2)
Tabiiy huquq nazariyasi.
Ilmiy adabiyotda ju da keng tarqalgan
tabiiy huquq nazariyasi qadim zamonlarda vujudga kelgan nazariyalardan
biri hisoblanadi. Tabiiy huquq nazariyasining paydo b o iish i va uning
rivojlanishi Qadimgi Yunon, Rim
va Xitoy mutafakkirlari faoliyati va
ijodi bilan bog iiq.
M azkur nazariyaning alohida qoidalari miloddan aw algi V—IV asr-
larda Qadimgi Yunonistonda faoliyat yuritgan sofistlar tom onidan rivoj-
lantirilgan. Sofistlarning fikricha, insonlar paydo bo iishlari bilan hech
qanday qoidaga rioya qilmasdan yashaganlar, am m o keyinchalik o ‘zlari-
ning xavfsizliklarini ta ’minlash, o ‘zaro birlashib yashash uchun turli xil
qoidalarni ishlab chiqishga majbur boiganlar.
44
II B O B . DAVLAT VA H U Q U Q N IN G V U JU D G A KELISHI
Qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun va Arastularning nuqtayi
nazariga ko‘ra h am m a q onunlar ham insonlar tom onidan q a t’iy ravishda
yaratilgan emas. Insonlar tom onidan yaratilgan qonunlardan tashqari
“ insonlar qalbida joylashgan ilohiy qonunlar ham mavjud” . Boshqacha
qilib aytganda, inson irodasiga bog‘liq ravishda yaratilgan qonunlar, ya'ni
davlat to m on id an chiqarilgan qonunlardan tashqari, inson xohish-irodasi-
ga bog‘liq b o ‘lmagan qonunlar ham mavjud bo‘lib, ular tabiiy huquqdan
iboratdir. Bu qo nunlar asosida boqiy, ajralmas ilohiy tartib hukmron
bo'lib, ular nafaqat insonlar o'rtasidagi munosabatlarni, balki “butun
dunyoni yaratilishini tartibga soladi” .
Arastuning fikricha, davlat tabiatdan mavjud bo'ladi va tabiatan har
bir insonga nisbatan birlamchidir. Tabiat barcha insonlarga davlat uyush-
masiga intilish ishtiyoqini joylagan. Birinchi bo'lib, kim ushbu uyushmani
tashkil etgan bo'lsa, u insonlarga mislsiz xizmat ko'rsatgan1.
Davlat tabiiy taraqqiyot mahsuli bo'lib, shu jihatdan u oila va qishloq
kabi odamlarning birlamchi uyushmasiga o'xshashdir. Ayol va erkakning
o'zlaridan nasi qoldirish uchun birlashishi oilani vujudga keltiradi.
Oilalarning ko'payishi qishloqlarni va qishloqlarning kattalashib ketishi
davlatni vujudga keltiradi. Qadimgi Yunon faylasufi Epikur (er.av. 341 —
270) tabiiy huquq nazariyasini yoqlab chiqadi. Uning fikricha, tabiat
xudoning aralashuvisiz, o 'z qonunlariga binoan rivojlanadi. Adolat, tabi
atan bo'lib, — bu foyda to'g'risida, bir-biriga zarar yetkazmaslik va zarar
ko'rmaslik maqsadida tuzilgan shartnomadir.
Qadimgi yunon tarixchisi Polibiy (er.av. 210— 123) davlatchilikning
vujudga kelishi va davlat shakllarining almashuvini, tabiat qonunlari
bo'yicha amalga oshadigan tabiiy jarayon sifatida tavsiflaydi. Kishilik
hamjamiyatining vujudga kelishini barcha tirik mavjudotlarga xos bo'lgan
tabiiy zaiflik ham hayvonlarni va ham insonlarni yagona to'daga
uyushishga olib keladi.
Qadimgi rim huquqshunoslari va faylasuflari asarlarida tabiiy huquqiy
ta ’limotlar o 'z aksini topgan. Rim huquqshunoslarining fikricha, rim
huquqi ius sivil (faqat rim fuqarolari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga
1
Аристотель.
Сочинения в четырех томах. Том 4. — М.: Издательство «Мысль», 1983. 379-с.
45
DAVLAT VA H U Q U Q NAZARIYASI
soluvchi, qadimiy rim huquqi), ius gentum (rim fuqarolari bilan boshqa
xalqlarning o ‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq) va
ius natural — tabiiy huquqdan iboratdir. Qadimgi yunonlar kabi rimliklar
ham huquqni ijobiy huquq, tabiiy huquq, ilohiy huquqqa b o ‘ladilar.
Rim huquqi rivojlanishining barcha bosqichlarida rim h u q u q
shunoslarining fikricha, tabiiy huquq mohiyati va uning barcha xalqlar
uchun umumiy b o ig a n munosabatlarida farq mavjud b o ig a n . Ba’zi rim
huquqshunoslari ularni bir-biridan ajratishgan. Ba’zilari ularni teng
ko‘rishgan. A m m o deyarli barcha rim huquqshunoslari qadimgi yunon
huquqshunoslari va faylasuflaridan farqli ravishda, o ‘z diqqat-e’tiborlari-
ni bir qator holatlarda ijobiy huquq tabiiy huquqqa zid kelishiga qarat-
ganlar. Tabiiy huquq bilan ijobiy huquq o ‘rtasidagi ziddiyatlardan biri
shuki, tabiiy huquqda barcha kishilar huquqda tengdirlar, ular o ‘rtasida
sinfiy va boshqa ijtimoiy belgilariga ko‘ra farq b o iis h i kerak emas degan
g ‘oya yotsa, ijobiy huquq esa aynan o ‘sha farqlar asosida shakllanadi.
Stoitsizmning asoschisi b o ig a n Z eno n (er. av. 336—264) ta ’limotiga
kobra, tabiiy huquq ilohiydir ham da haqiqatni buyuruvchi va nohaqni
taqiqlovchi kuchga egadir. Stoiklar fuqarolik hamjamiyati asosida inson
larni bir-biriga nisbatan tabiiy intilishi, ularning o ‘zaro tabiiy aloqalari
yotishini ta ’kidlaydilar. Shunga ko ‘ra, davlat sun'iy, shartli, shartnoma
asosida vujudga kelgan uyushma b o lm a s d a n , balki tabiiy birlashmadir.
Rim stoiklarining ilohiy va insonlar dunyosining yagonaligi g‘oyasidan
kelib chiqib, rim faylasufi, davlat arbobi Seneka, insonlarni o ‘zaro qon-
qarindoshligini, yagona tananing qismlari deb hisoblaydi. Uning fikricha,
tabiat barcha odamlarni bir xil m oddadan bir xil maqsad uchun yaratgan.
Oliy saodat inson tanasiga joylashtirilgan ilohiy ruh b o ig a n ong
hisoblanadi. Onglilik insonni xudoga m onand qiladi. Tabiat insonga ong-
dan tashqari, inson u ru g ln in g yagonaligi asosida yotuvchi hamjamiyatga
uyushish layoqatini ham bergan. Ong va o ‘zaro muloqot tufayli insonlar
yashash uchun kurashda hayvonlardan ustun keldilar, tabiat hodisalarini
b o lysundirdilar va yaqin hamjamiyat b o l i b yashay boshladilar.
Koinot, Senekaning fikricha, o ‘zining tabiiy huquqi bilan tabiiy
davlatdir, uni tan olish zaruriy va ongli ish. Tabiat qonuni bo ‘yicha ushbu
davlatning a ’zolari b o lib , uni tan olishi yoki olmasligidan q a t’i nazar,
46
II B O B . DAVLAT VA H U Q U Q N IN G VU JU D G A KELISHI
barcha insonlar hisoblanadi. Alohida davlat tuzilmalari esa, ular tasodifiy
yoki butun insoniyat uchun emas, faqat cheklangan doiradagi insonlar
uchun ahamiyatga ega.
Davlat vujudga kelishining sababini, rim huquqshunosi M.T.Sitseron,
faqat insonlarning zaifligida emas, balki ularning birgalikda yashashga
b o ig a n ishtiyoqidan deb biladi. Sitseron Arastu t a ’limoti asosida, davlat
ning paydo b o lis h id a oilaning ahamiyatini ham uqtiradi.
Davlat va huquq o ‘zining tabiati va mohiyatiga k o‘ra ilohiy xarakter
ga ega va um um iy ong ham da adolatga asoslanadi. Butun tabiatni o ‘rga-
nish, dunyoni ong boshqarishini anglashga olib keladi. Insonlarda tabi
atan ong va adolat mujassamlangan b o lib , shu tufayli ular ilohiy asoslarni
egallashlari, tartibga solingan insonlar uyushmasi, ezgulik, davlat va
huquqning kelib chiqishi mumkindir.
Tabiiy huquq nazariyasi o 'rta asrlarda bir qator o ‘zgarishlarni boshi-
dan kechirgan. Inson tabiatining umrboqiyligi va o ‘zgarmasligi haqidagi
ta ’limot o ‘zgarmagan holda, endi tabiiy huquqning kelib chiqishi tabiat
bilan b o g la n m a sd a n , ilohiy kuchlarga b o g la b q o ‘yildi.
Gollandiyada G ugo Grotsiy va Spinoza, Angliyada Tom as Gobbs va
Jon Lokk, Fransiyada Jan Jak Russo, Pol Golbax, Rossiyada Aleksandr
Radishev va boshqalar tabiiy huquq nazariyasining rivojlanishiga o ‘zlari-
ning munosib hissalarini q o ‘shdilar.
Tabiiy huquq maktabining asoschilaridan biri G ugo Grotsiyning
fikricha, inson tabiati tabiiy huquqning onasi hisoblanadi. Tabiiy huquq,
bu insonlarga allaqachon tegishli b o ig a n narsalarni berish va ularga nis
batan yuklatilgan majburiyatlami bajarish demakdir. Haqiqat (adolat)
tabiiy huquq normalariga muvofiqlikdir. Tabiiy huquq hech kimning iro
dasi mahsuli bolm aganligi uchun ham, hech kimga b o g iiq emas.
Fransiyadagi revolyutsion harakatning nazariy asosini yaratgan va uni
g‘oyaviy asoslab bergan. Jan Jak Russo (1712—1778) tabiiy huquq
haqidagi t a ’limotni mantiqiy nihoyasiga yetkazdi. Jan Jak Russo tabiiy
huquq nazariyasini atrof-muhitdagi voqelik bilan solishtirib, o ‘sha davrda-
gi tuzum ni qattiq qoraladi.
Inson o ‘z tabiatiga ko‘ra, — deb yozadi Russo ozod va erkin b o lib
tu g lla d i, am m o biz hozirda ularning huquqlarini bir joyda kishanlan-
47
DAVLAT VA HU Q U Q NAZARIYASI
ganini ko‘ramiz. Tabiatan barcha kishilar bir-birlari bilan o ‘zaro qon-
qarindoshdirlar, am m o ham m a joyda biz turli qatlamlar, guruhlar va sinf-
lar o ‘rtasidagi bunday farqning sababi, Russoning fikricha boylik uchun
olib borilayotgan kurashdir. Insonlar boshiga tushayotgan bunday kulfat-
larni asosiy sababi hususiy mulkka egalik qilish va tengsizlikdir. Tabiiy
huquqqa qarshi Angliyada I. Bentam maktabi vujudga kelib uning asosi
da inson xatti-harakati yotadi, degan fikr ilgari surilgan. Bunda barcha
tabiiy va ijtimoiy voqea m a ’lum bir maqsadga erishish nuqtayi nazaridan
asoslab berildi.
Shunday qilib, tabiiy huquq, har qanday huquqning, shuning bilan
huquqiy tartibotning, ijobiy huquqning, axloqiy huquqning, siyosiy
huquqning va shu kabi huquqning boshqa shakllarining boshlangfich aso-
sidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |