2.
MENEJMENTNING TASHKILIY TUZILISHI HAQIDA
TUSHUNCHA
Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda menejment bo‘g‘inlari, uning
bosqichlari soni va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining
oddiy va tushunarli boyishi uning ish qobiliyati yuqori boiishini kafolatlaydi,
ya’ni menejment tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo‘g‘inlar soni qancha kam
boisa, boshqamv shunchalik samarali boiadi.
Menejment bo‘g‘inlari
- bu bitta yoki bir-nechta vazifalami bajaruvchi
mustaqil tarkibiy unsurlar, tuzilma elementlari, ulaming bolinmalari va
boshqamv apparatida ishlovchilardir.
Menejment bosqichlari
- bu boshqamvning biror darajasidagi ma’lum
bo‘g‘inlar yig‘indisidir. Shu belgisiga ko‘ra menejmentning tashkiliy
tuzilmalari - ko‘p bosqichli (ko‘p bo‘g‘inli), uch, ikki bosqichli (bo‘g‘inli)
boiadi. Bosqichlar va bo‘g‘inlar o'rtasidagi aloqa vertikal va gorizontal
boiishi mumkin. Vertikal aloqalar rahbarlar va ularga bo‘ysunuvchilar
o‘rtasidagi munosabatlami, gorizontal aloqalar menejmentning teng huquqli
bo‘g‘in va unsurlari o'rtasidagi munosabatlami bildiradi.
Menejmentning tarkibiy tuzilishiga qo‘yiladigan talabalar
44
:
1.
Optimallik - barcha darajadagi aloqalar va boshqaruv bosqichlari
o‘rtasida eng kichik bosqichlar bilan oqilona aloqalar o‘matiladi.
2.
Operativlik- ushbu talab, boshqariladigan tizimda ijro etilishidan
oldin qaror qabul qilish vaqtida uni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi har
qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin emas.
3.
Ishonchlilik-boshqaruv apparati tuzilishi axborotni uzatishning
ishonchliligini kafolatlashi, nazorat komandalarining buzilishlariga yo‘1
qo‘ymasligi, boshqaruv tizimida uzluksiz aloqani ta’minlashi kerakligi.
128
4.
Iqtisodiy tejamkorlilik - boshqaruv apparatlari harajatlari shunday
boiishi kerakki, eng zarur ta’sirlami iqtisodiy ta’sirlar bilan ta’minlanishga
yerishadigan boiishi lozim;
5.
Moslashuvchanlik-tashqi
muhitdagi
o'zgarishlarga
muvofiq
o‘zgartirish qobiliyati.
Boshqaruv tuzilmasining barqarorligi turli tashqi ta’sirlarda asosiy
xususiyatlarining o‘zgarmasligi hisoblanadi.
Iqtisodiyot boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng huquqli
tashkilotlarga bolinadi. Yuqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv
tashkilotlariga ajratiladi.
Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli
tarmoqlarini birlashtiradi. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika
Konstitusiyasiga asoslangan holda faoliyat yuritadi.
Milliy xo‘jalikni boshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bolinadi. Qonun chiqaruvchi
oliy tashkilot - 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Yigllishidir. U xo‘jalik
faoliyatini tartibga soluvchi qonun, qonuniy hujjatlami tasdiqlaydi. Davlat
rejalari va byudjetining bajarilishi haqida hisobotni muhokama qilib
tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya tashkilotlarini shakllantiradi.
Milliy xo‘jalikni boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoq
va maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya
tashkilotlariga
0‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar kiradi.
Maxsus vakolatli tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalami
bajaradilar. Ular qatoriga vaziriiklar va Davlat qo‘mitalarini kiritish mumkin.
Umumdavlat boshqaruv tashkilotlarining asosiy vazifalari:
-
fan- texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
-
tabiiy muhitni muhofaza qilish;
-
pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish;
129
-
soliq va daromadlami belgilash;
-
hisob va statistikani tashkil etish;
-
narx va ta’riflar belgilash;
-
milliy xo‘jalik tarmoqlariga rahbarlik qilishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining doimiy ish yurituvchi
tashkilotlari faoliyati tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ishlarga rahbarlik qilish,
fan-texnika sohasida tanlov, ko‘ngilli asosda ishlami tashkil etish kabi
vazifalami bajaradi.
Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan
hamkorlikda mintaqada moddiy-texnikaviy ta’mmotning barqaror va samarali
tizimini tashkil etish, iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o'rtasida barqaror
mintaqaviy aloqalarni o'matish, mahsulot yetkazib berishni nazorat qilish,
korxonalarga ulami moddiy-texnikaviy ta’minlashda ko‘mak berishdan
iboratdir.
Moddiy- texnika ta’minoti tashkilotlari xo‘jalik hisobi asosida ishlab
chiqarish vositalarini sotishning ko‘p tarmoqli savdosini ta’minlash va moddiy
resurslardan maqbul foydalanishga rahbarlik qiladi.
Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar
manfaatlarini himoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni
amalga oshiradi, xo‘jalik yuritish samaradorligini so‘m bilan nazorat etishni
ta’minlaydi, shirkat va individual mehnat faoliyatini moliya-kredit vositasida
tartibga solish bo‘yicha choralarni belgilaydi, aholi daromadlaridan soliq olish,
bozor iqtisodiyotiga mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, budjet
tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini o‘zgartiradi, uni iqtisodiy
meyor va normativlar asosida tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy
rag‘batlantirish va ajratilgan mablag‘lardan maqbul ravishda foydalanishni
iqtisodiy rag‘batlantirish usullarini keng qo‘llashni ta’minlaydi.
Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va hisob- kitob
munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir.
Tijorat banklari tizimi faoliyati to‘liq xo'jalik hisobi va o‘zo‘zini moliya
bilan ta’minlash asosiga o‘tkaziladi. Mehnat va ijtimoiy masalalar bilan
shug‘ullanuvchi davlat tashkilotlari va ulaming joylardagi bo‘linmalari to'liq
bandlikni, band bo‘lmagan mehnat resurslarini qayta tayyorlash va kasb
o‘rgatish, kadrlarga bo‘lgan talabni qondirishni ta’minlaydilar.
Respublika vazirliklari respublika hududidagi konsemlar, tarmoqlarni
boshqarishni amalga oshiradi. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka rahbarlik
asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo‘l ostidagi vazirlik va unga
qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir.
Har bir Vazirlikda tarmoqni boshqarishning muhim masalalarini kollegial
ravishda ko‘rib chiqish va amalga oshirishga imkon beruvchi maslahat
tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslahat beruvchi tashkilot - kollegiya bo‘lib,
uning tarkibiga vazir o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar
rahbarlari kiradi.
Milliy xo‘jalik tarmog‘i tarkibida ham davlat, ham xususiy korxona,
firma, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aksiyadorlik
jamiyatlari fan-texnika salohiyatidan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni
kooperatsiyalash va uyg‘unlashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish
maqsadida tashkil etiladi. Ular xo‘jalik hisobi asosida sanoat, qurilish,
transport, savdo va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan
tashkil topadi. Tarkibiy qism bankda alohida balans va hisob raqamiga ega
bo'lishi va ijara pudrati bo‘yicha, xususiy sohada ish yuritishi mumkin.
130
Korxona, firma, aksiyadorlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy
fond va mablag‘lami biriktiradi, ichki xo‘jalik munosabatlarini amalga
oshirish, tarkibiy birliklar o'rtasidagi mimozaralami hal etish, shuningdek,
ulaming o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgarlik tartibini belgilaydi. Tarkibiy
birlik qonunda belgilangan huquq doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarmf
etadi, firma, aksiyadorlik jamiyatlari nomidan boshqa tashkilotlar bilan
shartnomalar tuzadi. Korxona, firma, aksiyadorlik jamiyatlari tarkibiy birlikka
o‘z nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo‘yicha javobgar bo‘lish
huquqini beradi.
Korxonani boshqarish “Korxona to‘g‘risidagi qonun”ga asosan amalga
oshiriladi. Bu qonunda ko‘zda tutilgan tamoyillardan biri butun jamoaning
hamda uning tashkilotlari muhim qarorlami qabul qilish va uni bajarishni
nazorat qilishda ishtirok etish yo‘li bilan amalga oshiriladigan o‘z-o‘zini
boshqarish tamoyilidir.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |