― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

16.3.Valyutalarning turlari 

          

axira  valyuta  -  mamlakatlar  markaziy  banklari  tomonidan  valyuta 

zaxiralarining  tarkibini  tashkil  etuvchi  valyuta.  Zaxira  valyutalari  asosan  

paritetlarini  xisoblash  va  valyuta  interventsiyalarini  amalga  oshirishdada 

shuningdek,  xalqaro  savdo  va    to'lovlarda  keng  ishlatiladigan  valyuta.  Ilgari 

zaxira valyutalari  asosan tovar bozorlarida to;lovlar uchun  vosita (neft, oltin 

va boshqalar) sifatida ishlatilgan. Biroq, so'nggi yillarda, ayniqsa, Osiyoda, zaxira 

valyutalari  eksport  raqobatbardoshligini  mustahkamlash  maqsadida  xorijiy 

zaxiralari (oltin zahiralari) yig‘ish va moliyaviy inqirozlarni oldini olish maqsadida 

ishlatiladi. 

Qattiq  valyuta  –

 

xalqaro  xalqaro  savdo  va  hisob-kitoblarda  keng 



qo‘llanadigan,  uzoq  vaqt  davomida  valyuta  kursini  barqaror  darajasini  ta‘minlab 

keluvchi davlatlar valyutasi. 

Qattiq valyuta omillari: uzoq vaqt mobaynida xarid qobiliyatini saqlab kelish, 

barqaror  fiscal  va  pul-kredit  siyosatini  yurituvchi,  mustaqil  markaziy  bankkaega 

davlat valyutasi. 

Yumshoq  valyuta – odatda konvertatsiyalanishi bo‘yicha cheklovlari mavjud 

yoki umuman konvertatsiyalanmaydigan valyutalar. 

To'lov  balansi  zaif  bo‘lgan    mamlakatlar  pul  belgilar,  Odatda,  davlat 

tashqarisida bunday pul belgilari deyarli ishlatilmaydi. 

Yumshoq  valyuta  -  kuchli  siyosiy  yoki  iqtisodiy  o‘zgarishlarga  nisbatan 

ta‘sirchan mamlakatning ichki to'lov vositasi.  

Bоzоr  iqtisоdiyoti  shаrоitidа  аsоsiy  dоlzаrb  mаsаlаlаridаn  biri  -  bu  milliy 

vаlyutаning  erkin  kоnvеrtirlаnishini  tа‘minlаshdir.  Milliy  vаlyutаning  erkin 

kоnvеrtirlаnishi-jаhоn  хo‘jаligi  bilаn  bоG‘lаnishni,  milliy  хo‘jаlikning  jаhоn 

хqjаligigа  chuqurrоq  intеgrаtsiyalаshuvini  tа‘minlаydi.  Vа  shu  оrqаli  mаmlаkаt 

uchun  ko‘p  tоmоnlаmа  jаhоn  sаvdо  vа  hisоb-kitоb  tizimidа  mаnfааt  kеltirаdi. 

Milliy  vаlyutаning  erkin  kоnvеrtirlаnishigа  erishishning  yo‘llаridаn  biri 

bоsqichmа-bоsqich,  аstа-sekin  o‘tish.  Bu  yo‘l  vаlyutаviy  chеklаshlаrni  аstа  - 

sekinlik  bilаn  оlib  tаshlаshdаn  ibоrаtdir.  Buning  uchun  vаlyutаviy  chеklаshlаrni 

puхtа o‘rgаnib chiqmоq lоzim. 

Bugungi  kundа  dunyodа  bir  nеchtа  mаmlаkаtlаrdаginа  vаlyutаlаr  erkin 

kоnvеrtirlаnаdi:  Аntiguа  vа  Bаrbudа,  Аvstrаliya,  Аvstriya,  Bеlgiya,  Brunеy, 

Buyukbritаniya, Kаnаdа, Dаniya, Lyuksеmburg, Finlyandiya, Frаntsiya, Gаmbiya, 

Gеrmаniya,  Gоnkоng,  Islаndiya,  Indоnеziya,  Irаn,  Itаliya,  Kiribаti,  Kuvеyt, 

Mаrshаll  оrоllаri,  Mikrоnеziya,  Nidеrlаnd,  YAngi  Zеllаndiya,  Nоrvеgiya,  Оmаn, 

Pоrtugаliya,  Kаtаr,  Sаudiya  Аrаbistоn,  Singаpur,  Ispаniya,  SHvеtsiya, 

SHvеytsаriya, Trinidаd vа Tоbаgо BАА, АO‘SH, Lаtviya, Estоniya mаmlаkаtlаri 

vаlyutаlаri  ХVF  klаssifikаtsiyasi  bo‘yichа  erkin  ishlаtilаdigаn  vаlyutаlаr 

хisоblаnаdi. 




103 

 

SDR  xalqaro  rezerv  aktivi  bo‘lib,  XVF  tomonidan  1969  yilda  a‘zo 



mamlakatlar rasmiy valyuta rezervlarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan. 

Uning qiymati xalqaro 4 valyutadan tashkil topgan savat orqali aniqlanadi va erkin 

suzuvchi  valyutalarga  almashtirilishi  mumkin.  2009  yilning  28  avgustida  SDR 

umumiy  ajratmalari  va  9  sentabrda  mahsus  ajratmalar  joriy  qilinishi  natijasida 

SDR zahiralarining qiymati 21,4 mlrd SDR dan 204 mlrd SDR (2012 yil 20 avgust 

sanasidagi valyuta kurslariga ko‘ra 310 mlrd USD) ga yetdi.  

SDR ning global iqtisodiyotdagi roli 

   XVF tomonidan 1969 yilgi Bretton Vuds o‘zgarmas almashuv kursi tizimini 

mukammallashtirish  maqsadida  SDR  muomalaga  kiritildi.  Bu  tizim  a‘zosi 

sanalgan har bir mamlakat o‘zining davlat yoki markaziy bank oltin jamg‘armasi 

va  belgilab  berilgan  xorijiy  valyutalarga  ega  bo‘lishi  lozim  edi.  Zahiradagi 

valyutalar xalqaro bozorlardan o‘z valyutasini sotib olish va buning natijasida o‘z 

valyutasining  qiymatini  saqlab  qolish  maqsadida  jamg‘arilardi.  Lekin  Bretton 

Vuds tizimining o‘sha paytda SDR ga muqobil rezerv aktivlari hisoblangan dollar 

hamda oltin tobora kengayib borayotgan jahon savdosi va moliyaviy taraqqiyotini 

ta‘minlab  bera  olmasligi  aniq  bo‘lib  qoldi.  Shuning  uchun  xalqaro  hamjamiyat 

XVF ko‘magida yangi rezerv aktivini yaratishga qaror qildi.  

Biroq  ko‘p  yil  o‘tmay  Bretton  Vuds  tizimi  barham  topdi  va  natijada  asosiy 

valyutalar  suzuvchi  almashinuvchi  kurs  rejimiga  o‘tdi.  Shuni  ta‘kidlash  joizki, 

xalqaro kapital bozorlaridagi o‘sish kredit berishga layoqatli mamlakatlar sonining 

ham  o‘sishiga  olib  keldi.  Bu  omil  SDR  ga  bo‘lgan  talabning  qisqarishiga  olib 

keldi.  


XVF  da  SDR  valyuta  ham,  talab  ham  emas.  SDR  –  egalik  qiluvchi 

mamlakatning erkin valyutalarga bo‘lgan talabidir, deyishimiz ham mumkin. SDR 

egalari  o‘z  SDR  larini  bunday  valyutalarga  ikki  usul  yordamida  ayirboshlashlari 

mumkin.  Birinchi  usulga  ko‘ra  a‘zolar  tashabbusi  bilan  ular  o‘rtasida  shartnoma 

tuziladi.  Ikkinchi  usulda  ,  XVF  kuchsiz  tashqi  pozitsiyaga  ega  bo‘lgan 

mamlakatlarga o‘z SDR larini kuchli tashqi pozitsiyaga ega bo‘lgan mamlakatlar 

zahiradagi  valyutalariga  almashtirishda  vositachilik  qiladi.  Bu  xususiyatiga  ko‘ra 

SDR  XVF  va  boshqaro  xalqaro  moliya  tashkilotlarining  hisob  birligi  vazifasini 

ham o‘taydi.  

Dastlab,  SDR  qiymati  0,888671  gr  sof  oltin  qiymatiga  teng  bo‘lgan.  Bu 

paytda AQSh dollarining qiymati ham aynan shuncha edi. 1973 yilda Bretton Vuds 

tizimi  qulagach,  SDR  qiymati  hozirgi 4 valyutani  o‘z  ichiga oluvchi savat orqali 

aniqlanadigan bo‘ldi. SDR ning  dollardagi qiymati XVF ning rasmiy veb saytida 

har  kuni  e‘lon  qilib  boriladi.  SDR  qiymati  savat  valyutalarining  turli  miqdorlari 

yig‘indisini  hisoblash  orqali  aniqlanadi.  Savat  valyutalarining  qiymatini 

belgilashda  esa  har  kuni  tush  vaqtida  London  birjasida  o‘rnatilgan  valyuta 

kurslariga asoslaniladi.    

Valyuta  savati  tuzilishi  har  5  yilda  XVF  ijrochi  kengashi  tomonidan  ko‘rib 

chiqiladi.  Fond  valyutalarning  o‘zgarishi  jahon  savdosi  va  moliyaviy  tizimlarga 

ta‘sir ko‘rsatadigan holatlarda valyuta savatini muddatidan ilgariroq ko‘rib chiqishi 

mumkin. SDR savati oxirgi marta 2010 yilning noyabr oyida ko‘rib chiqilgan va 

2011  yildan  joriy  etilgan.  Valyutalarning  savatdagi  ulushi  global  tovar-xizmatlar 

eksport-importida  va  XVF  ga  a‘zo  mamlakatlar  valyuta  zahiralaridagi  ulushiga 



104 

 

qarab  belgilanadi.  2011  yilning  oktabrida  XVF  ijrochi  kengashi  tomonidan  SDR 



savatini  boshqa  valyutalar  bilan  kengaytirish  masalasi  muhokama  qilindi.  Lekin 

direktorlarning  asosiy  qismi  tomonidan  SDR  savatining  hozirgi  belgilanish 

mezonlari munosib deb topildi.  


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish