― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

17.2-jadval 

Kredit uyushmalari bilan banklar o‗rtasidagi asosiy farq 

 

 

Banklar 



Kredit uyushmalari 

1. 


Mulkga  egalik 

huquqi 


Odatda 

banklar 


badavlat 

shaxslarga 

yoki 

korporatsiyalarga 



qarashli 

bo‗ladi  va  ijtimoiy  bozorda 

xizmatlar  taqdim  etadi.  Mulk 

huquqi aniq belgilangan. 

Kredit 

uyushmasi 

xizmat 

ko‗rsatadigan  jamoa  aholisiga 

tegishli  bo‗ladi.  Mulk  huquqi 

ham  xizmat  ko‗rsatish  bozori 

singari 

―tarqoq‖. 

Kredit 

uyushmalari 

faqat 

o‗zining 



ishtirokchilariga 

xizmat 


ko‗rsatadi. 

2. 


 Nazorat 

Tabiiyki, 

nazorat 

jamlangan. 

Ovoz 

huquqi 


aksiyadorlik 

sarmoyasidagi 

egalik 

qilish 


ulushidan 

kelib 


chiqib 

belgilanadi,  bu  esa  nazoratni  bir 

nechta  yirik  aksiyador  amalga 

oshirishiga yo‗l  qo‗yadi. 

Nazorat  ―tarqoq‖.  Pay  badalidan 

qat‘i  nazar,  bir  ishtirokchi  bir 

ovozga  ega.  Ishtirokchilar  pay 

badalining 

miqdoridan 

qat‘i 


nazar teng huquqlarga ega. 


37 

 

 



   3. 

Foyda olish 

Bozor 

raqobati 



sharoitida 

aksiyadorlik 

sarmoyasiga 

qilingan 

investitsiyalardan 

kelgan  foyda  samarali  xizmat 

ko‗rsatish  faoliyatning  asosiy 

mezoni  hisoblanadi.  Aksiyadan 

kelgan 

daromad, 

aksiyaning 

bozor  qiymati  va  dividendlar 

aksiya  egasini  qondirish  uchun 

asos bo‗lib xizmat qiladi. 

Ishtirokchilarga 

xizmat 


ko‗rsatish 

faoliyat 

samaradorligining  asosiy  mezoni 

hisoblanadi. 

Foyda 

olish 


ishtirokchilar 

mablag‗lari 

(jamg‗armalar  va  pay  badallari) 

bo‗yicha  operatsion  xarajatlarni 

qoplash, 

ssuda 


zararlarini 

qoplash 


va 

institutsional 

sarmoyani  oshirishga  zaxiralar 

barpo  etish  uchun  etarli  bo‗lgan 

foydaning 

real 


me‘yorini 

(inflyasiya  stavkasidan  yuqori) 

tayinlash 

bilan 


cheklanadi. 

Odatda,  foydaning  belgilangan 

me‘yori olinishi bilanoq kreditlar 

bo‗yicha 

kredit 

stavkalari 

pasaytiriladi 

va/yoki 


jamg‗armalar 

bo‗yicha 

foiz 

stavkalari 



ishtirokchining 

farovonligi uchun eng ko‗p foyda 

olish uchun yo‗naltiriladi. 

 

 



4.  

Bozor qamrovi  

sohasi 

Bankning  asosiy  maqsadi  eng 

ko‗p  foyda  olish  hisoblanishi 

sababli banklar, odatda, e‘tiborni 

yirik,  qiymat  nuqtayi-nazaridan 

yanada  rentabelli  operatsiyalarni 

amalga  oshira  oladigan  badavlat 

mijozlarga 

qaratadi. 

Banklar 


xarajatlari/daromadlari 

tarkibi 


ayrim  mayda  mijozlarga  xizmat 

ko‗rsatishni  qiyinlashtiradi  va 

ko‗pincha yo‗qqa chiqaradi. 

Kredit 


uyushmalari 

ishtirokchilari  –  mijozlarining 

katta 

qismi 


etarli 

darajada 

ta‘minlanmagan  va  shu  sababli 

banklar 


taqdim 

etadigan 

moliyaviy 

xizmatlardan 

foydalana 

olmaydigan 

shaxslardir.  Garchi  ular  bank 

mijozlari 

taalluqli 

bo‗lgan 


mijozlar 

darajasiga 

mansub 

bo‗lishmasada, barqaror daromad 

oladilar  va  shu  sababli  kreditga 

qobiliyatlidirlar. 

5.  

Operatsiyalar 



miqyosi 

Banklar 


amalga 

oshiradigan 

operatsiyalar 

miqyosi 


kredit 

uyushmalariga  qaraganda  ancha 

keng  va  ko‗proq  turli  geografik 

bozorlarni 

qoplaydi. 

Ovoz 


huquqi  aksiyadorlik  sarmoyasida 

egalik  qilish  ulushiga  bog‗liqligi 

sababli  banklar  ko‗p  darajada 

badavlat mijozlarni jalb eta oladi. 

Demokratik 

qoidalarga 

asoslangan 

boshqarish 

kredit 

uyushmalarining  ular  faoliyatini 

amalga  oshiradigan  jamoadan 

tashqarida  o‗sishini  cheklaydi, 

mablag‗larni  jalb  etish  banklar 

bilan 


taqqoslaganda 

ancha 


sekinlashgan 

– 

odatda 



ishtirokchilarning 

institutsional 




38 

 

Bundan 



tashqari, 

sarmoya 


xajmidan  kelib  chiqib  ovoz 

berish 


huquqi 

yanada 


moslashuvchanroq 

rahbarlik 

qilishga imkon beradi. 

sarmoyaning  o‗sishiga  ulushlari 

bilan  cheklangan.  Biroq,  banklar 

bilan 


taqqoslaganda, 

kredit 


uyushmalari 

ular 


xizmat 

ko‗rsatadigan 

jamoa 

ichidagi 



ancha  mustahkam  va  barqaror 

o‗zaro 


munosabatlar 

bilan 


farqlanadi. 

 

Kredit uyushmalarida boshqaruvning yuqori organi bo‗lib uning a‘zolarining 

umumiy  yig‗ilishi  hisoblanadi.  Kredit  uyushmasi  a‘zolarining  umumiy  yig‗ilishi 

bir  yilda  kamida  bir  marotaba,  moliyaviy  yil  tugaganidan  keyin  olti  oydan 

kechiktirmay o‗tkazilishi kerak. Kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig‗ilishini 

o‗tkazish haqida kamida o‗ttiz kun oldin xabar qilinadi. Kredit uyushmasining har 

bir  a‘zosi,  ustav  fondidagi  pay  badali  miqdoridan  qat‘i  nazar,  umumiy  yig‗ilish 

tomonidan qaror qabo‗l qilish paytida bir ovoz huquqiga egadir. Umumiy yig‗ilish 

qarori umumiy yig‗ilishda hozir bo‗lgan kredit uyushmasi a‘zolarining ko‗pchilik 

ovozi bilan qabo‗l qilinadi. Kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig‗ilishi: 

-  ustavga  o‗zgartirish  va  qo‗shimchalar  kiritadi,  ustav  fondini  ko‗paytirish 

yoki kamaytirishga doir o‗zgartishlar bundan mustasno

-  daromadning  bir  qismini  kredit  uyushmasining  a‘zolariga  to‗lash  tartibini 

tasdiqlaydi; 

-  kredit  uyushmasi  a‘zolari  orasidan  kengash,  kredit  qo‗mitasi,  taftish 

komissiyasi a‘zolarini saylaydi, ularning vakolatlarini bekor qiladi; 

-  yillik  moliyaviy  hisobotni,  kengash,  ijroiya  organi,  kredit  qo‗mitasi  va 

taftish komissiyasining hisobotlarini tasdiqlaydi; 

- auditorlik tashkilotini va u bilan shartnoma tuzish shartlarini belgilaydi

-  kredit  uyushmasini  tugatish  va  qayta  tashkil  etish  to‗g‗risida  qaror  qabo‗l 

qiladi. 

KU tashkiliy tuzilmasi : 

1. 

Ishtirokchilar Umumiy yig‗ilishi 



2. 

Kredit qo‗mitasi Kengash Taftish komissiyasi 

3. 

Ijrochi Organ 



4. 

Kredit uyushmasi xodimlari 

KU oladigan foydaning bir necha manbalari mavjud:  

- ishtirokchilarga kredit berish paytida olinadigan foizlar

- KU amalga oshiradigan investisiyalar bo‗yisha foizlar; 

- ba‘zi xizmatlarni taqdim etganlik ushun komission to‗lovlar. 

Xavfsiz  va  moliyaviy  barqaror  institut  bo‗lishi  uchun  omonat  kredit 

uyushmasi  ishtirokchilarning  jamg‗armalarini  himoya  qilish  maqsadida 

operatsiyalarni amalga oshirayotganda har tomonni o‗ylab ish tutishi kerak. Butun 

dunyoda  faoliyat  ko‗rsatayotgan  kredit  uyushmalarini  takomillashtirish  kredit 

uyushmalari  faoliyatining  samaradorligini  ta‘minlaydigan  moliyaviy  boshqaruv 

hamda ishki nazorat tizimini barpo etish yo‗l i bilan amalga oshirilib, institutning 

xavfsizligi va barqarorligiga qaratilgan va shunga asosiy e‘tiborni beradi. 



39 

 

Ustav  fondiga  pay  badalini  kiritgan  istalgan  yuridik  yoki  jismoniy  shaxs 



kredit uyushmasining  ishtirokchisi bo‗la  oladi. Unga kredit uyushmasi tomonidan 

berilgan  sertifikat  shaxsning  kredit  uyushmasiga  a‘zoligini  tasdiqlaydigan  hujjat 

hisoblanadi. 

Kredit uyushmasining a‘zosi: 

- kredit uyushmasi taqdim etadigan xizmatlardan foydalanish; 

- kredit uyushmasini boshqarishda ishtirok etish; 

- belgilangan tartibda kredit uyushmasi daromadining bir qismini olish; 

-  ustavga  muvofiq  kredit  uyushmasi  faoliyati  to‗g‗risida  to‗liq  va  ishonchli 

axborot olish; 

- kredit uyushmasidan chiqish; 

- kredit uyushmasi tugatilgan taqdirda mol-mulkning pay badaliga mutanosib 

qismini olish huquqiga egadir. 

Kredit  uyushmasining  a‘zolari  qonun  hujjatlari  va  ustavga  muvofiq  boshqa 

huquqlarga ega bo‗la oladilar. 

Kredit uyushmasi a‘zolari quyidagi majburiyatlarga ega: 

- ustavga rioya qilish

-  kredit  uyushmasi  a‘zolarining  umumiy  yig‗ilishi,  kredit  uyushmasi 

kengashi, kredit qo‗mitasi, taftish komissiyasining qarorlarini bajarish; 

- olingan kreditlarni o‗z vaqtida va to‗liq qaytarish; 

-  kredit  uyushmasining  amaliy  obro‗-nufuzi  va  kredit  qobiliyatini  oshirishga 

ko‗mak berish. 

Kredit  uyushmasining  a‘zolari  qonun  hujjatlari  va  ustavga  muvofiq  boshqa 

majburiyatlarga ham ega bo‗lishlari mumkin. 


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish