miqdori tovarlar va xizmatlar baxosiga to‘g‘ri proporsional, ya‘ni tovarlar
va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab
qiladi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta‘sir
ko‘rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur
bo‘lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Bu holda
muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar baxosidan oshib
ketishi, ya‘ni inflyatsiya bo‘lishiga yoki pul tanqisligiga olib kelishi
mumkin. Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to‘g‘ri keluvchi
tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pulning sotib olish
qobilyatini ifodalovchi ko‘rsatkich tovarlar va xizmatlar baxosi hisoblanadi.
Agar tovar va xizmatlar baxosi barqaror bo‘lsa, pulning sotib olish
qobiliyati ham barqaror bo‘ladi. Agar pul o‘zgarmagan sharoitda tovarlar
baxosi oshadigan bo‘lsa, bu hol pulning sotib olish qobiliyati tushganini
ko‘rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar baxosining tushishini pulning
sotib olish qobiliyati oshganligidan dalolat beradi. Inflyatsiya yuqori sur‘atli
sharoitda har bir ishlab chiqaruvchi resurslarni narxning oshib ketishidan
cho‘chib, o‘z tovari narxini yuqori qilib belgilaydi. Keragidan ortiqcha tovar
olish natijasida jamg‘arma o‘z navbatida kamayadi, kredit resurslarining
kamayishi, investitsiyaning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, u o‘z navbatida tovar va
xizmatlar taklifining qisqarishiga olib keladi.
Inflyatsiyani uzoq muddat uchun izohlashda ko‘plab iqtisodchilar bilan
Fridman pul massasi va narxlar darajasidan foydalanishgan. Ular ―Inflyatsiya
bu puldan paydo bo‘ladigan holatdir‖. Agar televidinie orqali o‘tgan oydagi
inflyatsiya darajasini e‘lon qilinsa, bu ko‘rsatkich inflyatsiyani ifodalamaydi,
balki narxlar darajasi qanchaga oshganligini ko‘rsatadi deb tushuntirishadi.
Masalan, siz oxirgi yilda inflyatsiya darajasi 1%(yil uchin 12%)
bo‘lganligini eshitsangiz, unda narxlar darajasi 1%ga o‘sganligi ni
bildiradi. Balki bu bir martalik va vaqtinchalik xususiyatga ega
bo‘lgan holatdir. Agarda inflyatsiya darajasi uzoq muddat (oxirgi
yillarda oyiga 1%dan yuqoribo‘lgan holat) davom etsa, unda
iqtisodchilar uzoq muddati inflyatsiya haqida garirishadi.
Milton Fridmanning qarashini quyidagicha tushunish kerak:‖Narx
darajalarining o‘sishi uzoq muddat davom etsagina monetar holat
hisoblanadi‖. Inflatsiyaning mohiyatini anglagan holda, davom etayotgan tez
narxlar o‘sishini ko‘plab iqtisodchilar (monetaristlar, keynslar ham) Fridman
pul massasining doimiy o‘sishi holatidagina narx darajalarining
o‘sishini kuzatish mumkinligini ta‘kidlashadi.
Monetaristlar nuqtai nazaridan pul taklifining doimiy o‘sishi
oqibatlarini 1-rasm orqali tahlil qilib chiqsak. Tasavvur qilaylik,
iqtisodiyotdagi holat boshlang‘ich 1 nuqtada bo‘lsa, yalpi talab(AD)
va taklif (AS)ning kesishish nuqtasi, tabiiy emissiya F va narxlar P
darajada, agar pul massasi yil davomida barqaror o‘ssa, yalpi
talab o‘ng tarafga AD taklif tomonga suriladi, qisqa muddatda
iqtisodiyotning barqarorlik 1´ holatga suriladi, yalpi emissiya
K´(tabiiy darajaga oshadi. Ammo, ishsizlik darajasining tabiiy