Yevropa markaziy banki monetar siyosatni to‗liq boshqarib, maqsad va
instrumentlarni tanlashda mustaqillikka ega – ham Evropa ittifoqidan, ham
boshqa milliy hukumatlardan. Bundan tashqari, EMB narhlarning barqarorligi
uchun javob beradi.
115
Markaziy bankning asosiy maqsadi bo‘lib milliy valyuta kursini barqaror
holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini
ta‘minlash hisoblanadi.
116
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va
muhim o‘rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi.
O‘znavbatida pul-kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni
butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Banklar paydo bulishining boshlangich davrlarida ular markaziy emissiya
yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya‘ni ular o‘rtasida
xozirgidek bo‘linish bulmagan. Bank ishi ivojlanishining birinchi
bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda ijorat banklari kapitallarni yig‘ish
maksadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank
ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chikarish yirik tijorat
banklar qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu
bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy
bank ya‘ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat
qilib turuvchi kredit instituta sifatida namoyon bo‘ladi.
Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‘li
mavjud.
Birinchi yo‘l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi
natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li
bilan Markaziy banklarning tatkil tsilinishi.
Bunga misol kilib Angliya bankini 1844yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya
banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada
1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga
moslashganligini keltirish mumkin.
Ikkinchi yo‘l - tashkil qilingadayok Markaziy bank -emission markaz sifatida
qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AKShning Federal banklari, 1913
yillarda kupgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil kilingan banklar, Avstriya
banki va boshqalarni misol keltirish mumkin.
AQShda Markaziy bank funktsiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat
Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo‘lib,
bu banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi.
Tijorat banklar aktsioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan
oshmasligi kerak.
Federal rezerv Konuni va boshka konuniy xujjatldarni urgangan paytda biz
FZTning rasmiy tuzilishi va monetar siyosatga tegishli karorlarni kim kabul
115
―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.433
116
Узбекистон Республикаси Марказий банки тўғрисидаги Конун. Тошкент, 1995 йил, 21 декабрь.