|
Valyuta inqirozi to„liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi
|
Pdf ko'rish
bet | 297/339 | Sana | 31.12.2021 | Hajmi | 4,72 Mb. | | #258318 |
| Bog'liq pul va banklar
Valyuta inqirozi to„liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi.
2002 -yilning iyunigacha 1,00$ qiymatdan 0,30$dan pastroqgachapesoning
kursi erkin ravishda pasaydi va keyinchalik 0,33$ atrofida barqarorlashdi. Boshqa
inqiroz yuz berayotgan davlatlarga qaraganda Argentinada AQSH dollarida
ifodalangan yuqori foizli qarz mavjudligi boispesoning qadrini tushishining
ta‘siriayniqsa banklar balansiga juda xalokatli edi.Inqirozdan oldin pesoqadrini
uchdan bir martagapasayishi, dollarda ifodalangan barcha qarzlarning pesoda
uch barobarga oshib ketishiga olib keldi. Argentinasavdo sektori kichik bo‗lganligi
bois, ko‗plab tijoratchilarning ishlab chiqarishi pesoda baholangan edi. Agarda
ular barcha dollardagi qarzlarini qaytarishga to‗g‗ri kelib qolsa, deyarli barcha
firmalar to‗lovga layoqatsiz bo‗lib qolar edi. CHunki sof qiymat tanlovning
yomonlashishi hamda psixologik risk muammosini yumshata olmasligi
sababliyaratilgan shunday muhitda moliyaviy bozorlar faoliyat ko‗rsata
olishmaydi.(12-rasm)
Defoltga uchragan xukumat qarzidan yo‗qotishlar va kreditdan
yo‗qotishlarning oshishi Argentina banklarining balansini juda yomon ahvolga
olib keldi. Keyinchalik, banklarlan depozitlarni talab qilinib olinishiyirik hajmda
depozitlarni oqib chiqib ketishiga olib keldi.YAngidan kreditlar ajratish uchun
resurslarni etishmasligi banklar tomonidan tanlovning yomonlashuvi va psixologik
risk muammosini xal qila olmasligiga olib keldi. Xukumat obligatsiyalarining
defolti va Argentina moliya bozorlaridagiholat xorijliklarning ortiq kredit
berishini xoxlamasligini va xaqiqatda o‗zlarining pullarini mamlakatdan olib
chiqib ketayotganliklarini anglatar edi.
Moliyaviy tizim xavfda turganligi bois, moliyaviy oqimni sekinlik bilan
to‗xtashiga olib keldi. Kreditlashning pirovard qisqarishi keyinchalik iqtisodiyotni
pasayishiga etakladi. Corralito iqtisodiyotni pasayishida muhim rol o‗ynadi. Naqd
pul olishning qiyinlashishi Argentinada yirik bo‗lgan va asosan naqd pulda
faoliyat yurituvchiyashirin iqtisodiyotning keskin pasayishiga sabab bo‗ldi. (13-
rasm)
15.13-rasm
91
Janubiy Koreyada bo‗lgani kabi valyutaga muvaffaqiyatli spekulyativ
xujumdan so‗ng Argentina valyutasi kursining pasayishi bevosita inflyasiyani
keltirib chiqarib, Argentina markaziy bankining inflyasiyani nazoratda ushlab
turish ishonchliligini kuchsizlandi va import narxlari o‗sdi. Haqiqatda,
Argentinaning yuqori darajadagi inflyasiyaga ega tarixiy o‗tmishi Janubiy
Koreyaga nisbatan Argentinada kutilayotgan inflyasiyani yuqori bo‗lishini
anglatar edi. Bu holat nafaqat ishlab chiqarishning pasayishini, balki
inflyasiyaning Janubiy Koreyada sodir bo‗lgan moliyaviy inqiroz sharoitidagiga
nisbatan ancha yuqori darajada o‗sishini ko‗rsatar edi.
Argentinada yillik inflyasiya 40% atrofida o‗sdi. Haqiqatdagi inflyasiyaning
o‗sishi kutilayotgan inflyasion o‗sish bilan birgalikda sodir bo‗lishi foiz
stavkalarning yanada yuqoriroq darajaga ko‗tarilishiga olib keldi. YUqori foizli
to‗lovlar uy xo‗jaliklari va firmalarning naqd pul oqimini pasayishiga olib keldi.
Natijada uy xo‗jaliklari va firmalar o‗zlarining investitsiyalarini moliyalashtirish
uchun tashqi fondlar izlashga majbur bo‗lishdi. Moliya bozorlaridagi noaniqliklar
va assimetrik ma‘lumotlar muammosi juda chuqurligi investitsiyalarni
moliyalashtirishning iloji yo‗qligini anglatar edi.Uy xo‗jaliklari va tijoriy faoliyat
vakillari qo‗shimcha xarajatlarni kamaytirishdi.Bizning yalpi talab va taklifimiz
bashorat qilganidek, Argentina iqtisodiyoti keskin pasaydi. 2002 -yilning birinchi
choragida ishlab chiqarish yillik 15%dan yuqori miqdorda pasayganligi
ifodalangan. Kambag‗allik darajasi dramatik ravishda o‗sib, 2002- yilda
Argentina axolisining kambag‗allik darajasi salkam 50%dan oshganligini
ko‗rishimiz mumkin. Argentina o‗z tarixida kuchli iqtisodiy depressiyani boshdan
kechirayotgan edi – xar bir daqiqa juda yomon bo‗lib, balki Buyuk Depressiya
davriga nisbatan yomon edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|