Jo‘xori turlari
1. Rasmiy (oddiy) jo‘xori -S.vulgare Pers-yem-xashak texnikaviy va oziq-ovqat uchun ekiladi. Oddiy jo‘xori.Poyasi to‘g‘ri mustaxkam, balandligi 2-3 m, ro‘vagi ham to‘g‘ri, zich yoki g‘ovak cho‘zik gardishli shaklda, uzunligi 12-20 sm,eni 7-8 sm. Ovqatga oq doni ishlatiladi.Poyasi chorva mollari uchun oziqa.
2. Ekma Jo‘xori- S.sernum Host - Ro‘vagi egilgan, juda zich, keng tuxumsimon shaklda, uzunligi 8-12 sm va eni 6-10 sm. Boshoq qobiqchalari qiltiqli 5-9 mm gacha. O‘simlikning bo‘yi 120 dan 300 sm gacha, doni oq. Poyaning o‘rtasi g‘ovak, tolali bo‘lib kam miqdorda shirali.
3. Shakarli jo‘xori - S.saccharatum (L.) – To‘g‘ri turadigan, zich yoki kam uchraydigan uzunligi 15-25 sm ro‘vagi, eni o‘ralgan yon shoxchalari bilan 5-6 sm, bilan farq qiladi. Doni to‘liq yoki yarim bo‘yalgan boshoqcha qobiqlar bilan qoplangan. O‘simlikning balandligi 2-3 m. Poyaning o‘rtasi zich, shirali, poyaning shirasida 16-20% shakar mavjud. Juda yaxshi pichan olinadi, o‘rilgandan keyin o‘sib chiqish qobiliyati borligi bilan farq qiladi. Ko‘p oziqa tayyorlashda va silos uchun ishlatiladi
4. Gaolyan-Xitoy jo‘xorisi-S.shinense jukushev.
5. Sudan o‘ti-S.sudanense.Pers.- yem-xashak ekini sifatida ekiladi. Poyasi asosidan boshlab shoxlangan, tuksiz, silliq, bo‘yi 15 m gacha, diametri 5-10 mm. Bargining qini tuksiz va silliq tilchasining uzunligi 2,5 mm, kesik. Barglari keng-chiziqli, eni 4-5 sm tuksiz va silliq, chetlari g‘adir-budir. Ro‘vagi to‘g‘ri, keng piramidal tuxumsimon, shoxlari egilganroq. Boshoqchalarining uzunligi 5-7 mm keng - nashtarsimon yoki nashtar-tuxumsimon. Boshoqcha qobiqchalari uchlari o‘tkir, yelkachasi tuksiz, yaltiroq. Lalmikor dehqonchilikda dala ekini sifatida foydalaniladi, sug‘oriladigan dehqonchilikda esa o‘zi sof xolda yoki beda bilan aralashma xolda ekilib ko‘kat oziqa uchun 3-4 marta o‘rib olinadi.
6.Texnik jo‘xori - S. Technicum (Koern.) –Boshqa shakldagi turlaridan o‘zining ro‘vagining tuzilishi bilan farq qiladi: qiltig‘i kalta, yon shoxchalari yo‘g‘on, uzun, to‘g‘ri, o‘tkir burchak ostida yuqoriga yo‘nalgan: ro‘vagi teskari- piramidal shaklda, biroz bir tomonga egilgan, uzunligi 7-20 sm gacha. qiltig‘ining uzunligi 6-10 mm. Doni bo‘yalgan, qobiqchalar bilan o‘ralgan. Supurgi tayyorlash uni hamma joyda ekiladi.
Jo‘xorining madaniy turi ikki tur xiliga bo‘linadi. Bular asosan ro‘vagining tuzilishi bo‘yicha farq qiladi.
1.Effusum.Korn-tur xili ro‘vagi egilgan,tarqoq uzun shoxlari tarqoq xolda bo‘ladi.Bu tur xili ikki guruxga bo‘linadi:
a )Ro‘vagining o‘qi juda kalta bo‘lib yon shoxlari juda uzun bo‘ladi.
b)Ro‘vak o‘qi poyaning davomi hisoblanib, uzun bo‘ladi yon shoxlari esa kalta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |