Internet domen
.tr
Telefon prefiksi
+90
1768—74 yillardagi Rossiya–Turkiya urushidan
keyin Turkiya Qora dengiz va Bolqon yarim
oroldagi mavqeini boy berdi. 1774 yilgi
KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq
Qrim xonligi Turkiyadan ajratib olinib, mustaqil
deb eʼlon kilindi. Biroq 1783 yil Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 yillardagi urushda Turkiya
yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. Turkiya
Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi.
Sultan Salim III (1789 – 1807 yillarda imperiyani boshqargan) davlat tashkilotlarini
zamonaviylashtirish, eng avvalo, harbiy islohotlar oʻtkazish harakatini boshladi. Yangi Nizom
("Nizomi jadid") deb nomlangan bu islohotlar natijasida boshqaruv, moliya, savdo, qishloq
xoʻjaligi., ilmfan va boshqa sohalarda yangiliklar joriy etishga kirishildi. Biroq islohotlarga
jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yoʻqotishdan qoʻrqqan yanicharlar va boshqa
qarshilik koʻrsatib, 1807 yil 15 mayda koʻtarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan
agʻdarib tashladilar. Taxtga chiqqan Mustafo IVning faoliyati "Nizomi jadid" tufayli qoʻlga
kiritilgan yutuqlarni yoʻq qilishga qaratildi. Biroq islohotchilar oʻz tarafdorini koʻpaytirishga
muvaffaq boʻldilar va 1808 yil 28 iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga oʻtqazdilar. Mahmud II
yanicharlarni yoʻq qildi va armiyani qayta tashkil etdi, boshqaruv, moliya, huquq va boshqa
sohalarda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Biroq uning islohotlari Usmoniylar imperiyasi
inqirozini toʻxtata olmadi. Yunoniston va Serbiyada qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Bu orada Rossiya
Turkiya oʻrtasida 1806— 12 yillarda boʻlib oʻtgan urush oqibatida Rossiya sarhadlari Prut
daryosigacha kengaydi. 1828—29 yilgi urushda ham Rossiya gʻolib chikdi va Turkiya
Yunonistonga muxtoriyat maqomini berishga majbur boʻddi. Turkiyaning Yevropa kapitaliga
iktisodiy karamligi ortdi. Qaramlikdan qutulish uchun Turkiya hukmron sinfi 1839 yil yangidan
islohot (tanzimat) oʻtkazib, turk ziyolilarining shakllanishiga imkon yaratdi. 1853—56 yillarda
Rossiyaga qarshi olib borilgan Kroʻm urushida Turkiya galaba qozondi. Rossiya 1856 yil 30
martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur boʻldi. Ushbu shartnomaga koʻra, Dunay
daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun
ochiq, betaraf deb eʼlon qilindi, "Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi" tan olindi.
Bu davrda Turkiyada Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi,
sanoat rivojlana boshladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvchi, maʼmur va boshqa
yetishib chikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861—76)da Tanzimat harakati qiyinchilik
bilan boʻlsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro urushda
katnashmadi. Biroq imperiyaning Bolqon yarim oroldagi qududlarida isyonlar yuz berdi.
Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxshilash, konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatish gʻoyasi
tarafdori boʻlgan Yosh usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va
gazetalar chop etila boshlandi. Sulton Abdulhamid II (1876—1908 yillarda boshkargan) taxtga
chiqqan yili ilk Asosiy Qonun eʼlon qilindi (1876 yil 23 dekabr). Sulton hukumatni tanqid ostiga
olgan parlamentni 1879 yil fevral.da tarqatib yubordi, yosh usmoniylarning koʻpchiligini taʼqib
ostiga oldi. 1877—78 yillardagi Rossiya–Turkiya urushida Turkiyaning yengilishi bilan Bolqon
yarim orolda Turkiya hukmronligi tugatildi. 1881 yil Fransiya Tunisni, 1882 yilda Buyuk
Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yosh turklar harakati tobora kuchaydi, ular tomonidan
tuzilgan yashirin "Ittihod va taraqqiy" tashkilotining kuchli taʼsiri ostida Sulton 1908 yil 23
iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatishini eʼlon qilishga majbur boʻldi. 1914 yildan butun
hokimiyat yosh turklarning yoʻlboshchilari boʻlgan Mehmet Talʼat posho (1874— 1921),
Ahmad Jamol posho (1872— 1922) va xarbiy nozir Anvar posho (1881 — 1922) qoʻliga oʻtdi.
Birinchi jahon urushida Usmoniylar davlati Olmoniya tomonida turib urushdi. 1918 yil 30
oktabrda Turkiya Antanta davlatlariga taslim boʻldi. Antanta davlatlari Turkiyani ishgʻol
qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boshlandi. Turkiyada Ozodlik urushi
(Kurtulish savashi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol posho (Otaturk)
boshchilik qildi. Ozodlik urushi avj oldi. 1921 yilgi Inoʻnoʻ va Saqariya janglari natijasida
Yunoniston qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozonildi. 1922 yil 9 sentabrda Izmir ozod qilindi. 1922
yil 1 noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qilish va xalifalikni
saltanatdan ajratish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Lozanna sulh shartnomasi (1923 yil 24 iyul)
ga muvofiq, Turkiyaning chegaralari belgilandi, Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi
eʼtirof etildi. 1923 yil 29 oktabrda Turkiya respublika deb eʼlon etiddi. 1924 yil 3 martda esa
xalifalik bekor qilindi. 1924—34 yillarda davlat qurilishi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va
turmushga oid qator islohotlar oʻtkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab
alifbosidan lotin alifbosiga oʻtildi. Eng avvalo, davlat va din birbiridan ajratiddi, maktab va
taʼlimtarbiya ishlari davlat ixtiyoriga olindi, shariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi
shakllantirildi, qonunlar yangidan ishlab chiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iktisodiyot
sohasida ham oʻzgartirishlar amalga oshirildi.
Ikkinchi jahon urushi
(1939—45) davrida Turkiya Fransiya va Angliya bilan shartnoma tuzib,
iqtisodiy yordam olishga muvaffaq boʻldi. U Sovet Ittifoqining Turkiyaga qarshi hujum qilish
xavfini oldini olib, 1941 yil 25 martda SSSR bilan shartnoma imzoladi. Olmoniya bilan ham u
Sovet Ittifoqiga hujum qilishidan bir necha kun oldin xuddi shunday shartnoma tuzildi. 1945
yil fevralralda Turkiya AQSH, Angliya va SSSRga qoʻshilib, Olmoniya va Yaponiyaga qarshi
urush eʼlon qildi. 1945 yil 5 martda Turkiya San-Fransisko konferensiyasiga taklif etildi va
BMT ni barpo etgan aʼzolar qatoridan joy oldi.
Turkiya 1952 yil NATO ga aʼzo boʻldi. Bu davrda Turkiya Koreya urushida ishtirok etdi. 1954
yildan keyin iqtisodiy ahvol ogʻirlashib, inflyatsiya kuchaydi, talabalar namoyishlari boʻlib oʻtdi,
tanglik ortdi. Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960 yil 27 mayda davlat toʻntarishi qildi. 1961
yil 9 iyulda demokratik erkinliklarni koʻzda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965 yilgi
saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi. 1971 yildan koalitsion
hukumatlar davri boshlandi, hukumatlar ketma-ket almashinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy
tanglik, oziq-ovqat, yonilgʻi tanqisligi roʻy berdi, terror avj oldi. Bu vaziyatda general Kenan
Evren boshchiligidagi harbiylar 1980 yil 12 sentabrda hokimiyatni egallab, TBMM va
hukumatni tarqatib yubordi, qamal holati eʼlon qildi, partiya rahbarlarini nazorat ostiga oldi.
1982 yil 7 noyabrdagi referendum natijasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi, Kenan Evren
prezident boʻldi. 1983 yil 24 apreldan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Oʻsha
davrdan siyosiy faoliyatini boshlagan Turgʻut Oʻzal Ona vatan partiyasini tuzdi. Bu partiya
1983 yil 24 noyabrdagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi.
Turgʻut Oʻzal
qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi. Eksport va import
erkinlashtirildi, eksportni ragʻbatlantiruvchi ochiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada ishlab
chiqarish. eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo
qilindi va Turkiya iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm misli koʻrilmagan darajada
taraqqiy topdi. Turgʻut Oʻzal 1989 yil 9 noyabrda prezident etib saylandi. 1991 yil Sovet Ittifoqi
tugatilgandan soʻng Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tashkil topgan mustaqil davlatlar bilan yaqin va
doʻstona munosabatlar oʻrnatildi. Turgʻut Oʻzal vafoti (1993)dan soʻng Sulaymon Demirel
prezident etib saylandi. Turkiya Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 16 dekabrda
tan olgan va 1992 yil 4 martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami —29
oktabr — Respublika kuni (1923).
Adolat va rivojlanish partiyasi, 2001 yil tuzilgan; Ona vatan partiyasi, 1983 yil tashkil etilgan;
Jumhuriyat xalq partiyasi, 1923 yil asos solingan; Toʻgʻri yoʻl partiyasi, 1983 yil tuzilgan;
Milliyotchi harakat partiyasi, 1983 yil kayta tashkil etilgan; Demokratik soʻl partiya, 1985 yil
asos solingan; Demokratik partiya, 1994 yil tuzilgan; Buyuk Birlik partiyasi, 1993 yil asos
solingan; Demokratik Turkiya partiyasi, 1997 yil tashkil etilgan. Turkiya Ishchi kasaba
uyushmalari konfederatsiyasi ("TurkIsh"), 1952 yil tashkil etilgan; Turkiya Inqilobiy ishchilar
kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1967 yil "Tur.kIsh"dan baʼzi uyushmalarning ajralishi
natijasida tuzilgan; Turkiya Haq ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ("HaqIsh"), 1976
yil barpo etilgan.
Turkiya — industrialagrar mamlakat. 1980 yil iqtisodiyotda tub burilishni koʻzda tutgan keng
qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida markazdan
boshqaruv oʻrniga bozor mexanizmiga oʻtildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi,
sarmoya jamgʻarmalari tez surʼatlar bilan koʻpaydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay
imkoniyat yaratiddi. Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 1985
yilda "Erkin mintaqalar qonuni" kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 1987 yilda atigi 2 ta (Mersin
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
Xoʻjaligi
va Antaliya) boʻlgan boʻlsa, 2002 yilga kelib ularning soni 21 ga yetdi. Ana shular natijasida
yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7%, qishloq xoʻjaligi. niki 14,4%, xizmat koʻrsatish
sohasiniki 56,9% boʻddi.
Turkiya xromit ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda yetakchi (toʻrtinchi) oʻrinda turadi
(40 million tonnalik xromit zaxirasi bor). Shuningdek, gaz, neft, toshkoʻmir, temir, marganets,
mis va boshqa rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan mamlakatning gʻarbiy
va markaziy qismida joylashgan. Keyingi yillarda mamlakat sharqiy qismini rivojlantirish
uchun choratadbirlar koʻrildi. Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo,
toʻqimachilik, koʻnchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish.
yetakchi oʻrin tutadi. Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2001 yil 270685 yengil avtomobil va yuk
mashinasi ishlab chiqardi. Keyingi davrda Turkiyada elektronika sanoati jadal rivojlandi.
Kimyo sanoatida 970 fabrika faoliyat koʻrsatadi. Turkiya toʻqimachilik sanoati mollari
eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7-oʻrinda turadi. Turkiyada
elektr energiya
ishlab chiqarishda anʼanaviy oʻtin, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi
singari manbalardan tashqari quyosh va shamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga
oʻrtacha 125 milliard kVt/soat elektr energiya hosil qilinadi.
Turkiya hududining 16% ni oʻtloq, 26% ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35% da, yaʼni jami hududning
1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada gʻalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zigʻir, kanop va
boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1,
sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda
turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka
eʼtibor kuchaydi. 2000 yil chorvachilikda 11 mln. qoramol, 28,4 mln. qoʻyechki, 250 mln. tovuq
boʻlgan. Baliq ovlanadi.
Avtomobil yoʻllari uz. 63167 km, temir yoʻl uzunligi 10940 km. Mamlakat ichkarisida
yoʻlovchilarning 95% avtomobil transportida, mamlakat tashqarisiga yoʻlovchilar, asosan,
havo yoʻllari, yuklar esa, asosan, dengiz yoʻli orqali tashiladi. Turkiya dengiz savdo floti 3157
kemadan iborat boʻlib, u eksport yuklarning 72%, import yuklarning 95% ni tashiydi. Asosiy
Sanoati
Qishloq xoʻjaligi
Transporti
portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir
shahrilarida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor boʻgʻozi ustiga osma koʻprik qurilgan. Turkiyaning
eng muhim neft quvuri tarmogʻi yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga
yetkazib beradi.
Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm
buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft,
mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH,
Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm
rivojlangan. 2002 yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad
10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi.
Turkiyada oʻrtacha umr 69 yoshni tashkil etadi. 1989—2002 yillarda kasalxonalardagi oʻrinlar
soni 133 mingdan 178315 ga, kasalxonalar soni 1156 taga yetdi. Vrach, hamshira va
farmatsevtlar soni yildanyilga koʻpaymoqda. 1995 yildan beri oʻtkazilayotgan islohotlar
natijasida oila vrachi modeliga oʻtish, Turkiya sogʻliqni saqlash xizmatini Yevropa darajasiga
olib chiqish moʻljallangan.
Turkiyada bepul majburiy oʻrta taʼlim joriy qilingan. Milliy taʼlim tizimi 3 qism (asosiy taʼlim,
yordamchi taʼlim—kurslar va ochiq, yaʼni sirtqi taʼlim)dan iborat. Asosiy taʼlim maktabgacha
tarbiya, boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga oladi. Yordamchi taʼlim
oʻquv yurtlaridan tashqarida tashkil etiladigan kurslar faoliyatini qamrab oladi. 2002/03 oʻquv
yili asosiy taʼlim tizimida 52692 taʼlimtarbiya muassasasi ishladi, jumladan maktabgacha
taʼlim muassasalarida 320 ming bola tarbiyalandi, boshlangʻich maktablarda 10,3 mln., oʻrta
maktablarda 3 mln. oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 1,7 mln. talaba taʼlim oldi, Yordamchi, yaʼni
keng xalk, taʼlimi tizimida 3 mln. kishi mashgʻul boʻldi.
Boshlangʻich taʼlim (6—14 yoshdagi bolalar uchun) 8 yil Oʻrta taʼlim kamida 3 yillik boʻlib,
oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim, kasbhunar va texnika taʼlimi berishga moʻljallangan.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar xususiy tarbiya tizimida oʻqiydilar.
2002/03 oʻquv yili bu tizimdagi 325 maktabda 19,4 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2002/03 oʻquv
yili Turkiya oliy taʼlim tizimidagi 76 universitet, yuzlab int, konservatoriya, kasb oliy oʻquv
Tashqi savdosi
Tibbiy xizmati
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari
yurtlarida 1 mln. 894 mingdan ziyod talaba oʻqidi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Yirik
untlari: Istanbul universiteti (1453), Anqara universiteti (1946), Oʻrta Sharq texnika universiteti
(1956), Egey universiteti, Otaturk universiteti, Qora dengiz texnika universiteti, Bosfor
universiteti, tibbiy mutaxassislar tayyorlanadigan Hojitepa universiteti.
Madaniyat vazirligi tizimida 1440 kutubxona va 92 muzey bor. Yirik kutubxonalar: Anqaradagi
milliy kutubxona, Ankara va Istanbul untlari kutubxonalari, Anqaradagi TBMM kutubxonasi.
Yirik muzeylar: Turk osori atiqa (arxeologiya va etn.) muzeyi (1923), Istanbuddagi Toʻpqopi
saroyi (1927), Etn. muzeyi (1930),
Ayo Sofiya ibodatxonasi
muzeyi (1934).
Turkiyada ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiklashtirish uchun Ilm va Texnologiya oliy jamiyati
tuzilgan. 1993 yil Fanlar akademiyasi va Turk Patent instituti barpo etildi. Standartlar (1960),
Marmar dengizini ilmiy va texnologik tadqiq etish (1972) ilmiy tadqiqot institutlari, kimyo,
biol., elektroradiografiya, mikrobiol., veterinariya, geol., tarix, tilshunoslik, iqtisodiyot, falsafa
jamiyatlari bor.
2003 yil Turkiyada 3450 gazeta, jurnali va boshqa matbuot nashrlari chop etildi. Eng yirik
kundalik gaz.lari: "Hurriyat" (1948 yildan), "Milliyot" (1950 yildan), "Saboh" (1985 yildan),
"Jumhuriyat" (1923 yildan), "Yangi nayel" (1970 yildan). Eng yirik jurnalilari: haftanomalar —
"Ekonomist", "Aktual", "Oto xabar", "Tempo", "Nuqta"; oynomalar — "Soʻfra", "Kosmopoliten":
"Turkiya", "Kapital", "PC Magazin" va boshqa Anadolu agentligi (AA) Turkiyaning yetakchi
axborot agentligi; 1920 yil tashkil topgan. Bir necha xususiy agentlik ham bor. Turkiya Radio
va telekoʻrsatuv jamiyati 1964 yil 1 mayda tashkil etilgan. Radioeshittirishlar 1927 yildan,
telekoʻrsatuvlar 1968 yildan boshlangan. Mamlakatda 36 milliy, 103 mintaqaviy va 951
mahalliy radiostya, 16 xalqaro, 15 mintaqaviy va 227 mahalliy telemarkaz faoliyat koʻrsatadi.
Turkiya ogʻzaki ijodiga xos boʻlgan qahramonlik dostonlari, jumladan, "Oʻgʻuznoma" turkumida
dunyoning yaratilishi va odamning paydo boʻlishi haqidagi islomgacha boʻlgan afsonalar
bayon etilgan. Tarixiy qahramonlik dostonlaridan "Erganakon", Koʻroʻgʻli (Goʻroʻgli) turkumi va
Dada Qoʻrkut kitobi mashhur. Anadoluda turk tilida yaratilgan dastlabki yozma asarlar
tasavvuf mazmunida boʻlib, 13-asr oʻrtalariga mansub. Saroy adabiyeti vakillari aruz vaznida
ijod qilganlar. Oʻsha davr anʼanasiga koʻra, koʻpchilik shoirlar oʻz asarlarini fors tilida
yozganlar. Bu davr ijodkorlari orasida Jaloliddin Rumiy, Yunus Emra, Hoji Bektoshi Valiy ijodi
ayniqsa ajralib turadi. Turk tilida birincha marta Oshiq Posho (1271 — 1332) tasavvufona
ruxda sheʼr va dostonlar bitdi. Uning 12 ming baytlik "Gʻaribnoma" dostoni va "Faqirnoma",
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Adabiyoti
"Vasfi hol" asarlari bor. 14-asrda Dehxrniy, Qozi Burhoniddin, Nasimiy va Ahmadiy kabi
shoirlar ijod qiddi. 15-asrdan turk sheʼriyati rivojlana boshladi. Bu taraqqiyot 17-asrgacha
davom etdi. Hamdi Chalabiy (1449—1503) turk tilida "Xamsa" yaratdi. Axmad Doiy, Fuzuliy,
Xayoliy, Zotiy, Boqiy, Umar Nafiy, Nadim kabi shoirlar yetishib chikdi. 18-asrdan saroy
adabiyeti xalqqa yaqinlashdi. Shoirlarning kupi oddiy xalqqa soddaroq uslubda, ziyolilar
uchun jimjimador va murakkab uslubda asarlar bitdilar. Oshiq Poshshozoda, Oshiq Chalabiy,
Avliyo Chalabiy, Nayma, Qoʻchibey va Marjimak Ahmad oʻz davrining yetuk adiblaridir. 19-
asrda Gʻarb adabiyeti taʼsirida yangi adabiyot shakllana boshladi, ilk roman, pyesa, tadqiqot
ishlari paydo boʻddi. Tanzimatdavri yozuvchilari adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdilar.
Ibrohim Shinosiy (1826—71), Nomiq Kamol(1840— 88), Shamsiddin Sami (1850—1904),
Rejaizoda Mahmud Akram va boshqa yangi realistik adabiyot asoschilari boʻldilar. Turk
romanchiligi asoschisi Xolid Ziyo Ushoqligilning "Moviy va Qora", "Taqiklangan ishq"
romanlari, Mehmet Raufning "Sentyabr" nomli ilk psixologik romani dunyo yuzini koʻrdi.
Birinchi jahon urushidan soʻng Yoqub Qadri Qorausmonoʻgʻli, Xolida Edip, Rashod Nuri
Guntekin va Rafiq Xolid Qaray, Turkiya madhiyasi muallifi Mehmet Akif Ersoʻy, Najib Fozil
Qisakurak singari yozuvchilar shuxrat qozondi. Nozim Hikmat Ran sarbast usulda sheʼrlar
bitib, yangi oqimga asos soldi. 1940-yillarda Sabohiddin Ali, Said Foyiq Abasiyonik asarlarida
jamiyat muammolarining shaxs ichki dunyosiga taʼsirini yoritishga harakat qilinganini koʻrish
mumkin. Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" (1940) va "Moʻyna poʻstinli Madonna"
romanlarida madaniy oʻzgarishlarning jamiyat turli toifalariga koʻrsatgan taʼsiri psixologik
taxlil qilingan. Tariq Bugʻro, Oʻqtoy Aqbal, Javod Shokir Qabaogʻochli, Xaldun Taner, Javdat
Qudrat va Samim Xoʻjakoʻz kabi yozuvchilar ham realistik yoʻldan bordilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlgan asarlarning koʻpida qishloq hayoti muammolari
tilga olindi. Bu adabiyotga qishloqdan chiqqan bir guruh yozuvchilarning kirib kelishi bilan
izoxlanadi. Yashar Kamolning "Inja Mamad" romanida qishloq axli tortayotgan mashaqqatlar
tasvirlangan boʻlsa, Aziz Nesin asarlarida kundalik turmushda uchraydigan illat va nuqsonlar
hajv qilindi. 1960-yillarda Yavuz Byulent Bakilar, Usmon Atilla, Ayxan I nal va boshqa shoirlar
adabiyotga kirib keldi. Ular ijodida insonning oʻz vijdoni, jamiyat oldidagi masʼuliyati kabi
mavzular yoritildi. Bu davrda ijod qilgan Suot Darvishning "Fosforli Javriya" romani mashhur
boʻldi. Bu asar asosida kinofilm ham yaratildi. 70-yillarda adabiyotga kirib kelgan Chetik Altan,
Pinar Kur, Tomris Uyar, Aila Qutli va boshqa ijodida psixologik taxlil chuqurlashganligi
koʻrinadi.
1980-yillardagi jamiyatda siyosatdan begonasirash kayfiyatlari kuchayishi adabiyotga ham
taʼsir oʻtkazdi. Bu davrda Oʻrxon Pamuq asarlari etibor qozondi. Soʻnggi yillarda Nadim Gursel,
Murodxon Mungan, Parixon Mayden va Elif Shafaq oldingi safda turib ijod qilmoqdalar.
Turkyozuvchilaridan Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi", Yashar Kamolning "Inja Mamad",
Suot Darvishning "Fosforli Javriya" romanlari, Aziz Nesin hikoyalari, Nozim Hikmat sheʼrlari,
Yavuz Bahodiroʻgʻlining "Xorazm oʻt ichida" va "Alvido, Xorazm" tarixiy romanlari, Najib Fozil
Qisakurak sheʼrlari va boshqa koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
Turkiya hududida mil. av. va milodning ilk davrlariga taallukli meʼmoriy yodgorliklar koʻp
(qarang
Sofiya ibodatxonasi
). Yunoniston, Vizantiya, Arab mamlakatlari, Oʻrta Osiyo
davlatlarining meʼmoriy tajribalarini ijodiy oʻzlashtirgan saljuqiylar va usmoniylar imperiyalari
meʼmorlari muhtasham, goʻzal binolar kurdilar. 12—19-asrlarda imperiyaning turli
shaharlarida hashamatli saroy, masjid, Madrasa, maqbara, gumbazli hammom, goʻzal
favvoralar (mas., Istanbuldagi Sulton Ahmad favvorasi) bunyod etilgan. 15—16-asrlarda
meʼmor Xoja Sinon (1490 — 1588) yangi kompozitsiyalar yaratib, hayratga sazovor 400 dan
ziyod bino barpo etdi. Istanbuldagi Sulaymoniya mayejidi, Ahmadiya mayejidi, Salimiya
mayejidi ular orasida eng mashhurlaridandir. Usmoniylar imperiyasining inqirozi davri
meʼmorligi mahobatliligi bilan ajralib turadi. 20-asrning 20-yillari oxiridan shahar qurilishini
rejali tarzda olib borishga kirishildi, ayrim shaharlar (Ankara va boshqa shaharlar)ning bosh
rejasi tasdiqlandi. 30-yillardan zamonaviy binolar qurish uchun xorijdan meʼmorlar jalb qilindi.
Keyinchalik xalqaro tajribani milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirishga erishgan milliy kadrlar
yetishdi. Mahalliy qurilish mahsulotlari industriyasi rivojlandi. Bu davrda tanikli meʼmorlardan
Sedat Haqqi Eldan yaratgan imoratlarning loyihalari oʻziga xos meʼmoriy yechimi bilan ajralib
turadi. Keyingi davrda butun jahonda ommalashayotgan meʼmoriy uslublar Turkiyaga ham
kirib keldi. Ammo bu yerda uyjoylarni namunaviy loyihalari ommalashmadi. Katta shaharlarda
mahobatli osmonoʻpar binolar qurishga, meʼmorlikda turlituman uslub va yoʻnalishlarni joriy
etishga kirishildi. Jumladan, Anqaradagi Kamol Otaturk makbarasi (maʼmorlari E. Onat, O.
Arda), Turkiya tarix jamiyati binosi (meʼmori T. Jonsevar), "Stad" mehmonxonasi (meʼmori M.
Xepgyuler), "Odeon" konsert zali, Xalk, banki, Istanbuldagi "Xilton" meqmonxonasi (meʼmori
Meʼmorligi
Konya
Sedat Haqqi Eldan), Izmirdagi osmonoʻpar binolar barpo etildi. Bahruz Chiniji, Chingiz
Bektosh, Doʻgʻon Pekali, Affon Yatman va Shavki Vanli kabi meʼmorlar mashhurdir.
Turkiya hududida Qad. Sharq, Ellin, Rim, Vizantiya sanʼati yodgorliklari saklanib qolgan.
Tasviriy sanʼat oʻrta asrlarda miniatyura janrida rivoj topdi. 16-asrda bu sanʼat gullab yashnadi.
Badiiy toʻqish, gilamdoʻzlik, kandakorlik, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. 17—18-asrlarda
dastgoh rangtasviri yuzaga keldi. Zamonaviy tasviriy sanʼat 19-asrdan boshlab shakllandi.
1910-yillarda bir guruh rassomlar — Ibrohim Challi, Hikmat Oʻnat, Nomiq Ismoil, Avni Lifij,
Fayxaman Duran Yevropada taʼlim oldilar hamda impressionizm va simvolizm yoʻnalishida
asarlar yaratdilar. 1929 yil rassomlarning "Mustaqillar" nomli jamiyati, 1933 yil "D guruhi"
tuzildi. Rangtasvirchilar Zaki Faiq, Izer, Nurullan Berk, Elif Nasi, Kemal Tollu, Abidin Dino va
haykaltarosh Zuxtu Muridogʻli impressionizm yoʻnalishini tark etgan holda, yangi yoʻnalishni
yaratdilar. Yangi usul anʼanaviy madaniyatning muhim elementlarini 20-asr Yevropa
sanʼatining gʻoyalari bilan uygunlashtirishdan iborat edi. 1936 yil Istanbuldagi "Sanoyi nafisa
maktabi" "Nafis sanʼatlar akademiyasi"ga aylantirildi. Turkiya rassomlik sanʼatida turli oqim va
yoʻnalishlar rivojlangan. 1949—50 yillarda "Yangi guruh" deb nomlangan ijodiy guruh tashkil
qilindi. Bu guruh "D guruhi"dan keyin eng mahoratli guruhga aylandi. Bu guruh rassomlari
yangi usul va yangi texnik vositalar bilan eksperimentlar oʻtkazdi. Guruh aʼzolari 1955 yilgacha
ijtimoiy hayot mavzularida ijod qildilar.
1950-yillarda Turkiya sanʼatida dastlabki abstrakt rassomlar ijod kila boshladi. Ular qatorida
Adnan Koker, Lutfu Gunay, Semey Arel, Sabri Berkel kabi rassomlar boʻlgan. Murod Morova,
Zohid Buyukishlayen, Ismat Doʻgʻon kabilar hozirgi davrning tanikli rassomlari hisoblanadi.
Yangi asarlar 1977 yildan buyen har yili Istanbulda boʻlib oʻtadigan "Yangi tendensiyalar" deb
nomlangan Sanʼat festivalida namoyish etiladi. Monumental haykaltaroshlik, grafika ham
rivojlangan. Abstraksionizm yoʻnalishida Quzgun Ajar xalqaro tanlovlarda sovrinlar olishga
sazovor boʻldi. Dastlabki haykaltaroshlik sohasidagi taʼlim chet el rassomlari tomonidan va
chet el badiiy taʼlim institutlarida amalga oshirilgan. 1937 yilda olmon haykaltaroshi Rudolf
Belling Turkiya Davlat Badiiy akademiyasining haykaltaroshlik boʻlimini boshqargan, koʻp
shogird tayyorlagan. U Istanbuldagi aksariyat mahobatli monumentlar muallifi.
Haykaltaroshlik koʻrgazmalarining eng kattasi R. Belling boshchiligida Istanbul Texnika
universitetida oʻtkazilgan.
20-asrning 2yarmida R. Bellingning shogirdlaridan Haqqi Atamulu, Yavuz Gorey, Komil Soʻnad,
Ilxan Koʻman, Husayin Gezer va Turgut Pura abstraksionizm yoʻnalishida asarlar yaratishdi.
Farid Oʻzshen, Salim Bugay, Merich Xizal, Ramzi Savash, Ayub Oʻz, Yunus Toʻnqush kabi
haykaltaroshlar ham xalqaro koʻrgazmalarda qatnashib, Turkiya sanʼatini dunyoga
Tasviriy sanʼati
tanitayotgan ijodkorlardir. Amaliy bezak sanʼati sohasida kulolchilik, gilamdoʻzlik, zargarlik,
yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik gʻoyat rivojlangan.
Anadoluda saljuqiylar davridan boshlab hozirgi davrga qadar turk musiqasi turli
yoʻnalishlarda rivojlangan. Turk anʼanaviy musiqasi 2 qatlamga — xalq va professional musiqa
turlariga ajratiladi. Xalq musiqasida turkular (barmoq vaznidagi sheʼrlarga asoslangan xalq
qoʻshiqlari), shuningdek, turli mavzudagi laparlar keng oʻrin tutadi. Ularning kuylariga asosiy
pogʻonalardan yuqori va pastga siljishlar, ritmikaga — sinkopalar xosdir. Xalq qoʻshiq kuylari
"uzun kuy" va "qisqa kuy" shaklida boʻladi. Keng diapazonli va erkin ritmga asoslangan uzun
kuyli qoʻshiklar asosan sevgi (bozlaq) va motam (agʻit) mavzularida boʻladi. Aniq oʻlchovli va
qisqa hajmli ohang tuzilmalariga rioya qilingan qoʻshiqlar asosan oʻyin, raqs va aytishuv
(mone)larda namoyon boʻladi. Turli (marosim, mehnat, raqs) cholgʻu kuylar bogʻlama, kval
(nay turlari), surnay, zambir (koʻshnayga oʻxshagan), torli kamoncha va soz, urma dovul, daf,
darbuka kabi cholgʻularda ijro etiladi. Turk mumtoz musiqasi 15-asrdan Anadoluda ijod eta
boshlagan oshiqlar faoliyati bilan bogliq. Ular turk baxshi (oʻzon) anʼanalarini davom ettirib,
turli terma va qoʻshiklarini soz, bogʻlama, qoʻbiz joʻrligida badiha shaklida ijro etgan. Ogʻzaki
anʼanadagi professional musiqasida maqamlar asosiy oʻrin tutadi. Shuningdek, turkum
shakliga ega fasl (vokalcholgʻu asar) janri keng tarqalgan. Sozlardan nay, tambur, ud, qonun
keng qoʻllaniladi. Diniy musiqa janrlaridan ilohiya, sharqiya, mavlaviya kabi aytim shakllari
mavjud. Bastakorlardan Marokiy, Ismoildada afandi, Hofiz Poʻst, Sulton Salim III (Usmoniylar
hukmdori), Kvntemir oʻgʻli va boshqa mashhur.
Koʻp ovozli kompozitorlik musiqa Turkiyada respublika barpo etilgandan keyin qaror topdi.
Koʻp ovozli musiqaning xalq musiqasiga, milliy ohanglarga asoslanishi borasida koʻp
izlanishlar olib borgan Ahmad Adnan Saygun musiqani jahon miqyosida tanitishda katta
xizmat qildi. Kompozitorlik musiqaning keng yoyilishida "Prezident simfonik orkestri"ning roli
katta. Bu orkestr AQSH, Yevropa va Janubiy Koreyada konsertlar bergan. Istanbul, Izmir,
Antaliya va Chukurova davlat simfonik orkestrlari ham faoliyat yuritadi. Ulardan tashqari
Bilkent simfonik orkestri, Borusan Istanbul filarmoniyasi orkestri, Oqbank orkestri singari
xususiy jamoalar bor. Xalq musiqasi yoʻlida ijod qilayotgan Narimon Oltintogʻ Tufakchi,
Ahmad Gʻozi Oyxon, Musa Eroʻgʻli, Belqis Oqqala xalq oʻrtasida mashhur. 1960-yillardan rok
musiqa yoʻnalishlariga qiziqish paydo boʻldi. Hozirgi paytda popmusiqasida Ibrohim Tatlisas,
Sezan Aqsu, Nilufar, Teoman, jazda Karam Goʻrsev, Ilxan Ershaxin, Nukhet Ruajan kabi
sanʼatkorlar mashhur. Bastakor, musiqachilar Istanbul (1923), Anqara (1936), Izmir (1951)
konservatoriyalarida tayyorlanadi. Ankara operetta teatri (1928), Opera teatri (1950) va
Istanbul opera teatri (1960)ning ochilishi musiqa sanʼati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.
1948 yilda Istanbulda ochilgan akademik balet maktabi (1950 yildan Anqarada) milliy kadrlar
Musiqasi
tayyorlaydi. Davlat opera va balet bosh direksiyasi tomonidan 1998 yildan buyen har yili
xalqaro festivallar, Istanbulda xalkaro musika festivallari oʻtkazib kelinadi.
Turkiyada teatr sanʼati uzoqtarixga ega. Xalq ijodining anʼanaviy shakllari — qoʻgʻirchoq va
chodirxayol teatri (qoragoʻz), maydonchalarda namoyish etiladigan oʻrta oʻyin tomoshalari
professional turk teatrining tamali boʻldi. Tanzimat davrida garb modelidagi teatr faoliyat
boshladi. Bu davrda turk yozuvchilari ham pyesalar yozishga kirishdilar. Ibrohim Shinosiyning
"Shoirning uylanishi" nomli komediyasi turk teatri uchun burilish nuqtasi boʻldi. 1908 yildan
soʻng professional va havaskorlik teatrlari tashkil qilina boshladi. Istanbul, Izmir, Bursa, Adana
va Ankara shlarida teatr binolari kurildi. 1914 yil Istanbulda "Dorulbadiyai usmoniya" nomli
teatr ochildi. U turk teatr sanʼatining rivojiga katta turtki berdi. 1927 yildan bu teatrga rahbar
boʻlgan Muhsin Ertugʻrul birinchi bolalar teatrini ham tuzdi. 1949 yil barpo etilgan Davlat
teatrining Anqara, Istanbul, Izmir va Bursa sh.larida 18 ta doimiy sahnasi mavjud boʻlib, yiliga
100 ga yaqin asarni sahnalashtiradi. "Kichik sahna" nomli ilk xususiy teatr 1951 yilda
ochilgan. Undan keyin Chiyir sahna, Choʻntak teatri, Muammar Qoracha teatri, Istanbul
operettasi singari xususiy teatrlar ish boshladi. 1982 yildan Istanbulda Hodi Chaman
Yeditepa oʻyinchilari, Enis Fosforoʻgʻli teatri, Xoʻdri Maydon madaniyat markazi, Anqarada
Anqara Sanʼat teatri faoliyat koʻrsatadi.
1914 yil operator Fuad Uzqinay "Ayastefonosdagi rus obidasinig yiqilishi" nomli ilk hujjatli
filmni suratga olgan. 1917 yil Sedad Simavi suratga olgan "Panja" filmi birinchi badiiy film
hisoblanadi. 1919 yil Kamol va Shokir Sedanlar "Kamolfilm" kino studiyasini tashkil etdilar,
1922 yildan shu kinostudiyada rejissyorlik qila boshlagan Muhsin Ertugʻrul "Olovli koʻylak"
(1923), "Anqara pochtasi" (1929), "Istanbul koʻchalarida" (1931), "Bir millat uygʻonmoqda"
(1932), "Fojiali yoʻl" (1933), "Tosh parchasi" (1939) filmlarini suratga oldi. 1950 yildan kino
sanʼati rivojlana boshladi. 1956 yil "Gilamchi" nomi bilan 1turk rangli filmi yaratildi. 1960 yil 60
kinofilm suratga olindi. Undan keyingi davrda turk kinosi yanada jonlandi. Metin Erksan, Xolid
Rafigʻ, Ertem Goʻrech, Lutfi Umar Akad, Atif Yilmaz, Usmon Sedan, Duygu Sayiroʻgʻli, Nevzat
Pesen va Mamduh Un kabi rejissyorlar ijtimoiy muammolarni, insonning oʻz qadrqimmati,
shaʼni uchun kurashi mavzuini yoritdilar. Metin Erksanning qishloq hayoti muammolarini
yoritgan "Suvsiz yoz" (1964) filmi Berlin xalqaro kinofestivalida bosh sovringa sazovor boʻldi.
1970—75 yillarda 1383 badiiy film suratga olindi. 1970-yillarda yetishgan Yilmaz Gyuney,
Surayyo Duru, Zaki Oʻktan, Sharif Gyoren va boshqa rejissyorlar davrning siyosiy, ijtimoiy va
madaniy muammolarini aks ettirgan kinofilmlar yaratdilar. Y. Gyuneyning "Ota" (1972),
Teatri
Kinosi
"Betoqatlik" (1975) filmlari eʼtibor qozondi. Turkon Shoʻray kabi taniqli artistlar xalkaro
mukofotlar sohibi boʻldilar. Rejissyor Y. Gyuneyning "Poda" filmi (1978) Lokarnodagi, rejissyor
O. Kovurning "Yusuf va Kenan" filmi (1980) Milandagi, rejissyorlar Sh. Gyoren va Y.
Gyuneyning "Yoʻl" filmi (1981) Kanndagi kinofestivallarda bosh sovringa ega boʻldi. 20-asrning
90-yillari turk kinosining sifat jihatidan eng muvaffaqiyatli davri hisoblanadi. Bu davrda kino
sanʼatidan taʼlim beruvchi oliy oʻquv yurtlarining koʻpayishi, mohir rejissyor va
kinoartistlarining yetishib chiqishi, kinotelekoʻrsatuv raqobatining jadallashuvi va xalkaro
maydonda erishilgan muvaffaqiyatlar Turkiya kinosini rivojlantirgan omillar boʻldi. Turkiyada
650 kinoteatr mavjud (2003). Anqara, Istanbul, Izmirda xalqaro kinofestivallar, xalqaro Uzoq
Sharq filmlari, Yevropa filmlari, Adanada Oltin koʻsak madaniyat va sanʼat festivallari,
shuningdek, 1998 yildan buyen har yili Anqarada "Uchar supurgi" ayollar filmlari festivali ham
oʻtkazib kelinadi. "Uchar supurgi" festivalida ayol rejissyor, artist, kinochilar ijodiy
uchrashuvlar oʻtkazishadi.
Turkiya
Oʻzbekiston
Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya
munosabatlari oʻrnatilgach, 1992 y aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993 yil
yanvarda esa Oʻzbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi.
Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1991 yil dekabr, 1994 yil iyun va 1997 yil
noyabrda rasmiy tashrif bilan Turkiyada boʻldi. 1998 yil oktabrda Turkiya Respublikasining 75
yilligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, Turkiya Prezidentlari Turkiya
Oʻzal, S. Demirel va boshqa davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda
boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning
shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasida "Abadiy
doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida"gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy,
harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash,
huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va boshqa sohalarda 78
hujjat imzolandi.
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000 yil sentabrda Turkiya Prezidenti A. Sezer bilan
BMTning "Ming yillik" sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim
ahamiyat kasb etdi. 2003 yilda Turkiya Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga
keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga
qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish
haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki
davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik
Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari
sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl
qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona
toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002 yil Oʻzbekiston
bilan Turkiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan
boʻlsa, 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo
tovar aylanmasida Turkiyaning ulushi 4% ni tashkil etadi. Turkiya Oʻzbekistondan rangli metall
va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va
yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va
uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa
yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu
mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi.
Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan
"KosonsoyTekmen" qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari),
Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar
zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi.
Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda Turkiyaning
"AySel", "Ulus inshaat", "Oʻqan xolding", "Emesam" firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston
Respublikasida Turkiya sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi
100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida
"SamKochavto" (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), "Papfen" (paxta
tolasidan ip yigirish), "Koxis" (savdovositachilik faoliyati, "MetroMarket" supermarketa),
"SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik Plast" (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka
tartibdagi korxonalar orasida esa "Beta Algoritm" (choy qadoklash), "Dilek Interprayzis", "Aylin
gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng
yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika
ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish
hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan
shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati,
qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi.
Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Turkiyada oʻzbek
sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar
bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish
boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi.
Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun Turkiya 2 dona MB Trac 1100
Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik
Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm
sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991 yil 19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida
hamkorlik bitimi (1993 yil 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995 yil 9 iyul)
asosida rivojlanib bormoqda.
1993 yil Turkiyada Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60
nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 yil oktabrda 48 kishidan iborat turkiyalik
sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari" doirasida Oʻzbekistonga
tashrif buyurib, Toshkent va Samarkand shahrilarida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat
konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent universiteti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va
mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik
oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida
turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda "Uzbekistan—
Turkiya" doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.
Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan Turkiyaning fan va
texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi
sohalarda Turkiya ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda
muntazam ishtirok etib kelishmoqda.
Boboxon Muhammad Sharif.
Gallery
Do'stlaringiz bilan baham: |