jamg„arma funksiyasini bajaradi. Demak, pullar pul oboroti jarayonida tovarlar
va ko‗rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi sifatida namoyon bo‗lmaganda,
shuningdek, oldindan ko‗rsatilgan xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to‗lov
vositasi vazifasini bajarmagan paytlarda jamg‗arma funksiyasini bajaradi. Agar,
jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar va aholining ijtimoiy – iqtisodiy
faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, pul asosan jamg‗arma vositasi funksiyasini
bajarayotganligining guvohi bo‗lishimiz mumkin.
Pulning jamg‗arma vositasi funksiyasi aholining vaqtincha foydalanmasdan
kishilar o‗zi bilan olib yurganda yoki uyda saqlaganda, bankning omonat
hisobvaraqlarida saqlanishi, shuningdek, barcha turdagi xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarning naqd pul ko‗rinishida kassada saqlanadigan vaqtincha bo‗sh
mablag‗lari va bank hisobvaraqlarida naqd pulsiz ko‗rinishda namoyon bo‗ladi.
Pulning jamg‗arma funksiyasi kredit muassasalarida iqtisodiy jihatdan muhim
vazifani bajaradi. Kredit muassasalari jamiyat miqyosidagi vaqtincha bo‗sh pul
mablag‗larni (naqd va naqdsiz pul ko‗rinishida) ma‘lum shartlar asosida o‗zida
jamlab, ushbu mablag‗larga ehtiyoji bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslarga
to‗lovililik, maqsadlilik va qaytarishlik asosida berishi orqali, mamlakatda jami
ijtimoiy mahsulotni ko‗paytirishda pulning jamg‗arma funksiyasidan foydalanadi.
Iqtisodiyotda yuqori inflyasiya darajasi pulning aholi qo‗lidagi va kredit
muassasalarida jamg‗arma vositasi funksiyasini bir qadar chegaralaydi. Aholi
o‗zining vaqtincha pul mablag‗larini banklarda va uyda saqlashdan ko‗radigan
iqtisodiy samaradorligi past bo‗lishi, iqtisodiyotda tovarlarning bahosini kundan
kunga o‗sib borish tendensiyasiga ega bo‗lgan sharoitda, ushbu, pullarni
qimmatbaho metallarni, ko‗chmas mulk va xorijiy valyutalarni sotib olishga
sarflaydi. Buning natijasida, mamlakat Markaziy banki tomonidan olib
borilayotgan pul – kredit siyosatining samarasi ko‗zlangan maqsadga erishish
imkoniyatini bermaydi.
Pulning jamg‗arma funksiyasining ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarni
ta‘minlash lozim:
– omonatchilarning kredit muassasalarda saqlanayotgan pul mablag‗laridan
iqtisodiy manfaat ko‗rish, istagan paytda to‗liq va zudlik bilan qaytarib olish
imkoniyatini ta‘minlanganligi;
– qo‗yilgan mablag‗larning kafolatlanganligi (sir saqlanishi, iqtisodiy
barqarorligi, to‗liq qaytarilishi);
– risk darajasining pastligi.
Pulning funksiyalari bir – biriga bevosita bog‗liq bo‗lib, ular doimo bir –
birini to‗ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |