagi bilan bevosita shartnoma muddati tugashi bilan tibbiy
tekshiruvsiz uzaytirilishi mumkin. Ushbu polislar uchun yosh bo'yicha cheklovlar
qo'llanishi mumkin (masalan, 65 yoshgacha).
Shartnoma muddati uzaytirilgan hollarda sug'urta muofotlari sug'urta
qildiruvchining yoshini hisobga olgan holda oshiriladi va takroriy uzaytirish
imkoniyati mavjud bo'ladi.
Mazkur variantning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
>
polisning amal qilish muddati tibbiy tekshiruvsiz uzaytirilishi mumkin;
>
polis navbatdagi muddat yakunlanganidan so'ng uzaytirilishi voki qayta
tiklanmasligi mumkin;
>
shartnoma muddati uzaytirilganda sug'urta mukofotlari sug'urta
qildiruvchining yoshini hisobga olgan holda oshiriladi.
Sug'urta muddati 20 yilga teng bo'lgan polis xarid qilish o'miga 45 voshli kishi
unga shartnomaning amal qilish muddatini har besh yilda uzaytirish huquqini
beradigan besh yillik qayta tiklanadigan polis xarid qilishi mumkin
Konvertatsivalanadisan muddatli sug'urta
Qayd qilib qo'yilgan muddatli sug'urtaning ushbu varianti shartnoma amal
qiladigan
muddatning
istalgan
qismida
sug'urta
qildiruvchiga
sug'urta
mukofotlarining hammasini yoki bir qismini umrbod sug'urta polisiga yoki qolgan
ummi sug'urta qildirish polisiga konvertatsiyalash imkonini beradi. Mukofot
stavkasini belgilash sug'urta qildiruvchining konvertatsiya paytidagi yoshi uchun
qolgan ummi sug'urta qildirish yoki umrbod sug'urta yangi polisi bilan bir xilda
amalga oshiriladi.
145
Ushbu polis variantining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
►
qolgan ummi sug'urta qildirish yoki
umrbod sug'urta polisiga
konvertatsiya qilish imkoniyati,
►
badallaming hammasi yoki bir qismi konvertatsiya qilinishi mumkin.
►
ushbu variant
bo‘yicha
mukofot
konvertatsiya
qiymatini
kompensatsiyalash uchun biroz yuqori.
Polislaming ushbu turi ssuda ta'minoti sifatida ham qo'llanishi. konvertatsiya
esa
uni kelajakda jam g'arib boriladigan ssudaga
aylantirish
usuli
sifatida
foydalanilishi mumkin.
S u z ‘urta sunvnasi kamayih boradigan muddatli sug'urta
Muddatli sug‘urtaning ushbu variantida polis amal qilish muddatining oxirida
nolga teng bo'ladigan har yili belgilangan miqdorda pasayib boradigan sug'urta
summasi ko‘zda tutiladi.
Ushbu variantga quyidagilar xos:
►
mukofot doimiy bo'lib qolaveradi.
►
qolgan sug'urta summasi juda kichik bo'lib, mukofotni to'lashdan bo‘yin
tovlashning oldini olish uchun mukofotni to‘lash davri shartnomaning amal qilish
muddatidan kichik bo‘lishi mumkin,
►
mukofot hatto qayd qilib qo'yilgan muddatli sug'urtadan ham past
bo'lishi yoki kamroq vaqt to'lanishi mumkin.
Muddatli sug'urtaning ushbu varianti odatda kamayib boradigan qarzni qoplash
uchun, masalan, sug‘urta summasi uy uchun to'lanmagan qarz miqdori bilan bir xil
proporsiyada kamayib boradigan pulini bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan xarid qilingan
uy bo'yicha qarzlami qoplash uchun foydalaniladi.
Sug'urta summasi o ‘sib boradigan muddatli sug'urta
Sug'urta qoplamining ushbu turi shartnomaning amal qilish muddati davomida
pulning qimmati pasayib ketishi sababli sug'urta qoplamining real qiymatini
pasaytiradigan inflyasiya ta’sirini hisobga olish uchun qo'llanadi. Bunga yoki sug'urta
summasini har yili belgilangan foizga oshirish hisobiga, yoki oshirilgan summa bilan
birga uzaytirilishi mumkin bo'lgan qisqa muddatli polislardan foydalanish yordamida
erishish mumkin. Odatda to'g'ri keladigan inflyasiya koeffitsientini hisobga olgan
holda qayta hisob-kitob qilishning indeksli usulidan foydalaniladi.
Ushbu variantga xos bo'lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat:
►
sug'urta qoplami summasi tibbiy tekshiruvsiz polisning amal qilish
muddati davomida o'sib boradi;
►
sug'urta mukofotlari sug'urta summasining o'sishi bilan birgalikda o'sib
boradi;
146
>
sug'urta mukofotlari polis uzaytirilganda sug'urta qildiruvchining
yoshiga muvofiq o'sib boradi;
l>
boshlang'ich sug'urta mukofotlari ekvivalent qayd qilingan muddatli
sug'urta qildirishda bo‘lgan holatdan ko'rayuqori;
t>
sug'urta qoplami 60-65 yoshgacha amal qilishi mumkin.
VICH-infeksiya va OITS keng tarqalib ketganligi tufayli oxirgi paytlarda bu
polislami xarid qilish qiyinlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |