― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


 Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; ―banklarning



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

11.3. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; ―banklarning 

banki‖ funktsiyasi. 

mission funksiyasi. Markaziy bank banknotalarni muomalaga chiqarish 

bo‘yicha    monopol  mavqeiga  ega.  Bu  «banknota  yakka  hokimligi»,  deb  ham 

ataladi.  Banknotalar  mamlakat  hududidagi  hisob-kitoblarda  cheklanmagan 

miqdorda  qabul  qilinuvchi  yagona  to‘lov  vositasidir.  Markaziy  bankning  naqd 

                                                 

121

 

―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.420-421 



 




pullarni  berish  jarayonidagi  monopol  mavqei,  uning  barcha  pul  massasining 

hajmini,  shu  jumladan,  tijorat  banklarining  hisob-raqamlaridagi  pul  mablag‘larini 

ham nazorat qilishiga imkon beradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  xaqidagi  qonunning  34-38-  chi 

moddalarida  Markaziy  bank  mamlakatda  muomalaga  pul  chiqarish  huquqiga  ega 

bo‘lgan monopol bank ekanligi qayd etilgan. Shu nuqtai nazardan, u muomaladagi 

pul massasining  barqaror ravishda aylanishiga javobgardir. 

Markaziy  bank  uchun  banknotalarning  xarid  qobiliyatini  barqaror  darajada 

saqlab  turish  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  esa,  eng  avvalo,  muomaladagi 

banknotalar miqdorining o‘zgarishiga bog‘liq. Bu holatni hisobga olgan bir qator 

markaziy  banklar,  xususan,  Germaniya  Markaziy  banki  rahbariyati  muomaladagi 

naqd  pul  massasini  tartibga  solishni,  kreditlash  hajmini  nazorat  qilish  bilan  bir 

qatorda,  milliy  valyutaning  barqarorligini  ta‘minlashning  muhim  sharti,  deb 

hisoblaydi. 

«Banklarning  banki»  funktsiyasi.  Markaziy  bankning  «banklarning  banki» 

sifatidagi  funktsiyasi,  bizning  fikrimizcha,  asosan,  quyidagi  to‘rt  yo‘nalishda 

namoyon bo‘ladi:  

   Barcha  tijorat  banklari  o‘z  mablag‘larining  ma‘lum  qismini  Markaziy 

bankdagi  foizsiz  hisob-raqamlarida  minimal  rezervlar  sifatida  saqlashga 

majburdirlar. 

Xususan,  Germaniya  Federativ  respublikasida  1984  yildan  boshlab,  asosan, 

barcha  tijorat  banklari  bilan  bir  qatorda  uzoq  muddatli  qo‘yilmalar  bilan 

shug‘ullanuvchi  kredit  institutlari  va  qurilish  jamg‘arma  kassalari  ham  minimal 

rezervlarini Markaziy bankda saqlashga majbur bo‘ldilar.

122

 

Bank  mijozlari  o‘zjamg‘armalarining  yoki  kreditlarining  ma‘lum  qismini 



Markaziy  bank  biletlarida,  ya‘ni  naqd  pullarda  oladilar.  Mijozlarning  bu  talabini 

tijorat  banklari  Markaziy  bankdagi  muddatsiz  jamg‘armalarining  istalgan  paytda 

naqd  pulga  almashtiriladigan  qismi  hisobidan  qondiradilar.  Markaziy  bank  ana 

shunday yo‘l bilan butun bank tizimining to‘lovga qobilligiga ta‘sir qiladi. Ammo, 

bundan har bir tijorat banki o‘zining naqd pullarga bo‘lgan talabini faqatgina ikki 

muhim  vazifani  hal  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘lib  turibdi.  Birinchidan,  minimal 

emission  bank  mablag‘lari  hisobidangina  qondira  oladi,  degan  xulosa  kelib 

chiqmaydi. Ayrim banklarda banknotalarning ortiqcha zaxirasi mavjud bo‘ladi va 

ular boshqa banklarga bu pullarni kreditga berishi mumkin. Pul bozori rivojlangan 

mamlakatlarda bu jarayon texnik jihatdan juda silliq ko‘chadi. Shunisi xarakterliki, 

tijorat  banklaridagi  ortiqcha  naqd  pullar  miqdori  emission  bank  yaratgan  pullar 

miqdoriga  tengdir.  Demak,  tijorat  banklarining  banknotalarni  kreditga  berish 

imkoniyati  cheklangan.  Bu  esa,  ularning  banknota  emissiyasi  sohasida  Markaziy 

bankka bog‘liqligini saqlab qoladi. 

Shunday qilib, Markaziy bank rezervlar tizimi orqali bank tizimining to‘lovga 

qobilligini  ta‘minlayotgan  bo‘lsa,  ikkinchidan,  pul  bozoridagi  naqd  pullarga 

bo‘lgan talabni boshqarish orqali tijorat banklarining pul va kredit ekspansiyasini 

nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘layapti. 

                                                 

122


 Немецкий Федеральнқй банк. Специальное издания Немецкого Федерального банка, №7, 1993 г., стр. 64. 


1.  Markaziy  bank  barcha  tijorat  banklari  va  boshqa  kredit  institutlari  uchun 

«so‘nggi  kreditor»dir. 

Tijorat  banklari  vaqtinchalik  likvidli  kredit  oladilar.  Bu  kreditlar,  albatta, 

tijorat  veksellari  bilan,  davlatning  qimmatbaho  qog‘ozlari  bilan  yoki  bankning 

boshqa qarz majburiyatlari bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak. 

Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish bo‘yicha amalga 

oshiradigan  doimiy  operatsiyalari  tufayli  pul  bozorining  mq‘tadil  faoliyati 

ta‘minlanadi. Bu esa, o‘znavbatida, tijorat banklariga mijozlarga qulay bo‘lgan foiz 

stavkalarida kreditlar berish imkoniyatini yuzaga keltiradi. 

Ayni  vaqtda,  Markaziy  bank,  tijorat  banklariga  bergan  kreditlari  uchun 

belgilaydigan  foiz  stavkalarini  qzgartirish  yo‘li  bilan  kredit  resurslariga  bo‘lgan 

talabni tartibga solish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

2.  Markaziy  bankning  ushbu  funktsiyasi  doirasidagi  uchinchi  yo‘nalish, 

asosan, ikki holatda namoyon bo‘ladi. Markaziy bank mamlakat hududida amalga 

oshiriladigan  hisob-kitoblar  shakllarini,  ularni  qo‘llash  tartibini  va  muddatini 

belgilab  beradi.  Xususan,  Nemis  Federal  banki  to‘g‘risidagi  qonunda 

Bundesbankning  «hisob-kitoblar  tizimining  banklar  tomonidan  mamlakatda  va 

xorij bilan bo‘lgan aloqalarda ijro etilishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi» belgilab 

qo‘yilgan.

 

 



Haddan ziyod katta miqdordagi  zaxiralarni tijorat banklari tomonidan  saqlab 

turilishi  xazina  va  tijorat  veksellari  kabi  pul  bozori  vositalariga  bo‘lgan  talabni 

qisqarishiga  olib  keladi.  Shu  bilan  birga,  tqlovning  kechikishi  yuqori  inflyatsiya 

sharoitida kelib tushadigan pul mablag‘lari real qiymatining pasayishiga, davlat va 

korxonalar tomonidan kreditga bo‘lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Bunday 

sharoitda  restriktsiyaviy  pul-kredit  siyosatining  amalga  oshirilishi,  shubhasiz, 

mablag‘lar  etishmovchiligi  natijasida  ijro  etilmagan  to‘lov  topshiriqnomalarining 

to‘planib  qolishiga  va  korxonalarning  o‘zaro  qarzdorlik  summalarining  sezilarli 

darajada o‘sishiga olib keladi. 

3.  Mamlakat  bank  tizimining  mo‘‘tadil  faoliyat  ko‘rsatishida  Markaziy 

bankning  qanday  usullar  yordamida  va  qay  darajada  tijorat  banklari  faoliyatini 

nazorat qilishi muhim ahamiyatga ega. 

Hozirgi  kunga  kelib  banklar  faoliyatini  nazorat  qilish  rivojlangan  xorijiy 

davlatlarda  markaziy  banklarning  muhim  faoliyatiga  aylandi.  Faqat  Buyuk 

Britaniya  Markaziy  bankigina  nisbatan  kech,  ya‘ni  1979  yilda  rasman,  qonuniy 

asosda banklar faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. 



Bundesbankning  bu  sohadagi  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  u 

bevosita banklar faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullanmaydi. Balki nazoratni 

Federal  nazorat  mahkamasi  amalga  oshiradi.  Ammo  Bundesbank  nazorat 

mahkamasiga  yaqindan  ko‘maklashadi.  Xususan,  ushbu  mahkamaning  joylarda 

bo‘linmalari  mavjud  emas  va  u  to‘liq  Federal  bankning  joylardagi 

muassasalaridan  foydalanadi.  Bundan  tashqari,  qarorlar  qabul  qilishda  nazorat 

mahkamasi  bir  qator  masalalar  bo‘yicha  Markaziy  bankning  roziligini  olishi 


kerak.  Masalan,  banklarning  o‘zkapitali  va  to‘lovga  layoqatliligi  xususida  qaror 

qabul qilinishi uchun albatta, Bundesbankning roziligi bo‘lishi shart.

123

 

Markaziy  bankning  banklar  faoliyatini  nazorat  qilishining  eng  asosiy  sababi 

mamlakatda bank tizimiga bo‘lgan yuksak ishonchni ta‘minlash. Bu ishonch tijorat 

banklarining o‘zmijozlari - huquqiy va jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlarini 

to‘liq va o‘z vaqtida bajara olishi orqali ta‘minlanadi. 

 


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish