MUNDARIJA
KIRISH......... ................................................................................. 3
I BOB. TILSHUNOSLIKDA TERMIN BILAN BOG`LIQ ILMIY-NAZARIY QARASHLAR……………………………………….............................................
§ 1.1. Termin tadqiqi bo`yicha nazariy yondashuvlar………………………...... 8
§ 1.2. Koreys tilida va nutqida termin va uning xususiyati………...….............. 15
Bob bo`yicha xulosa……………....................................................................... 25
II BOB. KOREYS TILIDA TEXNIKAGA OID TERMINLAR VA ULARNING MATNLARDA ISHLATILISHI
§ 2.1. Yangi so`zlar va mavzu bo`yicha matn…………………………………28
§ 2.2. Grammatik mavzu va mashqlar tizimi…………………………………39
Bob bo`yicha xulosa..............................................................................................50
|
XULOSA...........................................................................................
|
53
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.....................
|
58
|
I BOB. TILSHUNOSLIKDA TERMIN BILAN BOG`LIQ ILMIY-NAZARIY QARASHLAR
§ 1.1. Termin tadqiqi bo`yicha nazariy yondashuvlar
Hozirda yurtimizda bo‘layotgan ijitmoiy-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-huquqiy tizimlaridagi islohotlarning tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar sonini ko‘paytirmoqda. Bu hol shu sohada faoliyat yuritayotgan insonlardan o‘z kasbiga oid termin va tushunchalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab etmoqda.
Termin lotincha “terminus” so‘zidan olingan bo‘lib, “oxiri”, “chek”, “chegara”, “tugash” degan ma’nolarni bildiradi. V.N.Shevchuk terming quyidagicha ta’rif beradi: “Termin” – bu so‘z bo‘lib, o‘rta asrlarda “aniqlash”, “ifodalash” degan ma’nolarni ifodalagan1. Qadimgi fransuz tilida mavjud bo‘lgan “terme” leksemasi “so‘z” degan ma’noni anglatadi”. A.A.Reformatskiy esa buni quyidagicha izohlaydi: “Termin – bu so‘z bo‘lib o‘zining alohida va maxsus belgilari bilan chegaralandi, fan, texnika, iqtisodiyot, siyosat va diplomatiya sohalarida bir ma’noli, aniq so‘zdir2. U ekspressivlikdan holi, muayyan predmet yoki tushunchani ifoda etuvchi, o‘zining qat’iy va aniq mazmuniy chegarasiga hamda izohiga ega bo‘ladi”. V.P.Danilenko termin so‘ziga quyidagicha aniqlik kiritadi: “Termin (lar) – lug’at tarkibining bir qismi hisoblanib, muayyan fan va soha leksik birliklarining aniq nomi, ta’rifidir”3. B.N.Golovin esa termin haqida: kasb-hunar nuqtai nazaridan qaralganida termin o‘zida muayyan kasbiy tushunchalarni ifoda etadi, - deb yozadi.4 Shunga o‘xshash talqinni biz V.M.Leychikning ishlarida ham uchratishimiz mumkin. Uning fikriga ko‘ra, termin muayyan tilning leksik birligi hisoblanib, aniq va maxsus sohalar ilmida va faoliyatida umumiy, aniq yoki mavhum tushunchalarni ifodalaydi.
Filologiya fanlari doktori, G’.Abdurahmonov shunday yozadi: “Atamalarning aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko’rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo’lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog’liq. Bu taraqqiyot to’xtovsiz bo’lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo’ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo’llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo’lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko’rsatadi”.5 Demak, terminologiyaning tartibga solinishi, muvofiq ravishda tarjima qilinishi nafaqat ilmiy sohada balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo’lgan masaladir.
AQSHda o‘tgan asrning 70-yillarida yuzaga kelgan “The World Encyclopedia Dictioanry” lug‘atida esa terminga quyidagicha ta’rif beriladi: “Terminology – the special words and terms used in science, art, business and economy”. Ma’nosi: terminolgiya - fanda, san’atda, biznes va iqtisodda ishlatiladigan maxsus so‘zlardir.
Yuqorida keltirilgan tilshunos olimlarning fikridan kelib chiqqan holda, o‘z nuqtayi nazrimizdan “termin” so‘ziga quyidagicha izoh bersak bo‘ladi: “tilning ma’lum sathidagina qo‘llanilib, ma’lum bir so‘z yoki so‘z birikmasining ma’nosini xususiy ma’no bilan ifodalab beruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi”.
Atamashunoslikning kelib chiqishi Avstriyalik olim Oygena Vyuster va Dmitriy Semyonovich Lottelarning sharafli nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular ilk tadqiqot ishlarini 1930-yilda nashr etganlar. Hozirgi vaqtda bir necha milliy maktablar – avstriya-nemis maktabi, frank-kanada maktabi, rus maktabi, Chexiya maktablari atamashunoslikning nazariy masalalariga turli tomondan yondashib, o‘z tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Ularning ichida Rossiya atamashunoslik maktabi yetakchilik qilmoqda: 2300 dan ortiq himoya qilingan dissertatsiyalar, 3500 dan ortiq terminlar o‘rganildi.
Hozirgi paytda atamashunoslik bir qancha tadqiqot yo‘nalishlariga bo‘linadi:
1. Nazariy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning rivojlanish va qo‘llanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
2. Amaliy terminologiya – terminlarning amaliy prinsiplari, terminlar va terminologiyaning kamchiliklarini yo‘qotish bo‘yicha tavsiyalar, ularning
qo‘llanilishi, yaratilishi va tarjimasiga doir vositalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
3. Umumiy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning umumiy xossalari, muammolarini o‘rganadi.
4. Xususiy terminologiya – ma’lum bir tilning aynan bir sohasiga mansub bo‘lgan terminlarni o‘rganadi.
5. Tipologik terminologiya – alohida terminologiyalarni qiyoslab o‘rganib, umumiy va alohida terminologiyaning xossalarini belgilaydilar.
6. Chog‘ishtirma terminologiya – turli tillardagi umumiy va maxsus terminologiyani chog‘ishtirib o‘rganadi va xossalarini keltirib chiqaradi.
7. Semasiologik terminologiya – maxsus leksemalarning semantika bilan bog‘liq muammolarini, semantik birliklarning o‘zgarishi, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, giponimiya kabilarni tadqiq qiladi.
8. Onomastik terminologiya – nomlashning maxsus leksemalarini, ularning nomlanish jarayoni, nomlashning optimal shaklini tanlashni tadqiq etadi.
9. Tarixiy terminologiya – terminologiya tarixini o‘rganib, terminlarning kelib chiqishi, shakllanish jarayonini tahlil etadi. Shu orqali terminlar tartibga solinadi. Shu yo‘nalishning natijalariga asoslangan holda tilshunoslikda yangi mustaqil fan – antropolingvistika ajralib chiqdi.
10. Funksional terminologiya – zamonaviy terminlarning turli matnlardagi, professional muloqot holatlarida, mutaxassislarni tayyorlashdagi vazifalari, shu bilan birga nutqda va kompyuter tizimida terminlardan foydalanish xossalarini o‘rganadi6.
Demak, sayyoh-gid hamrohligi faoliyati terminolgiyasiga xos umumiy xususiyatlar umumtilshunoslikning yaxlit tizimidan ajratilmagan holda o‘rganishni taqozo qiladi. Gid hamrohligi terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning inson aqliy faoliyati va tajribalarining konseptual bosqichlari orqali namoyon bo‘lishida kuzatiladi. Mazkur terminologik tizimda turizm tizimidagi bugungi kunda funksional jihatdan yetakchi terminlar vazifasini bajarayotgan terminlar o‘z ifodasini topadi.
§ 21. Yangi so`zlar va mavzu bo`yicha matn
여행- sayohat
여행하다-sayohat qilmoq
여행사 - sayohat firmasi
예정- reja
일정=스케줄-javal
예약하다- buyrutma qilish
취소하다-bekor qilish
놓치다-o'tkazib yuborish
짐-yuk
챙기다- tartibga keltirmoq
휴대하다-olib yurish
빠뜨리다-o'tkazib yubormoq
현지-mahalliy joy
가이드-gid
일행-partiy, kompaniya
안내하다-rahbarlik qilish
지도-xarita
관광 -turizm
관관객- turist
관광지- turistik joy
구경하다-tomosha qilmoq
기념품-suvenir
바가지를 쓰다-chuv tushmoq
눈이 선하다-ko‘z oldiga keltirmoq
발이 묶이다-bora olmay ham kela olmay qolmoq
숙소-turar joy
호텔-mehmonxona
모텔-motel
여관-otel
콘도-kvartira
묵다-turar joy
숙박하다-tunab qolmoq
박-tun
해외여행-chet el sayohati
해외-chet el
외국-chet ellik
국내 여행-mahalliy sayohat
출국-davlatidan chiqish
귀국-davlatiga qaytish
입국-davlatga kirish
비자-viza
연장하다-uzaytirish
여권-pasport
신고하다-hisobot bermoq
관광버스- turistik avtobus
관광업체- tourism idorasi
관광열차 - turistik poyezd
관광 안내소 - turbyuro
여가 시간-bo‘sh vaqt
관광통역 - turizm tarjimoni
지속가능한 관광 - barqaror turizm
장기적 - uzoq muddat
문화자원 - madaniy resurs
관광객의 윤리의식 - turistlarning axloqi
생태관광- ekologik turizm
자연자원 보존- tabiiy resurslarni saqlash
경제 발전- iqtisodiy rivojlanish
녹색관광- yashil turizm
휴양 - dam olish
문화유산관광- ma'daniy meros turizmi
자연유산- tabiiy meros
관광상품- turizm mahsulotlari
대중관광 - ommaviy turizm
가처분 소득 -sof foyda
관광 현상- turizmni ommalashtirish
정책적 지원 - siyosiy qo‘llab-quvvatlash
사회계층- ijtimoiy sinf
복지관광- ijtimoiy turizm
저소득층 - kam ta'minlangan
대안관광 - muqobil turizm
보편화되다- universallashtirmoq
환경파괴 - atrof muhitga putur yetishi
교통혼잡- transport tirbandligi
발문객 - tashrif buyuruvchi
다크투어리즘 - qorong‘u turizm
전쟁기념관 - urush yodgorligi
국립묘지- milliy qabriston
의료관광 - tibbiy turizm
진보되다- rivojlanmoq
성형수술- kosmetik jarrohlik
한류 - koreya to‘lqini
인센티브투어- rag‘batlantiruvchi sayohat
보상휴- kompensatsiya ta‘tili
보상차 - kompensatsiya mashinasi
여행상품- sayohat tavarlari
고품격 호텔- arxaik mehmonxona
Do'stlaringiz bilan baham: |