― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


-mavzu. Pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

16-mavzu. Pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat 

 

REJA: 

 

16.1.Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar 



16.2.Valyuta kategoriyasi tushunchasi 

16.3.Valyutalarning turlari 

16.4.Valyuta tizimi 

16.5.Jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi 

16.6.Valyuta kursi va unga ta‘sir etuvchi omillar 

16.7.Valyutaning xarid qobiliyati 

16.8. Savdo balansi, to‘lov balansi va ularning holati 

 

 



 

16.1.Pulning  xalqaro  munosabatlardagi  harakatini  yuzaga  keltiruvchi 

omillar 

 

 



amiyat  xo‘jalik  faoliyatining  baynalmilallashuvi,  bir  turdagi  milliy 

valyutalarni  boshqa  turdagi  milliy  valyutalarga  almashinishiga  obektiv 

zarurat tuq‘diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning tasiri asosida valyutani 

o‘ziga  xos  bahosi  –  valyuta  kursi  shakllanadigan  maxsus  bozorda  tuq‘ilib, 

amalga  oshadi.  Mazkur  bozor  o‘z  ichiga,  xorijiy  valyutalarni  bir-biriga 

ayirboshlash  bilan  boq‘liq  jami  munosabatlarni  olgan  holda,  ularning 

mohiyati,  hukmron  valyuta  tizimini  xarakteri  bilan  belgilanadi.  Jahon  bozori 

                                                 

149

 Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 



2013. pp. 245-263 




96 

 

tizimida xorijiy valyutalar bozori, tovarlar va kapitallar bozoriga nisbatan obúektiv 



ravishda ikkilamchi o‘rinni egallab, ularga xizmat ko‘rsatadi. 

Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar 

fuqarolari  bo‘lmish  yuridik  hamda  jismoniy  shaxslarning  pul  shaklidagi  talablari 

va  majburiyatlarini  keltirib  chiqaradi.  Xalqaro  hisob-kitoblarning  xususiyatli 

tomoni  shundaki,  ushbu  hisob-kitoblarda  baho  va  to‘lov  valyutasi  sifatida  odatda 

xorijiy  valyutalar  ishlatiladi,  chunki  hozircha  umum  tan  olingan  hamda  barcha 

davlatlarda  qabul  qilinishi  lozim  bo‘lgan  jahon  kredit  pullari  mavjud  emas.  Shu 

bilan  birgalikda  har  qanday  mustaqil  mamlakatda  qonuniy  to‘lov  vositasi  sifatida 

uning  milliy  valyutasi  ishlatiladi.  Shu  sababli  tashqi  savdo,  xizmatlar,  kreditlar, 

investitsiyalar  bo‘yicha  hisob-kitoblar  hamda  davlatlararo  to‘lovlardagi  muhim 

shartlardan biri bo‘lib to‘lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani 

sotib  olish  yoxud  sotish  shaklidagi  bir  valyutani  boshqa  bir  valyutaga 

ayirboshlanishi hisoblanadi. 

Jahon  valyuta,  kredit,  moliya  va  sug‘urta  bozorlari  shartnomaning  ob‘yekti 

pul  kapitali  hisoblangan  bozor  munosabatlarining  o‘ziga  hos  jarayoni  bo‘lib 

hisoblanadi.  Ular  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanishi  asosida 

shakllangan.  Amal  qilish  nuqtai  nazaridan  ushbu  bozorlar  takror  ishlab 

chiqarishning  uzluksizligi  va  rentabelligini  ta'minlash  maqsadida  jahon 

miqyosidagi  moliyaviy  oqimlarning  to‘planuvi  hamda  ularning  qayta  taqsimotini 

ta'minlovchi  bozor  munosabatlarining  tizimi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Institutsional 

nuqtai  nazardan  esa  jahon  moliyaviy  oqimlari  ular  orqali  amalga  oshadigan 

banklar,  ixtisoslashgan  moliya-kredit  tashkilotlari  hamda  fond  birjalari 

yig‘indisidan iboratdir. 

Jahon  valyuta,  kredit  hamda  moliyaviy  bozorlari  rivojlanishining  ob‘yektiv 

asosi  bo‘lib  amaldagi  kapitalning  doiraviy  aylanish  qonuniyatlari  hisoblanadi. 

Jahon  bozorining  ayrim  uchastkalarida  vaqtincha  bo‘sh  bo‘lgan  kapitallar  paydo 

bo‘lsa, uning boshqa bir joylarida mazkur kapitallarga doimiy talab paydo bo‘ladi. 

Kapitalning  harakatsizligi  uning  tabiati  va  bozor  qonuniyatlariga  ziddir.  Jahon 

valyuta,  kredit  hamda  moliyaviy  bozorlari  ushbu  qarama-qarshilikni  umumjahon 

xo‘jaligi  miqyosida  hal  etadilar.  Vaqtincha  bo‘sh  bo‘lgan  pul  kapitallari  bozor 

mexanizmi  yordamida  takror  ishlab  chiqarishning  uzluksizligi  va  tadbirkorlarga 

foydani  ta'minlagan  holda  kapital  doiraviy  aylanishi  jarayoniga  yana  jalb  etiladi. 

Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida 

paydo  bo‘lgan  va  milliy  bozorlar  ular  bilan  yaqindan  munosabatdadir.  Jahon 

valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlariga quyidagilar xosdir: 

- nihoyatda katta masshtablar. Ayrim baholarga qaraganda jahonning valyuta 

va moliyaviy bozorlaridagi kunlik operatsiyalar hajmi tovarlar bilan jahon savdosi 

hajmidan 50 marotaba ko‘pdir; 

- geografik chegaralarning yo‘qligi; 

- operatsiyalarning uzluksiz, sutka davomida olib borilishi; 

- yetakchi davlatlarning valyutalari hamda xalqaro hisob-valyuta birliklaridan 

foydalanishi; 

-  ishtirokchilari  bo‘lib  asosan  nufuzli  banklar,  korporatsiyalar  hamda  yuqori 

reytingga ega moliya-kredit institutlari hisoblanadi; 




97 

 

-  ushbu  bozorlarga  nihoyatda  ishonchli  yoki  salmoqli  kafolatga  ega  mijozlar 



chiqish huquqiga ega; 

- moliyaviy xizmatlar jarayonidagi inqilobiy sharoitlarda bozor segmentlari va 

shartnoma instrumentlarining diversifikatsiyasi; 

- o‘ziga hos, xalqaro tusdagi foiz stavkalari; 

-  EHMning  eng  yangilaridan  foydalanish  zaminida  qog‘ozsiz  operatsiyalarni 

standartlashtirish hamda axborot texnologiyalarining yuqori darajasi. 

Jahon  valyuta,  kredit  hamda  moliyaviy  bozorlari  rivojlanishining  ob‘yektiv 

asosi  bo‘lib  xo‘jalik  munosabatlari  globallashuvining  chuqurlashishi  hamda 

tegishli  milliy  bozorlarning  cheklangan  imkoniyatlari  o‘rtasidagi  ziddiyatning 

kuchayishi  hisoblanadi.  Jahon  valyuta,  kredit,  qimmatli  qog‘ozlar  hamda  oltin 

bozorlari  rivojlanishining  harakatlantiruvchi  kuchi  bo‘lib  jahon  moliyaviy 

oqimlari,  bozor  ishtirokchilariga  taklif  etilayotgan  kreditlar  qiymatining  hajmi  va 

taqsimotini muvofiqlashtiruvchi raqobat hisoblanadi. Biroq raqobat kurashi hamma 

vaqt  ham  samarali  va  nuqsonsiz  emasdir.  Shu  sababli  ushbu  jarayonlarni  bozor 

hamda davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi birgalikda olib boriladi. Davlat jahon 

bozorlari faoliyatiga inqirozli jarayonlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish 

maqsadida aralashadi. 

Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanishi  hom  ashyo  manbalari  va 

iste'molchilar  bozorlari  uchun  raqobat  kurashining  kuchayishi  bilan  samarali 

investitsiyalar hamda  moliyaviy  oqimlar  milliy  xarakterini  yo‘qotgan va o‘zining 

kosmopolitik  tabiatini  ko‘rsatgan  holda  bir  mamlakatdan  boshqa  bir  mamlakatga 

stihiyali  asosda  oqib  o‘tadi.  Milliy  valyuta,  kredit  va  moliyaviy  bozorlar 

o‘zlarining  mustaqilligini  nisbatan  saqlab  qolgan  holda  faoliyatlarini  to‘ldiruvchi 

hamda  milliy  iqtisodiyot  va  pul-kredit  tizimlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa  shu 

kabi  jahon  bozorlari  bilan  chambarchas  bog‘lanib  ketmoqdalar.  Jahon  valyuta, 

kredit  va  moliya  bozorlari  o‘zlarining  katta  imkoniyatlari  hamda  ko‘p 

maqsadliligining  tez  o‘sishi  natijasida  xalqaro  valyuta-kredit  va  moliyaviy 

munosabatlar hamda jahon iqtisodiyotining muhim zvenolaridan biriga aylandi. 

Milliy  valyuta,  kredit  va  moliya  bozorlarining  jahon  valyuta  bozori 

operatsiyalaridagi ishtiroki quyidagi bir qator omillar bilan belgilanadi: 

-  mamlakatning  jahon  xo‘jaligi  tizimidagi  tegishli  o‘rni  hamda  valyuta-

iqtisodiy holati; 

-  rivojlangan  kredit  tizimi  va  yaxshi  tashkil  etilgan  fond  birjasining 

mavjudligi; 

- soliqqa tortishning o‘rta me'yorligi; 

-  xorijlik  qarz  oluvchilarga  milliy  bozorga  chiqish  va  xorijiy  qimmatli 

qog‘ozlarga  birja  kotirovkasiga  kirish  imkonini  beruvchi  imtiyozli  valyuta 

qonunchiligining mavjudligi; 

- qulay geografik joylashishi; 

- siyosiy tuzumning nisbatan barqarorligi va boshqa shu kabilar. 

Yuqorida zikr etilgan omillar xalqaro operatsiyalarni amalga oshiruvchi milliy 

bozorlar  doirasini  cheklaydi.  Raqobat  kurashi  natijasida  N'yu-York,  London, 

Lyuksemburg,  Frankfurt-Mayn,  Singapur  va  boshqa  shu  kabi  jahon  moliyaviy 

markazlari shakllandi. 




98 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  mustaqiligiga  erishganidan  so‘ng  bozor 



munosabatlari  asosida  o‘z  rivojlanish  yo‘lini  tanlar  ekan,  zamonaviy  moliyaviy 

bozor va uning vositalariga ehtiyoj paydo bo‘la boshladi. 2003  yilda joriy valyuta 

operatsiyalari  bo‘yicha  so‘mni  xorijiy  valyutalarga  erkin  konvertirlashni  joriy 

etilishi  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ektlarning,  shu  jumladan,  tijorat  banklarining 

valyuta operatsiyalarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. 

Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar 

fuqarolari  bo‘lmish  yuridik  hamda  jismoniy  shaxslarning  pul  shaklidagi  talablari 

va  majburiyatlarini  keltirib  chiqaradi.  Xalqaro  hisob-kitoblarning  xususiyatli 

tomoni  shundaki,  ushbu  hisob-kitoblarda  baho  va  to‘lov  valyutasi  sifatida  odatda 

xorijiy  valyutalar  ishlatiladi,  chunki  hozircha  umum  tan  olingan  hamda  barcha 

davlatlarda  qabul  qilinishi  lozim  bo‘lgan  jahon  kredit  pullari  mavjud  emas.  Shu 

bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy to‘lov vositasi sifatida 

uning  milliy  valyutasi  ishlatiladi.  Shu  sababli  tashqi  savdo,  xizmatlar,  kreditlar, 

investitsiyalar  bo‘yicha  hisob-kitoblar  hamda  davlatlararo  to‘lovlardagi  muhim 

shartlardan biri bo‘lib to‘lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani 

sotib  olish  yoxud  sotish  shaklidagi  bir  valyutani  boshqa  bir  valyutaga 

ayirboshlanishi hisoblanadi. 

Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar 

yuridik  shaxslari  hamda  fuqarolarining  pul  talabnomalari  va  majburiyatlarini 

keltirib  chiqaradi.  Xalqaro  hisob-kitoblarning  o‘ziga  hosligi  shundaki,  baho  va 

to‘lov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozirgi kunda 

barcha davlatlarda qabul qilinishi majburiy bo‘lgan umum tan olingan jahon kredit 

pullari yo‘q. Shu bilan birgalikda qonuniy to‘lov vositasi sifatida har bir suveren 

davlatda  uning  milliy  valyutasi  ishlatiladi.  Shu  sababli  tashqi  savdo,  xizmatlar, 

kreditlar, investitsiyalar, davlatlar aro to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarning zaruriy 

sharti bo‘lib to‘lovchi yoki oluvchi tomonidan bir valyutani boshqa bir valyutaga 

sotib olish yoxud sotish shaklidagi almashinishi hisoblanadi. 

Valyuta  munosabatlari  -  bu,  valyutani  jahon  xo‘jaligi  muomalasida  amal 

qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko‘rsatishda o‘ziga hos pul 

munosabatlarining  yig‘indisidir,

150

  yoki  davlatlar,  jahon  valyuta  bozorining 



sub‘ektlari,  muayyan  davlatning  rezident  yoki  norezident  shaxslari  o‘rtasida 

valyutalarni  sotish,  sotib  olish,  majburiyatlarni  bajarish  hamda  boshqa  shu  kabi 

jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.  

Valyuta  munosabatlari  -  bu  xalqaro  aloqalarga  xizmat  ko‘rsatuvchi  va  jahon 

xo‘jaligida  valyuta  muomalasi  jarayonida  vujudga  keladigan  o‘ziga  hos  pul 

munosabatlarining  majmuidir.  Valyuta  munosabatlari  jahon  valyuta  tizimining 

asosi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ularning  shakllanish  jarayonlarini  o‘rganish 

O‘zbekiston uchun nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. 

Valyuta munosabatlarining paydo bo‘lishi, o‘zgartirilishi yoki tugatilishining 

huquqiy  asoslari  bo‘lib  xalqaro  kelishuvlar  va  ichki  davlat  qonun-qoidalari 

hisoblanadi. 

                                                 

150

   Финансово-кредитный энциклопедический словарь / Колл. авторов; Под общ. ред. А.Г. Грязновой. – М.: 



Финансы и статистика, 2004. – 1168 с 


99 

 

O‘zbekiston banklarining xalqaro moliya tizimlari va uning e'limentlari bilan 



aloqalarini tahlil qilar e'kanmiz, ushbu munosabatlar asosan tashqi savdoga xizmat 

qilish  hamda  Xalqaro  moliya  institutlari  (XMI)  va  xorijiy  banklardan  imtiyozli 

shartlar asosida moliyavij resurslarni jalb qilishdan iborat e'kanligiga, shuningdek, 

bu  borada  moliyavij  xavfsizlikni  hisobga  olgan  holda  e'htiyotkorona,  uzoqni 

ko‘zlagan  strategik  siyosat  olib  borilayotganligining  guvohi  bo‘lamiz.  Bunga 

ko‘ra,  yuqorida  ajtganimizdek,  tashqi  qarzlar  uzoq  muddatli  asosda  iqtisodiyot 

tarmoqlarini  modernizaciya  qilish  dasturlariga  kiritilgan  investiciya  lojihalarini 

moliyalash,  kichik  biznes  va  xususij  tadbirkorlik  sub~ektlarini  qo‘llab-

quvvatlashga  jo‘naltirilmoqda.  Bu  jarayonlarda  banklar  lojihalarni  amalga 

oshiruvchi  tashkilotlar  va  XMIlar  o‘rtasida  moliyalashdagi  vositachi  sifatida 

qatnashmoqda. 

"Valyuta" kategoriyasi milliy va jahon xo‘jaligi o'rtasida aloqa hamda o'zaro 

munosabatlarni  ta'minlaydi.  Jahon  valyuta  tizimi  jahon  pullarini  amaldagi 

shakllariga  asoslangandir.  Jahon  pullari  deb  xalqaro  munosabatlarga  (iqtisodiy, 

siyosiy, madaniy) xizmat ko'rsatuvchi pullarga aytiladi.  

Har  bir  mustaqil  davlat  o'z  milliy  pul  tizimiga  ega  bo'lgani  singari,  o'zining 

valyuta tizimiga ham ega. Valyuta tizimi tashkiliy jihatdan valyuta munosabatlari, 

valyuta fondlari hamda ushbu munosabatlarni amalga oshishi, valyuta fondlarining 

shakllanishi,  taqsimoti  va  qayta  taqsimoti  bilan  bog‘liq  munosabatlarni  amalga 

oshiruvchi hamda muvofiqlashtiruvchi davlat organlari yig‘indisidan iboratdir. 

Xar  qanday  davlat  iqtisodida  pul  muhim  ahami  tni  kasb    tadi,  jami  tning 

ishlab  chiqarish,  taqsimot,  muomala  va  iste'mol  jarayonlarini  qamrab  oladi, 

kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  uchun  sharoit    ratib  beradi.  Pul  va  iqtisod 

ơzaro ơzviy boğliq bơlgan  lementlardir. Agar jami t iqtisodida muammolar paydo 

bơlsa,  albatta  bunday  muammolar,  ơzining  salbiy  aksini  jami  tning  pul 

muomalasida  topadi.  Shuning  uchun  pulni  jami  t  iqtisodiy  xayotining  barometri 

deb bejiz aytishmagan.  

Iqtisodiy  nazariyada  haqiqiy  pul,  tovar    kvivalent  sifatida  mavjud  bơlib, 

iste'molchilarning  muomalaga  bơlgan    xtiyojlarini  qondiradi.  Qoğoz  pullar    sa, 

haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodasidir yoki vakilidir. 

Xar  qanday  mustaqil  davlat  ơz  puliga    ga  va  bunday  pul  shu  davlat  uchun 

milliy  pul  birligi  hisoblanadi.  Milliy  pul  birligi  ơzining  nomi  va  ma'lum  bir 

muomala tarixiga  ga. 

Nazari da pul va valyuta kategori lari mavjud bơlib, pul va valyuta ikkalasi bir 

narsa,  ammo  hamma  vaqt  ham  pul  valyuta  bơlavermaydi.  Agarda,  muay  n  bir 

davlatning  milliy  pul  birligi  jahon  bozoriga  chiqib  davlatlar  ơrtasida  muomala, 

tơlov  va  jamğarish  vositasi  sifatida ishlatilsa,    'ni pulning  funksi larini bajarsa, u 

valyutaga aylanadi. 

Xalqaro valyuta munosabatlari – bu, valyutaning jahon xơjaligida amal kilishi 

borasida  shakllanadigan  va  milliy  xơjaliklar  faoliyati  natijalarining  ơzaro 

almashuviga  xizmat  kơrsatadigan  ijtimoiy  munosabatlar  yiğindisidir  .  YOki 

davlatlar,  jahon  valyuta  bozorining  sub'ektlari,  muay  n  davlatning  rezident  yoki 

norezident  shaxslari  orasida  valyutalarni  sotish,  sotib  olish,  majburiyatlarni 

bajarish va boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.   




100 

 

Valyuta  munosabatlarining  paydo  bơlishi,  ơzgartirilishi  yoki  tugatilishining 



huquqiy asoslari bơlib, xalqaro kelishuvlar va davlatning ichki qonun va qoidalari 

hisoblanadi. 

Valyuta  munosabatlari  nisbatan  mustaqil  munosabatlar  bơlgani  holda,  tơlov 

balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operasi lari orqali dunyo iqtisodiga sezilarli ta'sir 

kơrsatadi. 

  Valyuta munosabatlarining holatiga quyidagilarga boğliq bơladi: 

-milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga; 

-siyosiy ahvolga; 

-jahon  bozorida  davlatlararo  munosabatlar  borasidagi  muammolarga  va  

bunda muammolarning rivojlanish tendensi lariga 




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish