0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


  Majburiy sug'urtaning nazariy va huquqiy asoslari



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

17.2.  Majburiy sug'urtaning nazariy va huquqiy asoslari

O'zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksiga  ko'ra  majburiy  sug'urta 

qonun  hujjatlariga  asosan  joriy  etiladi.  Majburiy  va  majburiy  davlat  sug'urtasi

195



mavjud.  Majburiy  sug‘urtada  sug'urta  mukofotlari  sug'urtalanuvchining  mablag'lari 

hisobidan,  majburiy  davlat  sug'urtasida  esa  davlat  byudjeti  mablag'lari  hisobidan 

to'lanadi.

Hozirgi  paytda  aholi  orasida  keng  tarqalgan  majburiy  sug'urtaning  quyidagi 

turlari mavjud:

■S

  “Transport vositalari egalarining  fuqarolik javobgarligini  sug'urta qilish”



S

  “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini  majburiy  sug'urtalash" hantda 



■S

  “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini  majburiy sug'urta qilish”

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  yuqorida  ko'rsatilgan  majburiy  sug'urta 

turlari  hukumat  qarorlari  asosida  joriy  etilgan.  Unda  sug'urtalanuvchilar  guruhi. 

sug'urta  qilish  shartlari,  sug'urta  tarifi  stavkalari  va  sug'urta  qoplamalai'i  miqdori 

ko'rsatilgan.

Bugungi  kunda barcha transport vositalari  egalari  uchun  amalga oshirilayotgan 

avtotransport  vositalari  egalarining  uchinchi  shaxslar  oldidagi  fuqarolik  javobgarligi 

sug'urtasi  juda  samarali  ishlamoqda.  Davlatning  majburiy  sug'urta  turlarini  joriy 

etishidan ko'zlangan asosiy maqsad majburiy sug'urtani  amaliyotga joriy  qilgan holda 

uning  mohiyati  va  zarurligini  keng  ommaga  namoyon  qilish,  shuningdek  uning 

aholini ijtimoiy muhofaza qilishdagi ahamiyatini anglatishdan iborat.

Majburiy  sug'urtaning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy  hayotidagi  ahamiyatini 

inobatga  olgan  holda 2008  yil  21  aprelda  “Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug'urta qilish  to'g'risida”  O'zbekiston  Respublikasi  Qonuni 

qabul qilindi.

Ushbu  qonun 41  ta moddadan  iborat bo'lib,  unda mazkur qonunning  maqsadi, 

asosiy  tushunchalari,  majburiy  sug'urtaning  asosiy  tamoyillari,  majburiy  sug'urtani 

amalga  oshirishning  shartlari  va  tartibi,  sug'urta  hodisalari  ro'y  berganda  zaraming 

o'mini  qoplash,  kompensatsiya  to'lovlari,  majburiy  sug'urta  bo'yicha  to'lovlami 

kafolatlash kabi boblar mavjud.

Mazkur  qonun  qabul  qilingandan  so'ng  uni  amalga  oshirishni  ta'minlashga 

qaratilgan Hukumat qarorini qabul qilishga zarurat tug'ildi va 2008 yilning 26  iyunida 

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  “Transport  vositalari 

egalarining  fuqarolik javobgarligini  majburiy  sug'urta  qilish  to 'g‘risida”gi  141-sonli 

qaror qabul qildi.

Fuqarolik  javobgarligini 

sug'urtalashning 

majburiy 

ekanligi 

sug'urta 

kompaniyalariga  majburiy  sug'urtaning  ushbu  turi  qo'llanilish  doirasiga  kiruvchi 

barcha  transport vositalarini  qamrab  olish  imkoniyatini  beradi.  Shu  bilan  bir  qatorda 

sug'urtalanuvchilar  o'zlarining  fuqarolik  majburiyatlarini  mazkur  majburiy  sug'urta 

turida  ko'rsatilgan  sug'urta  summasidan  yuqori  qiymatda  ixtiyoriy  sug'urta  qilish 

huquqiga ham ega hisoblanadi.

Majburiy  sug'urta  bo'yicha  sug'urta  tariflari  bir  xil  bo'lib,  barcha 

sug'urtalovchi  tashkilotlar  tomonidan  qonunda  belgilangan  tartibda  va  shartlarda

1 9 6



qoilaniladi.  Ixtiyoriv  sug'urta  bo'yicha  esa  sug‘urtalovchilar  o‘z  imkoniyatlaridan 

kelib chiqib, turli sug'urta tariflarini qo'llash imkoniyatiga egadirlar.

Modomiki,  majburiy  sug'urtada  obyektlarni  qamrab  olish  darajasi  ushbu 

sug'urtaning  ixtiyoriy  turidagi  qamrab  olingan  darajasidan  ortiq  ekan,  bu  majburiy 

sug'urta bo'yicha ixtiyoriy sug'urtadan  ko'ra pastroq  tariflar qo'llash imkonini beradi. 

Amaliyoming  ko'rsatishicha,  aynan  yuqorida  keltirilgan  sabab  natijasida  ixtiyoriy 

sug'urta  qilish  bo'yicha  xizmatlar  haqi  majburiy  sug'urta  xizmatlarini  ko'rsatish 

haqiga nisbatan hamisha yuqori bo'ladi.

Bundan  tashqari,  majburiy 

sug'una  bo'yicha  sug'urtalanuvchilaming 

manfaatlarini 

himoya  qilish 

maqsadida 

hukumatimiz  tomonidan  majburiy

sug'urtaning  mazkur  turi  bo'yicha  xizmatlar  ko'rsatuvchi  sug'urtalovchilarga 

qo'shimcha talablar ham o'matiladi.

Masalan, yuqorida qayd  etilgan qonunning  14-moddasida sug'urtaning  mazkur 

turini  amalga  oshiruvchi  sug'urtalovchilar  Qoraqalpog'iston  Respublikasi,  viloyatlar 

va  Toslikent  shahrida  nafaqat  majburiy  sug'urtaning  mazkur  turi  bo'yicha 

shartnomalami  tuzish  vakolatiga  ega  bo'Igan,  balki  jabrlanuvchilaming  (ulaming 

vorislari  yoki  huquqqa  egalik  qiluvchi  shaxsning)  sug'urta  to'lovlarini  to'lash 

to'g'risidagi  talablarini  ko'rib  chiqish  va  ulami  amalga  oshirish  vakolatiga  ham  ega 

bo'Igan vakiliariga ega bo'lishi shart.

Qonunga  muvofiq  jabrlanuvchining  hayotiga,  sog'ligiga  va  (yoki)  mulkiga 

yetkazilgan  zarar  majburiy  sug'urta  shartnomasi  bo'yicha  to'lovlar  to'lash  orqali 

ulaming  manfaatlari  himoyaga  olinmav  qolgan  quyidagi  holatlar  bo'yicha 

kompensatsiya to'lovlari hisobiga amalga oshiriladi:

-  sug'urtalovchiga bankrotlik jarayoni qo'llangan bo'lsa;

- yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs noma’lum bo'lganda;

-  transport  vositasi  egasi  tomonidan  yetkazilishi  mumkin  bo'Igan  zararlar 

bo'yicha  uning  o'z  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug'urtalash  majburiyatlarini 

bajarmagan taqdirda.

Kompensatsiya to'lovlarini  amalga oshirish  maqsadida fuqarolik javobgarligini 

majburiy  sug'urtalash  (FJMS)ni  amalga  oshiruvchi  sug'urta  tashkilotlari  majburiy 

tartibda  a’zo  bo'luvchi  FJMS  bo'yicha  to'lovlar  toiaslmi  kafolatlash  jamg'armasi 

tashkil  etilgan.  Jamg'amra  mablag'lari  a’zo  -   sug'urtalovchilaming  bir  martalik  va 

kalendar badallari hisobiga shakllantiriladi.

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Ish  beruvchining 

fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug'urta  qilish  to‘g‘risida»  gi  2009  yil  16  aprelda  qabul 

qilingan  210-  sonli qonuniga ko'ra,  2009 yil  16  oktvabrdan boshlab  ish beruvchining 

fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish qonun asosida kuchga kirdi.

Bu  qonunning  joriy  etilishidan  asosiy  maqsad  ish  beruvchining  fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug'urta  qilish  sohasidagi  munosabatlami  tartibga  solishdan 

iboratdir.  Keng ma’noda esa, mehnat  faoliyati jarayonida jarohat olgan, kasb kasalligi

19 7



yoki  xizmat  burchini  bajarayotgan  vaqtida  salomatligiga  zarar  yctgan  kishilaming 

ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iboratdir.

Ish  beruvchining  fuqarolik javobgarligini  majburiy  sug'urtalashning  mohivati 

shundan  iboratki,  xodim  o‘z  mehnat  vazifasini  ado  etishi  bilan  bog'liq  holda 

mehnatda  mayib  bo‘lishi,  kasb  kasalligiga  chalinishi  yoki  sogiig'ining  boshqacha 

tarzda  shikastlanishi  munosabati  bilan  uning  hayoti  yoki  sogdigig a  yetkazilgan 

zaraming  o'mini  qoplash  bo‘yicha  ish  beruvchi  tomonidan  o ‘z  fuqarolik 

javobgarligini  sug‘urta  qilinishidir.  Bunday  munosabat  ishchining  (xodimning)  ish 

beruvchi  (tashkilot,  korxona,  zavod  va  h.k.)  bilan  tuzgan  mehnat  shartnomasi 

imzolaganidan so‘ng boshlanadi.

Ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug’urtalashning  asosiy 

maqsadi  barcha  mehnat  faolivati  bilan  band  bo'lgan  ishchi  va  xodimlaming 

sogiig'ini,  hayotini  ijtimoiy  himova  qilishdir.  «Ish  beruvchining  fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida»  gi  qonunning  maqsadi  esa  ish 

beruvchining  fuqarolik  javobgarligini 

majburiy 

sug’urta 

qilish 


sohasidagi 

munosabatlami tartibga solishdan iboratdir.

Ish beruvchining  fuqarolik javobgarligini  majburiy  sug’urta qilish  shartnomasi 

ommaviy  shartnoma  hisoblanib,  bu  sug'urta  turi  bilan  sug‘urta  tashkilotlari 

shug‘ullanishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:

- awalambor litsenziyaga ega bo1 Iishi kerak;

-  ustav fondining eng kam  miqdori  majburiy  sug‘urta  bo‘yicha shakllantirilgan

bo‘lishi lozim;

-  mamlakatning  barcha  hududlarida  sug'urta  tashkilotining  filiallari  ta’sis

etilgan boiishi kerak;

- kelib tushgan da’volami joylarda ko‘rib chiqishi zarurdir.

Sug‘urtaning  ushbu  turining  majburiyligi  birinchi  navbatda  mamlakatning 

barcha  ish  beruvchilarini  qamrab  olish  imkonini  beradi.  Bu  esa  o‘z  navbatida 

sug‘urtaning  ushbu  turi  bo‘yicha  minimal  sug‘urta  tariflarini  qoilashga  imkoniyat 

yaratadi.

Mohiyatan. majburiy sug‘urtaning bu turi  mamlakat ish beruvchilari o'rtasidagi 

jabrlangan  ish  beruvchilar  ko‘rgan  zararlami  qoplash  uchun  mo’ljallangan 

mablagiami  qavta  taqsimlash  mexanizmi  sifatida  harakatga  keladi.  Bu  mexanizm 

orqali  jabrlangan  xodimlar  ko‘rgan  zarami  qonunda  belgilangan  sug'urta  summasi 

doirasida qoplanishini  kafolatlaydi  vajabr  ko‘rgan  xodimga  zarami  qoplab  berganda 

ham  ish  beruvchilaming  moliyaviy  barqarorligi  saqlanib  qolishini  qo‘llab- 

quvvatlovchi real usul hisoblanadi.

Yana  bir  majburiy  sug‘urta  turi  2015  yilning  26  martida  0 ‘zbekiston 

Respublikasining  “Tashuvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug'urta  qilish 

to‘girisida,,gi Qonuni qabul qilindi.  «Tashuvchining  fuqarolik javobgarligini majburiy 

sug'urta  qilish  to‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonuniga  muvofiq  va

19 8



tashuvchining  fiiqarolik javobgarligini  majburiy sug'urta qilishning toiaqonli  faoliyat 

ko'rsatishini  ta’minlash  maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil  15  sentyabrdagi 

266-son  Qarori  qabul  qilindi.  Ushbu  qonun  26  moddadan  iborat  bo'lib.  uning  asosiy 

maqsadi  tashuvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug'urta  qilish  sohasidagi 

munosabatlami tartibga solishdan iborat.

Qonunda  tashuvchiga  quyidagicha  ta’rif  berilgan:  shahar  yo'lovchilar 

transportida,  temir  yo'l,  havo,  avtomobil,  daryo  transportida  va  boshqa  transportda 

yo'lovchilami  hamda ulaming  mol-mulkini  tijorat  asosida tashish  bo'vicha xizmatlar 

ko'rsatuvchi  va  buning  uchun  maxsus  ruxsatnomaga  (litsenziyaga)  ega  bo'lgan 

yuridik shaxs.

Qonunning  4-moddasiga  binoan.  tashuvchining  o'z  fuqarolik  javobgarligini 

sug'urta  qilish  majburiyati  -  tashuvchi  vo'lovchilaming  hayoti,  sog'lig'i  va  (yoki) 

mol-mulkiga  zarar  yetkazganlik  uchun  o'z  fuqarolik javobgarligini  tashish  bo'vicha 

xizmatlar ko'rsatish boshlanguniga qadar.  ushbu qonunda belgilangan shartlar asosida 

va  tartibda  sug'urtalashi  shart.  Mazkur  qonunning  5-moddasida  ushbu  sug'urta 

turining obyekti va subyekti ko'rsatib o'tilgan.  Unga ko'ra, sug'urta obekti: 

yo'lovchining hayoti; 

yo'lovchining sog'lig'i;

yo'lovchining mol-mulki (bagaj  va yo'lovchining o'zi bilan birga tashilayotgan 

q o i yukijga yetkazilgan zarar o'mini  qoplash bo'yicha fuqarolik javobgarligi yuzaga 

kelgan chog'dagi mulkiy manfaatlari.

Tashuvchi, 

sug'urtalovchi, 

yo'lovchi, 

jabrlanuvchi 

va 


naf  oluvchi 

tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish subyektlaridir.

Qamrab olinadigan transport vositalari turlari:

havo transporti;

temir yo'l transporti;

daryo transporti;

avtomobil transporti;

shahar yo'lovchilar transporti;

boshqa transport (sh.j. parom kechuvlari, monorels va h.k.).

Agar  majburiy  sug'urta  obyekti  xalqaro  shartnomalar  talablariga  muvofiq 

ixtiyoriy sug'urta bo'yicha majburiy sug'urta qilish bo'yicha belgilangan sug'urta puli 

miqdoridan  kam  bo'lmagan  miqdorda  sug'urtalangan  bo'lsa  majburiy  sug'urta 

qo'llanilmaydi.

Tashuvchi  tomonidan  o'z  fuqarolik javobgarligi  majburiy  sug'urta  qilinmagan 

taqdirda  uning  mansabdor  shaxslariga  nisbatan  jarima  sanksiyalari  qo'llaniladi. 

Bunda, jarima sanksiyalarini qo'llash nazorat qiluvchi organlarining (Davavianazorat, 

O'ztemiryoTnazorat,  O'zADTA  va  h.k.)  taqdimnomalariga  asosan  sud  tartibida 

amalga oshiriladi.

199



Jarima miqdori eng kam oylik  ish haqining 7-10 barobarigacha belgilangan  (ish 

beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiv  sug‘urta  qilishga  o'xshash). 

Yuqoridagi  shartlar  yuzasidan  0 ‘zbekiston  Respublikasining  ma'muriy  javobgarlik 

to‘g‘risidagi kodeksi  1461- moddasi bilan to'ldirilgan.

Tashuvchining  fuqarolik  javobgarligi  majburiv  sug'urtasi  bo'yicha  sug'urta 

summusi  har  bir  yoiovchi  uchun  11  ming  AQSH  dollari  ekvivalentiga  tong  qilib 

belgilangan va undan:

10  ming  AQSH  dollari  — voiovchining  hayoti  yoki  so g iig 'iga  yetkazilgan 

zarami qoplash uchun;

1  ming AQSH dollari -  yo'lovchining mol-mulkiga yetkazilgan  zarami  qoplash 

uchun to'lanishi nazarda tutilgan.

Sug'urtalovchilarga qo'shimcha talablar belgilangan, jumladan sug'urtalovchi:

-  tegishli  litsenziyaga ega bo'lishi;

-  sug'urta sherikchiligida ishtirok etishi;

Qoraqalpog'iston  Respublikasi.  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida  majburiv 

sug'urta shartnomasi  tuzishga,  sug'urta tovonlari  haqidagi  talablami  ko'rib  chiqishga 

hamda  sug'urta  tovonlarini  amalga  oshirishga  vakolatli  o 'z  filiallariga  ega  bo'lishi 

kerak.


Sug'urta  sherikchiligida  ishtirok  etish  bo'yicha  talab  majburiv  sug'urta 

bo'yicha  tavakkalchiliklami  sug'urtalovchilar  o'rtasida  taqsimlash  va  ulaming 

moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash,  hamda  tavakkalchiliklami  mamlakat  hududida 

maksimal  darajada ushlab qolish yo'li bilan  qavta sug'urtalashga to'lanadigan  chet  el 

valyutasi  chiqib  ketishini  kamaytirish 

maqsadida  taklif  etilgan. 

Sug'urta 

sherikchiligining  ish  faoliyati  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

tomonidan belgilanadi.


Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish