― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

Metall pullar 

Kishilar  o‗rtasida  ayirboshlash  jarayonlarining  tezlashuvi  va  mehnat 

taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining ortishiga olib keldi. Iqtisodiy 

munosabatlarning  takomillashuvi  natijasida  kishilar  metalni  kashf  etdilar,  undan 

turli xil mehnat qurollarini yasab kundalik hayotida foydalandilar. Shu bilan birga, 

ushbu  mehnat  qurollari  to‗lov  vositasi  vazifasini  ham  bajardi.  Keyinchalik  esa 

metalldan  tanga  pullarni  zarb  qilish  yo‗lga  qo‗yildi.  Bularning  barchasi 

ayirboshlash  munosabatlari  jarayonida  foydalanib  kelinayotgan  natural  pul 

shakllarini metall pul shakliga o‗tishiga zamin tayyorladi. 

Metaldan  yasalgan  mehnat  qurollarining  to‗lov  vositasi  sifatida 

foydalanganligining xususiyati shunda ediki, kishilar metaldan tayyorlangan bolta 

va shunga o‗xshash narsalardan to‗lov vositasi sifatida foydalangan bo‗lsada, ular 

boshqa  maqsadda,  ya‘ni  kundalik  hayotda  foydalanish  uchun  yaratilgan  edi. 

Masalan,  kishilar  metaldan  yasalgan  boltadan  ayirboshlash  vositasi  sifatida  keng 

foydalangan,  lekin  u  to‗lov  vositasini  bajaradigan  tanga  ko‗rinishiga  ega 

bo‗lmagan.  Odamlar  stixiyali  ravishda  metalldan  yasalgan  boltani  to‗lov  vositasi 

o‗rnida foydalanishgan.  



Pulning  natural  ko‗rinishidan  metall  tanga  shakliga  o‗tishi,  yuqorida 

ta‘kidlanganlardan tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan.  



1.Kishilar  metallarga  turli  shaklda  ishlov  berishni  kashf  etilishi. 

Ta‘kidlaganimizdek,  bolta  va  shunga  o‗xshash  temir  qurollardan  pul  vositasi 

sifatida  foydalanilgan,  lekin  ularni  puldan  foydalnishning  metall  davri  deb  yurita 

olmaymiz.  Chunki,  ushbu  mehnat  qurollarining  funksiyalari  boshqa  bo‗lgan. 

Kishilar  metalni  kashf  qilganlaridan  keyin  oradan  juda  ko‗p  davrlar  o‗tishi  bilan 

unga ishlov berish yo‗llarini o‗rgandilar. Bu o‗z  – o‗zidan metall tangalarni zarb 

etishga turtki bo‗ldi.  

2.Davlatchilikning paydo bo‗lishi. Metall kashf etilib, odamlarga unga ishlov 

berish  yo‗llari  ma‘lum  bo‗lgandan  so‗ng,  ma‘lum  hudud  va  qabilalar  alohida 

kishilarning  hukmronligi, xonligi va qirolligi ostida boshqarila boshlandi.  Bu o‗z 

o‗zidan o‗sha davrning hukmroni, xoni yoki qirolining maqieni oshirish, o‗zining 

chegaralarini mustahkamlash va qonunlarini yuritish zaruriyatini keltirib chiqardi. 

Bularning  barchasi  turli  tasvirlar  va  yozuvlar  tushirilgan  tangalarni  zarb  etishga 

asos bo‗ldi.    

3.Kishilar  o‗rtasida  tovar  ayirboshlash  hajmining  ortib  borishi  natijasida 

ushbu  jarayonning  murakkablashuvi.  Masalan,  dehqon  bir  qop  bug‗doyni  bitta 

boltaga ayirboshlashi uchun temirchi kosibning hoxishi dehqonning hoxishiga mos 

kelishi  lozim.  Ya‘ni  mazkur  holatda,  temirchining    bir  qop  bug‗doyga  ehtiyoji 

bo‗lishi  kerak.  Biroq,  temirchiga  bir  qop  bug‗doy  emas,  balki  bitta  qo‗y  kerak 

bo‗lsa, u holda dehqon bug‗doyni qo‗yga almashtirishi, so‗ngra qo‗yni temirchiga 

olib  kelib  bitta  boltaga  almashishi  zarur  bo‗lar  edi.  Ko‗rinib  turibdiki,  kishilar 

o‗rtasida  mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi  va  ayirboshlash  hajmining  ortishi 

natural pullarni to‗lov vositasi sifatidagi vazifasini amalga oshirish imkoniyatlarini 

chegaralab qo‗ydi. 

4.  Natural  shakldagi  pullarni  saqlash  va  olib  yurishning  qiyinligi.  Alabatta, 

o‗sha  paytlarda  pulning  vazifasini  bajargan  bolta  yoki  boshqa  mehnat  qurollarini 

saqlash  qiyin  bo‗lmagan  bo‗lsada,  lekin  ularni  olib  yurish  va  xavfsizligini 

ta‘minlash  odamlarga  turli  noqulayliklarni  keltirib  chiqargan.  Pulning  vazifasini 

bajargan bug‗doy, jun, qo‗y yoki boshqa shunga o‗xshash narsalar esa vaqt o‗tishi 

bilan  buzilgan,  o‗zining  dastlabki  xususiyatini  yo‗qotgan.  Shu  bilan  birga,  ularni 

olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga qo‗shimcha tashvish keltira boshlagan. 

Bularning  barchasi  natural  pullar  o‗rniga  metall  pullarni  muomalaga  to‗lov 

vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi.  

Dastlab  metall  tangalar  qora  rangli  temirlardan  slitka  ko‗rinishida 

tayyorlangan bo‗lsa, keyinchalik to‗rtburchak, uchburchak, yumaloq ko‗rinishdagi 

tanga shaklini olgan.  

 



 

 

Vaqt o‗tishi bilan temir tangalar o‗rnini bronza, kumush va oltin egalladi, 3–



rasmga  qarang.  Temir  metallardan  yasalgan  tanga  to‗lov  vositasini  bajarganda 

ularning  baho  masshtabini  tanganing  og‗irligi  bilan  anqilangan.  Keyinchalik 

bronza,  mis  va  oltin  tangalar  to‗lov  vositasini  bajarganda  esa  baho  masshtabi 

qimmatbaho  metallarning  nafaqat  og‗irligi,  balki  ularning  xossalari  orqali  ham 

aniqlanadigan bo‗ldi.  

Muomalada  metall  tangalar,  ayniqsa  oltin  tangalar  pulning  vazifasini 

bajarganda  iqtisodiyotda  pul  muomalasini  tartibga  solishga  ehtiyoj  bo‗lmaydi. 

Chunki,  qimmatbaho  metallar  haqiqiy  qiymatga  ega  bo‗lgan  asl  pul  hisoblanib, 

uning hajmi tovar massasasiga nisbatan avtomatik tarzda tartibga solinib boriladi. 

Ya‘ni,  agar  iqtisodiyotda  tovar  massasi  oltin  massasi  (qiymati)ga  nisbatan  kam 

bo‗lsa muomaladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi. 

Agar,  aksincha,  muomalada  oltin  tangalar  massasi  tovar  massasiga  nisbatan  kam 

bo‗lsa  boylik  sifatida  xazinaga  joylashtirilgan  mablag‗lar  muomalaga  chiqarish 

orqali o‗zaro muvozanat ta‘minlanadi.  




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish