93
kengaytirgan maxalliy investorlarga sotdi.Ushbu investorlar nemis va britan uy
xo‗jaliklaridan xorijiy valyutadagi depozitlarni jalb qilish hamda xorijiy valyutada
ifodalangan kreditlar etarli va arzon bo‗lganqisqa muddatli ulgurji fond
bozorlaridan katta miqdorda qarz olishmaqsadidachet elda filiallarni tashkil
qilishdi.Ular fondlarni aynan bank egalariga aloqasi bo‗lgan mahalliy investitsion
firmalarga yo‗naltirishdi. Tabiyki, fondlarning katta qismi kapital va ko‗chmas
mulk ko‗rinishidagi yuqori riskli investitsiyalarga yo‗naltirildi. Islandiyaning
qimmatli qog‗ozlar bozori qiymati YAIM ning 250%miqdorigacha tezkorlik bilan
o‗sdi va firmalar, uy xo‗jaliklari hamda banklar xorijiy valyutada qarz olishdi.
Natijada rivojlanayotgan davlatlarda bo‗lgani kabi kuchli valyuta nomutanosibligi
sodir bo‗ldi. Bir vaqtning o‗zida Islandiyaning tartibga solish tizimi bank
risklarini samarasiz nazorat mexanizmi bilan ta‘minlangan edi.
2008-yil oktyabrda AQSH investitsion banki Lehmann Brothers ning
bankrotlikka uchrashi Islandiya banklarini moliyalashtirib turgan ulgurji qarz
tizimini to‗xtatishiga olib keldi.Fond bozoriga yo‗lning mavjud emasligi natijasida
banklar o‗larining xorijiy valyutadagi qarzlarini qayta to‗lay olishmadi. Ko‗pgina
hollarda banklar tomonidan qabul qilingan ta‘minot boshqa Island banklarini
aksiyalarini o‗z ichiga olib, ularning narxi oldingi qiymatini ma‘lum bir
qismigacha pasaydi. Banklarning aktivlari shu darajada o‗sib ketgan ediki,
mamlakatning yalpi ichki maxsulotidan deyarli to‗qqiz barobarga oshib ketgan
edi. Natijada xukumat banklarni bankrotlikdan ishonchli tarzda qutqara olmas edi.
Islandiyadan xorijiy kapital qochib ketdi va Island kronasining qiymati 50%gacha
qadrsizlandi.
Valyuta kursini keskin pasayishi natijasida tashqi qarz yuki milliy valyutada
ifodalanganda ikki barobarga ko‗paydi. Natijada Island firmalari va uy
xo‗jaliklari kapitalining katta qismini emirilishi to‗liq masshtabli moliyaviy
inqirozni yuzaga keltirdi. Ishsizlik darajasini uch barobarga oshishi,ish haqini
tushishi, xukumatda katta hajmda byudjeti defitsiti shakllanishi bilan iqtisodiyot
kuchli retsessiya holatiga tushdi. Xorijiy kreditorlar bilan munosabatlar yanada
taranglashgan bo‗lsa, terrorizmga qarshi qonunga muvofiqxattoki island
firmalarning aktivlari muzlatilishi Buyuk Britaniya bilan aloqalarni yanada
og‗irlashtirdi. Ko‗pgina islandiyalik odamlar baliq ovlash va qishloq xo‗jaligi
sanoatidagi an‘anaviy ishlariga qaytishdi. Fuqarolar yomon vaziyatning ham
yaxshi tomonlarini topishdi: island valyutasining qadrini pasayishi islandiyaning
mashxur balig‗i, Island pista ko‗miri va atlantik lososni xorijliklar uchun ancha
qulay bo‗lishini ta‘minladi.
Prudensial nazorat 1) yaxshi risk menejment va monitoring tizimi 2) mavjud
muxim risklarni yuzaga keltiradigan faoliyatni cheklash 3) xodimlar tomonidan
o‗g‗irlik va ruxsat etilmagan xarakatlarni oldini olish maqsadida ichki nazoratni
o‗z ichiga oluvchi o‗z o‗rnida to‗g‗ri risk menejment jarayonlarini banklarda
mavjudligi kafolatlash orqali xavfsizroq va sog‗lomroq bank tizimini
qo‗llabquvvatlashga yordam beradi.Janubiy Koreya misolida ko‗rsatganidek,
tartibga solish tizimi tijorat faoliyati bilan shug‗ullanuvchilar tomonidan
banklarni egallab olinishiga ruxsat berilmasligi lozim. Tijorat faoliyati bilan
shug‗ullanuvchilar banklarni egallab olishsa,Janubiy Koreyadagi chebollar
kabibank kreditlarini o‗z maqsadlarini moliyalashtirish yo‗lida foydalanishadi. Bu
94
holat yuqori riskli kreditlash faoliyatini kengayishiga, o‗z navbatida bank
inqirozini keltirib chiqaradi.
Prudensial nazorat ishlashi uchun nazoratchilarda o‗zlarining faoliyatini
amalga oshirishlari uchun etarli darajada resurslar bo‗lishi kerak.
Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti uchun bu juda ham jiddiy muammo
hisoblanib, prudensial nazoratchilar juda kam ish haqi olishadi va kompyuter kabi
instrumentlar etishmaydi. Siyosatchilar tomonidan prudensial nazoratchilarga
katta bosim mavjud bo‗lib, siyosiy ulushini olish (yoki to‗g‗ridanto‗g‗ri pora olish)
maqsadidabanklardan ―juda ‖qattiq‖bo‗lmasliklarni talab qilishadi. Mustaqilroq
tartibga soluvchi va nazorat agentligi siyosiy ta‘sirga qarshi turishi, o‗z ishini
bajarishi va bank risklarini kamaytirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: