― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

16.4.Valyuta tizimi 

 

alyuta  tizimi  -  bu,  mamlakatlar  o'rtasida  valyuta  munosabatlarini 



tashkil etish shaklidir. 

Valyuta  tizimi  -  bu,  milliy  qonunchilik  yoki  davlatlararo  kelishuvlar  bilan 

mustahkamlangan  valyuta  munosabatlarini  tashkil  etish  va  muvofiqlashtirishning 

shaklidir.

152

 

 Valyuta  tizimi  -  bu,  davlatlararo  shartnomalar  va  kelishuvlar  bilan 



belgilanadigan,  xalqaro  valyuta  munosabatlarini  tashkil  etishning  davlat-huquqiy 

shaklidir.

153

 

Valyuta  tizimi  -  bu,  xo‘jalik  aloqalarini  baynalmilallashuvi  asosida  tarixan 



shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 

Valyuta  tizimining  mohiyati,  tashkil  etilish  shakllari  va  roli  jamiyatning 

iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. 

Valyuta  tizimi  davlat,  rezident  va  norezident  shaxslarga  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  sharoit  yaratib  beradi.  Sub‘ektlarning  ushbu 

faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. 

Valyuta  qonunchiligi  -  bu,  mamlakat  ichkarisida  valyuta  qimmatliklari  bilan 

bir  mamlakat  tashkilotlari  va  fuqarolari  hamda  boshqa  mamlakat  tashkilotlari  va 

                                                 

152


 

Международные валютно-кредитные и финансовые отношения: учебник / под ред. Красавиной Л.Н. - 3-е 

изд., перераб. и доп. – М.: Финансы и статистика, 2006. – 576 с.

 

153



      Финансово-кредитный  энциклопедический  словарь  /  Колл.  авторов;  Под  общ.  ред.  А.Г.  Грязновой.  –  М.: 

Финансы и статистика, 2004. – 1168 с 




108 

 

fuqarolari  o'rtasidagi  shartnomalarni  hamda  mamlakat  ichkarisidan  xorijga  va 



xorijdan  mamlakat  ichkarisiga  milliy  hamda  xorijiy  valyutalar  va  boshqa  valyuta 

qimmatliklarini  olib  kirish,  olib  chiqish,  o'tkazish  yo'li  bilan  amalga  oshirilishini 

tartibga soluvchi qonuniy me'yorlar yig‘indisidir. 

Maxsus  adabiyotlarda  valyuta  tizimlarining  3  ko'rinishi  farqlanadi,  ya'ni 

milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. 

Milliy  valyuta  tizimi  mamlakat  pul  tizimining  tarkibiy  qismi  bo'lib,  valyuta 

munosabatlarining  yig‘indisi  sifatida  maydonga  chiqmaydi,  balki  ushbu 

munosabatlarni  faqat  qonunchilik  aktlari  bilan  tashkil  etilish  tartibini  belgilaydi. 

Valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valyuta 

tizimi elementlarini belgilashni o'z ichiga oladi. 

Milliy  valyuta  tizimining  qonunchilik  asosida  belgilanadigan  elementlariga 

quyidagilar kiradi: 

1. 

Milliy valyuta va uning nomi; 



2. 

Milliy valyuta paritetini belgilash

3. 

Milliy valyutaning konvertatsiya shartlari; 



4. 

Milliy valyuta kursining rejimi

5. 

Xalqaro  kredit  muomala  qurollaridan  foydalanishni  tartibga  solish 



(reglamentatsiya); 

6. 


Xalqaro  zahira  aktivlari  tarkibiy  qismlari  (komponentlari)  o'rtasidagi 

nisbatni aniqlash; 

7. 

Mamlakatning 



xalqaro 

hisob-kitoblarini 

tartibga 

solish 


(reglamentatsiya); 

8. 


Milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi; 

9. 


Valyuta cheklanishlarining o'rnatilish tartibi; 

10. 


Valyuta 

munosabatlariga 

xizmat 

ko'rsatuvchi 

va 

ularni 


muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi. 

Yuqorida  zikr  etilgan  elementlar  yig‘indisi  xalqaro  valyuta-kredit  va  hisob-

kitob  munosabatlarini  amalga  oshirish  uchun  davlat  tomonidan  belgilanadigan 

valyuta mexanizmidir. 

Milliy  valyuta  va  uning  nomi  milliy  valyuta  tizimining  asosi  bo'lib 

hisoblanadi,  u  qonun  asosida  davlatning  pul  birligi  sifatida  belgilanadi.  Xalqaro 

iqtisodiy  munosabatlarda  ishlatiladigan  milliy  pullar  valyutaga  aylanadi.  Xalqaro 

hisob-kitoblarda  odatda  xorijiy  valyuta,  ya'ni  boshqa  mamlakatlarning  erkin 

muomalada  yuradigan  valyuta  maqomiga  ega  pul  birliklari  ishlatiladi.  Ushbu  pul 

birliklari bilan deviz tushunchasi bog‘liq.  

Deviz -  bu, xorijiy  valyutadagi har qanday  to'lov  vositasidir. Xorijiy  valyuta 

valyuta  bozorida  oldi-sotdi  ob‘yekti  bo'ladi,  xalqaro  hisob-kitoblarda  ishlatiladi, 

banklarda  hisob-varaqlarda  saqlanadi,  ammo  ushbu  davlat  hududida  qonuniy 

hisob-kitob  vositasi  bo'lib  hisoblanmaydi  (kuchli  inflyatsiya  davrlarini  hisobga 

olmagan holda). Mamlakatda kuchli inflyatsiya va inqiroz holatida milliy valyutani 

nisbatan  barqaror  bo'lgan  xorijiy  valyuta  siqib  chiqaradi,  zamonaviy  sharoitda  bu 

AQSh dollari va Yevrodir. 

"Valyuta" kategoriyasi, milliy va yahon xo‘jaliklarining o'zaro aloqasi hamda 

munosabatlarini ta'minlaydi. 



109 

 

Milliy  valyuta  paritetini  belgilash.  Valyuta  pariteti  -  bu,  ikki  valyuta 



o'rtasidagi, qonuniy  asosda belgilangan nisbat. Monometalizm  davrida (oltin  yoki 

kumush) valyuta kursining asosi bo'lib tanga pariteti hisoblangan. Tanga pariteti  - 

bu,  turli  mamlakatlar  pul  birliklarini  o'zidagi  metall  sig‘imiga  ko'ra  o'zaro 

solishtirishdir.  Tanga  pariteti  tushunchasi  valyuta  pariteti  tushunchasi  bilan  mos 

keladi. 

Oltin  monometalizmi  davrida  valyuta  kursi  oltin  paritetiga  asoslangan  edi. 

Bunda  valyutalar  zaminidagi  rasmiy  oltin  miqdorlari  bo'yicha  o'zaro  solishtirilar 

edi.  Bu  sharoitda  valyuta  kursi  ushbu  oltin  pariteti  atrofida,  oltin  nuqtalar 

chegarasida, tartibsiz asosda tebranar edi. Oltin nuqtalarning klassik mexanizmi 2 

shart mavjudligi holatida amal qilar edi, ya'ni oltinning erkin asosdagi oldi-sotdisi 

va  uning  chetga  cheklanmagan  miqdorda  erkin  olib  chiqilishi.  Valyuta  kursining 

tebranish  chegaralari  oltinni  xorijga  olib  chiqish  xarajatlari  bilan  belgilangan  va 

amalda  paritetdan  +;-  1%-dan  oshiq  bo'lmagan.  Oltinni  xorijga  olib  chiqish 

xarajatlariga  fraxt,  sug‘urta,  kapitalga  foiz  yo'qotishlari,  probani  aniqlash  va 

boshqa  shu  kabi  xarajatlar  kirgan.  Oltin  standartini  bekor  qilinishi  bilan  oltin 

nuqtalar mexanizmi o'z harakatini to'xtatdi. 

Jahon  xơjaligi  jahon  valyuta  tizimi  oldida  quyidagilardan  iborat  bơlgan 

muayan talablarni ku di: 

- xalqaro ayirboshni ishonch kozongan va mikdor jihatdan etarli bơlgan tơlov, 

hisob-kitob vositalari bilan ta'minlash; 

-  jahon  iqtisodi  sharoitlarining  ơzgarishida  valyuta  mexanizmining  nisbiy 

barqarorligi va tez moslashuvchanligini qơllab-kuvvatlab turish; 

- barcha a'zo-mamlakatlar manfaatiga xizmat kilish. 

Ushbu  talablarning  bajarilishiga  takror  ishlab  chiqarishning  karama-

karshiliklari,  jahon  xơjaligining  tarkibiy  tuzilishi  va  jahon  maydonidagi  kuchlar 

nisbatidagi ơzgarishlar tuskinlik kiladi. 

Valyuta  gegemonligi  markazlari,    'ni  valyuta  jarayonidagi  xukmronlik 

markazlari,  davriy  ravishda  mamlakatlar  rivojlanishining  notekisligi  sababli, 

ơzgarib  turadi.  Birinchi  jahon  urushigacha  valyuta  gegemonligi,  jahon  ishlab 

chiqarishi va savdosida, bank va suğurta ishida, valyuta munosabatlarida xukmron 

bơlgan  Buyuk  Britani  ga  tegishli    di.  Birinchi  jahon  urushi  natijasida  moli  viy 

markazning  Yevropadan  AQShga  kuchishi  funt  sterling  va  dollar  ơrtasidagi 

valyuta gegemonligi uchun kơrashni kuchaytirib  bordi. Ikkinchi jahon urushidan 

sơng  AQSh  dollari    gona  gegemon  valyuta  bơlib  koldi.  1970-1990  yillarda  3  ta 

kuch  markazlarining  shaklanishi,  valyuta  hukmronligi    ngi  markazlarining  paydo 

bơlishiga olib keldi. Bơlar  Garbiy Yevropa va  Yaponiya  markazlaridir. Bu, ơz 

navbatida, AQSh dollarining monopol holatiga putur etkazdi. 

Jahon  valyuta  tizimining  amal  kilish  xususi  ti  va  muvozanatliligi 

tamoyillarining jahon xơjaligi tarkibiy tuzilishi, kuchlarning joylashishi va etakchi 

mamalakatlar  manfaatlariga  mosligi  darajasiga  boğliqdir.  Ushbu  sharoitlarning 

ơzgarishi  natijasida  jahon  valyuta  tizimining  davriy  inkirozi  vujudga  keladi.  Bu 

inkiroz, zikr  tilgan valyuta tizimining emirilishi va  ngi valyuta tizimining barpo  

tilishi bilan  kunlanadi. 



110 

 

Mintaqaviy  valyuta  tizimi  –  bu,  xududiy  birlashma  a'zolari  bơlmish 



mamlakatlarning  davlatlararo  kelishuvlar  bilan  mustahkamlangan  valyuta 

munosabatlarini tashkil  tish shaklidir. 

Jahon  va  xududiy  valyuta  tizimlari  ơzgaruvchan  sharoitlarga  tez  moslasha 

oladigan,    qiluvchan  bơlishi  hamda  alohida  davlatlar  va  jahon  manfaatlarida 

muvozanatni  saqlash  xususi  tiga    ga  bơlmogi  lozim.  Fakatgina  shunday 

sharoitlarda  valyuta  tizimi  ơzok  muddat  davomida  muvaffaki  tli  amal  kilishi 

mumkin. 

Davlatlararo  kelishuvlar  bilan  ơrnatiladigan  valyuta  munosabatlarini  tashkil  

tishning  davlat  huquqiy  shakli  sifatidagi  valyuta  tizimi  bir  vaqtning  ơzida  paydo 

bơlgani yơq. Uning pul tizimidan ajralib chiqishi va mustaqil kategori ga aylanishi, 

qiymat  pul  shaklining  ơzok  rivojlanishi  va  pulning  urinbosar  kơrinishlarining 

paydo bơlishi jarayonida sodir bơlgan. 

Pul  tizimi  qiymatning  pul  shakli  paydo  bơlishi,  pul  vazifasini  noyob 

metallarga va sơng oltinga utishi bilan vujudga keladi. Bunda, pul tizimini tashkil  

tish asoslari barcha mamlakatlar uchun umumiy bơlgan. Bu, birinchi navbatda, pul 

metallidan tangalarning  rkin zarb  tilishi, tuskinliksiz qiymat belgilarining oltinga 

almashtirilishi  va  oltinning  bir  mamlakatdan  boshqa  mamlakatga    rkin  xarakatini 

ta'minlaydi. 

Jahon  valyuta  tizimi  -  bu,  jahon  bozori  (xo‘jaligi)  ning  rivojlanishi  asosida 

shakllangan  va  davlatlararo  kelishuvlar  bilan  mustahkamlangan  xalqaro  valyuta 

munosabatlarini  tashkil  etish  shaklidir.  Jahon  valyuta  tizimining  tashkiliy  asosi 

bo'lib,  milliy  valyuta  tizimi  hamda  ushbu  tizimga  kirayotgan  har  bir  mamlakat 

valyuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.  

Jahon  valyuta  tizimi  XIX  asrning  o'rtalariga  kelib  shakllandi.  Jahon  valyuta 

tizimi milliy valyuta tizimi elementlari bilan yaqindan aloqada bo'lgan ma'lum bir 

elementlarni o'z ichiga oladi. Ular quyidagilar: 

1. 

Zahira valyutalari, xalqaro hisob-kitob valyuta (pul) birligi (SDR);  



2. 

Valyutalarning o'zaro konvertatsiya qilinish shartlari

3. 

Valyuta paritetlarining soddalashtirilgan (unifikatsiya) rejimi; 



4. 

Valyuta kurslari rejimlarini tartibga solish (reglamentatsiya); 

5. 

Valyuta cheklanishlarini davlatlararo muvofiqlashtirish; 



6. 

Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish; 

7. 

Xalqaro  kredit  muomala  qurollaridan  foydalanish  qoidalarini 



soddalashtirish (unifikatsiya); 

8. 


Xalqaro 

hisob-kitoblar 

asosiy 

shakllarini 

soddalashtirish 

(unifikatsiya); 

9. 

Jahon valyuta va oltin bozorlari rejimi; 



10. 

Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro 

tashkilotlar. 

Zahira  valyutalari,  xalqaro  hisob-kitob  valyuta  (pul)  birligi  (SDR).  Jahon 

valyuta tizimi jahon pullarining amal qiluvchi shakllariga asoslangandir. Jahon puli 

deb  xalqaro  munosabatlarga  (iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy)  xizmat  ko'rsatuvchi 

pullarga  aytiladi.  Jahon  pullari  amaldagi  shakllarining  evolyutsiyasi  birmuncha 

kechikib  bo'lsa-da,  oltin  pullardan  boshlab  to  kredit  pullargacha  bo'lgan  milliy 

pullarning  rivojlanish  yo'lini  qayta  bosib  o'tadi.  Bunday  qonuniyat  asosida  jahon 



111 

 

valyuta tizimi XX asrga kelib jahon yetakchi mamlakatlarining bir yoki bir nechta 



milliy  valyutalariga  (an'anaviy  yoki  Yevrovalyuta  shaklida)  yoki  xalqaro  valyuta 

birligiga (SDR) asoslanadi. 

  Valyuta  munosabatlarining  ba'zi  bir    lementlari  qadimiy  Rimda  veksellar 

asosida  va  bir  mamlakat  savdogarining  pulini  ikkinchi  bir  mamlakat  savdogariga 

almashtirib  berish  zaminida  vujudga  kelgan.  Valyuta  munosabatlarining 

rivojlanishining  keyingi  bosqichi  qadimiy  Lionda  va  boshqa  Ğarbiy    vropa 

mamlakatlarida ơtkaziladigan tratta operasi larining rivojlanishi hisoblanadi. Ishlab 

chiqarish kuchlarining rivojlanishi, jahon bozorining barpo bơlishi, xalqaro mehnat 

taqsimotining  chuqurlashuvi  va  jahon  xơjalik  tizimining  rivojlanishi  xalqaro 

valyuta  munosabatlari  rivojlanishining  asosidir.  Valyuta  munosabatlari  xalqaro 

iqtisodiy  munosabatlarning  bir  bơlagi  hisoblanib,  uning  holati  milliy  va  jahon 

iqtisodiyotining  rivojlanish  darajasiga,  siyosiy  ahvolga,  mamlakatning  iqtisodiy 

potensialiga, uning jahondagi ơrniga va boshqa omillarga boğliq bơladi.  

Xalqaro  hisob-kitob  valyuta  birligi  xalqaro  talab  va  majburiyatlarni  o'zaro 

solishtirish,  valyuta  pariteti  hamda  kursni  belgilash  uchun  shartli  masshtab  va 

xalqaro 


to'lov 

hamda 


zahira 

vositasi 

sifatida 

ishlatiladi. 

Oltinning 

demonetizatsiyasi  jarayoni,  ya'ni  Yamayka  (1976-1978  y.y.)  valyuta  islohoti 

natijasida oltinning yuridik jihatdan pul funksiyasini yo'qotishi, jahon puli sifatida 

muvozanatsiz milliy pullar ishlatilishining salbiy oqibatlari valyuta tizimiga SDRni 

(qarz  olishning  maxsus  huquqlari),  EKYuni  (Yevropa  hisob-kitob  pul  birligi) 

tadbiq  etishga  sharoit  yaratib  berdi.  Jahon  pullarining  ushbu  yangi  shakllari 

mamlakatlarning  maxsus  hisob-varaqlarda  yozuvlarni  amalga  oshirish  yo'li  orqali 

naqdsiz xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatilgan: SDR - Xalqaro 

Valyuta  Fondida,  EKYu  -  valyuta  hamkorligining  Yevropa  fondida,  1994  yildan 

boshlab  Yevropa  Ittifoqining  Yevropa  valyuta  institutida.  SDR  va  EKYuning 

shartli  qiymati  o'rtacha  tortilgan  qiymat  hamda  valyuta  savatiga  (korzina)  kirgan 

valyutalar  kurslarining  o'zgarishi  asosida  hisoblanadi.  Yevropa  Markaziy  banki 

dastlab  1999  yilning  boshidan  naqdsiz  hisob-kitoblar  uchun, 2002  yildan  boshlab 

esa naqdli shaklda EKYu o'rniga Yevroni muomalaga kiritdi. 

Xalqaro  hisob-kitob  pul  birliklari  kursi  savat  (korzina)  asosida  aniqlanadi. 

Valyuta  savatini  hisoblashdagi  muhim  muammolardan  biri  bo'lib,  savatdagi 

valyutalar  tarkibi  va  ularning  solishtirma  og‘irligi,  valyuta  komponentlarining 

katta-kichikligi,  ya'ni  to'plamdagi  har  bir  valyuta  sonining  miqdorini  aniqlash 

hisoblanadi. Bunga ko'ra savatning quyidagi turlari  farqlanadi: ma'lum  bir  davrga 

valyutalar 

tarkibi 

qayd 


etilgan 

standart 

savat; 

o'zgaruvchan 

tarkibli 

muvofiqlashtiriluvchi  savat;  valyutalarning  o'zaro  teng  bo'lgan  solishtirma 

og‘irligiga  ega  simmetrik  savat;  valyutalarning  turli  ulushlarga  ega  asimmetrik 

savati. 


Yevropa  valyuta  ittifoqida  valyuta  paritetlarining  asosi  sifatida  Yevropa 

Ittifoqi  mamlakatlarining  12  valyutasidan  iborat  EKYu  valyuta  savati  ishlatilgan. 

1999  yildan  boshlab  Yevropa  valyuta  ittifoqining  yagona  valyutasi  Yevrodir. 

Bundan  tashqari  bir  qator  mamlakatlar  (taxminan  20ta  davlat)  o'z  valyutalari 

kursini boqlash maqsadida yakka tartibdagi valyuta savatidan foydalanmoqda. 

Valyutalarning o'zaro konvertatsiya qilinish shartlari. Milliy valyuta tizimiga 

qaralsin. 



112 

 

Valyuta  paritetlarini  soddalashtirilgan  (unifikatsiya)  rejimi.  Milliy  valyuta 



tizimiga qaralsin. 

Xalqaro  valyuta  likvidligini  davlatlararo  muvofiqlashtirish.  Xalqaro  valyuta 

likvidligini  muvofiqlashtirish  valyuta  tizimining  elementi  sifatida  xalqaro  hisob-

kitoblarni zarur to'lov vositalari bilan ta'minlashdan iborat.  

Xalqaro  valyuta  likvidligi  -  bu,  mamlakatning  (yoki  bir  guruh 

mamlakatlarning)  vaqtida  o'z  Xalqaro  majburiyatlarini  kreditor  uchun  muqobil 

bo'lgan  to'lov  vositalarida  so'ndirilishini  ta'minlashdan  iborat.  Jahon  xo‘jaligi 

nuqtai  nazaridan  Xalqaro  valyuta  likvidligi  jahon  to'lov  muomalasini 

moliyalashtirish va kreditlash manbalarining yig‘indisini bildiradi hamda u jahon 

iqtisodiyotining Xalqaro zahira aktivlari bilan ta'minlanganligiga bog‘liqdir. 

Xalqaro valyuta likvidligi 4 asosiy qism (komponent)dan iborat: 

-mamlakatning rasmiy oltin zahiralari; 

-mamlakatning rasmiy valyuta zahiralari; 

-Xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar

-Xalqaro  Valyuta  Fondidagi  zahira  pozitsiyasi  (a'zo  mamlakatning  o'z 

kvotasining 25 foizi chegarasida, xorijiy valyutada, so'zsiz kredit olish huquqi). 

Xalqaro  valyuta  likvidligining  ko'rsatkichi  bo'lib,  odatda  mamlakat  rasmiy 

oltin-valyuta  zahiralarini  uning  yillik  tovar  importining  summasiga  nisbati 

hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichning qimmatligi cheklangandir, chunki u mamlakat 

oldida turgan barcha joriy to'lovlarni, xususan notijoriy xizmatlar hamda kapital va 

kreditlarning  xalqaro  harakati  bilan  bog‘liq  moliyaviy  operatsiyalarni  hisobga 

olmaydi. 

Xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanish qoidalarini soddalashtirish 

(unifikatsiya). Milliy valyuta tizimiga qaralsin. 

Xalqaro  hisob-kitoblarning  asosiy  shakllarini  soddalashtirish  (unifikatsiya). 

Milliy valyuta tizimiga qaralsin. 

Jahon  valyuta  va  oltin  bozorlari  rejimi.  Jahon  valyuta  bozori  yer  kurrasi 

bo'ylab  joylashgan  jahon  moliyaviy  markazlarida  mavjuddir.  Zamonaviy  jahon 

valyuta  bozori  elektron  telekommunikatsiya  tizimidagi  bozor  desak  mubolag‘a 

bo'lmaydi. Ushbu bozor operatsiyalar hajmi bo'yicha moliyaviy bozorlar ichida eng 

yirigi  bo'lib,  "Spot",  "Forvard",  "F'yuchers",  "Opsion",  "Svop"  va  boshqa 

moliyaviy hosilalar bozorlaridan iboratdir. 

Jahon valyuta bozori o'z faoliyat xususiyatiga ko'ra yopilmaydi va sutkada 24 

soat  faoliyat  ko'rsatadi. Ushbu bozordagi kurslar bozor kon'yunkturasiga  muvofiq 

erkin  shakllanadi.  Birja  ko'rinishidagi  valyuta  bozorlari  esa  albatta  ma'lum  bir 

vaqtda ochiladi va ma'lum bir vaqtda yopiladi. 

Oltin  bozorlari  -  bu, oltin  savdosining  maxsus  markazlari. Ushbu bozorlarda 

sanoat-maishiy 

iste'mol, 

xususiy 


iste'mol, 

investitsiya, 

tavakkalchilik, 

chayqovchilik,  xalqaro  hisob-kitoblar  uchun  zarur  bo'lgan  valyutani  sotib  olishni 

sug‘urtalash  maqsadida  oltinni  bozor  bahosidagi  muntazam  oldi-sotdisi  tashkil 

etilgan. 

Bozordagi oltin taklifi manbasining asosiy qismini (80%) uning yangi ishlab 

chiqarilgan hajmi tashkil etadi. 

Jahon  oltin  bozorlarida  yirik  va  kichik  hajmdagi  standart  oltin  quymalar 

sotiladi hamda sotib olinadi. Ular qatoriga: 995 probadan kam bo'lmagan va hajmi 




113 

 

400 troya untsiyasida (12,5 kg) xalqaro turdagi quymalar, og‘irligi 900 grammdan 



916,6 grammgacha bo'lgan yirik quymalar kiradi. 

Oltin  bozori  tashkiliy  jihatdan  oltin  bilan  bitimlarni  amalga  oshirish 

vakolatiga ega bo'lgan bir nechta banklardan tashkil topgan konsortsiumdan iborat. 

Ushbu  banklar  sotuvchi  va  sotib  oluvchilar  o'rtasida  vositachilik  operatsiyalarini 

amalga oshirgan holda  o'zida  mijozlar buyurtmalarini to'playdi, ularni  solishtiradi 

hamda o'zaro kelishilgan shartlarga muvofiq o'rtacha bozor bahosi darajasini qayd 

etadi  (odatda  bir  kunda  ikki  marotaba).  Bundan  tashqari  maxsus  firmalar  oltinni 

tozalash va saqlash, quymalar yasash ishi bilan shug‘ullanadi. 

Jahonda  50dan  ziyod  oltin  bozorlari  mavjud,  ulardan  11tasi  G‘arbiy 

Yevropada (London, Syurix, Parij, Jeneva va boshqalar), 19tasi Osiyoda (masalan 

Bayrut, Tokio), 14tasi Amerikada (AQShda - 5), 8tasi Afrikada joylashgan. 

Davlat tomonidan joriy etilgan rejimga bog‘liq holda oltin bozorlari 4 toifaga 

bo'linadi: 

1) jahon bozorlari (London, Syurix, Nyu-York, Chikago, Gonkong, Dubay va 

boshqalar); 

2) ichki erkin bozorlar (Parij, Milan, Stambul, Rio-de-Janeyro); 

3) nazorat ostidagi maqalliy bozorlar (Afina, Qohira); 

4) qora bozorlar. 

1968 yilgacha jahonning yirik oltin bozori bo'lib London bozori hisoblangan. 

Chunki  ushbu  bozorga  Janubiy  Afrika  Respublikasidan  oltin  muntazam  ravishda 

yetkazib turilgan. Janubiy  Afrika Respublikasidan yetkazib berilayotgan oltinning 

Syurix bozoriga kelib tushishi ushbu jahon oltin bozorining mavqeini o'sishiga olib 

keldi. 

London  va  Syurix  bozorlarida sotilgan  oltin  hajmining deyarli yarmi  boshqa 

bozorlardagi oldi-sotdilarni tashkil etadi. 

1975  yilda  AQSh  fuqarolariga  oltin  bilan  operatsiyalarni  amalga  oshirishga 

bo'lgan  40  yillik  taqiqning  bekor  qilinishi  munosabati  bilan  jahon  oltin  bozorlari 

ichida  N‘yu-York  va  Chikago  oltin  bozorlari  oldinga  chiqib,  peshqadamlik  qila 

boshladi.  1980  yildan  boshlab  N'yu-York  jahonning  yetakchi  oltin  bozoriga 

aylandi. 

Oltinning  ichki  erkin  bozorlari  (Parij,  Gamburg,  Frankfurt-Mayna, 

Amsterdam,  Vena  va  boshqalar)  faoliyatini  ichki  investorlar  va  iste'molchi 

bo'lmish  jismoniy  shaxslar  talabiga  moslashtiradi.  Natijada  ushbu  bozorlarda 

tangalar, medallar, mayda quymalar bilan operatsiyalar salmog‘i nisbatan katta. 

Oltinning qora bozorlari  davlatlar tomonidan  oltin bilan operatsiyalarga  ham 

tegishli bo'lgan valyuta cheklovlarini kiritishi oqibatida paydo bo'ladi. 

Davlatlararo  valyuta  muvofiqlashtirilishini  amalga  oshiruvchi  xalqaro 

tashkilotlar.  Davlatlararo  valyuta  muvofiqlashtirilishini  Xalqaro  Valyuta  Fondi 

(1944  yil),  Yevropa  valyuta  tizimida  esa  valyuta  hamkorligining  Yevropa  fondi 

(1973-1993  y.y.)  amalga  oshiradi,  keyinchalik  u  Yevropa  valyuta  instituti  bilan 

almashtirilgan  (1994-1998  yy.),  1998  yilning  1-iyulidan  boshlab  esa  Yevropa 

Markaziy  banki  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Zikr  etilgan  xalqaro  institutlar 

xalqaro valyuta-kredit  va  moliyaviy  munosabatlarning xavfsiz, inqirozsiz  rejimini 

ishlab chiqish va ta'minlashga intiladilar. 




114 

 

Jahon xo‘jaligi jahon valyuta tizimi oldiga quyidagilardan iborat ma'lum bir 



talablarni qo'yadi: 

-  xalqaro  almashuvni  ishonch  qozongan  va  miqdor  jihatidan  yetarli  bo'lgan 

to'lov, hisob-kitob vositalari bilan ta'minlash; 

- jahon iqtisodiyoti sharoitlarining o'zgarishiga valyuta mexanizmining nisbiy 

barqarorligi va tez moslashuvchanligini qo'llab-quvvatlab turish; 

- barcha a'zo mamlakatlar manfaatiga xizmat qilish. 

Ushbu  talablarning  bajarilishiga  takror  ishlab-chiqarishning  qarama-

qarshiliklari,  jahon  xo‘jaligi  tarkibiy  tuzilishi  va  jahon  maydonidagi  kuchlar 

nisbatidagi o'zgarishlar to'sqinlik qiladi. 

Valyuta  gegemonligi  markazlari,  ya'ni  valyuta  jarayonidagi  hukmronlik 

markazlari  davriy  ravishda  mamlakatlar  rivojlanishining  notekisligi  sababli 

o'zgarib  turadi.  Birinchi  jahon  urushigacha  valyuta  gegemonligi  jahon  ishlab 

chiqarishi  va  savdosida,  bank  hamda  sug‘urta  ishida,  valyuta  munosabatlarida 

hukmron  bo'lgan  Buyuk  Britaniyaga  biriktirilgan  edi.  Birinchi  jahon  urushi 

natijasida  moliyaviy  markazning  Yevropadan  AQShga  ko'chishi,  funt  sterling  va 

dollar o'rtasida valyuta gegemonligi uchun kurashni kuchaytirib yubordi. Ikkinchi 

jahon urushidan so'ng AQSh dollari yagona gegemon valyuta bo'lib qoldi. 1970 va 

1990-yillardagi  3ta  kuch  markazlarining  shakllanishi  valyuta  hukmronligining 

yangi  markazlari  paydo  bo'lishiga  olib  keldi.  Bular  G‘arbiy  YYevropa  va 

Yaponiya  markazlaridir.  Bu  o'z  navbatida  AQSh  dollarining  monopol  holatiga 

putur yetkazdi. 

Jahon  valyuta  tizimining  amal  qilish  xarakteri  va  muvozanatliligi  uning 

tamoyillarining  jahon  xo‘jaligi  tarkibiy  tuzilishi,  kuchlarning  joylashishi  va 

yetakchi  mamlakatlar  manfaatlariga  mosligi  darajasiga  bog‘liqdir.  Ushbu 

sharoitlarning o'zgarishi natijasida jahon valyuta tizimining davriy inqirozi vujudga 

keladi.  Bu  inqiroz  zikr  etilgan  valyuta  tizimining  yemirilishi  va  yangi  valyuta 

tizimining barpo etilishi bilan yakunlanadi. 

Hududiy  valyuta  tizimi  -  bu,  hududiy  birlashma  a'zolari  bo'lmish 

mamlakatlarning  davlatlararo  kelishuvlar  bilan  mustahkamlangan  valyuta 

munosabatlarini tashkil etishning shaklidir. Bunga yaqqol misol sifatida YYevropa 

valyuta ittifoqini keltirish mumkin. 

Hududiy  valyuta  tizimining  elementlari  jahon  valyuta  tizimi  elementlariga 

o'xshashdir. 

Jahon  va  hududiy  valyuta  tizimlari  o'zgaruvchan  sharoitlarga  tez  moslasha 

oladigan, egiluvchan bo'lishi hamda alohida davlatlar va butun jahon manfaatlarida 

muvozanatni  saqlash  xususiyatiga  ega  bo'lmoqi  lozim.  Faqatgina  shunday 

sharoitlarda  valyuta  tizimi  uzoq  muddat  davomida  muvaffaqiyatli  amal  qilishi 

mumkin. 



Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish