0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

Qayta sug‘urta qilish tasnifi160

Hozirgi  vaqtda  sug'urta  bozori  rivojlangan  mamlakatlarda  qayta  sug‘urta 

qilishning  yetakchi  shakli  hisoblangan  obligator  (kelishilgan)  qayta  sug'urta 

qilishning  mohiyati  shundan  iboratki.  tuzilgan  qayta  sug'urta  qilish  shartnomasining 

shartlariga  mos  keladigan  ushbu  barcha  sug‘urta  shartnomalari  bo‘yicha  qayta 

sug‘urtalanuvchi  o'zining  majburiyatlarini  oldindan  kelishilgan  hajmda  qayta 

sug‘urtalovchiga berishga majbur.

Boshqa  tomondan,  qayta  sug‘urtalovchi  tuzilgan  qayta  sug'urta  qilish 

shartnomasi shartlariga mos keluvchi qayta sug'urtaga olish  uchun  unga taklif etilgan 

sedentning  barcha  majburiyatlarini  qabul  qilish  majburiyati  oladi.  Shunday  qilib, 

fakultativ  qayta  sug‘urta  qilishdan  farqli  ravishda  qayta  sug'urtalanuvchi  va  qayta 

sug‘urtalovchi o‘rtasida kelishilgan munosabatlar majburiy xarakterga ega.

Qayta  sug'urta  qilishning  fakultativ-obligator  shakli  qayta  sug'urtalanuvchiga 

uning qaysi vaqanday  hajmdagi  qaltisliklami  qayta sug'urtalovchiga berish  bo'yicha 

erkin  qaror  qabul  qilishini  ta’minlaydi.  O'z  navbatida  oldindan  kelishib  olingan 

shartlar  bo'yicha  taklif  etiladigan  qaltisliklar  yoki  ulaming  ulushini  qayta 

sug'urtalovchi qabul qilishga majbur.

Boshqacha aytganda, ushbu  holatda fakultativlik  qayta  sug'urtalanuvchi  uchun 

taklif  etiladi,  obligator  qismi  esa  qayta  sug'urtalovchiga  tegishli  bo'ladi.  Qayta 

sug'urtalanuvchi  sug'urta portfelidagi  qaltisliklami  seleksiyalash  orqali  ancha xavfsiz 

qayta  sug'urta  qilishga berishi  mumkin  bo'lishi  uchun  shartnoma  foydasiz  va  xavfli 

bo'lishi 

mumkin. 

Shuning 


uchun 

bunday 


shartnomalar 

faqat 


qayta 

sug'urtalovchilaming butunlay ishonchiga kirgan sug'urtalanuvchilar bilan tuziladi.1

6

0

 161



160 M ualliflar jam oasi toraonidan ta>yorlangan.

161ApTaMOHOB A.  FIpaKTHKa HenponopiiHOHajibHoro  nepecTpaxoBaHHH.  M.:  CTpaxoBoe peBio,  2001.  172  c.

218



Mutanosih  qavta  sug'urta  qilishning  eng  sodda  turi  —  kvotali  yoki  ishchi 

shartnoma.  Uning  shartlariga  muvofiq  qayta  sug‘urtalanuvchi  sug'urtaning  ma'lum 

turi  yoki  qayta  sug‘urtalashning  bir-biriga  vaqin  guruhi  bo‘yicha  sug'urtaga  qabul 

qilingan qaltisliklaming barchasini qayta sug'urtalovchi bilan kelishgan ulushda uning 

shartlariga ko‘ra qayta sug'urtaga beradi.

Qayta  sug'urtalovchiga  ushbu  taqsimlangan  ulushda unga belgilangan  sug'urta 

mukofoti  (sug'urta  badali)  beriladi,  qayta  sug'urtalovchi  esa  sug'urta  hodisasi  vuz 

berganda  qayta  sug'urtalanuvchi  tomonidan  to'langan  sug'urta  zararlarini  ushbu 

taqsimlangan  ulushda  unga  to'lab  beradi  boshqacha  aytganda.  kvotali  shartnomada 

sessionar ma'lum ulushda sedent zararini butunlav taqsimlaydi.

Ekssedent  shartnomasi  bo'yicha  qayta  sug'urta  qilish  mexanizmida  “o'ziga 

tegishli  qismini  ushlab  qolish”  deb  nomlanadigan  omil  aniqlashtiruvchi  omil 

hisoblanadi.  U  sug'urtalangan  qaltisliklaming  faqat  maMum  bir qismi  (limiti)  uchun 

qayta  sug'urtalanuvchi  o'zining  javobgarligini  qoldiradigan,  qolganini  esa  qayta 

sug'urtalovchiga beradigan sug'urta pulining ma'lum darajasini o'zida ushlab qolishni 

ifodalaydi.

Yuz  berishi  mumkin  bo'lgan  zarami  qoplashda  sug'urtalovchining maksimum 

ishtiroki  ‘‘ekssedent"  deb  nomalanadi.  Qayta  sug'urtalanuvchi  uchun  manfaatli 

bo'lgani  sababli  ekssedent  qayta  sug'urta  qilish  shartnomalari  amaliyotda  kvotali 

qayta sug'urta qilishga qaraganda ko'proq qo'llaniladi.

Kvotali-ekssedent  qayta  sug'urta  qilish  shartnomasi  sanab  o'tilgan  ikkita 

turning  bir-biri  bilan  o'zaro  bog'lanishini  ifodalaydi.  Sug'urtaning ushbu turi portfeli 

kvotali  qayta  sug'urtalanadi,  o'matilgan  kvotalar  (nomtalar)dan  yuqori  qaltisliklami 

sug'urtalash summasi esa o'z navbatida ekssedent shartnomasi tartiblari asosida qayta 

sug'urta qilinadi.162

Nomutanosib  qayta  sug'urta  qilishda  sug'urta  pullari.  sug'urta  badallari  va 

sug'urta to'lovlari  mutanosib  qayta sug'urta  qilishdan  farqli  ravishda sedent va qayta 

sug'urtalovchi  o'rtasida  o'zaro  nomutanosib  taqsimlanadi.  Bunday  qayta  sug'urta 

qilish sug'urta to'lovlari  miqdorining shartnoma ishtirokchilari o'rtasida taqsimlanishi 

asosida  amalga  oshiriladi  va  ulardan  har  biriga  to'g'ri  keladigan  qiymatni 

chegaralavdi.  Shu  bilan  birga,  agar  sug'urta  puli  hajmi  kelishib  olingan  me’yordan 

(sug'urtalovchining  ustunligi)  oshsagina,  ushbu  holatda  qayta  sug'urtalovchining 

sug'urta pulini amalga oshirish majburiyati yuzaga keladi.

Nomutanosib  sug'urta shartnomalari turlari quyidagilar: zararlar oshib ketishini 

qayta  sug'urta  qilish  (zarar  ekssedenti);  ma’lum  turdagi  qaltisiiklar  (zarar  keltirish 

ekssedenti)  bo'yicha  zarar  ko'rishning  oshib  ketishini  qayta  sug'urta  qilish.  Zarar 

ekssedenti  shartnomasi  nomutanosib  qayta  sug'urta  qilishni  qoplashning  keng

I62AxBJiemiaHH IO.T.  CrpaxoBaHHe. M.:  tOHHTH-.lt AHA, 2006.  - 543 c.

219



tarqalgan  shakli  hisoblanib,  yirik  (halokatli)  zararlardan  sug'urta  tasbkiiotlarini 

himoya qilish uchun xizmat qiladi.

Uning  shartlariga  ko'ra,  sug'urtalangan  qaltislik  bo'yicha  zaraming  yakuniy 

qiymati sug'urta shartnomasida kelishilgan  sug'urta pulidan  oshsagina.  qayta sug'urta 

qilish  kuchga  kiradi.  Bu  holatda  qayta  sug'urtalovchining  ushbu  suntmadan  yuqori 

javobgarligi ham ma’lum  limit bilan chegaralanadi.

Zarar keltirish ekssedenti shartnomasi yoki stop lose (stoploss)  foiz yoki  qiymat 

shartnomada  kelishilganidan  oshib  ketsa,  sug'urta  kompaniyasining  zarar  ko'rishini 

himoya  qilish  uchun  mo'ljallangan  bo'ladi.  Odatda  qayta  sug‘urtalanuvchi  uning 

javobgarligidagi  moliyaviy  manfaatdorlikni  yo‘qotmasligi  hisobga  olinib.  amal 

qilinadigan  shartnomadan  yuqori  zarar  belgilanadi,  ya’ni  shartnomaning  maqsadi 

qayta  sug'urtalanuvchining  foydasini  kafolatlash  emas,  uni  faqat  qo'shimcha  yoki 

favquloddagi  yo'qotishlardan  himoya  qilish  hasoblanadi.  Zarar  keltirish  ekssedenti 

shartnomasi bo'yicha qayta sug'urtalovchi javobgarligining  limitlari  zarar ko'rishning 

maium foizlari doirasida belgilanadi.

Qayta  sug‘urta  qilishning  quvidagi  ikkita  asosiy  shakli  mavjud:  fakultativ  va 

obligator va ikki aralash:  fakultativ-obligator va obligator-fakultativ.163

Fakultativ qayta sug'urta qilish -  bu qayta sug'urta qilishning eng boshlang‘ich 

shakli.  Qayta  sug‘urta  qilishga  qaltisliklami  qabul  qilishning  ixtiyoriylik  xususiyati 

buning  uchun  xarakterli  hisoblanadi.  Fakultativ  qayta  sug'urta  qilishda  qayta 

sug‘urtalanuvchi qayta sug'urtalovchiga har bir aniq qaltislikni alohida taqdim  etadi.

Bu taklif qaltislik haqida eng muhim  ma’lumotlami  (sug'urtalanuvchi.  sug'urta 

obyekti.  shartnomaning  amal  qilish  muddati.  sug'urta  qaltisliklari.  sug'urta  puli  va 

mukofoti,  qayta  sug'urtalanuvchining  o'zi  ushlab  qoladigan  ulushi,  qayta  sug'urta 

qilishda  taklif etiladigan  qaltislikning  ulushi)  o'zida  aks  ettiradigan,  qayta  sug'urta 

qilishning slip shaklida rasmiylashtiriladi.

Fakultativ  sug'urta  sug'urtaning  asl  shartnomasi  bilan  to'g ’ridan-to'g'ri 

bog'liq,  shuning  uchun  sug'urtalovchi  va  qayta  sug'urtalovchi  o'rtasidagi  barcha 

hisoblar to'lov shartlaridan mustaqil sug'urta shartnomasida kelishilgan tarzda amalga 

oshiriladi.

Obligator qayta sug'urta qilish  shartlariga ko'ra,  sedent shartnomada tafsilotlari 

keltirilgan  barcha  qaltisliklami  qayta  sug'urta  qilishga  berishi  lozim,  qayta 

sug'urtalovchi esabunday qaltisliklami qabul qilishga majbur.

Sug'urtaning  ma’lum  turlari  yoki  barcha  sug'urta  portfeli  bo'yicha  qayta 

sug'urta  qilish  himoyasini  avtomatik  ravishda  olish  imkonini  berishi  bilan  qayta 

sug'urta qilishning ushbu turi sug'urtalovchi uchun ko'proq foydalidir.

Qayta sug'urtalovchi mukofot-zararlar borderosi asosida har chorakda bir marta 

u  tomonidan  qayta sug'urtalangan  qaltisliklar haqida ma’lumot  olib  turadi.  Mukofot-

163  Insurance:  Principles  and  Practice.  Compiled  by  David  Bland,  The  C hartered  Insurance  Institute,  G reat  Britain, 

2000.  P.  416.

220



zararlar  borderosi  qayta sug'urta  qilishga beriladigan  qaltisliklar va ushbu  qaltisliklar 

zararlari  bo'yicha  to‘lovlar ro'yxati  aks etgan  sug‘urtaIovchining  sug'urta portfelidan 

ko'chirma  taqdim  etishi  bilan  ahamiyatlidir.  Fakultativ-obligator  qayta  sug'urta 

qilishda sug‘urtalovchi  qayta sug'urta qilishga qaltisliklaming hammasini  emas,  faqat 

uning  ma'lum  turlarini  berish  huquqiga  ega,  qayta  sug'urtalovchi  esa  ulami  qabul 

qilishga rnajbur164.

Obligator-fakultativ  qayta sug'urta  qilishda qaltislikni  berish majburiyati  qayta 

sug'urtalovchi  uchun  mo'ljallanadi,  shartnomaning  fakultativ  qismi  esa  qayta 

sug'urtalovchiga  tegishli  bo'ladi.  Hamkorlaming  faqat  ma’lum  munosabatlaridagina 

bunday shartnomani tuzish imkoniyati bor.

Retrotsessiyaga ehtiyoji bor qayta sug'urtalovchilar o'zlari qayta sug'urta qilish 

yoki  retrotsessiya  shartnomalarini  tuzgan  hamkorlari  bilan  birinchi  navbatda 

muloqotga  kirishadilar.  Qayta  sug'urta  qilish  yoki  retrotsessiya  shartnomasi  -   bu 

o'zaro  ishonch  asosidagi  shartnoma hisoblanadi.  Unga muvofiq. qayta  sug'urtalovchi 

sedent bilan  qayta sug'urta qilish shartnomasini tuzganidan keyin o'z navbatida undan 

qayta  sug'urta  qilishga  olingan  qaltisliklami  ayirboshlash  uchun  qaltisliklaming  bir 

qismini  sedentga qayta sug'urta qilishga beradi.

Qayta sug'urta qilish fakultativ shakllarining ustunliklari quyidagilar:

Qayta sug'urtalovchi  uchun:  qayta sug'urta qilish uchun  olinayotgan obyekt va 

sug'urta  bozori  darajasi  haqida to'liq  ma'Iumot  olish,  shartnomaning  har bir shartiga 

qo'shimchayoki o'zgartirish kiritish imkoniyatini beradi.

Sedent  uchun:  muvozanatlashgan  sug'urta  portfelini  shakllantirish  va  o'z 

moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash  (masalan,  agar  sug'urtalovchi  juda  vuqori 

qiymatdagi  obyektni  sug'urtaga qabul  qilayotganda) uchun haqiqatda zarur bo'lganda 

qayta sug'urta qilishga tayanish imkoniyati.

Qayta  sug'urta  qilish  fakultativ  shakllarining  kamchiliklari  quyidagilar.  qayta 

sug'urtalovchi uchun barqaror sug'urta portfelini shakllantirishning qiyinligi.

Sedent  uchun:  qayta  sug'urtalovchilaming  qayta  sug'urta  qilishni  rad  etishlari 

mumkinligi  sababli  sug'urta  shartnomasini  tuzishda  sug'urtalovchilarda  maqbul 

shartlarda va tez qayta  sug'urta qila olish  kafolatining yo'qligi.  Qayta sug'urta qilish 

operatsiyasini  kelishish zarurati, agar ushbu jarayon uzoq muddat davom etsa. u holda 

sug'urtalovchi 

boshqa 

sug'urta 

tashkilotida 

sug'urtalanuvchining 

sug'urta 

shartnomasini  imzolashi ehtimolini tavakkal qiladi.

Ushbu  shartnomalarni  tuzish  uchun  xarajatlaming  yuqoriligi.  Ushbu 

operatsiyalami  amalga  oshirish  jaravonida  qayta  sug'urta  qilishga  doir  tuzilgan 

shartnomalar  haqidagi  yetarlicha  madumotlaming  qayta  sug'urtalovchilarga  taqdim 

etish  zarurati  tijorat  sirlarini  o'zida jamlagan  ma'lumotlaming  raqobatchilar  qo'liga 

tushib qolishiga olib kelishi mumkin.165

Hozirgi  kunda  sug'urta  bozori  rivojlangan  mamlakatlarda  ushbu  kamchiliklar 

fakultativ  qayta  sug'urta  qilishning  vordamchi  rolini  bajarishiga  olib  kelmoqda  va 

faqat quyidagilarga moslashmoqda:

,6Jri(J)ait4)tJ)ep 

K. 


BBeaeHHe 

b

  ncpecipaxoBai-tHe M :  A



hkhji

,  2000.  155  c.

Mioamep  n .  CipaxoBaHHe  npoMBiiiLieHHBix  ooteicroB 

h

  ycraHOBOK 



b

  P


occiihckoh

  tpepepamm  - 

tobkh

  ape


hhh

 

Me>KayHapojHoro nepecTpaxoBinHKa'/ 



A uiac 

crpaxoBaHHs. 

2009. Jfs 9.

221



♦  u  bu  sabablar  bilan  obligator  sug'urta  qilishdan  foydalanish  imkoniyatining 

yo'qligi  (masalan,  obligator  shartnomasi  bo‘yicha  limitning  oshib  ketishi  voki 

mumkin emasligi);

♦  obligator  asosida  qayta  sug‘urta  qilishning  ushbu  sabablar  bilan  scdcnt  uchun 

foyda  keltirmasligi  (masalan.  sug'urta  hodisasi  yuz  berishi  chtintolining  yuqoriligi 

bilan bog'liq);

♦  sedent  obligatorga  qo'shimcha  ravishda  fakultativ  qayta  sug‘urta  o'tkazishni 

xohlaydi  (masalan.  obligator  qayta  sug'urta  qilish  bo‘yicha  o'ziga  tegishli 

javobgarlikning bir qismini qayta sug‘urta qilish);

♦  fakultativ  qayta  sug‘urta  qilish  shartnomalarini  tuzayotib,  sedent  o‘z  biznesini 

kengaytirishni xohlaydi.

Qayta  sug‘urta  qilishning  obligator  formasining  afzalliklari  qayta  sug'urta 

qiluvchi  uchun:  obligator  qayta  sug‘urta  qilish  sedentlar  bilan  doimiy  aloqalar 

kafolatini  beradi,  buning  natijasida,  portfelda  qayta  sug'urta  qilish  shartnomalari 

sonining yetarlicha ko‘p bo‘lishi uning biznesini kengaytiradi.

Sedent  uchun:  qayta  sug'urtalanmagan  qaltislik  uchun  sug'urtalovchining 

majburivatiga y o i qo'yilmaydi, shuningdek, har safar qayta sug'urtalovchini  izlash va 

shartnoma shartlarini u bilan kelishish zarurati yo'qoladi.  Odatda qayta sug'urta qilish 

shartnomasining muddatini yangi muddatga uzaytirish  avtomatik  ravishda yuz beradi. 

Qayta sug'urta qilish bo'yicha qo'shimcha xarajatlar kamaytiriladi.

Qayta  sug'urta  qilish  obligator  shakllarining  kamchiliklari  sedent  uchun: 

sug'urtalovchi  nostandart  sug'urta  shartnomasini  tuzayotgan  holatlarda,  uni  zarur 

qayta sug'urta himoyasi  bilan ta'minlash  imkoniyatining  yo'qligi.  Sug'urtalovchi  o'z 

javobgarligida  butunlay  qoldirishi  mumkin  bo'lgan  shartnomalami.  majburiyatlami 

qayta  sug'urta  qilish  uchun  berishga  majbur  bo'ladi,  bu  uning  sug'urta  mukofoti 

hajmini kamavtiradi166.

Fakultativ-obligator qayta sug'urta qilish.  Bu usul  sedentga qaysi  qaltisliklar va 

ulami  qanday miqdorda qayta sug'urtalovchiga  berish  haqida mustaqil  qarorlar  qabul 

qilish  erkinligini  beradi.  O'z  navbatida,  qayta  sug'urtalovchi  qaltisliklaming  qabul 

qilingan ulushini oldindan kelishilgan shartlar asosida qabul qilishga majbur167.

Qayta  sug'urta  qilish  shartnomalarini  tuzishda  quyidagi  ikkita  usul  belgilab 

olinadi: mutanosib va nomutanosib qayta sug'urta qilish.

Mutanosib  qayta  sug'urta  qilishning  o'ziga  xosligi  shundan  iboratki,  sug'urta 

pullari.  sug'urta  badallari  va  sug'urta  to'lovlari  qayta  sug'urtalanuvchi  va  qayta 

sug'urtalovchi  o'rtasida  mutanosib,  ya'ni  ular  tomonidan  qabul  qilingan  javobgarlik 

ulushlariga  muvofiq  taqsimlanadi.  Shu  bilan  birga,  shartnoma  tomonlari  o'rtasida 

taqsimlangan  sug'urta  pullaridan  kelib  chiqib,  ulaming  har  biriga  to'g'ri  keladigan 

majburiyatlar hajmi aniqlashtiriladi.

Mutanosib  qayta  sug'urta  qilish  shartnomalari  shartlari  sug'urta  pulining 

ma’lum  qismi uchun javobgarlik (o'ziga tegishli qismini ushlab qolish)  qayta sug'urta 

qildiruvchining o'zida qolishini nazarda tutadi va qolgan qismini  qayta sug'urta qilish 

uchun  beradi.  Mutanosib  qayta  sug'urta  qilish  shartnomasi  qayta  sug'urtalovchi

166KneMenrbeB  B.B.  Pa3BHTHe nepecTpaxoBamw —  po;ii» roc\\aapcTBa / OjieiapoHHbrH pecypc.  URL: 

http: //www.insur-info. ru''re-in surance/

167Pa^neHKO  B.H.  0 6   aicryapHBix pacneTax 

b

 



nepecTpaxoBaHHH // HHaHCbi.  2011, Xs2.

222



tomonidan  komission  mukofotning  qayta sug'urtalanuvchiga  amalda har  doim  to'lab 

berilishini  va  ko'pincha  tantema  holatini  (.foydaning  ma’lum  qismini  mukofot 

shaklida toiab berish) nazarda tutadi.

Mutanosib  qayta  sug'urta  qilishda  o'z  navbatida  quyidagilar  ajratiladi:  kvotali 

qayta sug'urta qilish;  ekssedent summasi  usuli  bo'yicha qayta sug'urta qilish; kr^-otali- 

ekssedent  (aralash).  Mutanosib  qayta sug'urta qilishning mohiyati  quyidagicha:  qayta 

sug'urta  qilishni  taqdim  etish  sug'urta  puli  hajmiga  bog'liq  bo'lmay,  faqat  zaraming 

miqdori  bilan  aniqlashtiriladi,  ya'ni  alohida  qaltislik  bo‘yicha javobgarlik  mutanosib 

bo'linadi va asl mukofotga muvofiqlik bo'lmaydi.168

Noinutanosib  qayta  sug'urta  qilishda  sug'urta  pullari,  badallari  va  to'lovlari 

sedent  va  qayta  sug'urtalovchi  o'rtasida  nomutanosib  taqsimlanadi.  Qayta 

sug'urtalovchining  sug'urta  badalini  to'lash  majburiyati  faqat  sug'urta  badalining 

hajmi  oldindan  kelishilgan  me’yor  (sedentning  ustunligi)dan  oshgan  holatdagina 

yuzaga  keladi.  Ushbu  qayta  sug'urta  qilishning  asosiv  maqsadi  sug'urtalovchilami 

bitta  hodisa  oqibati  (qaltisliklar  kumulyasiyasi)  uchun  katta  miqdordagi  to'lovni 

amalga  oshirish  zarurati  yoki  bitta  obvekt  bo'yicha  yirik  sug'urta  badalini  amalga 

oshirish  kabilami  keltirib  chiqarishi  mumkin  bo'lgan  yirik  zararlardan  himoya 

qilishdan iborat.

Nomutanosib  qayta  sug'urta  qilishning  o'ziga  xosliklaridan  biri  shundan 

iboratki.  sug'urtalovchining  qayta  sug'urtalanvotgan  to'lovlari  odatda  har  biri  turli 

kompaniyalarda  qayta  sug'urtalangan  bo'lishi  mumkin  bo'lgan  darajalarda 

taqsimlanadi.  Masalan.  1  min  AQSH  dollaridan  oshmaydigan  to'lovlar  uchun 

butunlay  sug'urtalovchining  o'zi,  1  min AQSH  dollaridan  2  min AQSH dollarigacha 

birinchi qayta sug'urtalovchi (birinchi darajadagi shartnoma), 2 min AQSH dollaridan 

3  min  AQSH  dollarigacha  ikkinchi  qayta  sug'urtalovchi  (ikkinchi  darajadagi 

shartnoma)  va  shu  kabi  javob  berishi  mumkin.  Ushbu  shaklda  taqsimlanishning 

sababi,  eng  avvalo  javobgarligi  darajasidan  yuqori  bo'lmagan  operatsiyalar  (o'z 

imkoniyatlari  bilan  qoplash)  yoki  qoplashning  yuqori  (halokatli)  darajalariga  qayta 

sug'urtalovchilaming tez moslashishi uchun zarur qayta sug'urta qilish himoyasi bilan 

ta'minlash vazifasini yengillashtirishdan iborat.

Amalga oshirish  shakli  bo'yicha qayta sug'urta qilish  fakultativ  va obligatorga 

bo'linadi:  qayta  sug'urta  qilish  operatsiyalarini  amalga  oshirish  usullari  bo'yicha 

qayta sug'urta qilish quyidagicha bo'lishi mumkin:

1. 


Kvotali  -   sug'urta  mukofoti  va  qayta  sug'urtalovchi  javobgarligi  bo'yicha 

madum 


mutanosiblikni 

saqlab. 


qabul 

qilinayotgan 

qaltisliklar 

bo'yicha


majburiyatlaiTiing  bir qismidan voz  kechishni  sug'urtalovchining  zimmasiga yuklash. 

Soddalashtirilgan  xarakterga  ega ushbu  shakl  amalda  sug'urtaning  barcha  sohalarida

rtepeHLTbeBa 

A.C.,  PaKBiiamBHJiii  A.A.  T

copein'iecKHe  oco6eHHOCTH 

nepecTpaxoBamm 

// 

CTpaxoBoe 



ac

.

to



 

.N

s



5, 

2009.


223


qo‘llaniladi  va ma’lum  ulushdagi  sug'urta  qaltisligi  o‘zgarib  turishini  kamaytirishga 

yordam beradi.

2.  Eksedent  -   sug‘urtalovchining  mustaqil  to'lash  imkoniyati  mavjud  bo'lib 

(o‘ziga tegishli qismini ushlab qolib) va faqat shundan  keyin  sug‘urta  pulining qolgan 

qismini qavta sug‘urta qilishga beradigan.  bitim  tabiatidan  qat'iy  nazar sug'urtalovchi 

uchun belgilashga yordam beradigan summa.

3.  Sug‘urta  qilingan  sug'urta  obyekti  bo‘yicha  sof  zaraming  oxirgi  qiymati 

sug‘urta  shartnomasidagi  limitdan  oshib  ketgan  laqdirdagina  zarar  ekssedenti 

shartnomasi  kuchga  kiradi.  Qavta  sug'urta  qilishning  bunday  shaklini  mutanosib 

himoya  shakllariga  qo‘shimcha  sifatida,  shuningdek.  halokatli  xarakterga  ega 

qaltisliklarga nisbatan qo'llash samaraliroqdir.

Zarar  ekssedenti  va  zarar  keltirish  ekssedenti  shartnomalari  asosidagi 

nomutanosib  qayta sug'urta qilish  qayta sug'urta  qilishning  ko'plab  shakl  va  usullari 

orasida  milliy  sharoit  uchun 

istiqbolli 

hisoblanadi. 

Birinchidan. 

bunday 


shartnomalarga  xizmat  ko'rsatish  bo‘yicha  uncha  katta  bo'lmagan  xarajatlar.  va 

ikkinchidan,  zararlar,  ayniqsa,  ko'payish  tendensiyasiga  ega  yong'in.  toshqin. 

texnogen  avariya  va  boshqa  hodisalar,  tozalik  va  ziyondan  zararlar  ko'lamining 

o'sishi  mumkinligi.  Amaliyot  shuni  ko'rsatadiki,  aynan  nomutanosib  qayta  sug'urta 

qilish  bunday  holatlarda  sug'urta  kompaniyalami  xonavayron  bo'lishdan  samarali 

himoya qiladi.

Ulaming  orasida daromadlar  parametrining  ilmiy  asoslangan  pasayish  darajasi 

omillari ochib berilgan:

Z  yetarlicha statistik madumotlaming mavjud emasligi;

Z  rossiya  sharoitlariga  mos  keladigan  zararlaming  uslubiy  hisoblari  va 

aniqlashtiruvchi kriteriyalarining takomillashtirilmaganligi;

Z  rossiya  qonunlarining  takomillashtirilmaganligi  va  qayta  sug'urta  qilish 

biznesining shafFof emasligi;

Z  kompaniyalar xodimlari malakasining yetarli emasligi.

Qayta  sug'urta  qilish  faoliyatining  doimiy  rivojlanishda  bo'lishi  va  kelajakda 

qayta sug'urta qilishni  amalga oshirishda yangi  uslublar  (shakllar),  guruhlar va turlar 

paydo  bo'lishi  ehtimoli  inobatga olinib,  qayta  sug'urta  qilishning  uslublar  (shakllar), 

guruhlar  va  turlari  bo'yicha  biz  taklif  etayotgan  tasnifi  barcha  masalalarni  o'zida 

qamrab olmaydi.

224




Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish