P S S
4.4. Aylanuvchi magnit maydon hosil qOish
Magnit induksiya vektori kattaligi o‘zgarmas bo‘lib, fa-zoda co burchak tezlik bilan aylanadigan magnit maydoniga aylanuvchi magnit maydon deyiladi.
Aylanuvchi magnit maydon hosil qilishni ko‘rib chiqa-miz. Faraz qilaylik, chulg'amning bir o‘ramidan o‘zgaruvchan tok o‘tyapti (4.9- rasm).
Bu chulg‘amning frontal proyeksiyasida tokning yo‘na-lishini ko‘rsatuvchi strelkaning uchini nuqta bilan, strelkaning oxirini bir-birini kesib o‘tgan ikki chiziq— xoch bilan belgilaymiz. Tokning berilgan musbat yo‘nalishi va parma qonuniga binoan magnit maydon induksiyasining vektori pastga yo'nalgan bo‘ladi. Tok o'zgaruvchan bo'lganligi sababli davrning ikkinchi yarmida tokning va demak, magnit induksiyasining yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi.
51
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunday maydon pulsatsiyalanuvchi maydon deyiladi. Faraz qilaylik, shunday o‘ram uchta bo‘lib, ular bir-biriga nisbatan fazoda 120° ga siljigan. 4.10- rasmda har bir o‘ram tokining berilgan musbat (+) yo‘nalishiga binoan, magnit induksiya vektorlarining musbat (+) yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Har bir o‘ramdan mos ravishda uch fazali tok o‘tganda shu chulg‘am-laming magnit induksiyasi vektorlarining yig‘indisini har onda (lahzada), ya’ni / = 0, /2.../nda ko‘rib chiqamiz (4.11- rasm).
4.12- rasmda vaqt t = 0 bo‘lganda har bir chulg‘amning induksiya vektori va vektorlar yig‘indisi ko‘rsatilgan. / = 0 da /j-/2= 0, /2 va /3 qarama-qarshi yo‘nalishli bo‘lib, bir xil kattalikka ega. Demak, magnit induksiya vektorlari 5, = 0, B2, By
Vektorlar yig‘indisi Bz parallelepiped qoidasiga binoan topiladi. 4.12- rasm, />da / = /, bo‘lganda l{ musbat ishoralari bo‘lib, eng katta (maksimal) qiymatga ega. /2, /3 manfiy ishorali bo‘lib, bir xil qiymatga ega. Demak, magnit induksiya vektorlari ham toklar yo‘nalishi bilan aniqlanadi: B{ = Bt , B2 = By
Vektorlar yig‘indisi: Bz = Bx + B2 + By
4.12- rasm, b da / = /2 bo‘lganda /2manfiy ishorali bo‘lib, eng katta (maksimal) qiymatga ega. /, = /2 bo‘lib, musbat ishorali.
Magnit induksiya vektorlari mos ravishda yo'nalgan:
B = B ^ + B. = B Vektorlar yig‘indisi B = B.+ B%. Shunday qilib, 4.12- rasmdan ko‘rinib turibdiki, magnit
52
www.ziyouz.com kutubxonasi
induksiya natijaviy vektorlarining kattaligi o‘zgarmay, yo'na-lishi o‘zgaradi, boshqacha aytganda, natijaviy vektor kattalik o'zgarmasdan aylanadi.
Magnit induksiyasi vektorlarining aylanish tezligi quyi-dagi formula yordamida aniqlanadi:
60- /
« o = — .
bunda: / — chiziqli chastota, P — juft qutblar soni. Ayla-nuvchi magnit maydon elektr uskunalarda keng qo‘llaniladi. Masalan, asinxron dvigatellarda bu uch chulg‘am asinxron dvigatelning qo‘zg‘almas qismi — statorda joylashgan bo‘lib, statorda uch fazali toklar ta'sirida aylanuvchi magnit maydon hosil bo'ladi. Magnit maydonning aylanish yo‘nalishi fazalar ketma-ketligi (tartibi)ga bog‘liq. Har qanday ikki fazaning o‘rinlari almashsa, aylanish yo‘nalishi ham o‘zgaradi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, elektr energiyasi barcha elektr stansiyalarida uch fazali tok ko‘rinishida sinxron ge-neratorlarda ishlab chiqariladi. Sinxron generatoming chul-
a) b) d)
4.12- rasm.
53
www.ziyouz.com kutubxonasi
g‘amlari odatda yulduzcha usulida ulanadi. Bu usulda ulash qator afzalliklarga ega.
Chulg‘amlar yulduzcha usulida ulanganda elektr uskunalari elektr eneigiyasini ikki kuchlanishda (faza va liniya kuchlanishlari) iste’mol qilishi mumkin, shu sababli aksariyat iste’molchilaiga ikkita kuchlanish beriladi. Yulduzcha usulida ulanganda generatoming chulg'amlarida tenglashtiruvchi toklar hosil bo‘lmaydi, chunki generatoming o‘ziga tok o‘tadigan berk zanjir yo‘q. Iste'molchining qarshiliklarini o‘lchash generatoming ulanish usullariga bog‘liq emas. Qarshilik asosan tarmoqning kuchlanishi u yoki bu elektr uskunaning nomi-nal, ya’ni asosiy va normal holatdagi ish kuchlanishiga qarab aniqlanadi. Elektr tarmoqlari kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori tarmoqlarga bo‘linadi. Elektr tarmoqlari kuchlanishi 1000 V gacha boigan gumh ichida turmushda asosan quyidagi nominal kuchlanishlar qatori qoilaniladi: t/ = 127V; 220V; 380V; 660V.
nom 7 9 7
Bu nominal kuchlanishlar qatorida har bir keyingi no-minal kuchlanish awalgisidan V3 marta katta. Bu iste’-molchilar uchun qator qulayliklar tug‘diradi. 380/220 V kuchlanish turm ushda keng tarqalgan b o iib , bunda UA — 380 V va UB= 220 V.
Bir fazali iste'molchilar asosan uy-ro‘zg‘or (turmushda) ishlatiladigan elektr uskunalardir. Yoritish lampalari, sovit-gich, televizor, dazmol, elektr choynak va hokazolar shu-lar jumlasidandir. Bunday iste’molchilaming har bir gumhi bir fazaga (A fazaga) ulanadi, masalan, bir qator uylarga, keyingi qator uylarga B fazasi va hokazo. Shu sababli bunda iste'molchilaming simmetrikligini ta’minlash ancha qiyin. Xuddi shu vaqtda, uch fazali zanjirlarni simmetrik holi texnikaviy va iqtisodiy nuqtayi nazardan eng qulay rejimdir. Shu sababli iste’molchilarni simmetriklash uchun maxsus uskunalar ishlatiladi.
54
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |