Ikkinchidan,
nostandart masalalami ko'rib chiqishda biznes jarayonida
ishtirok etuvchilarga tegishli vakolatlar beriladi.
6. Boshqarishning
aralashma
tamoyili—markazlashtitirilgan-markazlash-
tirilmagan. An’anaviy kompaniyalarda barcha jarayonlar, shu jumladan qaror
qabul qilish q af iy markazlashtirish tamoyillari asosida qurilgan bo‘lsa, reinjiniring
sug‘urta
kompaniyasida
bo‘linmalar
avtonom
holda
harakat
qilib,
markazlashtirilgan m a’lumotlar bazadan foydalanish imkoniyati mavjud. Masalan,
turli hududlarda faoliyat yuritadigan sug'urta kompaniyalari filiallari o ‘z
bizneslarini mustaqil ravishda olib boradi. Shu bilan birga ular onlayn axborot
texnologiyalari orqali korporativ axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega. Tegishli
ruxsat olish uchun bosh kompanivaga murojaat qilish faqat nostandart holatlarda
yuzaga keladi.
Sug‘urta kompaniyasini reinjiniringi biznes-jaravonlami qayta tuzishdan
boshlanadi. Biroq, uning mazmuni bu bilan cheklanmaydi. Gap shundaki, biznes
jarayonlaming radikal o‘zgarishi kompaniyaning barcha sohalarini qamrab oladi.
Birinchidan, ish tartibi va odamlami tashkil qilish tartibi o’zgartiriladi.
Funksional birliklar o‘miga ular jamoalarga qo'shiladi. Bundan kompaniyaning
yangi tashkiliy tuzilishi kelib chiqadi. Jarayonli jamoalarda ishlaydigan xodimlar
mijozlar ehtiyojlarini qondirish manfaatli bo‘lishi uchun boshqaruv va
293
sababiyatlaming oqilona tizimlari kerak bo iadi. Ular yangi qadriyat tizimini
shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘urta kompaniyasi uchun biznes-
jarayonning reinjiniring oqibatlarini kcrrib chiqamiz.
1. Asosida funksional birliklar emas. balki jarayon guruhlar turgan yangi
tashkiliy tuzilmaga o'tish. Ish qayta tashkil etilgandan so'ng, butun jarayonni
bajarishda birga harakat qiluvchi jaravonli jamoa kishilami tashkil ctishda
mantiqiy usul bo‘lib hisoblanadi. Reinjiniringning birinchi bosqichida jarayon
guruhida bitta biznes jaravonida ishlami bajarish uchun yuborilgan funksional
bo'limlarining vakillari ishlashi mumkin.
Ikkinchi bosqichda jarayon komandalari boiim lardan tashkil topgan eski
boshqaruv tuzilmani toMiq o‘zgartiradi. Jarayon guruhi - muayyan turdagi ishlami
boshdan oyog‘igacha bajarish uchun tabiiy ravishda yuzaga kclgan tashkiliy
birligidir. Masalan, sug‘urta qoplamasini toMash kabi jarayonni ko'rib chiqamiz.
An’anaviy sug‘urta kompaniyasida sug‘urta qilingan hodisaning yuzaga kelishi
haqidagi ariza mijoz muloqot qilgan sotuvchi boiinm aga kelib tushadi.
Mijozga sug'urta qoplamasini to‘lash uchun sotuvchi sug‘urta hodisasi yuzaga
kelganligi haqidagi qaydnomani huquqiy boMinma, buxgalteriya va hokazolar
bilan kelishishi lozim. Reinjiniring sug‘urta kompaniyasida mijozning arizasini
qabul qiladigan, sug‘urta hodisasini tekshirishni amalga oshiradigan, sug‘urta
badalini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladigan jarayon komandasi (operatsion
yordam markazi) tashkil etiladi.
Buning uchun jamoada yuristlar, zarami baholash bo‘yicha ekspertlar va
boshqa mutaxassislar ishlashadi. Ular biznes jarayonida “sug‘urta tovonini toMash”
barcha ishlami bajarishadi. Jarayonli jamoalar tashkil etilganda, tashkilotning
tashkiliy tuzilmasi ko‘p bosqichli (ierarxik) ko‘rinishdan “tekis” tuzilmaga
o‘zgaradi,
chunki ko‘plab
qarorlar jamoada
qabul
qilinadi.
An’anaviy
tuzilmadagidek ierarxik bosqichlarda joylashgan barcha tuzilmalar bilan qarorlarni
kelishishga hojat qolmaydi.
2.
Ko‘pgina qarorlar jarayon
guruhida
qabul
qilinganligi
sababli,
menejerlaming nazorat vazifalari ham shunga mos ravishda trenerlik mazmun
bilan almashtiriladi. Jarayon komandasi o‘z jarayonini bajarish uchun to'liq
javobgar boiganligi sababli, menejer tomonidan ijrochilar ustidan nazorat qilish
ta’siri bartaraf etiladi. Biznes jarayoni menejerlarining vazifalari jamoa haraktlarini
muvofiqlashtirishga, jarayon bajarilishida yuzaga keladigan muammolami hal
qilishda jamoa a’zolariga yordam ko‘rsatishga qaratiladi. tashkil qilish, jamoaning
sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat. Shunday qilib, menejer trenerga
aylanadi, kerak bo‘lsa, jamoaga o‘z ishini eng maqbul y o i bilan bajarishga yordam
beruvchi o‘ynovchi-trener vazifasini bajara oladi.
294
3. Sug'urta kompaniyasining xodimlari ham o'zgaradi.
Birinchidan,
ishni butunlay tugatish xodimlardan yuqori bilim va kasbiy
mahoratni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, kompaniya tomonidan xodimlar
uchun uzluksiz ta’lim tizimini yaratilishiga olib keladi. Yangi bilim va
ko'nikmalarga ega bo‘lish jamoa a’zolarining ichki ehtiyojiga aylanadi, chunki
bularsiz mijoz talabini to‘liq qondirib bo'lmaydi.
Ikkinchidan,
biznes jarayoni jamoada ishlavotgan ijrochilaming maqsadlari
o'zgaradi. Reinjiniring kompaniyaning madaniyatida sezilarli o'zgarishlarga olib
keladi va barcha biznes jarayonlar ishtirokchilarida ular boshliqlar uchun emas.
balki mijozlar uchun ishlayotganligi to'g'risida tasavvurni shakllantiradilar.
Qadriyatlar o'ziga xos ravishda qayta baholanadi. bu esa ish natijalariga ijobiy
ta'sir ko'rsatadi.
4. Bunday qadriyatlar tizimini qo'llab-quvvatlash keskin o'zgarishlami
boshidan kechirayotgan reinjiringli sug'urta kompaniya xodimlarida sababiyat
paydo bo'lishiga olib keladi. Odamlar ishlab berilgan vaqti miqdori va lavozimi
uchun emas. balki mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish uchun pul olishadi.
Shuningdek sug'urta mukofoti hajmi ham oshib boradi.
Reinjiniring ish haqining asosiy qoidalarini sug'urta kompaniya tomonidan
qayta ko'rib chiqishga olib keladi. Ishchilar daromadlarining asosiy qismi endi
qat’iy kafolatlangan ish haqiga emas. balki miqdoriy va sifatli o'lchovlarga ega
bo'lgan ishlaming aniq natijalariga bog'liq bo'lib qoladi.
5. Reinjiniring kompaniyaning axloqiy va ijodiy muhitiga chuqur ta’sir
ko'rsatadi va bu butun jamoaning jipslashiga yordam beradi. Reinjiniringdan so'ng
ish nafaqat moddiy, balki ma’naviy qoniqish keltiradi. Chunki reinjiniring uni
amalga oshiruvchilarda o'z sa’y-harakatlari to'liq bajarilishi, maqsadlarga erishishi
bilan bog'liq ijobiy hissiyot o'yg'otadi. Jarayonni amalga oshirayotganlar
tadbirkorga o'xshab ketadi, chunki jarayon jamoasining asosiy maqsadi mijozning
ehtiyojlarini qondirish va daromad olishdir.
Bundan tashqari, ish ko'proq quvonch keltiradi, chunki kasbiy o'sish va
o'qitish natijasida u xodimlarga rivojlanishga imkon beradi. Xodimlaming
malakasi va tajribasi oshishi natijasida ulaming bajaradigan vazifalarining
chegarasi kengayib, mazmuni chuqurlashib boradi.
Shunday qilib, biznes jarayonlari reinjiniringi kompaniyaning barcha faoliyat
turiga ta’sir ko'rsatadi va undagi barcha holatlarni, ya’ni biznes jarayonlarni,
xodimlami, ulaming sababiyati tizimini va qadriyat maqsadlarini o'zgartiradi.
295
Do'stlaringiz bilan baham: |