4)
Shartnoma nazariyasi.
Shartnom a nazariyasining alohida elem ent-
lari oltin davr faylasuflari tom onidan ilgari surilgan b o ‘lsa-da, am m o u
o ‘zini hozirgi ko‘rinishini shartnom a nazariyasi sifatidagi o ‘m in i XVII—
XVIII asrlarda egalladi.
Shartnom a nazariyasining eng ko‘zga ko lringan vakillari Т. M or
( 1 4 7 8 - 1 5 3 5 ), G. Grotsiy ( 1 5 8 3 - 1 6 4 5 ), T. Gobbs (1 5 8 8 -1 6 7 9 ), J. Lokk
( 1 6 3 2 - 1 7 0 4 ),
Sh. Monteskye (1 6 8 9 -1 7 5 5 ), J. Russo (1 7 1 2 -1 7 7 8 ),
I. Kant (1724— 1804) va boshqa qomusiy olimlar b o ‘lib hisoblanadi.
Shartnom a nazariyasi tabiiy huquq nazariyasi birga yuzaga keldi va
mazkur nazariya negizida rivojlandi. Shartnom a nazariyasida asosiy e ’ti
b o r davlat va davlatning vujudga kelishi masalalariga qaratiladi.
Shartnom a nazariyasi tarafdorlari o ‘z asarlarida davlat va huquqning
vujudga kelishi, siyosiy hokimiyat va inson siyosiy erkinliginingg nisbati,
ommaviy hokimiyatni amalga oshirishda inson irodasining daxlsizligi
masalasini yoritganlar.
Qadimgi Xitoy mutafakkiri Mo-Szi (er. av. 479—400) insonlarning
tabiatdan tengligi g‘oyasini ilgari suradi. U birinchilardan b o ‘lib, davlatni
vujudga kelishining shartnom a nazariyasini ilgari suradi. Mo-Szi ta ’limo-
tining o ‘zagini oliy hokimiyatning xalqqa tegishligi g‘oyasi tashkil etadi.
Shartnom a nazariyasining asosiy qoidalari o ‘rta asrlarga kelib Yevropa
m utafakkirlarining t a ’lim otlarida rivojlantirildi.
Ingliz mutafakkiri
49
DAVLAT VA HU Q U Q NAZARIYASI
T.M orning fikricha, davlat xalq va hukm dor o ‘rtasida tuzilgan bitim nati-
jasidir.
Fransuz mutafakkiri J.J.Russo shartnom a nazariyasining barpo qili-
nishi va rivojlanishi uchun o ‘zining munosib xissasini q o ‘shgan. J.J. Russo
davlatning vujudga kelishini, xususiy mulkni vujudga kelishi bilan
bog‘laydi. Russo o ‘zining “ Kishilar o ‘rtasidagi tengsizlikni kelib chi-
qishining asoslari to ‘g‘risidagi fan” asarida davlatning vujudga kelishini
insonlarni mulkka egalik qilishi bilan bog‘laydi. Russo nazariyasiga ko‘ra
davlat ayyor, boy kishilar tom onidan tuzilgan reja asosida, shartnom a
asosida ularning manfaatlarini ham da ularning o ‘zlarini himoya qilish
maqsadida yaratilgan.
J.J.Russo fikricha, davlatgacha bo‘lgan davrda insonlar dastlab tabiiy
holatda yashagan. Tabiiy holatdagi tenglik tabiiy qo nundan kelib chiqqan.
Davlatning vujudga kelishida o ‘ziga xos shartnom a nazariyasini yoqlab
chiqadi. Hokimiyat, qonunchilik xalqning ajralmas huquqidir. Xalq
hokimiyatni hukmdorga topshirishi mumkin. Dastlabki shartnomaga
ko‘ra faqatgina um um iy iroda — butun xalq irodasigina alohida shaxslarga
biror-bir burch yuklatishi mumkin. H ukm dorni xalqqa b o ‘ysundiruvchi
hujjat — bu shartnoma emas, balki topshiriqdir.
Jamiyat har bir a ’zosi bir-birlariga b o ‘ysunish bilan birga, yana har
birining erkinligi o ‘z q o ‘lida saqlanadigan insonlar uyushmasi shaklini
vujudga keltirish, ijtimoiy shartnom aning asosiy vazifasidir. Shartno-
maning asosiy qoidalari shunday tuzilishi kerakki, uning biror-bir m od-
dasini buzilishi um um an shartnomaning o ‘zini buzilmasligiga olib kelishi
kerak. Shuning uchun shartnom a qoidalari h am m a uchun birday b o ‘lishi
va ham m a kishilar tom onidan birday tan olinishi kerak. Agar ijtimoiy
shartnoma qoidalari buzilgan taqdirda, uning har bir a ’zosi o ‘zlarini bosh-
lang‘ich tabiiy huquq va erkinliklariga ega boMishlari lozim.
Shartnom a nazariyasining boshqa tarafdorlari insonning tabiiy holati-
dan kelib chiqib, kishilar bir-biridan mustaqil ravishda teng va erkin
bo‘lishi kerak deydilar. Shartnom a nazariyasini rivojlantirgan J.Lokk
(1632— 1704) fikricha, siyosiy hokimiyatning yagona qonuniy manbayi
xalqning roziligi, ya’ni ijtimoiy shartnomadir. Davlat oldin tabiiy holat
b o ig a n . Tabiiy holat esa, bir qadar tartibga solingan va farovon b o ig a n .
50
II B O B . DAVLAT VA H U Q U Q N IN G V U JU D G A KELISHI
U n da hayot tabiat qonunlaridan kelib chiqib boshqarilgan. Bu tabiat
qonuni insonning tafakkuri b o ‘lib, inson tafakkuri kishilarga “ hech bir
inson boshqa bir insonning hayoti, sog‘ligi, erkinligi va mulkiga ziyon
yetkazmasligi kerak” '.
Nemis mutafakkiri I.Kantning fikricha, davlat ijtimoiy shartnoma
asosida vujudga kelgan. M azkur shartnom a axloqiy mukammal insonlar
o ‘rtasida tuzilgan. Ijtimoiy shartnomaga ko ‘ra, xalq, har bir alohida olin-
gan shaxs, davlatni tuzayotganida m a ’lum bir vaqtdagina o ‘zining tashqi
erkinligidan voz kechadi. Davlat vujudga kelgunga qadar tabiiy holatda
yashagan insonlar, qonuniy kafolatlardan m ahrum b o ‘lganlar. Axloqiy
burch, tabiiy huquqni hurm at qilishi, kishilami tabiiy holatdan fuqarolik
jamiyatiga o ‘tishga undaydi. Tabiiy holatidan fuqarolik jamiyatiga o ‘tish
tasodifiy hoi b o ‘lmay, kshilarning irodasiga bog‘liq. U kishilar o ‘rtasida
tuziladigan shartnom a asosida vujudga keladi.
Ijtimoiy shartnom a orqali xalq va hu km do r bitim tuzmasdan, balki
xalq o ‘ziga tegishli b o ‘lgan hokimiyatni hukmdorga topshirishi t o ^ r i s i d a -
gi yondashuv ham mavjud. Fransuz mutafakkiri Sh.L.Monteskye (1689—
1755) fikricha, davlatning mohiyati va kelib chiqishini ijtimoiy shartnoma
tashkil etadi. Davlat kishilarning ongli faoliyati mahsulidir. Tabiiy qonun-
lar kishilarni o ‘zaro yaqinlashtirib, dastlab oilani, oilalar esa kengayib
jamiyatni vujudga keltiradi. Ijtimoiy shartnom a xalq bilan hukm dor
o ‘rtasidagi bitim emas, balki faqat xalqning o ‘z hokimiyatini hukmdorga
topshirishidir.
Shunday qilib, davlatning vujudga kelishi t o ‘g ‘risidagi shartnoma
nazariyasi tabiiy huquqiy nazariya negizida vujudga kelib, o ‘rta asrlarda
shakllanib kelayotgan yangi tabaqa uchun hukm dorning mutloq hokimi
yatini cheklash, insonning hokimiyatdan mustaqil erkin iroda egasi ekan-
ligini asoslashga xizmat qildi. Hozirgi davrda ham m azkur nazariya
qoidalaridan hokimiyatning bir shaxs yoki bir guruh shaxs tom onidan
egallanib olinishiga, hokimiyatni suiiste’mol qilinishiga, insonlarning
huquq va erkinliklarini toptalishiga qarshi kurashda keng foydalanish
mumkin.
1 О a г a n g:
Локк. Дж.
Два трактата о правлении / / История политических и правовых
учений. Хрестоматия. — М ., 1996. С.92.
51
DAVLAT VA HU Q U Q NAZARIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |