― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


Tovar xo‗jaligi sharoitida pulning roli



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

Tovar xo‗jaligi sharoitida pulning roli 

Jamiyatda  mehnat  taqsimoti  va  ishlab  chiqarish  jarayonining  mavjudligi 

iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga 

e‘tibor  qaratadigan  bo‗lsak,  kompaniya  yoki  firma  biror  narsani  ishlab  chiqarish 

yoki  xizmat  turini  ko‗rsatish  uchun  zarur  xom  –  ashyo  va  materiallarni  olish 

maqsadida  bir  necha  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlar  bilan  iqtisodiy  aloqalarni 

o‗rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‗rsatish jarayonida ishtirok etayotgan 

xodimlarning mehnati uchun haq to‗laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. 

Bularning  barchasi  tomonlar  o‗rtasidagi  o‗zaro  iqtisodiy  hamkorlik  va 

manfaatdorlik  asosida  amalga  oshiriladi.  Mana  shu  iqtisodiy  hamkorlik  va 

manfaatdorlikni  amalga  oshirishning  iqtisodiy  mexanizmi  sifatida  pulning  roli 

alohida ahamiyat kasb etadi.  

Bozor  iqtisodiyotining  asosiy  tamoyillarida  biri  har  qanday  faoliyatning 

asosida iqtisodiy  manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki 

firma  yaratayotgan  tovar  yoki  xizmatlarni  shaxsiy  iste‘moli  uchun  emas,  balki 

bozorda  sotish  orqali  tegishli  iqtisodiy  foyda  ko‗rish  ilinjida  ishlab  chiqaradi.  Bu 




ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‗rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga 

keltiradi,  ushbu  munosabatda  pul  ishlab  chiqaruvchi  va  iste‘molchi  o‗ratasida 

ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‗ynaydi. 

Bu  erda  ishlab  chiqaruvchi  va  iste‘molchi  o‗rtasida  ayirboshlanadigan  tovar 

yoki mahsulotning bahosi muhim rol o‗ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va 

taklif  asosida  pulda  ifodalanadi.  Pulning  rolini  amal  qilishida  baho  muhim 

iqtisodiy  mexanizm  hisoblanadi,  tovar  va  xizmatlar  bahosiga  qator  omillar  ta‘sir 

qiladi.  Xususan,  tovar  va  xizmatlarning  sifati,  unga  bo‗lgan  talab  darajasi,  sotib 

oluvchining to‗lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.    

Haqiqatda  ham  yuqorida  qayd  etilgan  jarayonlarni  tashkil  etishda  pulning 

ishtiroki  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  SHu  bilan  birga,  pulning  tovar  xo‗jaligi 

sharoitida  amal  qilishining  samaradorligini  oshishiga  qator  omillar  ta‘sir  qiladi. 

Xususan ular quyidagilardan iborat.  

1. 

Iqtisodiyotning 

barqarorligi 

va 

raqobatbardoshligi

Mamlakat 

iqtisodiyotining  barqarorligi  va  raqobatbardoshligi  aholining  iste‘mol  tovarlar  va 

xizmatlarga  bo‗lgan  talabini  mahalliy  ishlab  chiqarish  hisobidan  qondirish 

imkoniyatini  beradi.  Bu  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  juda  muhim  hisoblanadi. 

Birinchidan, import hajmini  qisqartirish  asosida  xorijiy  valyutalarni  chetga  chiqib 

ketishining  oldini  oladi.  Ikkinchidan,  milliy  valyutaning  xorijiy  valyutalarga 

nisbatan barqarorligini oshiradi.  



2.  Markaziy  bankning  mustaqilligini  ta‘minlanganligi.  Ma‘lumki,  Markaziy 

bankning bosh maqsadi milliy valyutaning  barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan, 

ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat 

boshqaruv  organlari  bosimidan  holi  bo‗lishi  lozim.  Aks  holda  milliy  valyutaning 

barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo‗jaligidagi roli pasayadi.  

3.  Aholi  va  mijozlarning  bank  tizimiga  ishonchining  mustahkamligi

Mamlakat  aholisi  va  mijozlarning  bank  tizimiga  bo‗lgan  ishonchining  yuqoriligi 

pulning  roliga  bevosita  va  bilvosita  ta‘sir  qiladi.  Chunki  aholi  va  mijozlarning 

banklarga  nisbatan  ishonchining  yuqoriligi  ularning  vaqtinchalik  bo‗sh  pul 

mablag‗larini  banklarga  muddatli  omonat  sifatida  qo‗yishga  undaydi.  Bu  esa 

pulning  jamg‗arma  vositasi  va  to‗lov  vositasi  rolini  oshiradi,  shu  bilan  birga, 

birinchidan,  pul egalariga qo‗shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning 

real sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo‗jaligi 

sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.   

4.  Inflyasiya  darajasining  tegishli  me‘yorlarda  saqlab  turilishi.  Milliy 

valyutaning  inflyasiya  darajasi  xalqaro  amaliyotda  qabul  qilingan  me‘yorlardan 

ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Inflyasiya darajasi 

yuqori  bo‗lgan  sharoitda  aholining  real  daromadlari  pasayadi,  kredit 

muassasalarida  uzoq  muddatli  omonatlar  hajmi  qisqaradi,  korxona  va  tashkilotlar 

ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o‗zaro olib sotish yo‗li bilan daromad izlash 

payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste‘mol tovarlarga bo‗lgan talabi mahalliy 

ishlab  chiqarish  hisobidan  emas,  balki  import  hisobidan  qondiriladi.  Bularning 



barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi. 


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish