mustaqilligimmizning dastlabki yillarida barcha o‘tish davridagi davlatlar kabi
mamlakatda yuz bergan katta inflatsiya sabali yuqori stavkalarda belgilanishiga
sabab bo‘lgan. Ma‘lumotlardan shunday fikrga kelish mumkinki yillar o‘tgan sari
iqtisodiyotimizdagi kamchiliklar tobora bartaraf etib borilgani barcha sohalardagi
tub islohotlar samarasi o‘laroq vujudga kelgan rivojlanishlar tufayli bu stavka ham
tobora ijobiy tomonga pasaytirib borilgan va 2015 – yil 1 – yanvardan 9 % etib
belgilangan. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi foiz
stavkalarini boshqarish hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish
maqsadlariga yo'naltirildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasining va boshqa
makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta
moliyalash stavkasi 2015- yilning 1-yanvaridan yillik 10 foizdan 9 foizga
tushirildi va yil davomida o'zgartirilmagan holda saqlab turildi. Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz
stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish
maqsadida keng foydalanildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va
boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan
kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2012- yilda yillik 12
foiz miqdorida saqlab qolindi. Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada
ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo'lgan talab va taklifning
muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini
oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda
tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta'minlashga xizmat qildi.
2016- yilda ham inflyatsiya darajasi 2015- yildagi kabi 5,5-6,5 foiz
doirasida prognoz qilinayotganligini hisobga olib, qayta moliyalash
stavkasini 9 foiz darajasida qoldirish ko'zda tutilmoqda. Qayta moliyalash
stavkasining
9
foiz
darajasida
saqlab
qolinishi
inflyatsiya
darajasini
belgilanayotgan prognoz ko'rsatkichlari doirasida bo'lishini ta'minlashga qaratilgan
qat'iy pul-kredit siyosatini yuritish uchun qulay sharoit yaratadi. O'z navbatida,
Markaziy bank, zarur hollarda, tijorat banklaridan xorijiy valyutalarni (AQSh
dollari, evro, yapon ienasi va funt sterling) belgilangan muddat va almashinuv
kursida qayta sotish sharti bilan, sotib olish (SVOP operatsiyalari) yoki xorijiy
valyutalarni garovga olgan tarzda qayta moliyalash kreditlarini berish
operatsiyalarini amalga oshirib boradi.
99
Respublikamiz tijorat banklarining yuqori
likvidli qimmatli qog‗ozlarga qilgan investitsiyalarining miqdori darajasining juda
past ekanligi Markaziy bankning lombard kreditlari hajmini sezilarli darajada
oshirish imkonini bermayapdi. Ko‗pchilik xorijiy davlatlarda, shu jumladan, o‗tish
iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‗pchiligida yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlarga
qilingan investitsiyalar tijorat banklari aktivlarining umumiy miqdorida sezilarli
darajada yuqori salmoqni egallaydi. Demak, hozirgi davrda, O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash siyosati doirasida amalga
oshiriladigan
diskont
operatsiyalarining
mavjud
emasligi,
lombard
operatsiyalarining esa rivojlanmaganligi, bizning fikrimizcha, qisqa muddatli
davriy oraliqlarda, Markaziy bankning tijorat banklariga beriladigan muddatli
kreditlarining hajmini oshirish yo‗li bilan milliy ssuda kapitallari bozoridagi
resurslar taklifiga va kreditlarning o‗rtacha bozor darajasiga ta‘sir etish
zaruriyatini yuzaga keltiradi. Markazlashgan kreditlarning respublikamiz
99
2016 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2017 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari
tijorat banklari kredit resurslarining umumiy hajmida juda kichik salmoqqa ega
ekanligi, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont siyosatining
mavjud emasligi va uning lombard operatsiyalarining rivojlanmaganligi
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosatini takomillashmaganligidan,
uning muomaladagi pul massasini tartibga solishdagi ahamiyatining past
ekanligidan dalolat beradi. Mening fikrimcha, O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy bank i tijorat banklarini kreditlash hajmini oshirish yo‗li bilan bank
kreditlarining foiz stavkalarining darajasiga real ta‘sir etishi va shu asosda
ularning kreditlariga bo‗lgan talabni rag‗batlantirishi hamda tijorat
banklarining joriy likvidlilik darajasini sezilarli darajada oshirishi lozim. Bu esa,
pirovard natijada, so‗mning o‗rta va o‗zoq muddatli davriy oraliqlarda
barqarorligini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan iqtisodiy muhitni yuzaga keltiradi.
Ushbu o‗rinda tabiiy bir savol tug‗ilishi mumkin, ya‘ni Markaziy
bankning qayta moliyalash siyosati orqali tijorat banklarining kredit emissiyasini
rag‗batlantirilishi muomaladagi pul massasining keskin oshishiga va shuning
asosida inflyasiyani kuchayishiga olib kelmaydimi, degan savol tug‗ilishi
mumkin. Chunki buyuk M. Fridmenning pul-kredit konsepsiyasidagi muhim
qoidalardan biri - tijorat banklarining kredit emissiyasini keskin oshishi
muomaladagi pul massasining oshishiga va shuning asosida inflyasiyaning
kuchayishiga olib keladi, degan qoida hisoblanadi. Ammo bizning fikrimizcha,
M. Fridmenning ushbu qoidasi O‗zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi
davrida o‗z isbotini topmaydi. Buning sababi shundaki, hozirgi davrda,
respublikamizda milliy iqtisodiyotning bank kreditlari bilan ta‘minlanish
darajasi nisbatan juda past.
Do'stlaringiz bilan baham: