0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


  Xorijiy mamlakatlarda javobgarlikni sug‘urta  qilisli  va



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

16.3.  Xorijiy mamlakatlarda javobgarlikni sug‘urta  qilisli  va

 

uni rivojlantirish vodlari

Javobgarlikni sug‘urta qilish rivojlangan mamlakatlarda ayniqsa kcng  tarqalgan 

sug'urta  shakllaridan  biri  hisoblanadi.  Mazkur  mamlakatlaming  aksariyatida 

javobgarlikni  sugmrta  qilish  majburiyati  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutiladi.  Mazkur 

qonun  hujjatlarining  mazmun  va  mohiyati  shundan  iboratki.  xavlli  obyektlardan 

foydalanuvchi  yoki  bunday  obyektlar  (transport  vositalarijni  boshqaruvchi  liar  kim 

bunday foydalanish yoki egalik qilish natijasida uchinchi  shaxslaming mol-mulki yoki 

hayoti  va  sog‘lig‘iga  yetkazilishi  mumkin  bodgan  zarar  yoki  ziyon  uchun  javobgar 

bodishi lozim.

Qonun  bo'yicha javobgarlik  ehtiyotsizlik  orqasida  huquqbuzarlik  sodir  etish 

yoki shartnoma majburiyatlarini buzish bilan  bog'liq bodishi  ham  mumkin.  Fuqarolik 

javobgarligini  yoki  uchinchi  shaxslar  oldida javobgarlikni  sug‘urta  qilish  eng  ko'p 

sonli sug‘urtaturi hisoblanadi.131

Jahon  amalivotida  ham  qonun  hujjatlarining  talablariga  ko'ra,  ham  kasbiy 

reglamentlar  (kodekslar,  standartlarjga  muvofiq  kasbiy  faolivatni  amalga  oshirish 

bilan  bogdiq  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  shartnomalarida  sug'urta  qildiruvchilar 

sifatida  ko'pincha  shifokorlar,  farmatsevtlar,  auditorlar,  brokerlar.  arxitektorlar, 

advokatlar, notariuslar va ayrim boshqa kasblaming egalari amal  qiladi.

Ushbu  sug‘urta  turi  AQSHda  patsientlar  tomonidan  o'z  hayoti  va  sogdigdga 

zarar yetkazganlik uchun  vrachlar va tibbiyot  hamshiralariga  qo'yilgan  da’volar  soni 

sezilarli  darajada ko'paygan  odgan  asming  60-yillari 

0

‘rtalaridan  boshlab  ommaviy 



tus oldi.132

Chet elda javobgarlikni sug‘urta qilish ko'pgina tashkilotlar,  ayrim  kasb  egalari 

va oddiy  fiiqarolar uchun  allaqachon me’yorga  aylangan.  Masalan,  uchinchi  shaxslar 

oldida  kasbiy  javobgarlikni  majburiy  sug'urta  qilish  restoran  biznesi,  sport- 

ko‘ngilochar  muassasalari,  transport  vositalari,  kazino,  tungi  klublaming  egalari.

131  Qarang:  CnaAiaH TIT. CipaxOBamie:  YaeOHoe nocoOHe  -  M.: HHPA-M,  2001.



'2

 Qarang:  AreeB  LU.P.,  Bacnai.eB  H.M.,  KaTwpHH  C.H.  CTpaxoBamie 

(Teopna, 

npaKTHKa 

h

  3apv6e>KHhiH 



onbrr). 

M.: 3KcnepTHoe oiopo, 2009.  497 c.

186



shuningdek  shifokorlar,  advokatlar,  notariuslar,  bojxona  xodimlari  faolivatiga 

tegishlidir.

Buyuk  Britaniyada  avtotransport  egalari,  aviatashuvchilar,  otda  vurish  bilan 

shug'ullanuvchi  shaxslar,  shuningdek  atrofdagilar  uchun  xavfli  bo'lgan  havvonlami 

uy  sharoitida  saqlaydigan  shaxslaming  uchinchi  shaxslar  oldidagi  fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  mavjud.  Bundan  tashqari,  advokatlar, 

buxgalterlar,  sug'urta  brokerlari.  shuningdek  atom  energetikasi  qurilmasining 

operatorlari uchun kasbiy javobgarlikni majburiy sug'urta qilish nazarda tutilgan.

Majburiy  sug'urta  shartnomalari  (amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq) 

Angliya sug'urta bozorida mavjud  sug'urta kompaniyalari  tomonidan tuziladi.  Buyuk 

Britaniyaning davlat tashkilotlari majburiy sug'urta masalalari bilan shug'ullanmaydi.

Germaniyada  majburiy  sug'urta  nisbatan  cheklangan  xususiyatga  ega. 

Gennaniya  federal  qonunchiligi  darajasida  ish  beruvchining  yollanma  xodimlarga 

ishlab  chiqarish jarohati  voki  zararli  mehnat  sharoitlari  bilan vetkazilgan  zarar uchun 

javobgarligini  majburiy  sug'urta  qilish,  avtotransport  vositalari  egalarining  vo'l- 

transport  hoisasi  natijasida  yetkazilgan  zarar  uchun  uchinchi  shaxslar  oldidagi 

fuqarolik javobgarligini  majburiy  sug'urta  qilish,  aviatashuvchilar  va  noharbiy  havo 

kemalari  harakatini  boshqaruvchi  dispetcherlar,  buxgalterlar,  ovchilar,  atom 

energetikasi  qurilmalarining  operatorlari,  atom  energiyasi  va radioaktiv  izotoplardan 

foydalanuvchilar,  farmatsevtika  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchilar  (produtsent- 

larjning  kasbiy  (fuqarolik)  javobgarligini  majburiy  sug'urta  qilish  nazarda  tutilgan. 

Bundan  tashqari,  Germaniyaning  ayrim  federal  yerlarida  imoratlami  ulaming 

mulkchilik shaklidan qat'iyy nazar, yong'indan majburiy sug'urta qilish belgilangan.

G'arbiy 


Yevropaning 

iqtisodiy 

rivojlangan 

mamlakatlarida 

fuqarolik 

javobgarligini  sug'urta  qilish  yarim  asrdan  ham  ko'proq  davr  mobavnida  mavjud. 

Bunday  sug'urta  polisiga  ega  bo'lmagan  odam  ko'chaga  chiqishi,  boz  ustiga  rulga 

o'tirishini  tasavvur qilish  ham mumkin emas.  Yoki bo'lmasa, aytaylik, biron-bir bank 

bitimi titul sug'uitasi uchun shartnomasiz amalga oshirilmaydi.lj3

Yevropaning  bir  qator  davlatlarida  boshqa  mamlakatlardan  kelgan  turistlarga 

umumiy  fuqarolik javobgarligini  sug'urta  qilish  talabi  qo'yiladi.  Umumiy  fuqarolik 

javobgarligini  sug'urta  qilish  talabi  turistlar  tashrif  buyuradigan  mamlakatlar 

qonunlarining  amal  qilishi  bilan  bog'liq.  YevTopa  davlatlarining  aksariyatida, 

Shengen  guruhi  mamlakatlarida  esa  —  majburiy  tartibda,  umumiy  fuqarolik 

javobgarligi to'g'risidagi qonunlar amal qiladi.1

3

3



 134

Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  sug'urta  qilish 

javobgarlikni  sug'urta  qilishning  jahonda  ayniqsa  keng  tarqalgan  turi  hisoblanadi. 

Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  sug'urta  qilish  aksarivat

133 Q arang:  UlHHKapeHKO  H .3 .  CipaxoBaHHe 

otbctctbchhocth

:  CnpaBOBmiK.  2-e  io n .,  ncnp. 

h

  non. 



M.: 

A

hkhji



,

2 0 1 1 .3 0 8   c.

Q arang:  CanwaHOB A.M.  CTpaxoBaraie // (PnHaHCM.  2011. 40 c.

187



mamlakatlarda  majburiy  hisoblanadi  va tegishli  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan. 

Mazkur  qonun  hujjatlarida  transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini 

sug‘urta  qilish  asosiy  tamovillari  va  shartlari.  javobgarlik  limitlari  va  hokazolar 

belgilangan.133

Jahon  xo'jalik  aloqalarining  kengayishi.  turizmning  rivojlanishi,  aloqalaming 

kengayishi  munosabati  bilan  avtofuqarolik  javobgarligini  sug'urta  qilish  hozirgi 

vaqtda  xalqaro  ahamiyat  kasb  etdi.  "Yashil  karta  tizimi”  degan  nom  bilan  keng 

tarqalgan javobgarlikning  mazkur turini  sug'urta  qilish  xalqaro  tizimi  1953  yilning  1 

yanvarida kuchga kirdi.

Yashil karta to'g'risidagi  shartnoma ishtirokchisi  bo'Igan  mamlakatlar ulaming 

istalgan  birida  sotib  olingan  xalqaro  avtomobil  qatnovida  transport  vositalari 

egalarining  fuqarolik javobgarligini  sug'urta  qilish  to'g'risidagi  sug'urta  polislarini 

ushbu  mamlakatlar  hududida  e’tirof  etish  majburiyatini  oldilar.  Yashil  karta 

tizimining asosiy elementi ishtirokchi-mamlakatlaming milliy  byurolari  hisoblanadi.

Ushbu tuzilmalar chegarani kesib o'tayotganda sug'urtaning mavjudligi  ustidan 

nazorami  tashkil  etadilar,  shuningdek  sug'urta  hodisalari  bo'yicha  arz  qilingan 

da'volami  tartibga  solish  masalalarini  (mamlakat  ichida  va  chet  elda)  sug'urta 

kompaniyalari  bilan  birga  hal  etadilar.  Milliy  byurolar  qarorgohi  Londonda 

joylashgan  yagona Xalqaro  byuroga  birlashtirilgan.  Xalqaro  byuro  butun  dunvodagi 

milliy  byurolar faoliyatini  muvofiqlashtiradi.  Yashil  karta  bo'yicha  sug'urta  tovonini 

to'lashni vakolatli sug'urta kompaniyalari amalga oshiradi.*

 136


Germaniyada  aviakorxonalari,  vadroviy  energetika  qurilmalari.  farrnatsevtika 

sanoati korxonalarining fuqarolik javobgarligi majburiy tartibda sug'urta qilinadi.137

Tibbivot  xodimlarining  kasbiy  javobgarligini  sug'urta  qilish  tizimi  iqtisodiy 

rivojlangan  mamlakatlarda  uzoq  yillardan  beri  keng  qo'llaniladi.  Ayni  vaqtda.  turli 

mamlakatlarda sug'urta qilish sxemalari bir-biridan sezilarli darajada farq  qiladi.

AQSHda  tibbiyot  xodimlarining  kasbiy  javobgarligini  sug'urta  qilish 

tizimining  ikki  turi  farqlanadi.  Ulaming  birinchisida  sug'urta  kompaniyasi  sog'liqqa 

zarar  vetkazilgani  haqidagi  shikoyatlaming  barchasi  bo'yicha  kompensatsiyalami 

shikoyat  taqdim  etilgan  vaqtdan  qat’iy  nazar  mazkur  polis  amalda  bo'Igan  yil 

davomida  to'lash  majburiyatini  oladi.  Ikkinchi  turdagi  polislar  faqat  o'sha  yili 

yetkazilgan  zararga  tegishli  bo'Igan  shikoyatlar  bo'yicha  kompensatsiyalar 

to'lanishini ta’minlaydi.138 1

3

9

Chet  elda  keng  iste’mol  mollari  ishlab  chiqaruvchilaming  javobgarligini 



iste'mol  qilish  ko'p  yillik  tajribaga  ega.  Xususan,  1985  yildan  boshlab  Yevropa

13:1 Qarang: CnneiyxOB  fO.A. CTpaxop.aKire:  VneoHoe nocoone.  M: HHOPA-M, 2010.  312  c.

136 Qarang: Be.ihix B.C., KpHBomeeB H.B. CTpaxoBoe npaBO.  M.:  HanaTe.ibCTBO  HOPMA,  2010.  312  c.

’  Qarang:  AreeB  UI.P.,  Bacrutbefs  H.M.,  KaTbipHH  C.H.  CrpaxoBaHHe  (xeopfia,  nparcraKa 

h

  aapyoeatHbifi  om>rr).



M  :  3KcneprHoe oiopo, 2009. 497 c.

139 Qarang:  0 ‘sha yerda.

188



iqtisodiy  hamjamiyati  doirasida  uning  amal  qilishini  G'arbiy  Yevropaning  barcha 

mamlakatlariga tatbiq etish to'g'risidagi bitim amal qiladi.

Aksariyat  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  javobgarlikning  ushbu  turini  ham  o'z 

ishchanlik  obro'sini  oshirish.  ham  mahsulotni  iste'mol  qiluvchiga  etkazilgan  zarar 

qoplanishining  moliyaviy  kafolatlarini  olish,  ham  sud  muhokamalari  va  zaruriy 

ekspertizalardan  xalos  bo'lish  uchun  sug'urta  qilishni  lozim  deb  hisoblavdi.  chunki 

sug‘urtalovchi  sug'urta  qildiruvchining  manfaatlarini  sudda  himova  qilishni 

ta’minlaydi, ekspeitiza yuzasidan maslahat xizmatlari ko'rsatilishini tashkil etadi.

Ushbu  sug‘urta turining  iste’molchilar uchun  qulayligi  shu bilan  belgilanadiki, 

mavjud  yuridik  normalarga  ko'ra  ishlab  chiqaruvchining javobgarligi  zarar  mazkur 

ishlab  chiqaruvchi  tomonidan  etkazilgani  dalillar  bilan  isbot  qilinganda  uning  avbi 

mavjudligi  voki  mavjud  yemasligidan  qat'iy  nazar  eTirof  etladi.  Bundan  tashqari, 

ancha  katta  miqdorda  sug'urta  tovoni  olinishi  mumkin,  chunki  mazkur  sug‘urta  turi 

bo'yicha 

tovar 

ishlab 


chiqaruvchilaming 

javobgarligini 

cheklashga 

yo'l 


qo‘yilmaydi.139

Javobgarlik  hajmiga  mahsulot  iste'molchilarining  sogTig'i  yoki  mol-mulkiga 

zarar  vetkazish  va  ulaming  halok  boiishi  ham  kiritiladi.  Tovar  bozorda  ishlab 

chiqaruvchining  ruxsatsiz  paydo  boTgan,  u  realizatsiya  qilish  uchun  ishlab 

chiqarilmagan, tovar sotuvga kelib tushgan paytda unda nuqsonlar mavjud boTmagan 

hollardajavobgarlikdan ozod qilishgayoT qo‘yiladi.

Tovar  ishlab  chiqaruvchi,  agar  u  iste’molchi  tomonidan  beparvolikka  yo‘1 

qo‘yilganini  isbotlab bersa, javobgarlikdan qutulib qolishi mumkin.

Atrof  muhitni  ifloslash  uchim  javobgarlikni  sug'urta  qilish  tabiiy  ofatlar  va 

yong'inlardan  ko'riladigan  zararlar  bilan  taqqoslaganda  ekologik  zararlar  miqdori 

sezilarli  darajada  oshgani  bilan  belgilanadi.  Atrof  muhitni  ifloslash  uchun 

javobgarlikni sug'urta qilish o'tgan asming 60-villaridan e’tiboran rivojlana boshladi. 

Awaliga javobgarlik  hajmiga  ishlab  chiqarishda  yuz  bergan  baxtsiz  hodisa  tufayli 

atrof muhitning  ifloslanishi  natijasida uchinchi  shaxslaming hayoti,  sog‘lig‘i va mol- 

mulkiga  zarar yetkazuvchi  xavflar  kiritilar edi.  Bunda sug'urta tovoni  faqat ekologik 

halokat qo‘qqisdan va kutilmaganda yuz bergan holda toTanar,  doimiy  ravishda yoki 

vaqti-vaqti  bilan yetkaziladigan  zarar istisno  etilardi.  70-yillaming boshida bu istisno 

bekor qilindi.

G'arbiy  Yevropa  va  Amerika  mamlakatlarining  deyarli  barchasida  oshiqcha 

xavf  manbasi  boTgan  obyektlardan  foydalanishda  javobgarlikni  sug'urta  qilish 

sug'urtaning  ixtivoriy  turi  sifatida  mavjud.  Xavfli  obyektlar  egalarining  fuqarolik 

javobgarligini  sug'urta  qilislining  mazkur  shaklini  mohiyati  shu  bilan  belgilanadiki, 

ushbu  mamlakatlaming qonun hujjatlariga muvofiq, bunday turdagi korxonalar uchun 

etkazilgan zarami  qoplash bo'yicha kuchavtirilgan javobgarlik belgilangan. 1

3

9

139  Q arang:  TyiiHHOB 



B.B. 

C rpaxoBam ie 

h

  ynpaBJiemie 



phckom

.  Tep.MHHOJiormecKmi  cjicmapb  /  B.B.TyjnmOB, 

B.CTopHH. 

M.: 


H ayxa, 

2000 


// h ttp

i

/W



avav

.insur-m fo.ru/dictionary/

694/

189



Bundan  tashqari,  bozorda  mavjud  boMgan  sharoitlar  (davlat  darajasida 

o!matilgan  sanoat  xavfsizligi  yuksak  standartlari;  operatorlar  ijtimoiy  javobgarlik 

darajasining  yuqoriligi,  shuningdek  oshiqcha  xavf  manbasi  boigan  obyektlaming 

egalariga  nisbatan  uchinchi  shaxslaming  da?volari  bo'yicha  zararlami  qoplash  bilan 

bogiiq potensial xarajatlaming kattaligi) ham o‘z ta’sirini  ko‘rsaladi.

Masalan, AQSHda korxona sug'urta polisiga  ega  bo'lmagan  holda  unga  kredit 

berish  rad  etilishi  mumkin.  u  auditorlaming  talablari  bilan  mos  kelmaydi.  bundan 

tashqari,  mazkur korxona  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirish jarayonida  boshqa  bir  qator 

muammolarga ham duch keladi.

Sharqiy  Yevropada yirik  avariyalar yuz bergan  holda  korxonalarning  luqarolik 

javobgarligini majburiy  sug'urta qilish  to‘g"risidagi  qonun  mavjud  boigan  birdan-bir 

mamlakat  Chexiva  Respublikasi  hisoblanadi.  Chexiya  Respublikasining  2000  yil  29 

yanvarda  qabul  qilingan  353/1999-son  Qonuni  Yevropa  Ittifoqining  96/82/EI-son 

Direktivasida mustahkamlangan tamoyillar bilan to'la mos keladi.

Sug‘urta  muayyan  xavfli  kimyoviy  moddalar  El  Direktivasida  belgilangan 

limitlardan ortiq hajmlarda saqlanayotgan obyektlarga nisbatan tatbiq etiladi.140

Qonunning  amal  qilish  doirasiga  avariya  yuz  bergan  holda  katta  xavf 

tug‘dirishi  mumkin  boigan  150  ga  yaqin  korxona  kiradi.  Qonunga  binoan,  ushbu 

korxonalar  favqulodda vaziyat  yuzaga  kelgan  holda  bajariladigan  harakatlar  rejasini 

tuzishlari  va  korxonada  yuz  berishi  mumkin  boigan  avariya  tufayli  uchinchi 

shaxslarga  zarar  yetkazganlik  uchun  o‘z  fuqarolik  javobgarligini  sug‘urta  qilishlari 

shart.


Bugungi  kunda  Chexiyada  ko;pgina  xavfli  obyektlar  javobgarlikni  majburiy 

sug‘urta  qilish  polisiga  hali-hanuz  ega  emas,  chunki  qonunning  xavfsizlik  dasturida 

yuksak talablar belgilangani tufayli, bunday obyektlami  qonun talablari  bilan  muvofiq 

holatga keltirish muddati uzaytirilgan.141

Sobiq  Ittifoq  hududida  oshiqcha  xavf  manbasi  boigan  obyekt  egalarining 

fuqarolik javobgarligini  sug‘urta  qilish  majburiyati  Rossiya,  Ukraina,  Q ozogistonda 

va bizning respublikamizda qonun yoii bilan joriy etilgan.

Ukrainada  xo‘jalik  yuritish  subvektlarining  oshiqcha  xavf  manbasi  b oig an 

obyektlarda, shu jumladan yongin va portlash xavfi  kuchli  boigan  obyektlar va  olib 

borilayotgan xo'jalik faoliyati ekologik va sanitariya-epidemiologiya xususiyatiga ega 

boigan avariyalarga olib  kelishi  mumkin  boigan  obyektlarda yuz  bergan  yong inlar 

va avariyalar tufayli yetkazilishi mumkin boigan zarar uchun  fuqarolik javobgarligini 

majburiy  sug'urta  qilish  tartibi  va  uni  amalga  oshirish  qoidalari  Ukraina  Vazirlar 

Mahkamasining 2002 yil  16 noyabrdagi  1788-son qarori  bilan tasdiqlangan.

I~° "Xavfli  kimyoviy  moddalamiiig  zararli  ta ’siriga  sabab  b o 'ladigan  yirik  av ariyalarm ng  o ldini  o lish   to 'g 'ris id a "  

to ‘plami.

141  Qarang: 

/I^cypaeB 

T., 

AmpacjixaHOB 



E., 

iVInpcanbiKOB 

M. 

Acneicnbi  aeBTejibHocTH 



h

  cTpyiciypa  opraHOB 

CTpaxoBoro Hazpopa 3a pyoeasoM // S

kohomhhcckhh

 BecTHHK y36eicncTaHa.  -  2001. .Ns 1/2.

190



Qozog‘istonda  oshiqcha  xavf manbasi  bo‘lgan  korxonalaming  yer  yuzasi  va 

suv  muhitining  illoslanishi,  atmosferaga  chiqindilar  chiqarilishi  va  hokazolar 

natijasida  uchinchi  shaxslarga  zarar  yetkazganlik  uchun  fuqarolik  javobgarligini 

sug'urta  qilish  majburiyati  Qozog'iston  Respublikasining  2004  yil  7  iyulda  qabul 

qilingan  “Faoliyati  uchinchi  shaxslarga  zarar yetkazilishi  xavfi  bilan  bogfiq  bo'lgan 

obyekt  egalarining  fuqarolik-huquqiy  javobgarligini  majburiy  sug'urta  qilish 

to‘g‘risida"gi 580-I-son Qonuni bilan joriy etilgan.

Rossiya  Federatsiyasida  oshiqcha xavf manbasi  bo'lgan  obyektlar  egalarining 

fuqarolik  javobgarligini  sug'urta  qilish  1997  yil  21  iyulda  qabul  qilingan  “Xavfli 

ishlab  chiqarish  obyektlarining  sanoat  xavfsizligi  to‘g'risida”gi  116-FZ-son  Federal 

qonuni  va  1997 yil 21  iyulda qabul  qilingan "Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi 

to'g'risida’ gi  117-FZ-son  Federal  qonuni  doirasida  amalga  oshiriladi.  “ixtiyoriy- 

majburiy” va ancha yuzaki xususiyat kasb etadi.

Mazkur  sug'urta  nomuayyan  yuridik  maqomga  ega,  bunday  sug'urta 

shartnomalari  bo'yicha sug'urta pullari miqdori katta emas, sug'urta tariflari  aksariyat 

hollarda obyektiv hisob-kitoblarga asoslanmavdi va shartnoma yo'li bilan belgilanadi.

Davlat  nazorat  organlari  neft-gaz  majmuining  bir  qator  obyektlarini  sug'urta 

qilish  bilan  bog'liq  nazorat  qilish  va tartibga  solish  vakolatlariga  ega  emas.  Tegishli 

ravishda, 

Rossiya 


Federatsivasi 

Favqulodda 

vaziyatlar 

bo'yicha 

vazirligi 

ma'lumotlariga  ko'ra,  yuqorida  ko'rsatilgan  qonunlar  doirasida  amalga  oshiriladigan 

sug'urtaning qamrov darajasi barcha xavfli ishlab chiqarish obyektlari va gidrotexnika 

inshootlarini sug'urta bilan qamrab olish darajasi 25-50% atrofida.142

Shunday  qilib,  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlaming  aksariyatida  asosiv 

maqsadi  ayrim  shaxslar  yoki  muassasalaming  iqtisodiy  manfaatlarini  himoya 

qilishdan iborat bo'lgan javobgarlikni sug'urta qilish huquqiy tizimi mavjud.

Bunda javobgarlikni  sug'urta  qilish  uchinchi  shaxslaming  ham  sog'lig'i,  ham 

mol-mulkiga  zarar  yetkazilishi  mumkinligini  nazarda  tutadi  va  ularga  qonunga 

muvofiq  yoki  sudning  hal  qiluv  qaroriga  binoan  yetkazilgan  zarami  qoplashga 

qaratilgan tegishli to'lovlar amalga oshiriladi. 4

I4~  Q arang:  AimpeeBa  E.B.,  Ac^aHacbesa  P.A.,  PycaKOBa  O H.  OipaxoBaHHe  oTBeTCTBeHHOCTH 

b

  P


occhhckoh

 

O eziepauHH na npitNiepe HenoTopbix 



bhaob

  [T


ckct

].  H


pkvtck

2008.  158 



c.

191




Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish