mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qarama- qarshi
chiqadi. Inflatsiyaning qarshi kurashning asosiy shakllari:
http://lenta.ru//news/2008/12/22/ japan sayti ma‘lumotlari.
inflyatsiyaning qarshi siyosat va pul islohati hisoblanadi. Har davlatda pul
muomalasi ma‘lum qonun qoidalar asosida tartibga solib turiladi. Oldingi
markazlashgan rejali boshqaruv asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi
rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Axolining daromadi va
xarajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab
chiqarishni kengaytirish axoliga kreditga tovar berish, baxolar tizimini
o‘zgartirib turish va hokazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan
boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o‘z vakolati
doirasida narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan pul reformasi bilan pul
muomalasini tartibga solib kelgan. Bozor iqtisodi sharoitida pul
muomalasini ma‘lum usullar yordamida tartibga solib turadi.
Inflyatsiyaga qarshi kurashish quyidagicha amlga oshirilishi mumkin:
Pul
islohatlari
(revolvasiya,
devolvatsiya,
nulifikasiya
va
denominasiya);
Antiinflatsion siyosat: daromadlar siyosati va deflyatsion siyosat.
Daromadlar siyosati (ijtimoiy noroziliklarni yuzaga keltirishi mumkin) ish
haqi va narxlar o‘sishini parallel nazorat qilgan holda, ish haqi o‘sishini
chegaralash yoki muzlatishdir. Deflatsion siyosat pul-kredit siyosati va soliq
mexanizmlari orqali boshqarish bo‘lib, unda davlat xarajatlari kamaytiriladi va
soliq stavkalari oshirilishi yoki Markaziy bankning pul-kredit siyosati
instrumentlari orqali pul massasini boshqarishdir.
96
Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani oldini
olish borasida quyidagi pul-kredit siyosatini olib boradi:
1.
Qayta moliyalashtirish siyosati
2.
Majburiy rezervlar me‘yorlari
3.
Ochiq bozordagi operatsiyalar
4.
Valyuta siyosati
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan
tijorat banklarini kreditlash bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirlarning majmui bo‗lib,
ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga
oshiriladi:
a) tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi
trattalarni qayta hisobga olish yo‗li bilan kreditlash usuli;
b) tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi qimmatli
qog‗ozlarni garovga olish yo‗li bilan kreditlash usuli;
v) tijorat banklarini to‗g‗ridan to‗g‗ri kreditlash usuli
97
.
Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft shaklida yoki muddatli kreditlar
shaklida beriladi. Mamlakatimizda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan qayta
moliyalashtirish stavkasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak u quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘lgan:
Mamlakatimizda ham O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankining
tijorat banklari beriladigan kreditlari uchun o‘rnatiladigan qayta moliyalash
96
B.Andrew. B.Bernanke ―Macroeconomics‖ eight edition, 2010. 239 page
97
P.Salin ―International monetary system and the theory of monetary system‖ 2016, 217 page
stavkasi inflyatsiyaga qarshi kurashda asosiy stavkalardan biri sifatida xizmat
qiladi. Respublikamizda milliy valyuta so‘m muomalaga kiritiladigan paytda
qayta moliyalash stavkasi yiliga 150% ni tashkil etar edi.Ammo milliy valyuta
kiritiladiguncha bo‘lgan inflyatsiyaning inersiya kuchi shu darajada katta ediki
tezda qayta moliyalash bu darajasi yetarli emasligi ma‘lum bo‘lib qoldi.
Inflyatsiyani kamaytirish borasida yanada qat‘iyroq siyosat yuritish maqsadida
markaziy bank 1994-yil oktabrdan boshlab qayta moliyalash stavkasini 150%
dan 225 %gacha ko‘tardi.
Do'stlaringiz bilan baham: