" s h a r q " n a sh r iy o t -m a t b a a a k s iy a d o r L ik k o m pa n iy a si bosh t a h r ir iy a t I



Download 17,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/702
Sana02.01.2022
Hajmi17,78 Mb.
#307312
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   702
Bog'liq
Одилқориев Х.Т. Давлвт ва ҳуқуқ назарияси.Дарслик (1)

5) 

Z o‘ravonlik  nazariyasi. 

Davlat  va  huquqning  kelib  chiqishi 

to ‘g ‘risidagi  g‘arbda  tarqalgan  nazariyalardan  bin  z o ‘ravonlik  nazariya- 

sidir.  M azkur  nazariyaning eng  ko ‘zga  ko‘ringan  tarafdorlari  b o ‘lib,  nemis 

faylasufi  va  iqtisodchisi  Ye.  Dyuring  (1833— 1921),  Avstriya  jam iyat- 

shunosi  va  davlatshunosi  L.G um plovich  (1838— 1909),  K.Kautskiy 

(1854— 1939)  va  boshqalardir.

Z o ‘ravonlik  nazariyasining  asosida  davlat  va  huquqni  kelib  chiqishi- 

ning  bosh  sababi  —  bosqinchilik,  zo‘ravonlik  va  bir  qabi-lani  ikkinchi 

qabila  tom onidan  zulmga  d uch or  etish,  degan  g ‘oya  yotadi.  Davlat  va 

huquqning  kelib  chiqishi  to ‘g‘risidagi  z o ‘ravonlik  nazariyasining  kelib 

chiqishi  uzoq  o ‘tmishga  ega.  Qadimgi  yunon  faylasuflari,  sofistlarning 

ta ’limotlarida,  davlat  kuchlarning  farovonligini  ko‘zlab  yaratilgan  tash- 

kilot,  huquq  esa  jamiyatdagi  mavjud  bir  aholini  ikkinchi  bir  aholi 

tom onidan  tutqinlikda  saqlab  turish  uchun  qurol  sifatida  vujudga  kelgan- 

ligi  aytib  o ‘tiladi.

0 ‘rta  asrlarda  yashab  ijod  etgan  T.G obbs  tom onidan  davlat  va 

huquqning  vujudga  kelishi  negizida  z o ‘rlik  yotishi  asoslab  beriladi. 

Davlatning  kelib  chiqishi  va  siyosiy  hokimiyatning  mavjud  b o ‘lishi,  tabi- 

atan  aqlli  mavjudot,  lekin  o ‘ta  shaxsiyatparast  b o ‘lgan  insonning  xususi- 

yati  bilan  bog‘liq.  Tabiiy  ishtiyoqlar:  shuhrat  va  hokimiyatparastlik,  o ‘zaro 

ishonchsizlikka,  dushmanlikka,  qasos  olishga  intilishga  va  oxir-oqibatda 

“ ham m aning  hammaga  qarshi  urushi”  olib  keladi.  Bu  esa  insonning  tabi­

iy  holati  hisoblanadi.  Davlatgacha  b o ‘lgan  davrda  urug‘  tuzumi  emas, 

balki  fuqarolik  urushi,  turli  kurashlar  amal  qilgan.  Ushbu  urushlar  nati- 

jasida  insonlar  o ‘zaro  qirilib  ketish  xavfiga  duch  keldilar.  Ong  va  o ‘zini 

o ‘zi  saqlab  qolish  instinktiga  ega  b o ‘lgan  inson,  o ‘lim  q o ‘rquvi  ostida 

“ ham m aning  hammaga  qarshi  urushi”  holatidan  chiqishi  zarurligini 

anglab  yetdi.

Urushlar  natijasida  nafaqat  m a ’lum  bir  qabilalar  ikkinchi  bir  qabi- 

lalarni  asoratga  soladi,  shuning  bilan  birgalikda  g ‘alaba  qozongan  qabila 

yer-mulkka,  moddiy  manbalarga  ega  b o ‘ladi.  Davlatgacha  b o ‘lgan  davrda 

“ h a m m a n in g   ham m aga  qarshi  u ru shi”  holati  b o ‘lganligini  nemis 

mutafakkiri  F.Nitsshe  (1844—1900)  ham  ta ’kidlaydi.  U ning  fikricha,  tarix 

ikki  tipdagi  irodalar:  kuchsizlarning  kuchlilarga  qarshi  kurashidan  iborat.

52



II  B O B .   DAVLAT  VA  H U Q U Q N IN G   V U JU D G A   KELISHI

Kuchsizlar  kuchlilarga  qarshi  q o ‘zg‘olon  ko‘taradi,  jamiyatda  tenglikni 

o ‘matishga  intiladi.  U rush  insonlami  jamiyat  va  davlatga  birlashishga 

majbur  qiladi.  H uquq  —  urush  va  glalabaning  natijasidir.  M ag‘lub  xotini, 

bolalari  va  butun  mulki  bilan  g‘olibga  tegishlidir.  Urush  davlat  uchun 

zaruriyatdir.  Jamiyatga  qul  qanchalik  zarur  b o ‘lsa,  urush  ham  davlat 

uchun  shunchalik  zarurdir.  Urush  tufayli  insonlar  tabiiy  holatga  qaytadi.

Urushlar  faqat  bosqinchilik  emas,  u  davlatning  vujudga  kelishi  uchun 

iqtisodiy  poydevor  ekanligini  asoslagan  K.Kautskiyning  fikricha,  yow oyi 

qabilalar  urush  orqali  o ‘ziga  q o ‘shni  b o ‘lgan  o ‘troq  qabilalarning  yerlari- 

ni  bosib  oladi.  Bunday  bosqinchilik,  ularga  juda  katta  boylik  keltiradi. 

Bunday  holatlarda  jangchi  b o ‘lib  hizmat  qilish  jud a  ham  foydali  bo ‘lib, 

ulardan  ko‘p  harakatni  talab  etmaydi.  Urushlar  uchun  zarur  b o ‘lgan 

qurol,  ovchilik  uchun  zarur boNgan  qurol  bilan  teng  edi  va  u  mulkka  ega- 

lik  qilish  uchun  m uhim   vosita  edi.

K.Kautskiy  1931-yilda  nashr  ettirilgan  “Tarixni  materialistik  tushu- 

nish”  asarida  m azkur  nazariyani  asoslaydi.  Unga  ko‘ra,  davlat  va  huquq 

bir  vaqtning  o ‘zida  amal  qiladi.  G ‘olib  qabila  mag‘lub  qabilani  o ‘ziga 

bo^ysundiradi,  ularning  yerlarini  o ‘zlashtiradi  va  mag‘lub  qabilani  doimiy 

ravishda  g'olib  uchun  ishlashga,  ularga  soliq  va  yig‘im  to ‘lashga  majbur 

qiladi.

Z o ‘ravonlik  nazariyasi  asosiy  qoidalarini  shakllantirib,  uni  rivojlantir- 

gan  o hm   L.Gumplovich  b o ‘ladi.  Yevropa  va  Osiyoda  bir  qator  daviat- 

larning  paydo  b o ‘lishini  tahlil  etib,  L.Gumplovich  “bir  sinfning  ikkinchi 

sinf  tom onidan  b o ‘ysundirilishi  natijasida  davlat  vujudga  keladi,  —  deb 

xulosa  chiqaradi.  U ning  fikricha,  davlat  zo‘rlik  yordam ida  emas, 

boshqacha  tarzda  vujudga  kelganligini  isbotlovchi  birorta  ham  misolni 

tarix  taqdim  eta  olmaydi.  Bundan  tashqari,  bu  har  doim  bir  qabilaning 

boshqa  qabila  ustidan  z o ‘rligi  boMib,  u  kuchli  qabilalar  tom onidan  kuch- 

sizroq,  o 'troq   aholini  bosib  olish  va  qul  qilishda  ifodalanadi.  Davlat  ijti­

moiy  shartnom a,  ilohiy  kuch,  oliy  g‘oya  asosida  emas,  balki  z o ‘ravonlik 

natijasida  vujudga  keladi.

Jamiyat  rivojlanib  borgan  sari  qabila  davlat,  sinf davlatga  o ‘sib  o ‘tgan. 

Sinf  davlatning  asosi  b o ‘lib,  mulk  egalarining  iqtisodiy  hukmronligi 

bo‘lgan.  L.Gumplovich  fikricha.  qabilalarning sinf va  tabaqalarga  aylanish

53



DAVLAT  VA  HU Q U Q   NAZARIYASI

jarayoni  bilan  shuningdek,  davlatning  evolyutsiyasi  bilan  ongning  rivoj- 

lanishi  jarayoni  amalga  oshadi.  “ Davlat  shakllanishi  bilan  qabilaviy  on g­

ning  m a ’lum  qismi  yo‘qolib  borib,  qolgan  qismi  qabilalarning  sinf  va 

tabaqalarga  aylanib  borishi  orqali,  sinf va  tabaqa  ongiga  aylanib  b oradi” .

Shunday  qilib,  zo‘ravonlik  nazariyasi  davlat  va  huquqning  vujudga 

kelishini  faqat  zo‘rlik,  bir  qabilaning  boshqa  qabilani  bosib  olishi,  uning 

mulki,  yeriga  egalik  qilishi,  bosib  olingan  qabila  a ’zolarini  qullarga  aylan- 

tirishi  natijasi  sifatida  tushuntiradi.


Download 17,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   702




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish