0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


-MAVZlL HAYOT SUG‘URTASI  VA ANNUITETLAR111



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

13-MAVZlL

HAYOT SUG‘URTASI  VA ANNUITETLAR111

13.1.  Hayot sug‘urtasining mohiyati, obyekti va  predmet

Hayot  sug'urtasi  g'arb  mamlakatlari  sug‘uria  bozorida  sug‘urta  mukofotlarini 

to'plash  bo‘yicha  yetakchi  va  mustahkam  o'rinlarni  cgallab,  har  bir  mehnat 

qobiliyatiga  ega  bo'lgan  fuqaroning  hayotiga  kirib  borgan.  Hayot  sug'urtasi  bi/.ning 

mamlakatimizda  hamdo‘stlik  mamlakatlarida  bo'lgani  kabi  rivojlanishning  qiyin 

pallasini boshidan kechirmoqda.

Xo'sh,  hayot  sug'urtasi  bu  qanday  sug'urta  turi,  uning  obyekti  va  predmeti 

nima va boshqa sug'urta turlaridan qanday jihatlari  bilan  farq  qiladi?  I Iayot  sug'urtasi 

shaxsiy  sug'urta  tarmog'ining  asosini  tashkil  etib.  mazkur  sug'urta  orqali  insonning 

hayoti  uning  vafot  etishidan.  ma'lum  yoshga  yetishidan,  kasallikdan,  baxtsiz 

hodisadan,  inson  hayotidagi  muhim  voqealar  hisoblanuvchi  farzand  tug'ilishi, 

nikohga kirishish  va  boshqa  holatlar  natijasida  yuzaga  keladigan  moddiv  manfaatlar 

tomonlar  o'rtasida  ixtiyoriylik  asosida  tuzilgan  sug'urta  shartnomasida  kelishilgan 

sug'urta  summasi  doirasida  sug'urtalovchi  tomonidan  qoplab  berilishidan  iborat 

sug'urta faoliyatidir.

Hayot  sug'urtasining  obyekti  bo‘lib  insonning  hayoti  bilan  bog'liq  mulkiy 

manfaatlar  hisoblanadi.  Predmeti  sifatida  insonning  vafot  etishi,  ma'lum  yoshga 

yetishi. kasallik. baxsiz hodisa,  farzand tug'ilishi. nikohga kirishish va boshqa holatlar 

hisoblanadi.

Hayot  sug'urtasida  sug'urta  hodisasi  sifatida  tuzilgan  sug'urta  shartnomasi 

muddatining  tugashi.  ya’ni  sug'urtalangan  shaxsning  shu  muddatgacha  yashashi. 

hayotni  aralash  sug'urtasi  turlarida  esa  sug'urta  shartnomasining  amal  qilish  davrida 

sug'urtalanuvchining  vafot  etishi,  ishlab  chiqarish  voki  boshqa  sharoitlarda  jarohat 

olishi  holatlari  sug'urta  hodisasi  sifatida  qabul  qilinadi.  Bu  xalqimizning  o'zaro 

yordam, tavanch va ijtimoiy himoya kabi  an'analariga mos keladi.

Mamlakatimizda  hayot  sug'urtasi  hozircha  shakllanish  jarayonini  boshidan 

kechirmoqda.  Buning  qanday  sabablari  bor?  Buning  sabalaridan  biri,  sovet  tuzumida 

fiiqarolaming  hayoti  va  faoliyatining  himoyasi  uchun  javobgarlik  to'liq  davlatning 

zimmasida edi.  Bu esa mamlakatimizda sug'urta sohasining, hamda xalqimiz sug'urta 

madaniyatining yetarli darajada rivojlanmay qolishiga sabab bo'ldi.  Bozor  iqtisodiyoti 

sharoiti va davlat qurishning “O'zbek modeli”  ga ko'ra davlat  o'z funksiyalarini  asta- 

sekinlik  bilan  jamiyatga  berib  boradi.  Bu  esa  o'z-o'zidan  jamiyatning  bir  bo'g'ini 

bo'lgan sug'urta tashkilotlari faoliyatiga mazkur vazifani ma'lum darajada yuklaydi.

111  Insurance:  Principies  and  Practice.  Compiled  by  David  Bland,  The  Chartered  Insurance  Institut,  Great 

Britain, 1993, 274-295  pg

140



Hayot  sug’urtasi 

hoshqa 


sug‘urta 

turlari 


kabi 

shartnoma 

bilan

rasmiylashtiriiadi,  unga  ko'ra  sug'urtalanuvchi  tomonidan  to’langan  sug’urta 



mukofoti  evaziga  shartnomada  kelishilgan  sug’urta  summasini  shartnomaning  amal 

qilish  davrida  shartnomada  ko‘zda  tutilgan  holatlar  (vafot  etish  yoki  ma'ium  yoshga 

yetish  va  boshqa holatlar)  yuz berganda to‘lab  berishni  sug'urtalovchi  o'z zimmasiga 

oladi.  Shu  bilan  birga  mazkur  shartnoma  sug'urtalanuvchining  huquq  va 

majburiyatlarini  ham  tartibga soladi.

Hayot  sug’urtasining  quvidagi  turlari  amaliyotda  keng  qo’llanib  kelinmoqda: 

vafot  etish  hodisasidan  sug’urtalash.  jam g‘arib  boriladigan  hayot  sug’urtasi,  hayotni 

aralash  sug’urtalash,  jamoa  sug‘urtasi.  Hayot  sug'urtasi  shaxsiy  sug’urtaning  bir 

bo’g ’ini  silatida  iqtisodiyotning  o'zgaruvchan  qisnti  boigan  ishchi  kuchi  bilan 

bog‘liq.  Ushbu  sug'urta  turida  sug'urta  himoyasining  obyekti  bo'lib  fuqarolaming 

hayoti,  sog'ligi  va  mehnat  qobiliyati  hisoblanadi.  Mulk  sug'urtasidan  farqli  o’laroq. 

hayot sug’urtasining obyektlari ma’ium qiymatga ega emas.




Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish