valyuta kursini o‘rnatish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko‘rinishlari; emissiya
Pul biriligi - qonuniy tarzda o`rnatilgan pul belgisi bo`lib, barcha tovarlar
mayda bo`linuvchi qismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda o`nlik bo`linish
tizimi urnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSh dollari 100 sentga, 1 funt sterling -
Rasman baholar masshtabi o‘zining iqtisodiy ma‘nosini davlat monopolistik
kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to‘xtatilgandan
so‘ng yo‘qotdi. 1976-1978 yilda o‘tkazilagan Yamayka valyuta isloxoti natijasida
Qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan pul ko‘rinishlari - bular asosan bank kredit
biletlari, qog‘oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da
muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari.
Xazina biletlaridan tashqari
;
kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1
sentli) chiqariladi. Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st.
banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pensli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana
eski 2 va 1 shilling tagalari yuritiladi, ular yangi
10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari
chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘prok xazina biletlari chiqarish
keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sent qiymatli, Xindistonda -
1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko‘rsatilgan
variantlari tahlili asosida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida
so‘m-kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq
1993 yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida «so‘m-kupon» 1 so‘m - 1
rubl nisbatda muomalaga kiritildi.
1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi
rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi.
Bu iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich
boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e‘tiborni
makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish va iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi.
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi
takomillashtirildi. 1995 yili «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida»gi Qonuni va 1996 yili O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul
tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini,
aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o‘sishni hamda xalq farovonligini
oshirilishini ta‘minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: