14.2. Kredit kooperativ va uyushmalari
lk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontsepsiyasi 1850-yilda
Germaniyada, aholining kam ta‘minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini
qondirish maqsadida paydo bo‗lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki
kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shultse-Delich va kredit uyushmalari
faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo‗lib bayon etgan hamda keyinroq kredit
uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko‗mak bergan
Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu
inson birinchi bo‗lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va
keyinchalik Kredit Uyushmalari Assotsiatsiyasini tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani
tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta‘minlash
bilan shug‗ullangan.
Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo‗lib, u uyushma
a‘zolariga tegishli va ularga demokratik prinsiplar asosida xizmat ko‗rsatadi.
Kredit uyushmasining maqsadi jamg‗armalarni jalb qilish, umumiy mablag‗lardan
a‘zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a‘zolarining moliyaviy
ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko‗rsatishdan iborat.
Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o‗z
ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya‘ni, u siyosat
yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo‗ljallangan. Kredit uyushmasining
faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog‗liq emas. Kreditlash ushun mo‗ljallangan
mablag‗larning asosiy manbai jamg‗arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu
mablag‗larning o‗sishi jamg‗armalarni safarbar qilishning o‗sishiga, kredit
uyushmasining ishida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali
o‗sishga bog‗liqdir.
Kredit uyushmalari bilan banklar o‗rtasidagi asosiy farq shundan iboratki,
kredit uyushmasi kishilarning biror-bir guruhiga ularga tegishli bo‗lgan
mablag‗larni saqlash va bir-birlariga kredit berish imkonini beradigan moliyaviy
kooperativ hisoblanadi, unga aksiyadorlar emas, balki ishtirokchilarning o‗zlari
demokratik tamoyillar asosida egalik va rahbarlik qiladilar. Bundan tashqari, kredit
uyushmalarining banklardan farqi shundaki, kredit uyushmasi asosiy maqsadi
jamg‗armalarni safarbar qilish bo‗lgan institut hisoblanadi, bunda foyda olish
asosiy maqsad hisoblanmaydi. Aksariyat hollarda banklar bir aholi punktida
I
36
joylashgan aholi va korxonalardan depozitlarni qabo‗l qiladi, va ushbu
mablag‗larni boshqa bir joyda sarmoya qiladi. Bundan farqli ularoq, kredit
uyushmasining barcha kreditlari ular taqdim etilgan hamjamiyat doirasida qolishi,
kredit uyushmasining barcha foydasi esa (operatsion xarajatlar qoplanib,
kapitallashtirish bo‗yisha talablar bajarilib, kreditlar bo‗yisha zararlarni qoplashga
zaxiralar barpo etilganidan so‗ng) hamjamiyatga pay badallari bqyisha dividendlar
shaklida qaytarilishi kerak yoki uning ishonchliligi va xavfsizligini mustahkamlash
ushun zarur bo‗lgan kapitallashtirishni amalga oshirish uchun qoldiriladi. Bankda
nazorat jamlangan, ovoz huquqi esa aksiyadorlik kapitalida egalik qilish ulushidan
kelib chiqib belgilanadi. Bu nazoratni bir nechta yirik aksiyadorning amalga
oshirishiga yo‗l qo‗yadi. Kredit uyushmasida nazorat bir yerda jamlanmagan. Pay
badali miqdoridan qat‘iy nazar, bir ishtirokchi bir ovozga egadir.
Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo‗lib, unga a‘zo bo‗lgan har bir kishi
uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag‗ingiz sizning
―ulushingiz‖ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi i yoki tushib ketishi
mumkinbo‗lgan aksiyalardan farq qiladi.
Pay badallari hisobvaraqlari bo‗yisha dividendlar to‗lanadi. Kredit uyushmasi
kooperativ bo‗lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina
taqsimlay oladi. Faqat ishtirokchilar tomonidan saylanadigan KU direktorlar
kengashi dividendlar miqdorini KU daromadlaridan kelib chiqib belgilaydi. Foizlar
(dividendlar) miqdori kredit uyushmasining moliyaviy holati qanchalik maqbo‗l
ekanligiga bog‗liq.
Kredit uyushmasidan uning a‘zosi chiqqanda yoki chiqarilganda pay badali
kredit uyushmasining a‘zosiga, uning kredit uyushmasi oldidagi barcha qarzi
uzilganidan keyin, qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |