O‘zbekiston 306 AMV. 1992 yildan Respublika bo‘yicha takroriy ekin sifatida don va silos uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Ikki tizmalararo duragay.Urug‘chilik ishlari sof urug‘lar asosida “ qayta tiklash “ sxemasi bo‘yicha olib boriladi, sariq donli va qizil o‘zakli navlar xili guruhiga mansub .
O‘simlikning bo‘yi 270 sm, barglari 17-18 ta, so‘tasi silindrsimon, uzunligi 20-22 sm, pishgan so‘ta vazni 370.0-380.0 1000 ta donining vazni 310.0 g.
O‘rtacha don hosildorligi gektaridan 74.0 syentner, quruq moddasi130.0 syentner. O‘rtapishar.O‘suv davri 108-115 kun.
O‘zbekiston-601 YeSV -1996 yildan Respublika bo‘yicha asosiy ekin sifatida don va silos uchun ekishga qabul qilingan. Oddiy duragay.Doni och sariq tishsimon, o‘zagi qizil.Poyaning balandligi 315-320sm, barglarini soni 18-20-ta. Pishgan so‘ta vazni 190-220 g.,1000-ta donni vazni 320-340 g.Yotib qolishga bardoshli.O‘rta hosildorligi nav sinash shaxobchalarida 75,9-82,0s/ga.Don chiqishi 80-82%, oqsil-8,7-9,1%, kraxmal 75,2-75,7%. Kechpishar.O‘suv davri 120-135 kun.Kasallik va xashoratlar bilan kam zararlanadi.
Nazorat uchun savollar
Makkajo‘xori qaysi oilaga kiradi?
Makkajo‘xorini turlarini ayting?
Makkajo‘xorini turlarini venna
diagrammasi bo‘yicha solishtiring?
2-ish. Don va silos uchun ekilgan jo‘xori urug‘ va o‘g‘itlash me’yorini hisoblash
Jo‘xori qo‘ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga, Sorghum Moyepch Pers avlodiga mansub bo‘lib, bu avlod 30 dan ortiq bir yillik va ko‘p yillik turlarga ega.
Jo‘xori ishlatilishi va olinadigan mahsulotiga ko‘ra uch guruxga bo‘linadi. Donli, shirin va supurgibop jo‘xori.
1. Donli jo‘xori asosan don uchun ekiladi. Lekin poyasidan silos tayyorlash uchun ham ekiladi.Donli jo‘xori o‘simligini bo‘yi har xil bo‘lib, baland va past bo‘yli navlari mavjud. Odatda tuplanmaydi, bitta poya hosil qiladi. Doni yalang‘och, oson yanchiladi, oziq-ovqatga ishlatiladigan navlari oq bo‘ladi.
Ro‘vagi g‘uch, tik yoki egilib o‘sadi. Poyasini o‘zagi suvli, ozroq shirali bo‘ladi. Bargining uzunasiga ketgan o‘rta tomiri sarg‘ish-oq yoki oq bo‘ladi. Bo‘g‘im oraliqlari kaltaroq bo‘ladi. Jo‘xorini don uchun ekiladigan egilgan g‘uj ro‘vak hosil qiladigan navlari O‘zbekistonda keng tarqalgan.
2. Shirin jo‘xori. Sersuv poyasidan shinni olish, lekin asosan yem-xashak tayyorlash va shirali silos tayyorlash uchun ekiladi. Bu guruxga kiradigan navlarni poyasi baland, shirali bo‘lib, o‘zagi shirin, yaxshi tuplanadi. Doni qobiqli yoki yarim qobiqli, qiyin yanchiladi. Bargining asosiy tomiri yashil, kul rang yashil yoki oqish bo‘ladi. Poyasining bo‘g‘im oraliqlari uzun, ro‘vagi tik o‘sadi, ko‘pincha sershox bo‘ladi.
3.Supurgi jo‘xori. Ro‘vagidan xo‘jalikda ishlatiladigan supurgi, cho‘tka qilishda foydalaniladi.Poyasini bo‘yi har xil, o‘zagi quruq bo‘ladi. Doni doimo qobiqli, yanchilishi qiyin. Bargining asosiy tomiri oq, ro‘vagi uzun (40-90 sm) bir tamonga egilgan, asosiy o‘qi bo‘lmaydi yoki juda kalta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |