Barcha AQSh dollari qaerda?
AQShda har bir odam uchun 3000$ dan ortiq naqd pullarni to‗g‗ri kelishi
etarli darajada katta hisoblanadi. AQSh dollari banknotasi yirik gabaritli bo‗lib,
osonlik bilan o‗g‗irlanishi mumkin. Bundan tashqari AQSh dollariga foiz
to‗lanmaganligi bois katta miqdorda AQSh dollarining ko‗pchiligimizda
saqlanishi hech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi. O‗zining cho‗ntagida 3000$ olib
yurgan biror kishini bilasizmi? Bizda haqli ravishda savol tug‗iladi: barcha AQSh
dollari qaerda va uni kimlar ushlab turibdi? Katta miqdorda AQSh dollarini
o‗zlarida saqlovchi guruh jinoyatchilar hisoblanadi. Agarda jinoiy faoliyatga
aralashib qolgan bo‗lsangiz, siz o‗z tranzaksiyalaringizni cheklar orqali
o‗tkazmaysiz. Chunki cheklar orqali tranzaksiyalarni o‗tkazilishi barchaga ma‘lum
bo‗ladi va sizga qarshi kuchli dalil bo‗lib qolishi mumkin. Bu holat nima uchun
Toni Sopranoning orqa devorida katta miqdorda naqd pullar borligini tushuntirib
beradi. Naqd pulda tijoriy operatsiyalarni amalga oshirilishi natijasida
operatsiyalarning ko‗zga tashlanmaslik xususiyati, ba‘zi tijorat turlarini katta
miqdorda naqd pulni saqlab turishni talab qiladi. Natijada ushbu tijoratchilar
soliq to‗lashlari kerak bo‗lgan daromadini yashirish imkoniyatiga ega bo‗lishadi.
Chet elliklar keyingi guruh hisoblanib, doimiy ravishda AQSh dollarini o‗zlarida
ushlab turishadi. Ko‗plab mamlakatlarda aholi o‗zining milliy valyutasiga
ishonmaydi. Buning sababi ushbu bilan izohlanadiki, chet elliklarning milliy
valyutasida foydalanishganda yuqori inflyasiya surati uchun xarajat qilishi
natijasida milliy valyutaning qadri emiriladi. Ushbu guruhdagi odamlar AQSh
dollarini ushlab turishdan maqsadi inflyasion riskni sug‗urtalash hisoblanadi.
Rublga bo‗lgan ishonchni etishmasligi bois ruslarning katta miqdorda AQSh
dollarini jamg‗arishlariga olib kelmoqda. Muomalaga chiqarilgan AQSh
dollarining yarmidan ko‗pi xorijiy davlatlarda saqlanmoqda.
Iqtisodchilar va siyosatchilar pul aggregatlaridan qaysi biri pullarni
o‗lchashda samarali ekanligi borasida aniq bir to‗xtamga kelishmagan bo‗lib,
mantiqiy jihatdan olib qaralganda ham pul aggregatlari harakati o‗zaro yaqin va
parallel hisoblanadi. Agarda pul aggregatlarini bir xil deb baholaydigan bo‗lsak,
bitta pul aggregatidan foydalangan holda kelajakdagi iqtisodiy faoliyatni
bashoratlash va siyosatni amalga oshirish boshqa pul aggregatidan foydalanish
bilan bir hil bo‗lishi oqibatida pulning tegishli mohiyati belgilangan iqtisodiy
qarorga mos tushish yoki tushmaslik ahamiyatini yo‗qotar edi. Ammo, agar pul
aggregatlari birgalikda xarakatlanmasa, bir pul aggregati tomonidan pul taklifida
sodir bo‗layotgan o‗zgarishlar izohi boshqa pul aggregati tomonidan o‗zgacha
tavsiflanishi mumkin. Qarama-qarshi izohlar va tavsiflar mavjud vaziyatni
chigallashtirilishi oqibatida iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayonini yanada
murakkablashtiradi.
2-rasm 1960-2011 yillarda M1 va M2 ning o‗sish suratlarini tasvirlaydi.
Ikkita pul aggregatining o‗sish surati birgalikda xarakat qilish xususiyatini
namoyon qilib, o‗sish va tushish vaqti 1990 yillargacha bir xil ko‗rinishga ega
hisoblanadi. O‗rtacha 1970 yillarga nisbatan 1960 yillarda M1 va M2 pul
aggregatlari o‗sish surati yuqori darajada ekanligini ko‗rishimiz mumkin.
Bundan tashqari, bu aggregatlarning harakatida sezilarli farqlar ko‗zga
tashlanadi. 1992 yildan 1994 yilgacha M1 ning yuqori darajada o‗sish suratiga
qarama-qarshi ravishda M2 ancha pastroq o‗sish suratiga ega bo‗lganligini
ko‗rishimiz mumkin. Shuningdek, 2004 yildan 2007 yilgacha sezishimiz mumkinki,
M2ning o‗sish surati biroz ko‗tarilgan bo‗lsada, M1 keskin suratda pasaygan va
salbiy ko‗rinishga ega bo‗lgan. 2009 yilda M1 deyarli 0%dan 15%gacha yuqori
o‗sish suratiga ega bo‗lgan bo‗lsa, M2 biroz o‗sish suratini namoyon qildi.
Bundan ko‗rishimiz mumkinki, pulning turli o‗lchov instrumentlari monetar
siyosatning so‗nggi yillardagi holati to‗g‗risida xar xil xulosalarni keltirib
chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |