Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik
doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa,
bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya
bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir
vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi
shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy
iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi,
investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni
rag`batlntirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |