Ill B O B . DAVLAT H AQ ID A U M U M IY Т А ’ LI M O T
III B O B
DAVLAT HAQIDA UMUMIY TA’LIMOT
l - § . D avlat tushunchasi va m ohiyati
Davlat va huquq nazariyasida davlatning mohiyati masalasi markaziy
o ‘rinni egallaydi. Binobarin, fanning boshqa barcha m uam m olarini hal
etish “davlat nim a” degan savolga beriladigan javobning ma'nosiga
bog‘liq. Davlat masalasi eng murakkab, eng qiyin m uam m o b o ‘lganligi
bois insoniyatning aqlpeshalari bu to ‘g‘rida xilma-xil va serqirra fikrlar
bildirganlar.
Davlatshunos olimlardan biri A. Parshin shunday deb yozgan edi:
“ Davlatning tabiatini va mohiyatini teran va har tom onlam a anglamay
turib, davlatni oqilona va malakali boshqarib b o lm a y d i” 1. Falsafa kate-
goriyalaridan biri b o ‘lmish mohiyat narsa, hodisa, buyum, jarayonlarning
ichki, m uhim , asosiy, zaruriy, barqaror jihatlarini, aloqalarini, o ‘zaro
munosabatlarini, qonuniyatlarini ifodalovchi belgilarining yig‘indisidir.
Davlatning mohiyati borasida izlanganda, uning m uhim belgilarini, bar
cha jihatlarini tavsiflovchi xususiyatlarini, faoliyati va nam oyon b o ‘lish
qonuniyatlarini ochishga intilamiz. Davlatning mohiyati uning ijtimoiy
hayotda bajaradigan vazifasini (ijtimoiy m unosabatlam i boshqarish, ularni
tartibga solish) aniqlashni ham qamrab oladi.
Davlat murakkab ijtimoiy hodisa b o ‘lganligi bois, uning mohiyati va
ta ’rifi xususida qadim dan turli-tum an mulohazalar bildirib kelinadi.
Jum ladan, qadimgi rim faylasufi va siyosiy arbobi Mark Tulliy Sitseron
(mil. av. 106 — 43) “davlat n im a ” degan savolga javob izlab, shunday deb
yozgan: “ Davlat — bu um um iy huquqiy tartibotdir; davlat — bu xalq ishi,
faoliyati, xalqqa munosib ishdir” . Alloma xalq deganda kishilarning har
qanday jam oasini emas, balki ko‘pchilik aholining huquq masalalaridagi
o ‘zaro kelishuvi va manfaatlar umumiyligi asosidagi birlashuvini tushun-
gan2.
1 Q a r a n g:
П арш ин Л.
Ч то тако е государство? Н аучн ое и ссл ед о ван и е п ри роды государ
с т в а , - С П б ., 1907. С .17.
2 О а г a n g:
Цицерон М. Т.
О государстве / / М ухаев Р.Т. Х рестом ати я по тео р и и государства
и п рава, п о л и то л о ги и , и сто р и и п о л и ти ч ески х и п равовы х у чен и й . — М ., 2000. С .74.
57
DAVLAT VA H U Q U Q NAZARIYASI
Uyg‘onish davrining buyuk donishmandi N.Makiavelli davlat timso-
lida jamiyatning siyosiy holatini ko‘rgan. U o ‘zining “ G o su d a r” nomli
asarida “ insonlar ustidan hukmronlik qilgan va hukmronlik qiluvchi b ar
cha davlatlar mohiyatan yo respublika, yoki tanho boshqariluvchi tuzil-
malar bo ‘lgan” , — deb yozgan edi. Bu o ‘rinda davlat hokimiyatni am al
ga oshirish vositasi ekanligiga urglu berilgan.
Davlatning mohiyatini anglashda “ hokimiyat” , aniqrog‘i “siyosiy
hokimiyat” hodisasi alohida ahamiyat kasb etadi. M a ’lumki, siyosiy yoki
davlat hokimiyati ijtimoiy hokimiyatning yagona turi emas. Hokimiyat
kishilarning muayyan maqsad yo‘lida uyushgan va barqaror xususiyatga
ega b o ‘lgan jamoasiga xosdir.
Hokimiyat — kishilik jamiyati paydo b o ‘lganidan buyon mavjud va
hozirgacha o ‘zining qudratli “joziba”si bilan insonlar aqlini tortib kela
yotgan nihoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Bugungi kunda aksariyat
olimlar e'tiro f etgan nuqtai nazarga ko‘ra, hokimiyat — muayyan shaxs
(guruh)ning u yoki bu kishi (guruh) ustidan boshqaruvni amalga oshirish
(hukmronlik qilish), u yoki bu narsaning taqdirini hal etish huquq-
imkoniyatidir. Hokimiyatning m uhim sifati uning kishilar o ‘rtasidagi iro-
daviy munosabat ekanligida ifodalanadi. Hokimiyat bu shunday ijtimoiy-
irodaviy munosabatki, bunda hukmron irodaning ustunligi, belgilovchi
roli t a ’minlanadi1. Hokimiyat amalga oshgan joyda muayyan irodaviy akt
(munosabat) bor va shuning natijasida ro‘y beradigan boshqaruv va
boshqarilish mavjud. Boshqaruv esa o ‘ziga nisbatan m a ’lum b o ‘ysunishni,
tobelikni talab etadi. Demak, hokimiyat bo‘ysunish va zarur bo'lganda
majburlash elementlari orqali amalga oshiriladi. M a ’lum obro6 (avtoritet)
va bobysunishsiz boshqarish m um kin emas.
Avtoritet (hokimiyat vakolatlari tufayli erishiladigan mavqe) itoat
etuvchilarga hukm ron irodaning o ‘tkazilishidir. Ikkinchi to m o nd an,
avtoritet itoat etilishini nazarda tu tadi2. H ukm ronlikka erishishda
majburlash, z o ‘rlik ishlatish, ishontirish, rag‘batlantirish, tarbiya kabi turli
usul va vositalardan foydalaniladi. Hokimiyatning alohida ijtimoiy-siyosiy
ahamiyatga ega b o ‘lgan turi davlat hokimiyatidir. Davlat hokimiyati
1 Q a r a n g:
Кейзеров H.M .
Власть и авторитет. -
М..
1973. С. 38.
2
М аркс К., Энгельс Ф.
С оч. Т. 18. С . 302.
58
Ill B O B . DAVLAT H AQ ID A U M U M IY T A ’ LIM O T
ommaviy-siyosiy xususiyatga ega b o ‘lib, asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatni
uyushtirish va boshqarishdan iborat. U muayyan tashkiliy shakllarda
nam oyon b o ‘ladi, maxsus usullar va vositalar bilan amalga oshiriladi.
Hozirgi zam on demokratik jamiyatlarida davlat hokimiyati huquq
vositasida, konstitutsiya tarzidagi qonunlarda institusional ko ‘rinishda ras-
miylashtiriladi.
Hokimiyat har qanday ijtimoiy birlikning faoliyat ko‘rsatish sharti
(vositasi)dir. Bunda hokimiyat ushbu hamjamiyatga mansub shaxslarning
undagi yagona rahbariy irodaga b o ‘ysunuvi munosabatlari tarzida n a m o
yon b o ‘ladi. Bayon qilingan mulohazalar asosida hokimiyatning quyidagi
t a ’rifmi taklif etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: