― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


-mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

 

7-mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari 

 

REJA: 

 

7.1.  Inflyatsiya,  uning  mazmuni,  kelib  chiqish  sabablari  va  shakllari. 

Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish. 

7.2.Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari.  

7.3.O‘zbekiston Respublikasida inflyatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi 

7.4.Inflyatsiyaga  qarshi   kurashish  maqsadida pul- kredit  siyosati  va  

uning  amaliy  ahamiyati 

7.1.  Inflyatsiya,  uning  mazmuni,  kelib  chiqish  sabablari  va  shakllari. 

Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish

 

                                                 



84

 Annual report 2014. 

www.ecb.eu

  



 

nflyatsiya   lotincha   «inflatio»   so‘zidan   olingan   bo‘lib   «ish», 

«bo‘rtish», «ko‘pchish»    degan    ma‘noni   anglatadi.   Bu  so‘z   

XIX   asrning   o‘rtalaridan boshlab   iqtisodchilar   tomonidan   

iqtisodiy      termin      sifatida      ishlatilguncha  qadar,     u      tibbiyotda   

xavfli      o‘sma      kasalini      ifodalashda      qo‘llanilgan.    Tarix   

haqiqatda   ham   bu   so‘zning   har   tomonlama   xavfli  ekanligini 

ko‘rsatdi.    Chunki      inflyatsiya    qandaydir      alohida      olingan   

bozorda   tovarlar   va   xizmatlar   narxining  o‘sishidangina   iborat   bo‘lmasdan,    

bu   umumiqtisod uchun   xavfli   hodisadir.   Inflyatsiya   so‘zining   iqtisodiy   

tarjimasi  –  muomalada      mavjud      bo‘lgan      tovarlar    va      ularning    bahosiga   

nisbatan      ko‘p      pul      chiqarish      degan      ma‘noni      anglatadi.      Iqtisodda   

inflyatsiyaning   yakuni   tovarlar   bahosining   o‘sishiga,  qoniqtirilmagan, lekin    

qisman        to‘lanishi        mumkin      bo‘lgan      talablarning  vujudga      kelishga      olib  

keladi.      Odatda      inflyatsiyaning      bu  turi  -  klassik      inflyatsiya      deb  yuritiladi.     

Inflyatsiya    so‘zi   pul   muomalasi   sohasida   AQSh ning     Shimoliy va Janubiy   

shtatlari        o‘rtasida        fuqarolar  urushi  bo‘lganda      muomalaga      juda        ko‘p    

miqdorda (450mln. grin bek)   qog‘oz dollar    chiqarilgan       boshlab   qo‘llanila   

boshlagan.  Ularning        sotib      olish      qobiliyati      ikki      yildan      keyin    50  

foizlargacha  tushib ketgan .  Agar   tarixga   e‘tibor    beradigan   bo‘lsak, urush   

va  boshqa      ofatlar  sababli      davlat    xarajatlarning        oshib      ketishi,     inflyatsiya    

bilan   uzviy   bog‘liq. Masalan,   Angliyada   kuchli   inflyatsiya   XIX   asrning   

boshida  Napoleon        bilan      urush        davrida,      Frantsiyada  -      Fransuz   

revolyutsiyasi      davrida,      Rossiyada        XIX      asrning    o‘rtalarida        namoyon   

bo‘lgan. Germaniyada    juda   yuqori   sur‘atlardagi    inflyatsiya    1923 yillarda   

bo‘lib,   muomaladagi   pul   massasi 496   kvintillion   markagacha   etgan   va    

pul   birligi    trillion  marta    qadrsizlangan.   Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, 

inflyatsiya   hozirgi   davr   jarayoni   bo‘lmasdan,   tarixan    mavjud   bo‘lgan 

jarayondir.    Inflyatsiya   va   uning   rivojlanishi   alohida   olingan    mamlakatda  

ma‘lum  xususiyatlarga   ega   bo‘lishi   mumkin.   Hozirgi davr    inflyatsiyasi, 

o‘tgan  davr      inflyatsiyasidan        farq      qiluvchi      xususiyatlarga      ega.  Oldingi   

inflyatsiyalar  vaqtinchalik      bo‘lib,      ular      odatda      urush    vaqtida      harbiy   

xarajatlarni   qoplash uchun   qog‘oz   pullar    chiqarilishi    natijasida    yuzaga   

kelgan.  Biror      daromad      olmasdan      turib,      ya‘ni      ishlab      chiqarish  va 

tovarooborot        sur‘atlarini  oshirmasdan      yoki      bu      ko‘rsatkichlar      kamayib   

ketgan   holda   davlat tomonidan   bo‘ladigan   xarajatlarni   moliyalashtirishning    

asosiy  yo‘llaridan   biri   qog‘oz   pullarni    muomalaga   chiqarishdan   iborat   

bo‘lgan. Natijada   muomalaga    chiqarilgan   pullar,   muomala   uchun   zarur   

bo‘lgan  oltin      miqdoridan      oshib      ketgan  va  pulning      real      qiymati      uning   

nominal qiymatidan   tushib   ketgan,   ya‘ni,   xaqiqatda    pul   birligi   o‘zida 

ko‘rsatilganidan      kam      oltin      miqdorni      ifoda    qila    boshlagan.  Oldingi   

inflyatsiyalarning      yana    bir      xususiyati      shundaki,      ular      ma‘lum  davrda   

namoyon bo‘lgan.    Hozirgi   davr   inflyatsiyasi   esa   odatda   doimiy (xronik) 

xarakterga   ega bo‘lib xo‘jalik    hayotining   barcha   sohalarini   qamrab olishi   

bilan,   pul   omillaridan   tashqari   boshqa   iqtisodiy   omillarga   ta‘sir qilishi 




bilan farqlanadi.  Oxirgi    yillarda   inflyatsiya   tez-tez uchrab   turadigan   jarayon   

bo‘lib,  sifati  ham    o‘zgarib  bormoqda.  Buning  sababi  shundaki,    hozirgi   

kunlardagi inflyatsiya: birinchidan,  uzluksiz   baholarning   oshishiga; ikkinchidan   

pul muomalasi  qonunining  buzilishi  natijasida  umumxo‘jalik   mexanizmining 

ishdan  chiqishiga  olib   keladi.  XX  asr  inflyatsiyasining   asosiy   sababi   tovar 

kamyobligigina    bo‘lib      qolmasdan,    ishlab    chiqarish      va      qayta      ishlab 

chiqarishda  krizislar  mavjudligi   bilan   ifodalanadi. Hozirgi davr   inflyatsiyasi  

birinchidan; pul  talabining   tovar   taklifidan oshishi   natijasida   pul muomalasi 

qonunining  buzilishi;    ikkinchidan;  -  ishlab      chiqarishga    ketadigan      xarajatlar    

salmog‘ining  o‘sishi   natijasida tovarlar   bahosining   oshishi va  shu sababli pul 

massasining  ortib  borishi      bilan  ifodalanadi.  Inflyatsiyaning  asosiy  sababi  -  bu 

xalq xo‘jaligining   turli sohalari  o‘rtasida   vujudga  kelgan   nomutanosiblikdir.   

Bu avvalambor, jamg‘arma va iste‘mol  o‘rtasidasidagi, talab va taklif,   davlatning  

daromadlari  va      xarajatlari    o‘rtasidagi    muomaladagi  pul  massasi      va   

xo‘jaliklarning naqd   pulga   bo‘lgan   talabi   o‘rtasidagi    nomutanosibliklardan    

iboratdir.   



1960-yillarning  boshida  inflyatsiya  darajasi  AQSHda  1-2%ni  tashkil  etgan. 

Oxirgi  yillarda  bu  ko‘rsatkich  yuqori  bo‘lib,  nobarqarorligi  bilan  ajralib  turadi. 

1960-yilning  oxirida  inflyatsiya  5%ni  tashkil  etdi,  1974  yilda  esa,  ikki  sonli 

ko‘rsatkichga  yetdi.  1975-1978  yillarda  inflyatsiya  darajasi  bir  muncha  sekin 

o‘sgan  bo‘lsada,  1979-1980  yillarda  10%dan  o‘sib  ketdi.  1982  -1990  yillarda 

inflyatsiya darajasi 5%gacha pasaydi.

85

  

Qisqa   qilib     aytganda,  ijtimoiy    ishlab   chiqarish      rivojlanishida      yuzaga 



keluvchi    disproportsiyalar      sababli      tovarlar      va      xizmatlar      bahosining   

umumiy   yoki   to‘xtovsiz  o‘sishi  va   natijada   pul   muomalasi   qonunining 

buzilishi      oqibatda    pul      biriligining      qadrsizlanishiga  inflyatsiya  deb  aytiladi.        

Inflyatsiya   quyidagi  shakllarda   namoyon   bo‘ladi: 

1.  Tovar  va  xizmatlar        bahosining      uzluksiz    va      tartibsiz      o‘sib  borishi   

natijasida  p ulning   qadrsizlanishi   va  uning  sotib  olish   qobiliyatining   tushib 

borishi; 

2. Chet el   valyutasiga   nisbatan   milliy   valyuta   kursining  tushib  ketishi; 

3. Milliy   pul  birligida   oltin   narxining   oshib   borishi va boshqalar. 

     Ba‘zi    bir        iqtisodchilarimizning        fikricha      inflyatsiya    -  bu    barcha   

tovarlar baholarining   oshishini   bildirmaydi.   Inflyatsiya   juda   tez   o‘sgan   

taqdirda ham ayrim    tovarlar   bahosi  barqaror   bo‘lib    qolishi, boshqalarniki   

tushishi ham   mumkin   ekan.

86

   Bizning   fikrimizcha,   bunday   xulosalar    70-



80      yillarning      inflyatsiyasiga      mos  kelishi      mumkin.      Albatta,  inflyatsiya     

davrida    baholarning   oshishi  doim   bir   xil  sur‘atlarda   bo‘lmasdan,   sakrab    

turadigan      bo‘lishi      mumkin.  Lekin,  ba‘zi  tovarlar  bahosining      tushishi      yoki   

                                                 

85

  Frederic  S.Mishkin.  The  economics  of  money,  banking  and  financial  markets.  Pearson 



Education Limited. 2013. 610 page. 

 

 2. 



 

Jo‘raev T.T., Jo‘raev A.D. «Pul kapital va xazina mollari bozori. Moliya, kredit-bank tizimi 

va davlatning soliq siyosati» T.: 1994 y

.

 




barqaror   bo‘lib   turishi   XX   asrning   inflyatsiyasi uchun   mos    deb to‘liq   

ishonch      bilan      uqtira      olmaymiz.  Ba‘zida      davlat  aralashuvi      bilan        aholi  

iste‘moli    uchun      zarur      bo‘lgan      ayrim      bir      tovarlar  bahosining      ma‘lum   

davrda  barqaror  ushlab   turish    mumkin,   ammo inflyatsiyaning     kuchayib   

borishi      shu      tovarlar      baholarining      ham    oxir    oqibatda        oshishiga      olib   

keladi.        Bizning  fikrimizcha, baholar oshishi to‘g‘risida gapirganda, inflyatsiya   

darajasida      baholar      oshishi      va      umuman  baholar      oshishi        tushunchalarini   

to‘g‘ri   talqin   qila   olish  kerak. Masalan, xamma   vaqt   ham   ba‘zi  tovarlar   

bahosining    oshishi  inflyatsiyani  anglatmasligi      mumkin.  Tovarlar        bahosi  

oshishi     inflyatsiya       bo‘lmagan   davrda,     oltin     pul  muomalasi        sharoitida    

ham   bo‘lishi   mumkin. 

     O`rmolovchi      inflatsiya.      Bunda        narx-navo  sekin  o`sadi      va    

inflatsiya  suratlari  yiliga   1-3 % dan    5-10 % gacha     bo`ladi.    Mamlakatda    

iqtisodiy o`sish     davom etadi,     ishsizlik     katta bo`lmaydi,    bunday   inflatsiya   

odatda,  iqtisodiy        rivojlangan          mamlakatlarga        xosdir.      Bu        inflyatsiya     

aksincha    ishlab   chiqarishni    yanada     rivojlantirishni rag`batlantiruvchi    omil 

sifatida        namoyon  bo`lishi          mumkin.        Pulning  qiymati          barqarorligidagi    

o`zgarish        sеzilmasligi        mumkin.  Masalan  1998  yilda  inflatsiya          suratlari    

Avstriya,    Belgiya,     Germaniyada – 1.0 %, Ispaniya,    Buyuk Bretaniya    va 

AQSH    da – 2 %,    Gresiyada esa   4.8 %ni    tashkil etgan. Bulardan     tashqari    

bu guruhga    G`arbiy Yevropaning boshqa    mamlakatlari,    Kanada, Yaponiya,     

Sengapur, Malayziya,   Janubiy Koreya, Saudiya     Arabistoni va boshqalar kiradi. 




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish