2006. 875 c.
shartnomalari avval uning alohida ishtirokchilari tomonidan imzolanadi, keyin pulga
to'liq taqdim etiladi.
O 'z ulushini olgan pulning har bir a’zosi nafaqat uning o'zi qabul qilgan yoki
pulga bergan qaltisliklarda, balki shu bilan birga boshqa ishtirokchilar tomonidan
pulga kiritilgan boshqa barcha qaltisliklarda ham ishtirok etadi. Pul tomonidan
umumiy hisobda imzolangan qayta sug'urta qilish shartnomalari hajmi oshishi
mumkin bo'lgan qaltisliklardan uning xalos bo'Iishiga yordam beradi.
Qayta sug'urta qilishda sug'urtalovchi qayta sug'urtalovchilar bilan o'zaro
munosabatlaridan qat’iyy nazar sug'urta sharmomasi bo'yicha barcha majburiyatlami
bajarishi lozim bo'lgan faqat bitta sug'urta tashkiloti bilan munosabatda bo'ladi. O'z
navbatida
qayta sug'urtalovchilar
sug'urtalanuvchilar
oldida hech
qanday
majburiyatlarga rasman ega emaslar, faqat sedent da’volari bo'yichajavob beradi.
Qayta sug'urta qilishning mohiyati sug'urtalovchining moliyaviv barqarorligini
ta'minlash maqsadida ikki yoki undan ortiq tashkilotlar o'rtasida sug'urta shartnomasi
bo'yicha sug'urtalovchi tomonidan zarami qoplab berish bo'yicha qabul qilingan
majburiyatlami qayta taqsimlashdan iborat.1^
Qayta sug'urta qilish sug'urtalashdan farqli ravishda ko'pgina davlatlarda vozib
qo'yilgan qonun huijatlari doirasidan tashqarida amalga oshiriladi. Arbitraj amaliyoti
qayta sug'urta qilish sohasida o'ziga xos muhim ahamiyatga ega emas. Qayta sug'urta
qilish shartnomasining o'zi qayta sug'urta qilishni tartibga soluvchi asosiv huquqiy
manba hisoblanadi.
Qayta sug'urta qilish shartnomasi — bu ikki tomon - sedent (qayta
sug'urtalovchi) va sessioner (qayta sug‘urtalanuvchi)lar o'rtasidagidagi bitim.
Qayta sug'urta qilish shartnomasi kim bilan va qanday mablag'ga tuzilganidan
qat’iyv nazar asl qaltislik bo'yicha sug'urtalanuvchi oldida barcha javobgarlikni uning
to'g'ridan-to'g'ri sug'urtalovchisi o'z zimmasiga oladi.
Qayta sug'urta qilish shartnomalarining mazmuni va ulaming shakllarini
belgilovchi qoidalami bir xillashtirish bo'yicha bir necha marta sa'y-harakatlar
bo'lgan. Ammo xalqaro sug'urta bozorining tez o'zgaruvchi talablari bilan vonma-
yon qayta sug'urta qilish shartnomasi amaliyotining doimiy rivojlanishi sababli ushbu
sa'y-harakatlar qabul qilinmagan.
Qayta sug'urta qilishda asosiy yuridik jihatlar quvidagilar:
- qayta sug'urta qilishda tanlanadigan yurisdiksiya;
- shartnoma tuzish;
- qayta sug'urta qilish shartnomalaridagi qo'shimcha shartlar.
Qayta sug'urta qilish shartnomasi uchun tanlangan yurisdiksiya ushbu
kelishuvga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri ifodalangan yoki ko'zda tutilgan yurisdiksiya
to'g'risidagi qo'shimcha shartlarda ifodalanadi. Xalqaro amaliyot shuni ko'rsatadiki,
ba’zi davlatlarda da'vo va sud joylashgan joyining bevosita bog'liqligi mavjud
bo'lgandagina sudlar ishlami qabul qiladi.
Hozirgi kunda ko'pchilik qayta sug'urta qilish uvushmalari shartnomalami
tuzish va boshqarish uchun maxsus hududiv bo'linmalariga ega. Agar qayta
sug'urtalovchi qaltislikni qayta sug'urta qilishga rozi bo'lsa, bundav holda u slipda
o'z ulushi yoki javobgarligining summasini, sanani ko'rsatadi va uni imzolaydi. Slip
153
TpumeHKO H.B. OcHOBti cnpaxoBOH flejrreiibHocTH: YHeG.nocoone. M.: OnHaHCbi
h
CTaTHCTHKa, 2006. 360 c.
2 1 3
hujjat sifatida yuridik kuchga ega bo'lmaydi, ammo kelgusida qayta sug'urta qilish
shartnomasini rasmiylashtirishda bitimni tuzish vaqti dalili bo‘lib xizmat qiladi.
Qoidaga ko'ra, qayta sug‘urta qilish shartnomalari 1 yanvardan boshlab kuchga
kiradi. Shartnomaga keyinchalik kiritiladigan o'zgartirishlar ilovalarda yoki bir-biriga
xat yozish orqali kelishiladi.
Qayta sug‘urta qilishda standartdagi shartnomalar mavjud cmas, ammo ulami
tuzish va bahsli masalalami boshqarishda xalqaro qayta sug'urta qilish biznesida yuz
yildan ortiq vaqt davomida qabul qilinib kelinayotgan, ishda qo'llaniladigan urf-
odatlardan foydalaniladi154 1
5
5
.
Qayta sug'urta qilish ishtirokchilari yuzaga keladigan ziddivatlami sug'urtada
qabul qilingan mavjud amaliyot va qoidalardan kelib chiqib sud tartibidan tashqarida
hal etishni ma'qul ko'rishadi. Bunday qoidalaming ko'pi barcha qayta sug'urta qilish
shartnomalariga deyarli kichkina amaliy o'zgartirishlar boMib kiritilgan standart
qo'shimcha shartlarda asta-sekinlik bilan shakllanib borgan.
Eng ko'p tarqalgan qo'shimcha shartlar quyidagilar hisoblanadi: sessionerning
sedent harakatlari va qarorlariga rioya qilish majburiyatlari haqida hamda sedent
faoliyatidagi ishtiroki haqida; kamchilik va xatolar haqida; tekshirish huquqi haqida;
zararlami boshqarishdagi vordam haqida; zararlami birgalikda boshqarish haqida:
arbitraj qo'shimcha shartlar.153
Sessionerning sedent harakatlari va qarorlariga rioya qilish majburiyatlari
haqida va sedent faoliyatidagi ishtiroki haqidagi qo'shimcha shartlar shundan iboratki,
agar vaziyat sug'urtalovchining aybli xatti-harakati bilan yuzaga kelmagan bo'Isa.
qayta sug'urtalovchi ushbu tashqi holat bo'yicha zarai' ko‘radi.
Sedent harakatlari va qarorlariga rioya qilish majburiyati sug'urtalovchining
tijoriy faoliyatida qayta sug'urtalovchining ham ishtirok etishini anglatmaydi. Hatto
qayta sug'urtalovchi asl mukofotni olib, keyin bankning bankrot bo'lishi oqibatida,
sug'urta agentlari tomonidan uni o'zlashtirilishi sababli uni yo'qotganda va shu
kabilar bo'lganda ham sessionerda har doim mukofotga egalik huquqi bo'ladi.
Faoliyatda ishtirok etish haqidagi qo'shimcha shart - bu sug'urtalovchi va
qayta sug'uralovchi o'rtasida asl qaltislikning boTmishi haqidagi qo'shimcha shart.
Ushbu qo'shimcha shart qayta sug'urtalovchini uning javobgarligi hajmidan ko'p
boigan badalni toiashi yoki majburiyat qabul qilishi yoki qaltislikning qayta
sug'urtalangan toifasiga kirmaydigan sug'urta shartnomasi bo'yicha zararlami
kompensatsiya qilishini nazarda tutmavdi.
Kamchilik va xatolar haqidagi qo'shimcha shart shuni nazarda tutadiki.
qasddan qilinmagan xato va kamchiliklar sedentni qayta sug'urta qilishni qoplash
huquqidan mahrum qilmaydi. Shunga qaramay, sug'urtalovchi aniqlangan har qanday
kamchilik haqida qayta sug'urtalovchini zudlik bilan xabardor etishi lozim.
Tekshirish uchun huquq haqidagi qo'shimcha shartga muvofiq qayta
sug'urtalovchi sedentning qayta sug'urta qilish shartnomasiga doir hujjatlarini
tekshirish huquqiga ega. Birinchidan, qayta sug'urtalovchi qayta sug'urtalangan
qaltisliklar va ko'riladigan zararlar to'g'risida hech qachon aniq ma'lumotni olmaydi.
1:>45KypaBJieB 10.
OrpaxoBaHne
h
nepecTpaxoBamie (Teopmi
h
npaKTraca)
M.: A
hkhji
, 1993. 184 c.
155H3MaHJiOB
Do'stlaringiz bilan baham: