Profilaktika va davolash preparatlari Antitoksinli zardoblar — antiperfringens, antinovi, antiseptikum va bosh. Bular suyuq yoki quritilgan holda, otlarni tegishli anatoksinlar
bilan ko’p marta emlab antitoksinli zardobni fermentativ gidroliz (Dia-ferm-3) usuli bilan tozalab va konsentrasiya qilib bo’lingach olinadi. Jarohat anaerob infeksiyalar (gazli gangrena) profilaktikasida va spesifik davolashda qo’llaniladi.
Adsorbsiya (shimdirilgan) qilingan qoqshol anatoksini. Qoqshol toksinini formalin bilan zararsizlantirish, so’ngra tozalash, konsentrasiyalash va alyuminiy gidrat oksidiga shimdirish yo’li bilan olingan.
Assosiasiyalashgan (birlashtirilgan) ko’k yo’tal-bo’g’ma-qoqshol vaksinasi va boshqa preparatlar tarkibiga kiradi. Qoqsholga qarshi aktiv emlash uchun qo’llaniladi.
Qoqsholga qarshi zardob, qoqshol toksini bilan giperimmunizasiya qilingan otlar qonidan olingan. Diaferm-3 usuli bilan tozalangan va konsentrasiyalangan. Aktivligi halqaro birlik bilan belgilanadi. Qoqshol profilaktikasi va davolashda qo’llaniladi.
Qoqsholga qarshi odam immunglobulini, tozalangan, adsorbsiyalangan qoqshol anatoksini bilan qayta emlangan donor — kishilar qon zardobining gamma-globulin fraksiyasidan olingan. Teri qavatlari shikastlanganda qoqsholga qarshi zudlik bilan immunitet hosil qilishda ishlatiladi. Qoqshol anatoksini bilan birgalikda kasallikning boshlanish davrida davolash uchun ham qo’llanadi.
Labaratoriya mashg’uloti 15 Mavzu: Patogen zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. (Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari.)
Mashg’ulot rejasi 1. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklari keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarning mikrobiologik diagnostika sxemalarini o’rganish.
2. Zoonoz yuqumli kasalliklarda bakteriologik, serologik, biologik va allergik tekshirishlar.
3. Zoonoz yuqumli kasalliklarda qo’llaniladigan diagnostika, profilaktika va davo preparatlari.
Namoyish qilish 1. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar keltirib chiqaruvchi qo’zg’atuvchilarining toza kulturasidan tayyorlangan surtmalar.
2. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar keltirib chiqaruvchi infeksiyalarning toza kulturasini ajratib olishda qo’llaniladigan differensial oziq muhitlar.
3. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar keltirib chiqaruvchi infeksiyalari qo’zg’atuvchilarining biokimyoviy xususiyatlarini namoyon etuvchi muhitlar va testlar.
4. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar serodiagnostikasida va seroidentifikasiyasida (agglyutinasiya qiluvchi poli va mono reseptorli zardoblar) profilaktik va davolashda qo’llaniluvchi preparatlar.
5. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklarida materialni olish va uni laboratoriyaga yetkazish uchun ishlatiladigan maxsus idishlar.