www.arxiv.uz
Reja:
1. Generativ organlarning kelib chiqishi
2. Gul qismlarning tuzilishi va vazifasi
3. To`pgullar va ularning klassifikasiyasi.
4. Mevaning tuzilishi va xillari.
5. Urug` tiplari va tuzilishi.
Generativ organlarning vazifasi jinsiy ko`payishga xizmat qilishdir. Evolyusiyaning dastlabki bosqichlarida generativ organlar vazifasini bir hujayrali gameta bajargan bo`lsa, yuksak o`smliklargacha ma`lum evolyusion bosqich bosib o`tilgan. Koyugatlar, diatom suv o`tlari, bazidiyali zamburug`larida jinsiy ko`payish organi yo`q. Saprolegiya zamburug`ida ogoniy va anteridiy hosil bo`lgan bo`lsa, xaltali zamburug`lar, lishaynikalarda arxegoniy hosil bo`ladi. Yo`sinsimonlarda, paportniklarda jinsiy ko`payishga xizmat qiluvchi arxegoniy va anteridiy hosil bo`lgan. Jinsiy ko`payish o`simliklar taraqqiyotining ma`lum etapida hosil bo`lgan erkak va urg`ochi jinsiy hujayralar gametalar hisobiga bo`ladi. Erkak va urg`ochi gametalar bir biri bilan qo`shilib otalangan (urug`langan) hujayra zigotani hosil qiladi. Mana Shunday ikki gametaning qo`shilishi jinsiy jarayondir. Jinsiy hujayralarning hosil bo`lishi yadroning reduksion bo`linishi asosida ro`y berib, hosil bo`lgan gametada xromasomalarning soni ikki marta kamligi bilan xarakterlanadi. Jinsiy ko`payish tabiatda muhim rol` o`ynaydi. Chunki vujudga kelgan yangi o`simlikda ota va ona organizmining barcha xususiyatlari mujassamlashgan bo`ladi. Bunday o`simliklar irsiy jihatidan boy va xilma xil bo`lgani uchun yangi turlarni tanlash, hamda ularning tashqi muhit sharoitiga moslanishda katta ahamiyatga ega. Yopiq urug`lilarning asosiy generativ organi gul bo`lib, unda dastlab spora keyin gameta shakllanib, ularning qo`shilishidan zigota vujudga keladi. Zigotaning rivojlanishidan yangi o`simliklarning urug`dagi murtagi hosil bo`ladi. Gul kelib chiqishiga ko`ra, shakli o`zgargan novda bo`lib, o`simliklarning jinssiz, sporalar orqali va jinsiy gametalar hosil qilib ko`payishiga xizmat qiladi. Bu o`zgargan novda uchidan o`sish,yon novdalarni hosil qilish xususiyatlarni yo`qotgan. Barg rivojlantiruvchi bo`rtiqlardan gul qismlari o`sadi, novda qismiga gul bandi va gul o`rni kirsa, barg kelib chiqishiga ega bo`lgan qismlariga gulkosachabarg, urug`chi va changchilar kiradi. Gul bandi poyaning davomi bo`lib, ayrim o`simliklarda tezda to`xtasa, (shaftoli, olma, o`rik) ko`pchilik o`simliklarda o`sishni davom ettiradi. Gul o`rnida barcha gul qismlari joylashgan bo`ladi. Ularning joylashishiga qarab gullarni uch guruhga bo`lish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |