In vesthsion nolislar
Sug'urta qiluvchining nuqtai nazaridan. muddatli sug'urtada investitsion
element umuman mavjud emas. Bu polislar faqat himoya uchun mo'ljallangan va
sug'urta qoplami cheklangan nruddatda amal qilishi sababli hayotni sug'urta qildirish
bo'yicha kompanivadan to'lov muqarrar sanalmaydi.
Qolgan ummi sug'urta qildirish polislari yoki umrbod sug'urta polislari
quyidagicha bo'lishi mumkin:
►
kafolatlangan summaga daromadsiz polislar.
muayyan sug'urta kompaniyasining investitsion faoliyat samaradorligiga
bog'liq bo'lgan daromad bilan bog'liq daromadli polislar.
Daromadli polislar
Polislaming ushbu turi sug'urta qildimvchiga sug'urta kompaniyasi oladigan
foydani taqsimlashda ishtirok etishga imkon beradi. Hayotni sug'urta qildirish
bo'yicha kompaniya har vili o 'z tiktivlari va majburiyatlarini baholaydi va sug'urta
summasiga qo'shimcha sifalida olingan barcha foydadan bonus yoki mukofot
hisoblab chiqadi. Bu qo'shimcha to'lovlar sug'urta qildimvchining o'limi yoki polis
bo'yicha to'lov muddati kelmagunga qadar olinishi mumkin emas.
Amaliyotda bonus to'lovlarining turli xil variantlari uchraydi, lekin mazkur
darslikda shuni ta'kidlash kifoyaki, ular odatda har yili sug'ruta summalaridan foiz
shaklida belgilanadi. Bu bonuslar yoki sug'urta summasidan, yoki ilgari hisoblangan
bonuslami hisobga olgan holda sug'urta summasidan hisoblab chiqilishi mumkin.
Hayotni sug'urta qilish bo'yicha kompaniya qo'shimcha ravishda «yakuniy
bonus» tayinlashi mumkin bo'lib, u faqat sug'urta qildimvchining o'limi yoki polis
bo'yicha to'lov muddati kelgan holdagina to'lanadi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, qolgan ummi sug'urta qildirish polislari va
umrbod sug'urta polislari qayta sotib olish summasiga ega, shu sababli bu polislar
bo'yicha bonuslar hisoblab chiqiladi. lekin ular karnroq bo'ladi va odatda ular uchun
yakuniy bonus foydalanilmaydi.
Pirovardida daromadli polislar quyidagilami ta’minlaydi;
►
kelishilgan muddat kelgan yoki o'lim holati ro'y berganda kafolatlangan
summa,
►
yillik bonuslar.
143
►
kelishilgan muddat kelgan yoki o iim holati ro‘y berganda qo'sliiladigan
yakuniy bonus,
►
qayta xarid qilish summasi, jumladan, yillik bonuslaming m a'lum bir
qismi.
Daromadli polislar bo'yicha mukofotlar odatda sug'urta summasi bir xil
boigan daromadsiz polislardan vuqori bo'ladi va bu ular keltiradigan qo'shimcha
daromadlami aks ettiradi.
Ulushli (hissali) polislar
Ulushli polislar investorlarga daromad darajasi bevosita hayotni sug'urta qilish
bo‘vicha kompaniyalaming investilsion faoliyat samaradorligi bilan bog'liq bo'lgan
polislar taklif qilish usuli sifatida paydo bo'lgan. Odatda bunga ulushli polislar
qiymatini sug'urta kompaniyasi yoki boshqa boshqaruvchi tomonidan boshqariladigan
trast fondidagi ulushlar qiymatiga bog'lab qo'yish vo'li bilan crishilgan.
Ulushli polislar bo'yicha olinadigan mukofotlaming hammasi yoki bir qismi
joriy narx bo'yicha trast fondida ulushlar xarid qilish uchun foydalanilgan.
Polislaming joriy qiymati bu ulushlar qiymati bilan birgalikda o'zgarib boradi. Garchi
chaqqon bozorda u o‘sadigan boisada, narx tushib ketgan hollarda ulaming cgalari
yutqazib qo'yishi ham mumkin.
Ushbu bosqichda investitsion polislaming bu jihati haqida batafsil to'xtalib
o'tishga zarurat yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |