0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


  Sug‘urta mahsuloti dinamikasi va  uning amal qilish davriyligi



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

28.2.  Sug‘urta mahsuloti dinamikasi va  uning amal qilish davriyligi

Sug'urta  qiluvchilaming  sug'urta  mahsulotiga  doir  siyosatida  eng  muhim 

muvaffaqiyat  kaliti bo'lib  sug'urta mahsulotlariga bo'lgan talab va taklifning dinamik 

mutanosibligi xizmat qiladi.

Sug'urta  qiluvchi  doimiy  ravishda  o'zi  tomonidan  taklif  etilayotgan  sug'urta 

mahsulotlari  mijozlaming  talabiga  mos  kelishini  tekshirib  turishi;  shuningdek  o'zi 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  vajoriy  etilishi  rejalashtirilayotgan  sug'urta  mahsulotlari 

bozoming kelajak ehtivojlariga qav darajada mos kelishini kuzatib borishi  zarur.

Shu  maqsadda  sug'urta  qiluvchi  muntazam  o'ziga  quvidagi  savollami  berib 

turishi darkor.

1.  Mijoz  muayyan  toifadagi  sug'urta  qoplamasini  sotib  olar  ekan,  o'zi  uchun 

qanday  imtiyoz  va  manfaatlami  ko'zlamoqda  (sug'urta  himoyasining  ishonchliligi, 

sarmoyalashdan  yuqori  daromad  olish  mumkinligi,  ta'minlangan  keksalik  kafolati  va 

h.k.)?


2.  Mazkur  sug'urta  malisulotini  mijoz  uchun  jozibador  qilib  turgan  maftunkorlik 

omillarini  (narxining  arzonligi,  sug'urta  mahsulotining  yuksak  sifatliligi,  kafolatlar 

sug'urtalanuvchining  shaxsiy  ehtiyojlaridan  kelib  chiqib  tanlab  olinganliginij 

tasniflash  (ahamiyatining pasayishi tartibida jovlashtirish) mumkinmi?

3.  Kompaniya  tomonidan  taklif  etilayotgan  sug'urta  mahsulotlari  jamlanmasi 

mijozlaming kompleks sug'urta ehtiyojlariga mos keladimi?

4.  Sug'urta  amaliyotlari  aylanmalaming  (tuzilgan  shartnomalar  soni)  yuksak 

darajada  bo'lishini  va  yigmajildning  maqbul  rentabelligini  ta’minlaydimi,  va'ni 

sug'urta mahsulotini tabaqalashtirish to'g'ri o'tkazilganmi?

5.  Bozor  evolyutsiyasi  va  unda  taklif  etilayotgan  raqobatchilar  mahsuloti 

evolyutsiyasi qay darajada?

6.  Bozorda  qanday  yangi  sug'urta  mahsulotlari  paydo  bo'lishligini  bashorat  qilish 

mumkin?

7.  Sug'urta bozori  evolyutsiyasiga va uning talablariga qanday  tashqi  omillar ta’sir 

ko'rsatadi 

(majburiy  sug'urtalash  to'g'risdagi  yangi  qonunchilik  hujjatlari,

345



kontragentlaming  sug‘urtaga  oid  u  yoki  bu  turdagi  majburiyatlarini  sug'urtalash 

to'g'risidagi norasmiy talabning iqtisodiy turmushga joriy etilishi va h.k.)?

8.  Har bir sug‘urta mahsulotlari jamlanmasi vaqt o'tishi bilan o'zgaradi.

Ulaming dinamikasi  sug'urta qiluvchining u yoki bu marketing strategiyasining 

namoyon bo‘lishi  bilan bog'liq.  Jamlanma kengayishi. torayishi,  butunlay  yo'q  boiib 

ketishi  yoki  boshqa  jamlanma  bilan  birikishi  mumkin.  Jamlanmaning  kengayishi 

bozor segmentining  o‘sishiga,  sug'urtalanuvchi  uchun  uning  ahamiyati  oshganligiga, 

sug'urta xizmatlarining u yoki  bu turiga nisbatan  bozordagi  talabning o'zgarishiga bir 

qadar moslanuvchan vosita bo'lib hisoblanadi.

Qaysidir  jamlanma  mahsulotlari  sonining  ko'payishi  yoki  sifatining  oshishi 

sug'urta qiluvchi bozoming muayyan  segmentida o‘z ulushini  ko'paytirish  uchun  faol 

harakat qilishga chog'lanayotganini  bildiradi.

Jamlanmaning  yig'ishtirib  olinishi  mazkur  segment  sug'urta  qiluvehida 

endilikda  u  yangi  bozomi  yoki  sotuv  usullarini  o'zlashtirayotganligi,  bozor 

segmentining  torayganligi,  uning  daromadliligi  sug'urtaianuvchilaming  o'rtacha 

daromadi  pasayishi  yoki  raqobatning  ko'payib  ketganligi  sababli  qiziqish 

uyg'otmayotganini  bildiradi.  Yuqorida  sanab  o'tilgan  vaziyatlarda  sug'urta 

jamlanmasi  yo  butunlay  yig'ishtirib  olinadi,  yoki  sug'urta  mahsulotlai-i  sonini 

kamaytirish va soddalashtirish orqali eng kam darajaga tushirib qo'yiladi.

Shubhasiz,  sug'urta  mahsulotlari 

paydo 

bo'ladi 


va  yangi 

sug'urta 

mahsulotlariga  yo'l  bo'shatib  berib,  yo'q  bo'lib  ketadi.  Bu  jarayon  sug'urta 

mahsulotining amal qilish davriyligida o'z ifodasini topadi.

Sug’urta  mahsulotining  amal  qilish  davriyligi  boshqa  turdagi  keng  iste'mol 

tovarlari davrivligidan keskin  farq qiladi.

Birinchidan, sug'urta davriyligi  ancha uzoq muddatlidir,  sug'urta polislari  katta 

o'zgarishlarga  uchramagan  o'nlab  yillar  davomida  sotilishi  mumkin,  buni  esa  tovar 

mahsulotlari uchun mutlaqo qo'llab bo'lmavdi.

Ikkinchidan,  sug'urta  mahsulotining  amal  qilish  davriyligining  dastlabki 

bosqichida qilingan  xarajatlar,  keng  iste'mol  mollari  uchun  qilinadigan  xarajatlardan 

ancha kam.

Uchinchidan,  sug'urta  shartnomasining  amal  qilish  muddati  uning  amal  qilish 

davriyligi  muddatidan  ko'proq  bulishi  mumkin,  ya’ni  shunday  holat  bo'lishi 

mumkinki,  sug'urta  qiluvchi  allaqachon  muayyan  turdagi  sug'urta  mahsulotini 

tijoratlashtirishdan  voz kechgan  bo'lsa-da,  uning  yig'majildida  bu  mahsulot  hozircha 

mavjud bo'lib turadi251.  Sug'urta mahsulotlarini yaratilishi bosqichlari:

1. 


Sug'urta  mahsulotini  tadqiq  etish  va  loyihalashtirish.  Bu  bosqichda  bozor 

segmenti,  ya'ni  sug'urta  mahsuloti  mo'ljallangan  mijozlar  tanlab  olinadi;  sug'urta 

shartlari  va  tariflar  sug'urta  qiluvchi  o'z  oldiga  qo'ygan  maqsaddan  kelib  chiqqan 

holda  aniqlanadi;  bozorda  mahsulotning  o'tishi  sinaladi.  Xizmat  ko'rsatish  sohasiga 

oid  sug'urta  mahsulotining  o'ziga  xosligi  uni  ishlab  chiqrish  bosqichining 

yo'qligidadir.  Bu  sug'urtalashni,  masalan,  avtomobilsozlikdan  farqlantirib  turadi. 

Ishlanma  yakunlanishi  bilanoq,  sug'urta  mahsulotini  bozorga  joriy  etish  boshlanib 

ketadi.


251  Successful Insuranse Sales.  Jack  K inder,Jr.  Garry K inder.Tne N apoleon N ill  Foundation,  2012.  15p.

3 4 6



2. Sug‘urta mahsulotini  bozorga joriy  etish.  Bu  bosqichda  sug‘urta qiluvchining 

maqsadi  — mahsulotga  ehtiyojni  tashkil  etishdan  iborat.  Sotuv  hajmi  oz  darajada. 

mahsulot  sug’urtalanuvchilar  uchun  hali  yaxshi  tanish  emas.  Odatda  bu  davrda 

reklamaga  katta  qo’vilmalar  ajratish.  agentlik  tarmog‘ini  rag’batlantirish.  yangi 

sug’urta  dasturining  maqsadi  va  sifati  to‘g ‘risida  iste’molchilami  boxabar  etish  talab 

qilinadi.

3. O’sish  pallasi.  Sug’urta  qiluvchining  marketing  bo‘yicha  saralagan  kuch- 

g ‘ayrati mahsulot uchun bozomi  ochib beradi. Unga bo'lgan talab ortib boradi. tariflar 

va o‘tkazish  tizimining xususivatlari  bozor  sharoitlariga hamda iste'molchilaming  bu 

mahsulotga  bildirayotgan  munosabatiga  moslashadi,  reklama  va  og’izdan-og’izga 

ko’chib  yuruvchi  shov-shuvlar  mazkur  sug‘urta  xizmatlariga  ehtiyoj  tug’diradi,  shu 

hisobdan u bozoming katta qismini egallab oladi.

4. Etuklik  pallasi.  Bu  bosqichda  sotuvlar  sur’ati  pasayadi,  mahsulot  bozoming 

odatdagi  vositalari  qatoriga  o’tadi.  Mazkur  sug’urta  xizmati  xususiyatlari  bilan 

qiziqishi  mumkin  bo’lgan  mijozlar soni  tugab boradi  va shu  sababli  sotuvlar  miqdori 

to'liq qamrab olingan pog’onaga yetadi.

5. Pasayish  pog’onasi.  Sug‘urta  mahsuloti  iste’molchilaming  katta  qismining 

ehtiyojlarini  qondirmay  qoladi  va  sotuvlar  miqdori  kamayib  ketadi.  Bu  bosqichda 

sug’urta  qiluvchilar  ko‘pincha  sug’urtalanyotgan  xatarlami,  sug’urtalash  shartlarini, 

vajlami,  franshizlami  iste’molchilaming  yangi  talablariga  muvofiqlashtirish  orqali 

sug’urta  mahsulotini  takomillashtirishga  harakat  qiladilar.  Agar  mazkur  ishlar 

muvaffaqiyatli  chiqsa,  mahsulot  yangi  yuksalish  bosqichiga  kiradi.  Aks  holda, 

sug'urta  qiluvchi  uni  tijoratlashtirishdan  voz kechib,  avval  tuzilgan  shartnomalaming 

o’zi bilan cheklanadi.

Mijozlar  ayniqsa  uzoq  muddatli  sug'urta  shartnomalari  bo'yicha  uning  amal 

qilish  muddati  tugamasdanoq,  shartnoma  shartlaridan  qanaoatlanmay  qolish  hollari 

bo’lib  turadi.  ya’ni  shartnoma  o’zi  amal  qilib  turgan  rnuddat  ichida  ma’nan  eskirib 

qolishi  mumkin.  Xususan,  bozoming  rivojlanishi  hayotni  uzoq muddatli  sug'urtalash 

tajribasiga sug’urta  hodisasi  vujudga kelganda kompaniya  tomonidan  bir  qator yangi 

xizmatlar taqdim  etilishini taqazo  etdi.  Masalan,  bundan yigirma yil aw al, hozir amal 

qilib  turgan  shartnomalar  tuzilgan  vaqtda,  sug’urta  qiluvchilar  yuridik  xizmatdan 

foydalanish  kerakligini  xayollariga  ham  keltirmaganlar.  Bunday  holatlarda  sug’urta 

qiluvchi  shartnomani  qayta  tuzadi,  ya’ni  uni  sug’urtalanuvchining  yangi  talablari 

asosida takomillashtiradi.

Sug’urta mahsulotlarining amal qilish davriyligi dinamikasi  ikkita asosiy omil:

■ ehtiyojlami  to’liq  qondira  olishi,  ya’ni  mahsulot  sifatining  mijozlaming 

umidiga mos kelishligi,

■bozor segmentining keng qamrovligi va taraqqiy etishi bilan bog’liqdir.

Mahsulot 

bozor 


talablariga  mosligi 

darajasiga 

bog’liq 

ravishda


takomillashtirilib  va  muvofiqlashtirib  borilishi  shart.  O’sib  borayotgan  bozor 

segmentida  sotuvlar  tizimi  va  sug’urta  mahsuloti  tarkibiga  kiritilgan  qo'shimcha 

xizmatlar  taraqqiy  topib  borishi  lozim.  Bulaming  hammasi  qo’shimcha  moliyaviy 

qo’yilmalami  talab  etadi.  Qo’shimcha  sarmoyalash  zaruratini  «Boston  Konsalting 

Gmp»  firmasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  «Boston  matritsasi»  yordamida  aniqlash 

mumkin. Unda sug’urta mahsulotlari dinamikasi umumiy tarzda ifoda topgan.

347



Odatga  ko'ra,  bozor  segmenti  yiliga  kamida  10  foizga  oshib  borsa.  uni  tez 

taraqqiy 

etayotgan  deb 

hisoblanadi. 

Hozirgi 

paytda 


sanoati 

rivojlangan 

mamiakatlardagi  sug'urta  bozorining  bunday  segmenti  sil'atida  hayot  sug'urtasini 

ko‘rsatish mumkin.

Shubhasiz,  qo'shimcha  resur  qo'yilmalari  birinchi 

navbatda  intensiv 

rivojlanayotgan  bozorlar  uchun  xizmat  qilayotgan 

sug‘urta  mahsulotlariga 

yo'naltirlishi  zarur.  Bu  mablag'lami  «sog'in  sigirlar»,  ya’ni  bozorning  barqaror  va 

yirik  qismiga  xizmat  qilayotgan  sug‘uita  mahsulotlari  yetkazib  beradi  va  yetarli 

darajada yuksak daromadlilikni ta'min etadi.

Marketing strategiyasiga bag'ishlangan boiimda sug'urta mahsulotining to'g'ri 

tabaqalashtirilishi,  bu  mahsulot  uchun  bozorning  maqsadli  segmentlarini  tanlash 

nechog‘lik  muhimligi  to'g'risida  gapirib  o'tgan  edik.  Biroq  bozor  dinamikasi  va 

sug‘urta  mahsulotlarining  ma’nan  eskirishi  munosabati  bilan  mahsulotlarni  bir 

segmentdan  boshqasiga  ko'chirib  o'tkazish  tobora  ko'proq  ahamiyat  kasb  etib 

bormoqda.

Bu  ish  mahsulotlaming takomillashtirilishi  va  maqsad  yo'nalishi  o'zgartirilishi 

bilan,  shuningdek  mavjud  segmentlar  uchun  hamda  istiqboldagi  segmcntlar  uchun 

yangi  mahsulotlar  ishlab  chiqilishi  bilan  birgalikda  olib  boriladi.  Bunday  yondashuv 

sug'urta  qiluvchiga  o‘z  sug'urta  yig'ma jildida  dinamik  muvozanatni  saqlab  turish 

imkonini beradi.

Sug'urta  mahsulotlari  jamlanmasini  bozorning  muayyan  segmentlari  bo'yicha 

takomillashtirib  borilishiga  undan  eskirib  qolgan  mahsulotlarni  chiqarib  tashlash, 

ulami  takomillashtirish  orqali,  sug'urta  xizmatlari  nomenklaturasini  kengaytirish 

orqali  va  boshqa  segmentlardagi  maqsadli  sug'urta  mahsulotlarini  «qayta 

tabaqalashtirish» hisobiga mazkur segmentga yo'naltirish orqali erishiladi.

Sug'urta  mahsulotini  tabaqalashtirish  o'z  ichiga,  masalan,  kafolatlar  va 

tariflaming  o'zgartirilishini  olishi  mumkin.  Xususan,  turar-joy  bo'yicha  kompleks 

sug'urta shartnomasiga qo'shimcha ravishda oila a’zolarining qimmatbaho buyumlari, 

yoki  bolaning  maktabda  taqadigan  ko'zoynagiga  oid  sug'urta  kafolatlari  kiritilishi 

mumkin.


«Qayta  tabaqalashtirilgan  sug'urta  mahsuloti  asosiy  qoidalari,  kafolatlari, 

sug'urta  summalari,  franshizlar  va  tariflami  (ya’ni  barcha  texnik  xususiyatlarini) 

saqlab qoladi.

Biroq  uning  «reklama  qutisi»  va  izohlovchi  qo'shimcha  hujjatlari  o'zgarishga 

uchraydi.

Masalan,  oiladagi  ikkinchi  mashinani  sug'urtalash  avtomobilni  bir villik  bosib 

o'tilgan yo'ligaqarab, moslashuvchan tarif bilan sug'urtalash shaklini olishi mumkin.


Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish