logos — tushuncha, ta ’limot, xudo t o ‘g‘risidagi t a ’limotni anglatadi.
Diniy ta ’limotlar davlat va huquqning vujudga kelishi t o ‘g‘risidagi ilk
ta ’limotlardir. Davlatchilik va huquq shakllanishi bilan, uni diniy, ilohiy
tarzda tushunish yuzaga kelgan.
1 Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Отв. ред. проф.
М .Н .М арченко. — Том 1. Теория государства. — М .: Издательство «Зерцало», 2000. 30-стр.
II B O B . DAVLAT VA H U Q U Q N IN G V U JU D G A KELISHI
Avreliy Avgustin (354—430), al-Mavardi (974—1058), Ibn Rushd
(1 1 2 6 - 1 1 9 8 ), F om a Akvinskiy (1 2 2 5 -1 2 7 4 ), Ibn Xaldun (1 3 3 2 -1 4 0 6 )
kabi mutafakkirlar ham da yahudiylik, xristianlik va islom dini vakillari
tom onidan davlat va huquqning kelib chiqishi diniy asosda tushuntiriladi.
Qadimgi afsonalarda davlat va huquqning ilohiy tarzda kelib chiqishi
t a ’kidlanadi. Qadimgi Misr manbalariga k o ‘ra, azaldan hokimiyat
odamlar orasida yashagan xudolarga tegishli hisoblangan. Ularning orasi-
da bittasi eng qudratli b o ‘lgan. Vaqt o ‘tishi bilan hokimiyat insonlar
q o ‘liga o ‘tgan.
Qadimgi Bobil va H ind muqaddas kitoblarida hukm dor hokimiyati-
ning manbayi xudolar hisoblanib, ular yerdagi ishlar va inson taqdirini hal
etganlar.
Yahudiylik diniy ta ’limoti boshqa ja h o n dinlari kabi yagona xudolikni
targ‘ib qiladi. Unga ko‘ra, xudo butun yahudiy xalqi bilan alohida ke-
lishuv munosabatida boMadi. Xudo yahudiy millatining boshlig‘i va
hukm dori hisoblanadi. Yahudiy xalqi qonunlari Muso payg‘ambar alay-
hissalom tom onidan to kg‘ridan to ‘g‘ri xudodan olingan. Odatiy sharoit-
larda hokimiyat xudo nom idan insonlar tom onidan amalga oshiriladi.
Favqulodda holatlarda esa xudoning o ‘zi vahiy va karomatlar ko‘rsatish
bilan odamlarni boshqaradi.
Eramizning boshlarida vujudga kelgan xristianlik dini va t a ’limotida
jamiyat, davlat va huquq to ‘g‘risida qimmatli fikrlar mavjud. Xristianlik
ta ’limotiga ko ‘ra, xudo dunyoning yaratuvchisidir. Inson xudo tom onidan
“ o ‘ziga o ‘xshash tarzda” yaratilgan, shuning uchun ham u barcha mavju-
dotlarning gultoji hisoblanadi. Insonning aql-idrok, irodaga egaligi va
abadiy yashashida “xudoga o ‘xshashlik” namoyon b o ‘ladi.
Xristianlik ta ’limotida hokimiyatning ilohiy xarakterga egaligi t a ’kid
lanadi. Mavjud hokimiyatga qarshi chiqish esa, xudoga qarshi chiqishdir.
II asrda apostol Pavel o ‘zining “ Rimliklarga m urojaat” asarida ilohiy
hokimiyatni asoslaydi. Uning fikricha, h a r qanday ruh Oliy hokimiyatga
b o ‘ysunadi; chunki xudo to m o nidan berilmagan hokimiyat mavjud emas,
mavjud hokimiyatlar esa xudo tom onidan o ‘rnatilgan. Shuning uchun
hokimiyatga qarshi chiqqanlar Xudoning o ‘rnatmasiga qarshi chiqibdi,
qarshilik ko‘rsatadiganlar esa o'zini jazoga m ahkum etibdi. H ukm dor
43
DAVLAT VA HU Q U Q NAZARIYASI
xudoning xizmatkoridir. Shuning uchun jazodan q o ‘rqib emas, balki vij-
d onan hokimiyatga b o‘ysunish lozim.
Islom siyosiy-huquqiy g ‘oyalariga ko‘ra, butun borliq va insonning
vujudga kelishi Olloh nomi bilan bog‘liq. Oliy hokimiyat egasi Olloh
ekanligi ham sunniy va ham shialik mazhabida yakdillik bilan tan olin
gan.
Insonlar orasida hokimiyat kimga topshirilishi to ‘g ‘risida mazhablar
turlicha yondashadilar. Sunniylik mazhabiga ko‘ra, islom davlatida
hokimiyat jamoaga berilgan. Yerda Olloh nom idan oliy hokimiyat jam oa
tom onidan amalga oshiriladi va u Ollohning Oliy suvereniteti ifodasi
sifatida t o ‘liq hokimiyat egasidir. Jam oaning suveren huquqlari hukm -
dorni saylab q o ‘yishida namoyon boNadi va h uk m d or ja m o a nom idan
hokimiyatni amalga oshiradi. Shialik mazhabi ta ’limotida esa, suverenitet
faqat Ollohga tegishli ekanligi va uning nom idan imom yakkaboshchilik
asosida davlat hokimiyatini amalga oshirishi ham da ja m o a irodasi bilan
hech qanday b o g iiq emasligi ta'kidlanadi. Imom mutlaq, ilohiy h okim i
yatga ega b o ‘lib, u jam oadan ustun turadi. Uning shaxsi muqaddas
hisoblanadi.
Shunday qilib, davlatning vujudga kelishi to ‘g brisidagi diniy nazariya
ilk davlatchilik shakllanishi bilan yuzaga kelib, hozirga qadar mavjud
b o ‘lib kelmoqda. Diniy nazariya g‘oyalari hokimiyatni mustahkamlash,
mamlakatda barqarorlikni t a ’minlash, inson erki va sh a ’nini muhofaza
etishga yo‘naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: