― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


-mavzu. Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

 

6-mavzu. Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari 

 

REJA: 

 

6.1. Pul tizimi va uning mazmuni.  

6.2. Pul tizimining elementlari. 

6.3.  Pul  tizimini  tashkil  qilish  shart-sharoitlari.  Pul  tizimini  tashkil  qilish 

prinsiplari. 

6.4.  Pul  tizimi  shakllari  va  ularning  evolyutsiyasi:  bimetallizm; 

monometallizm; qog‘oz va kredit pullari tizimi. 

6.5. Xitoy pul tizimi. 

6.6.  Yevropa  Valyuta  Ittifoqi  tashkil  topishi,  hamda  yevroning  muomalaga 

kiritilishi. 



 

6.1. Pul tizimi va uning mazmuni. 

 

ul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va 



qonun  bilan  mustahkamlab  qo‘yilgan  shaklidir.  Boshqacha  aytganda,  bu  pul 

muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo‘llaniladigan qoidalari 

va normalari majmuidir. 

Milliy  valyuta  tizimi  pul  tizimining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Pul 

mablag‘lari  iqtisodiyotda  amal  qiladigan  shaklga  qarab  pul  mablag‘larining  ikki 

turi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi. 

Metall  pullar  muomalasi  tizimlari  pullik  tovar  (oltin  va  kumush)  bevosita 

muomalada bo‘lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha 

funksiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan. 

Metall  pul  belgilarining  muomalasi  tizimida  bimetallizm  davri  va 

monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda 

ikkita  asl  metallarning  bir  vaqtda  foydalanishi  bilan  tavsiflanadi,  monometallizm 

esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o‘tishni anglatadi. Bunda bimetallizm 

holatida quyidagicha xillar ajratib ko‘rsatiladi: 

1)  parallel  valyuta  tizimi  –  oltin  bilan  kumush  o‘rtasidagi  o‘zaro  nisbat 

bozorda stixiyali ravishda belgilanadi; 




2)  qo‘shaloq  valyuta  tizimi  –  ikki  metall  o‘rtasidagi  o‘zaro  nisbat  davlat 

tomonidan  ushbu  metallarga  bo‘lgan  talabga,  shuningdek,  ushbu  davlatdagi 

iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi; 

3)  nuqsonli  valyuta  tizimi  –  metallar  iqtisodiy  tizimda  mavjud  bo‘ladiyu, 

lekin  teng  huquqlarga  ega  bo‘lmaydi.  Odatda,  davlat  kumush  valyutaning  zarb 

qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi. 

Faqat  bir  metallning  amal  qilishi  tizimi  sifatidagi  monometallizmda  ham 

ayrim o‘zgarishlar yuz berdi: 

1)  oltin  tangali  standart  –  to‘laqonli  oltin  valyutaning  amal  qilishi,  unda 

tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi

2)  oltin  yombili  standart  –  oltin  muomalada  bulmaydi,  lekin  unga  katta 

miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi

3) oltin valyutali (oltin devizli)  standart – pullarning almashinishi faqat oltin 

yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi. 

Valyuta  tizimi  -  bu,  mamlakatlar  o‘rtasida  valyuta  munosabatlarini  tashkil 

etish shaklidir. 

Valyuta  tizimi  -  bu,  xo‘jalik  aloqalarini  baynalmilallashuvi  asosida  tarixan 

shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 

Valyuta  tizimining  mohiyati,  tashkil  etilish  shakllari  va  roli  jamiyatning 

iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. 

Valyuta  tizimi  davlat,  rezident  va  norezident  shaxslarga  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  sharoit  yaratib  beradi.  Sub‘ektlarning  ushbu 

faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. 

Maxsus  adabiyotlarda  valyuta  tizimlarining  3  ko‘rinishi  farqlanadi,  ya‘ni 

milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. 


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish