Federal rezerv tizimining pul aggregatlari.
Federal rezerv tizimi – AQShda monetar siyosatni amalga oshiruvchi bosh
muassasa hisoblanib, pullarni o‗lchash borasidagi muammolar borasida ko‗plab
tadqiqotlarni o‗tkazadi. So‗nggi yillarda moliyaviy innovatsiyalarni tatbiq etilishi
pullarga tegishli yangi turdagi aktivlarni yaratilishiga olib kelib uning
ahamiyatini yanada oshirdi. 1980 yildan keyin Federal rezerv tizimi bir necha
marotaba pullarni o‗lchashga oid yondashuvni o‗zgartirdi va pul aggregatlari-
M1, M2, MZ deb nomlanuvchi pul massasining uchta ko‗rsatkichlarida to‗xtadi.
(Financial News box ga tegishli 1-jadvalga qarang.)
Pul aggregatlarining eng qisqasi M1 hisoblanib, naqd pullar, joriy hisoblar
va yo‗l cheklarini o‗z ichiga oladi. M1 ning tarkibiy elementlari 1-jadvalda
keltirilgandir. M1ning naqd pullar komponenti o‗z ichiga faqatgina muomaladagi
qog‗oz pullar va tangalarni olib, bankomatlar va bank depozit yacheykalarida
joylashgan naqd pullarni o‗z ichiga olmaydi. Eng qizig‗i shundaki, AQSHda har
bir inson uchun 3000$ dan ortiq naqd pullar muomalada mavjuddir. (FYI jadvalini
qarang). Sa yohatchilarning cheklari M1ning elementi hisoblanib, banklar
tomonidan muomalaga chiqarilmagan sayohatchilarning cheklarini o‗z ichiga
oladi. Talab qilib olinguncha depozitlar elementi foiz to‗lanmaydigan biznes
depozit hisobraqamalari va banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan
sayohatchilarning cheklarini o‗z ichiga oladi. Boshqa talab qilib olinguncha
depozitlar punkti o‗z ichiga barcha boshqa turdagi talab qilib olinguncha
depozitlar, ya‘ni uy xo‗jaliklari tomonidan ushlab turiladigan foiz hisoblaydigan
talab qilib olinguncha depozitlarni o‗z ichiga oladi. Ushbu aktivlar sof pullar
hisoblanib, bevosita ayirboshlash vositasida foydalanilishi mumkin. 1970
yillarning o‗rtalariga qadar tijorat banklari tomonidan faqatgina foizlar to‗lanishi
ruxsat etilmagan joriy hisobvaraqlarni taklif qilishgan. Moliyaviy innovatsiyalar
moliyaviy tizimni tartibga solishning normalariga o‗zgartirishlar kiritilishiga
shart-sharoitlar yaratgan bo‗lsada, hozirgi kunda banklarning boshqa turlari –
ssuda-jamg‗arma assotsiatsiyalari, o‗zaro jamg‗arma banklari va kredit soyuzlari
ham joriy hisobvaraqlarni taklif etishmoqda. Bundan tashqari, bank muassasasi
foizlar to‗lanadigan boshqa chek depozitlari, ya‘ni NAU hisobraqamlari (NOW —
negotiated order of withdrawal), xisobraqamlardan avtomatik transfer
xizmatlarini (ATS — automatic transfer from savings) taklif etishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |