*/ V /*v • •.* • j menejment nazariyasi 0‘quv qollanma 0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/337
Sana17.01.2022
Hajmi3,01 Mb.
#380580
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   337
Bog'liq
@BOOKS KITOB MENEJMENT NAZARIYASI (2)

Ijtimoiy psixologiya 
- bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va
 
262 
sotsial  omillaming  o‘zaro  aloqasi  qonunlarini,  turli  sotsial  gypuhlap 
xususiyatlarini,  jamoa  muloqoti  va  o‘zaro  ta’sir  ko‘rsatish  shakllarini 
o‘rganadigan psixologiya fanining sohasi.
 
Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi 
va  ayrim  shaxslarga  ulaming  ijtimoiy  ehtiyojlari  va  psixologik 
xususiyatlariga 
ta’sir 
etish 
bilan 
boshqarish 
vositasidir. 
Menejmentning  ijtimoiy-psixologik  usullarini  qo‘llash  korxonada  yuz 
berayotgan  ijtimoiy  hodisalaffli  chuqur  o‘rganish,  xodimlar  nerv 
sistemasi  kayfiyatiga  ta’sir  etuvchi  psixologik  (raxiy)  omillarni  bilishni 
talab etadi.
 
Ishlab  chiqarish  sharoitida  sotsiologiya  kishilar  ijtimoiy  aloqasi 
shakllanishining  asosi  bo‘lgan  mehnat  omillarini  o‘rganadi,  ijtimoiy 
tizimlar,  shu  jumladan,  ishlab  chiqarish  tizimi  rivojlanishi  va  amal 
qilish  qonuniyatlari,  kishilarning  jamiyatning  turli  qatlamidagi  xulq- 
atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya gumh va omma 
psixologiyasining  xususiyatlari,  ulaming  shaxsning  ongi  va  xulqiga 
ta’siri,  kishilar  faoliyatini  rag‘batlantimvchi  omillar,  kayfiyat,  ijtimoiy 
fikmi shakllantimvchi omillami o‘rganadi.
 
Shaxs  psixologiyasi  oliy  nerv  faoliyati  turlari  va  inson 
temperamenti,  xarakteri,  shaxsning  irodasi,  qobiliyati,  hissiyoti, 
xotirasi,  anglash  va  his  etish  qobiliyatini  o‘rganadi,  mehnat 
psixologiyasi mehnat faoliyati, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar 
(kasbiy  xususiyat  va  qobiliyatlari,  kadrlami  o‘qitish  usullari,  ish  va 
dam  olish  tartibi,  kadrlami  tanlash  va  baholash  usullari,  mehnat 
jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini o‘rganadi.
 
Kishilarning fikrlash usulida o‘zgarish yuz berishi va ular madaniy 
hamda  bilim  darajasining  ortib  borishi  bilan  ijtimoiy-  psixologik 
usullaming  ahamiyati  ham  ortib  boradi.  Bunday  sharoitda  shaxsning 
ehtiyoj  va  manfaatlari  ma’naviy  soha  tomon  o‘zgarib  boradi.  0‘z 
mehnatidan qoniqishning muhim omili bo‘lib ishlab chiqamvchilaming 
rahbar  bilan  o‘zaro  yaxshi  munosabati,  ishlab  chiqarishdagi  qulay 
ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat qiladi.
 
Menejmentning  ijtimoiy-psixologik  usullari  ishlab  chiqarishda 
mavjud  ijtimoiy  mexanizmni  (o‘zaro  munosabat  tizimi,  ijtimoiy 
ehtiyojlar)  qo‘llashga  asoslanadi.  Menejmentning  ijtimoiy  usullari 
ijtimoiy  tartibga  solish  vositasida  amalga  oshiriladi.  Ijtimoiy  tartibga 
solish  usullari  turli  guruhlar  va  shaxslar  maqsadi  va  manfaatlarini 
aniqlash va rostlash yo‘li  bilan ijtimoiy munosabatlami tartibga solish 


 
va uyg‘unlashtirish maqsadida qo‘llaniladi.
 
263
 
Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o'zaro 
majburiyatlar,  ishchilami  tanlash,  taqsimlash  va  ijtimoiy  ehtiyojlami 
qondirish  tizimi  kiradi.  Ijtimoiy  tartibga  solish  usullari  inson  omili 
faolligini  oshirish,  boshqaruvni  demokratlashtirish  maqsadida  ham 
qo‘llaniladi.
 
Menejmentning  psixologik  usullari  jamoada  maqbul  psixologik 
holat  tashkil  etish  yo‘li  bilan  kishilar  o‘rtasidagi  munosabatlami 
tartibga  solishga  qaratilgandir.  Psixologik  usullarga  kichik  guruh  va 
jamoalami  tashkil  etish,  mehnatni  insoniylashtirish,  malakali  kadrlar 
tanlash, ularni o‘qitish va hakazolar kiradi.
 
Kichik  guruh  va  jamoalami  tashkil  etish  usulini  qo‘llash  kichik 
guruhdagi  ishchilar  o‘rtasidagi  maqbul  miqdoriy-sifat  nisbatini 
aniqlash imkonini beradi. Mehnat faoliyatini insoniylashtirish deganda 
ranglar,  musiqaning  ruxiy  ta’siridan  foydalanish,  bir  xil,  o'zgarmas 
mehnatni  bartaraf  etish,  ijodiy  yondoshuvni  kengaytirish  tushuniladi. 
Kasbiy  tanlashning  mohiyati  -  kishilarning  ruxiy  xususiyatlarini  ular 
bajaruvchilariga eng mos boiadigan qilib tanlashdan iborat.
 
Shaxsning ruxiy xususiyatlari jumlasiga uning qiziqish va mayllari, 
qobiliyati,  temperament  va  xarakteri  kiradi.  Shu  sababli  rahbar 
shaxsga  rahbarlik  qilganda  o‘z  oldiga  inson  mxiy  xususiyatlari 
shakllanishi  va  rivojlanishini  o‘rganish,  uning  qiziqish  va  qobiliyati, 
temperament va fe’lini bilish vazifasini qo‘yishi kerak.
 
Shaxsning ruxiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib 
boimaydi,  chunki  kishi  qobiliyati  va  fyeli  xususiyatlari  uning  faoliyati 
hamda  xulqida  namoyon  boiadi.  Inson  hayoti  va  ommaviy  faoliyati 
uning mxiy holatini shakllantiradi. Insonning qanday hayot kechirishi, 
nima bilan shug‘ullanishini bilmay uning qanday vujudga kelganligi, u 
yoki bu narsaga qobiliyati rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini anglab 
boimaydi.
 
Inson,  awalo,  o‘zini  ijodiy  shaxs  sifatida  baholaydi.  Ishchi 
mehnatga  bunday  nuqtai  nazardan  qaramaydi:  moddiy  ehtiyojlar 
birlamchi  boiib,  ular  qoniqqandan  so‘ng  nisbatan  yuksak  insoniy 
ehtiyojlar  ilgari  suriladi.  Inson  faoliyati  ma’lum  rag‘batlantiruvchi 
omillarga asoslangan boiib, ma’lum maqsadga erishishga qaratilgandir. 
Rag‘batlantimvchi  omil  -  maqsad  munosabati  inson  faoliyati  o‘zagidir. 
Umumiy ma’noda rag‘batlantimvchi omil  - bu insonni faoliyat yuritish 
uchun  undovchi  omil  boiib,  maqsad  esa  inson  uni  amalga  oshirishi 
natijasida  erishishni  xohlagan  narsadir.  Rag‘batlantimvchi  omil  kishi 


 
xulqining ichki kuchidir. Psixologiyada
 
264
 
uzoq  va  qisqa  rag‘batlantiruvchi  omil  ajratiladi.  Agar  inson  faoliyatini 
rag‘batlantiruvchi  omil  va  o‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsad  yaqin  kelajakka 
mo‘ljallangan  bo‘Isa,  u  qisqa  muddatli,  agar  ular  uzoq  istiqbolni 
qamrab  olsa,  uzoq  muddatli  deyiladi.  Rag‘batlantiruvchi  omil  darajasi 
bilan  insonning  mehnatga,  yutuq  va  muvaffaqiyasizlikka  nisbatan 
bo‘lgan 
munosabati 
uzviy 
bog‘liqdir. 
Faqat 
uzoq 
muddatli 
rag‘batlantiruvchi  omil  mehnatga  ijodiy  munosabatda  boiish 
manbaidir.
 
Rahbarga  xos  boigan  muhim  xususiyat  kishilar  faoliyatini 
rag‘batlantiruvchi  omillami  yaxshi  bilish,  har  bir  kishini  u  yoki  bu 
vazifani bajarishga qiziqtira olishdir. Bu, ayniqsa, u yoki bu korxonaga 
ishga kirib, ulami kelajakda nima kutishini bilish lozim boigan yoshlar 
bilan ishlashda muhimdir. Rahbar ishini kim, qachon, qaysi skripkani 
chalishi,  qaysi  asbobda  musiqa  chalishini  o‘rgangan,  kimnoto‘g‘ri 
chalishi  mumkinligini,  kimni  qaysi  yerga  qo‘yish  kerakligini  bilishi 
lozim boigan dirijyor mehnati bilan solishtirish mumkin.
 
Kishi  ruhiy  xususiyatlarining  u  bajaradigan  ish  talablariga  mos 
kelmasligi,  o‘z  kasbidan  qoniqmaslik  uni  o'zgartirishga  harakat 
qilishga, xato qilish ehtimoli ortishiga va natijada mehnat unumdorligi 
pasayishiga  olib  keladi.  Aksincha,  agar  inson  o‘z  qobiliyatini  toliq 
namoyon qila oluvchi ish bilan band boisa, u o‘z mehnatidan mam nun 
boiadi, kasbni tez egallaydi va mehnat unumdorligi yuqori boiadi.
 
Inson  uchun  faqat  moddiy  rag‘bat  muhim  deb  hisoblash  noto‘g‘ri. 
Unga  juda  ko‘p  narsa  -  umumiy  ishda  o‘z  xissasi  borligini  his  etish 
o‘zini  mehnat  orqali  namoyon  etish,  o‘z  malakasi  bilan  g‘ururlanish, 
o‘rtoqlari  hurmatiga  sazovor  boiish  va  hakazolar  ham  muhimdir. 
Ko‘pchilik  kishilar  shaxsiy  farovonlikka  boshqalar  hisobiga  erishilgan 
shaxsiy  muvaffaqiyat  orqali  emas,  mamlakat  iqtisodiyoti  mehnati 
hisobiga erishish lozimligini ta’kidlaydilar.
 
Izlanishlar  mehnatga  nisbatan  munosabatga  ta’sir  etuvchi 
rag‘batlantiruvchi  omillar  quyidagi  tartibda  taqsimlanishini  ko‘rsatdi: 
mehnat  mohiyati,  ish  haqi,  yuqori  lavozimga  ega  boiish  imkoniyati, 
ishning  qiziqarliligi,  mehnatni  tashkil  etish,  ma’muriyatning  ishchiga 
nisbatan munosabati.
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish