Sivilizatsiyaviy
( m a ’rifiy)
yondashuv
formatsiyali yondashuvni to ‘liq
rad etm agan holda, davlat tipologiyasini m am lakatlar erishgan taraqqiyot
darajasiga bog‘liq ekanligiga asoslanadi. Sivilizatsiyaviy yondashuv sinfiy
yondashuvdan ancha keng. M a’rifiy tipologiyada davlat sivilizatsiya m ah-
suli sifatida nam oyon b o ‘ladi.
Bu yondashuvning ko‘zga ko‘ringan vakili A. Toynbidir. Uning
fikricha, sivilizatsiya — jam iyatning milliy, diniy, ju g ‘rofiy va boshqa bel-
gilarining yaxlitligi bilan ajralib turadigan m uayyan holatidir. Unga
binoan, davlatlar xronologik, genetik, ju g ‘rofiy, hududiy, diniy, iqtisodiy
asoslar va hokazo m ezonlarga ko ‘ra tiplarga ajratiladi.
D avlatlarni hududlarining hajmiga qarab katta, o ‘rta va kichik davlat
larga b o ‘lish m um kin. K atta hududli davlatlarga Rossiya Federatsiyasi,
A Q SH , Xitoy, H indiston va M eksika kabi davlatlarni misol qilsak, o ‘rta
hajmli hududdagi davlatlarga 0 ‘zbekiston, Fransiya, G erm aniya, Ispaniya
kabi davlatlarni olish m um kin. Kichik davlatlar qatoriga Kipr, D aniya,
V atikan kabi davlatlarni ko‘rsatish m um kin. D avlatni izohlashga tarixiy
nuqtai nazardan yondashuv asosida ularni qadim iy, o ‘rta asr va hozirgi
zam on davlat turlariga ajratsa b o ‘ladi.
Q adim iy davlatlar Y evropada m iloddan avvalgi IX—VII asrlarda
mavjud b o ‘lgan. 0 ‘rta Osiyo hududida ilk davlatlar sifatida dastlab K atta
X orazm , S o ‘g ‘d, Q ang‘ va Baqtriya davlatlari paydo b o ‘lgan. 0 ‘rta asrlarga
0 ‘zb ekisto n h u d u d id a paydo b o ‘lgan va rivojlangan Som oniylar,
Q oraxoniylar, Saljuqiylar va A shtarxoniylar davlatlari misol b o ‘la oladi.
Hozirgi zam on davlat turlari sifatida, ayni vaqtda, rivojlanayotgan 0 ‘zbe-
kiston, Q ozog‘iston, Q irg‘iziston kabi davlatlarni ta ’kidlab o ‘tish mum kin.
Tarixiy va m adaniy rivojlanishiga ko ‘ra esa davlatlar dehqonchilik
77
DAVLAT VA H U Q U Q NAZARIYASI
bilan shug‘ullanuvchi (agrar) va sanoat bilan shug‘ullanuvchi (industrial)
davlatlarga b o ‘linadi. Agrar davlatlarning aksariyati Osiyo hududida joy-
lashgan b o ‘lib, ushbu davlatlar xalqlarining turm ush tarzi va hayot
kechirish manbayi asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishga m oslash-
gan. Sanoat bilan shug‘ullanuvchi davlatlar sifatida ko ‘proq Yaponiya,
AQSH va Yevropa m am lakatlarini qayd etish m um kin. 0 ‘zbekiston
Respublikasi sanoatlashgan agrar davlat tipiga kiradi.
M a’rifiylik tavsifiga ko‘ra, davlatlar — Sharq va G ‘arb tiplariga
boNinadi. Sharq davlatlariga Osiyo hududida joylashgan davlatlarni, G ‘arb
davlatlariga Yevropa m intaqasi m am lakatlarini k o ‘rsatish m um kin.
M am lakatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi jo n boshiga to ‘g ‘ri
keladigan yillik yalpi ichki m ahsulotning (Y alM ) hajmi b o ‘yicha yuksak
darajada rivojlangan (Lyuksem burg, Shveytsariya, Y aponiya, A m erika),
o ‘rta darajada rivojlangan (R ossiya, Q ozog‘iston, 0 ‘zbekiston) va
“qashshoq” (Efiopiya, N igeriya, K ongo, Malavi) davlatlarga b o ‘linadi.
M a’rifiy tipologiyaning ijobiy jihatlari, birinchidan, m a ’lum sharoit-
lardagi m adaniy om illar tipologiyaning asosiy m ezoni qilib olinadi,
ikkinchidan, m a ’naviy m ezonlarning ko‘pligi, m uayyan sivilizatsiyaning
o ‘ziga xos xususiyatlari tipologiyani aniq am alga oshirishga im kon be rad i.
78
IV B O B . D AVLATN IN G SHAKLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |