LABORATORIYA IShI 3 A. Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo’yicha aniqlash.
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash.
C. Bu usulda Petri kosachalariga 15 ml dan to’yinmagan agar solinadi va stol ustiga qator terib qo’yiladi(35-rasm). Agar qotgandan so’ng termostatda quritiladi, so’ngra har bir kosachaga test-kultura aralashtirilgan ozuqa agaridan 5 ml qo’shiladi. Ekmani agarga qo’shishdan avval 45-50 C gacha sovutiladi. Agarning ikkinchi qatlami ham qotgandan keyin har bir kosacha betiga silindr kiygaziladi. Silindrlardan 3 tasiga 0,1 ml dan sinalayotgan antibiotik eritmasi, qolgan 3 tasiga esa standart eritma quyiladi. Shundan keyin kosachalar 37 C li termostatda 16-18 soatgacha saqlanadi. Belgilangan vaqt o’tgach, kosacha ustidagi silindrlar olib tashlanadi va test-kultura o’sishi sekinlashgan zonalar o’lchanadi. O’sish sekinlashgan zonalarga qarab antibiotiklarning kuchini yoki aktivligini aniqlanadi. Zonalar diametri 1mm aniqlikkacha o’lchanadi. O’smagan zona diametric 20mm bo’lsa sezuvchan, agar 11-20gacha bo’lsa o’rta sezuvchan, 10mm dan kam bo’lsa chidamli bo’ladi.
D. Laboratoriya ishinining natijalari daftarga yozib qo’yiladi.
LABORATORIYA IShI 4 A. Mikroorganizmlarning antibitiklarga sezuvchanligini aniqlashning tezkor usuli.
B. Antibiotiklarni aktivligini tez aniqlash.
C. Petri kosachasiga 15ml ozuqa agari solinadi. Agar qotgandan so’ng unga huddi o’sha agarning test-kultura bilan aralashmasidan 1ml va 2,6-dixlorfenolindofenolning 0,2% li suvli eritmasi dan 1ml qo’shiladi. So’ngra ko’kish tusli qattiq agar ustiga antibiotik shimdirilgan disklar yopishtiriladi, kosachalar 37 C issiqlikdagi termostatga qo’yiladi. Oradan 2-3 soat o’tgach, mikroorganizmlarning o’sib chiqmagan ko’kish zonalarining diametriga qarab tajriba natijalari qayd qilinadi. Antibiotiklarga rezistent mikroorganizmlarni rangsizlantiradi yoki tusini o’zgartirib, sariq rangga bo’yaydi. Bunday bo’yoq stafilokokklarning o’sishini sekinlashtiradi yoki ularning o’sishiga butunlay yo’l qo’ymaydi, shu bois mikroorganizmlarning bu turi bilan ish olib borganda qog’oz disk yopishtirilgan kosachalar termostatda saqlangandan keyin uning ustiga 2-3ml miqdoridagi indikator eritmasidan quyish kerak. Indikator qoldiqlari 5-7 minutdan keyin to’kib tashlanadi va tajriba natijalari tahlil qilinadi.
D. Laboratoriya ishining natajalari daftarga yozib qo’yiladi.
9. Kutiladigan natijalar: O’qituvchi Talaba
1. Mavzu bo’yicha maqsadni 1. Mavzu bo’yicha to’la ma’lumot
tushuntirish. olish
Talabalarda qiziqish uyg’otish 2. Talabalar bilimini shakllantirish
Yangi texnologik usullarni qo’llash 3. Talabalar qiziqish bilan qabul
qilishi.
10. Kelgusi rejalar: 1. O’qituvchi internetdan yangi 1. Talaba ushbu materiallarni o’z-
material olish uchun foydalanishi, lashtirishi, konspekt yozish,
mukammallashtirishi. mustaqil ishlashi.
2. Yangilash va joriy etish, yondashuv. 2. Adabiyotlar bilan ishlashi
3. Kasbiy tayyorgarlikni 3. Yangi texnologiyaga yondashuvi.
insonparvarlashtirish.
Nazorat savollari. 1.Kimyoterapevtik preparatlarning etiotropligi va organotropligi. Kimyoterapevtik ideks nimaligini aytib bering.
2. Kimyoterapevtik preparatlarning asosiy turlari va ularning mikroorganizmlarga ta’sir etish mexanizmlari.
3.Antibiotiklar rejasini aytib bering.
4.Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o’zlashtirma chidamliligi.
5.Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo’llari.
6.Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari.
7.Antagonizm. Antibiotiklarga talab.