birinchi
bosqichi hisoblanadi.
Uning maqsadi yangi kompaniyaga nisbatan nuqtai nazami ishlab chiqishdir. Bu
yerda birinchi b o iib quvidagi masalalami yechish lozim:
> kompaniyaning strategik maqsadlarining reinjiring kompanivaning yangi
maqsadlarga muvofiqligini ta’minlash lozim;
^ bench-marketingni amalga oshirish lozim. ya’ni kompaniyani boshqa
raqobotbardosh kompaniya bilan solishtirib chiqish kerak;
^ kompaniya mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan mijozning talabini to:liq
qondirish yo'llari va usullarini aniqlash lozim;
> kompaniyaning ichki
mijozlari, birinchi navbatda sotuvchilaming
kompaniyaning biznes-jrayoniga bo‘lgan talablarini aniqlashtrish lozim;
> yangi
kompaniyani
ixtisoslashtirish
maqsadida
mavjud
bo‘lgan
kompaniya qanday faoliyat olib borishini tushunish lozim.
Dastlab biz sug‘urta kompaniyaning reinjiringini maqsad va vazifalarini
ishlab chiqish jarayonini batafsil ko‘rib chiqqan edik. Shu sabab yana bir bor uni
qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj yo;q. Reinjiring bo‘yicha olib boriladigan ishga
ruxsat beruvchi reinjiniringni amalga oshirish kerakligi haqidagi hujjatlami
(derektivani) tayyorlash birinchi bosqichning natijasi bo‘lishi mumkin. Derektiva
mavjud bo‘lgan personalga biznesda o‘zgarish kerakligini, bunday holatda faoliyat
olib borish mumkin emaslik sababalarini tushuntirishi lozim. Reinjiring
boshlanishi to 'g ’risidagi hujjat quvidagi holatlami aniq tushuntirish lozim:
1. Kompaniyaning tashqi muhiti. Kompaniya mijozlarining kutishlari va
talablari. Mavjud bo‘lganlarga nisbatan mijozlar ehtiyojlarini qondirishning yana
qanday samarali usuli bor?
2. Sug‘urta bozoridagi raqobatni kuchavishi va raqobatchilar tomonidan
mijozlar ehtiyojlarini qondirish yo'llari. Raqobatchilarga nisbatan mijozlarga
285
yashiroq xizmat ko‘rsatish uchun nima qilish kerak va qanday xizmat qilish kerak,
qandav qilib amalga oshirilishi mumkin?
3.
Kompaniyaning ichki muhiti. Nima uchun ish uslublarini qayta ko‘rib
chiqish va biznes jarayonlarini tubdan o'zgartirish zarur? Nimani qayta tuzish
kerak? Reinjiringni amalga oshirmasligining oqibatlari qanday?
Ko'rsatma kompaniya boshqaruvi va uning barcha xodimlari uchun xolisona.
ochiq va tushunarli bo'lishi kerak. Kompaniya rahbariyati, albatta. direktivaning
g‘oyasini
qo‘llab-quwatlamog‘i
kerak
va
ishchilar
kompaniyani
qayta
tashkillashtirish kelajakda juda muhim ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil
qilishlari kerak.
Sug'urta kompaniyasini qayta tashkil etishdagi ikkinchi bosqichi mavjud
kompaniyaning modelini ta’riflashdir. Ushbu bosqichga bo'lgan ehtiyoj haqida
ikkita fikr mavjud. Birinchi yondashuvni qo'llab-quvvatlaydiganlar mavjud
bo'lgan oldingi dunyoqarashalardan voz kechib, reinjiringni noldan boshlash
kerak. deb hisoblashadi. Ushbu "inqilobni” tushunib, deyarli, amalda qo'llash
mumkindek tuyuladi. Biroq, O'zbekistonda shakllangan o'ziga xos mentalitetni
hisobga olib, bunday yondashuvni amalda qo'llash tavsiya etilmaydi. Biz juda
tezlik bilan yo‘q qilamiz va juda sekinlik yaratamiz. Shuning uchun, fikrimizcha,
qiyinchiliklar, nozik holatlar va mavjud bo'lgan biznes natijalari anglashilganda
keskin o'zgarishlar ishlarini olib borish bo'yicha yondashuvlardan foydalanish
lozim. Biror narsani o'zgartirish uchun biror narsani bilish kerak.
Mavjud kompaniyaning modelini yaratish (teskari reinjiring) quyidagilarga,
ya?ni:
- kompaniyaning mavjud biznes-jaravonlarini tushunishga;
- yuqorida ko'rsatilgan jarayonlami hujjatlashtirilgan shaklda tavsiflashga;
- biznesni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlashga;
- mijozlar ehtiyojlarini qondirish jarayonida protseduralar, me'yorlar va biznes
qoidalari ta’sirini, shuningdek, kompaniyaning turli bo'linmlarining o'zaro
harakatini o'rganishga;
- birinchi, “qo'pol" shaklda yangi biznes modeli yaratishga imkon beradi.
Mavjud biznesni muqobil ravishda tushunmasdan, uni o'zgartirishning
optimal usullarini tanlab bo'lmaydi. Bundan tashqari, teskari reinjiringni amalga
oshirish uchun kompaniyaning mavjud xodimlarini jalb qilish kerak. Har bir
xodimga modellami yasashda ishtirok etish imkonini berish muhim ahamiyat kasb
etadi. Aynan kompaniya xodimlarining mavjud biznesni ta’riflashda ishtiroki
undagi o'ziga xos bo'lgan nozik joylarini ko'rishga, qayta qurishni anglashaga
yordam beradi.
Harakatdagi biznes modeli umuman olganda biznes holatini aks ettiruvchi
umumiy funksional ta’riflarni va sotish, mijozga xizmat ko'rsatish bo'yicha
alohida jarayonlaming to'g'risida aniq ma’lumotlarni qamrab oladi. Mavjud
286
bo'lgan biznes modelini ta'riflashda u yoki bu jarayonlar samarasini aniq
o‘lchagichlari qo'llaniladi. Bu esa olinayotgan natijalami reinjiring jarayonini
amalga oshirishdan so‘ng kompaniya ega bo‘lgan natijalar bilan solishtirish uchun
juda muhimdir.
Ikkinchi bosqichdan mantiqan kelib chiqadigan uchinchi bosqich yangi
kompaniya modelini ishlab chiqish bilan bog'Iiqdir. Yangi biznes modelini
yaratish bo‘yicha aniq harakatlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Birinchidan,
yangi biznesning umumiy funksional modeli ishlab chiqilmoqda,
unda kichik ta?riflari bor kichik tizimlar va model obyektlari mavjud. Umumiy
hujjatda (reinjiring konsepsiyasi) reinjiring maqsadi va vazifalari aniqlanadi,
sug'urta
kompanivaning
asosiy
biznes-jarayonlari,
ulaming
kompaniya
faoliyatidagi o'm i, bo'linmalar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning umumiy
tamoyillari ta’riflanadi.
Bundan tashqari, bu yerda kompaniya erishmoqchi bo‘lgan yangi qadriyatlar
va ideallar, olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etish uchun xodimlamining
sababivat tizimi belgilanadi. Korporativ axborot tizimini yaratish vazifalari
aniqlandi.
Ikkinchidan,
isloh qilingan biznesning raqobatbardosh kichik tizimlari
modellashtiriladi. Kichik tizimlar ishni bitta biznes-jarayonda, masalan: sug'urta
mahsulotini yaratish, sotish, anderrayting va hokazolarda ifodalaydi. Shu bilan
birga, biznesdagi jarayonlar funksional bo'linmalar orqali qandav ishlash kerakligi
belgilab beriladi.
Uchinchidan, modellashtirilgan aniq kichik tizimlar muavyan hujjatlarda,
masalan, turli ko‘rsatma, qoidalar va hokazolarda o'z aksini topadi. Xususan,
kompaniya bo‘linmalarning o ‘zaro hamkorligi to'g'risidagi yo‘riqnoma:
•
sug'urta
shartnomasini
tuzishda
sotuvchi
bo‘linmalar,
bek-ofis,
anderrayting o'rtasidagi;
• sotish jarayonida mijoz va sotuvchi bo‘linmalar o'rtasidagi;
• sug'urta voqeligini ko‘rib chiqish jarayonida zararlami tartiblashtirishda
mijoz va bo'linma o‘rtasidagi;
• mijozga xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi boshqa bo'linmalar (yuridik
bo'linma, buxgalteriya hisobi, qayta sug‘urta qilish va boshqalar) o'rtasidagi
tamoyillar, me’yorlar ishchi protseduralami belgilab beradi.
Shu bilan birga yo‘riqnomada aniq ko‘rsatkichlar, ya’ni
sug'urta
shartnomasini tayyorlash va bajarish vaqti, anderrayting protseduralari va
boshqalar belgilanadi. Bundan tashqari, ko'rsatilgan hujjatda lozim bo'lgan
blanklar va ilovalar bor. Kompanivaning hujjat aylanmasi ham tegishli qoidalar
bilan tartibga solinadi.
287
Do'stlaringiz bilan baham: |