― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

 

7.2.Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari. 

 

  



ar bir mamlakatda inflyatsiya  mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig 

yomonlashuviga  sabab  bo`ladi.  Ushbu  salbiy  holatlar  quyidagi 

yo`nalishlarda yuzaga chiqadi: 

1) Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki    narx-navolarning   

doimiy  tarzda  tebranib        turishi        ishlab  chiqarishni   

rivojlantirishga  bo`lgan  istiqbollarga  ishonchni  yo‘qotishga    olib   

keladi. 

2)  Ishlab  chiqarish  sohasidagi  kapital  savdo  va  vositachilik  operatsiyalariga 

oqib  o`tishi  kuzatiladi.  Chunki  savdo  va  vositachilik  sohalarida  kapital  aylanishi 

tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi 

o`rtasida  puldan  qochish  holati  kuzatiladi,  ya`ni  kishilar  qo`llaridagi  pullardan 

imkoniyat  darajasida  tezroq      sarflashga  harakat  qiladilar.  Ular  pullarga  turli 

tovarlar sotib oladilar.   

3)  Narx-navoning  keskin  va  notekis  o`zgarishi  natijasida  chayqovchilik 

kengayadi.    Inflyatsiya    natijasida    tovar    tanqisligi    (defitsit)    yuzaga  chiqadi. 

Ushbu  taqchillik  narx-navoning  keskin  ko`tariladi.  Chunki  inflyatsiya  darajasi 

tufayli  yuridik  va  jismoniy        shaxslarga  tijorat  banklaridan  beriladigan 

kreditlarning  17  foiz  darajasinig  yuqori  darajada  o`rnatiladi.  Ushbu  salbiy  holat 

ishonchni  pasaytiradi.  Inflyatsiyaning      eng      asosiy      ijtimoiy  oqibati  bo`lib   

daromadlar  va  boyliklarni  qayta  taqsimlanishi  amalga  oshishi  hisoblanadi.  Ushbu 

qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:  

- mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;  

-  tijorat  banklari  tomonidan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga      beriladigan    

kreditlar      baholar      indekslarining  o`zgarishini  hisobga  olinmagan  holda 

berilishligi.                  Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va 

milliy daromad quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi: 

 1)  Milliy  iqtisodiyot  tarmoqlari,  ishlab  chiqarish  sohalari  va  mamlaat 

xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasida 

 2)  Mamlakat  aholisi  va  davlat  o`rtasida.  Bunda  davlat  tomonidan 

muomaladagi  ortiqcha  pul  massasidan  qo`shimcha  daromad  sifatida  foydalanadi. 

Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;  

3)  Mamlakat  aholisining  sinflari  va  turli  toifalari  o`rtasida.  Maxsulotlar  va 

xizmatlarga  bo`lgan  narx-navoning  notekis  o`sib  ketishi  natijasida  aholi  o`rtasida 

ijtimoiy  toifalarga  bo`linishini  (boylar,  kambag`allar,  qashshoqlar),  mulkiy 

holatidagi  farqni  chuqurlashuviga,  jamg`armalar  va  joriy  iste`molning  keskin 




o`zgarishi  yuzaga  chiqadi.      Inflyatsiyaning      ijtimoiy  salbiy  ta`siri  eng  avvalo 

qat`iy  belgilangan  daromadlari  oluvchi  shaxslar  hisoblangan  –  nafaqaxo`rlar, 

nogironlar,  ko`p  farzandli  oilalar  va  davlat  xizmatchilari  (o`qituvchilar,  vrachlar, 

bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi;  

4)  Debitorlar  va  kreditorlar  o`rtasida.  Ushbu  holatda  olingan  qarzlarni  pul 

qadrsizlanishi  natijasida  debitorlar  daromad  oladi  va  buning  aksi,  kreditorlar 

qo`shimcha  zarar  ko`radi.  Biz  yuqorida  keltirgan  inflyatsiyaning  iqtisodiy  va 

ijtimoiy  salbiy  oqibatlari  qo`shimcha  ravishda  mamlakatning  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarga  ham  faol  ta`sir  ko`rsatadi.      Inflyatsiya  darajasi  yuqori  mamlakatlar 

bilan  qo`shimcha  sug`urta  va  18  turli  kafolatlar  asosida  o`zaro  munosablar  olib 

boradilar.        Xalqaro  amaliyotda          ushbu  munosabatlar      savdoning  kamsitilishi 

yoki  diskriminatsiya  deb  nomlangan.      Mamlakat      iqtisodiyotiga  ayniqsa   

jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy 

va  ijtimoiy  qarama-qarshiliklar      keskinlashadi,  aholi        o`rtasida  xukumatga 

bo`lgan  norozilik  kuchayadi.      Shuning  uchun,  xukumat  qarama-qarshiliklarni 

ijobiy  hal  qilish,  milliy  pul  tizimining  barqarorlashtirish  uchun  oqilona  ishlab 

chiqilgan inflyatsiyaga qarshi choratadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi 

Inflyatsiya    jamiyatning    rivojlanishiga    salbiy    ta'sir  ko`rsatadi. 

1. Mamlakat    iqtisodiy    ahvolini    tang    holga    olib    kеladi: 

-     ishlab    chiqarish    hajmi    tushib    kеtadi   baholarning    oshib   borishi    

ishlab    chiqarish   istiqbollariga    tug`onoq   bo`ladi. 

-      kapitalning        asosiy        qismi      ishlab        chiqarishdan      savdo    sohasiga,  

vositachilik      sohasiga    oqib  o`tadi.  Chunki      ishlab      chiqarishdan      ko`ra  savdo   

sohasidagi   kapital   tеzroq   va ko`proq   foyda  kеltiradi

-        baholarning    o`zgarib        turishi        olib-sotarlikni    rivojlantiradi,      arzon   

vaqtida olib,   qimmat   bo`lganda    sotish   jarayoni, tovar    zaxiralarini   yashirish 

jarayonlari  avj   oladi; 

-    krеdit  bеrish  jarayonlari  chеklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar  ko`payadi-

yu,        qarz      bеruvchilar      soni        qisqaradi,  chunki      qarz        bеrgan  yutqazishi 

mumkin.  Davlatning     moliya    rеsurslari   qadrsizlanadi va hk. 

2.  Aholining        kam  daromad      oluvchi      qismining        ijtimoiy      jihatdan    

ahvoli  yomonlashadi.    Ularning        rеal        daromadlari        kamayadi.        Nominal 

daromadning baholar      o`sishidan tushib   kеtishi natijasida    aholining   hayot 

darajasi        pasayadi.      Ayniqsa,      nafaqa,      davlat      tashkilotlaridan      maosh 

oluvchilarning          ahvoli        qiyinlashishi        mumkin.      Inflyatsiya      aholi 

jamg`armalarininig   qadrsizlanishiga    olib kеladi.     Ba'zida    inflyatsiya   aholi  

ba'zi    qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida)    boyishiga    olib   kеladi.  Davlat    

aholining    daromadlar    darajasini    tеnglashtirish   maqsadida    daromad    va    

soliqlarni    indеksatsiya     qilib boradi. 

Mamlakat    tomonidan      inflyatsiyaning    samarali    tashkil    qilinmasligi  

natijasida   quydagi  oqibatlarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.    

a)  harbiy  xarajatlarning        o`sishi  va  iqtisodning        militarlashuvi.    Harbiy 

tеxnika    sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni    qoplash   bilan bog`liq bo`lgan   

jarayonlar    muomalaga    kеragidan   ortiqcha    pul   chiqarishga  sabab  bo‘ladi. 

b) davlat    qarzlarning   o`sishi   va   budjеt   dеfitsitining   mavjudligi. 



 Budjеt   dеfitsiti    odatda   zayomlar   chiqarish  yoki   banknotalar   emissiya 

qilish      yo`li        bilan      qoplanadi.  Bu  o`z  navbatida      qo‘shimcha      muomala 

vositalari      bo`lishiga,      qo`shimcha        talab      yuzaga      kеlishiga    olib  kеladi. 

O`zbеkistonda    byudjеti    dеfitsitini   qoplash    yuqorilardagidan   tashqari 1996- 

yildan   boshlab    davlat   qisqa   muddatli    majburiyatlarini   (DQM) sotish orqali   

ham  qoplanmoqda. 



Barchamiz  singari  hukumat  ham  o‘z  harajatlari  bo‘yicha  to‘lovlarni 

amalga  oshirishi  lozim.  Albatta  uning  ham  bujet  cheklovlari  bor.  O‘z 

xarajatlarimizni  to‘lash  uchun  pulni  ishlab  topishimiz  yoki  qarzga  olib 

turishimiz  mumkin.   Davlat huddi shu usullardan foydalanadi: davlat bujetini 

yangi  soliqlarni  kiritish  yoki  qarzga  mablag‘larni  davlat  obligatsiyalarini 

chiqarish  orqali  jalb  qilishi  mumkin.  To‘g‘risi  bizdan  farqli  ravishda  davlat 

uchinchi  imkoniyati  ham  mavjud:  pulni  emissiya  qilish  va  maxsulot  va 

xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish.  

Davlat xarajatlarini moliyalashtirish usullari davlat bujetini chegaralash 

shartlariga  bo‘ysunadi  va  quyidagicha  tashkil  etiladi:  davlat  bujeti  difisiti 

DEF (davlat xarajatlari G  va soliq daromadlarining Tning farqi) monetary 

baza  АМВ  va  aholi  qo‘lidagi  obligatsiyalarning  АВ  summasi  o‘zgarishiga  teng 

bo‘lishi kerak.  Matematik nuqtai nazardan quyidagicha bo‘ladi: 


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish